scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI (TEXNOLOGIYA DARSLARI MISOLIDA)

Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon qizi; Jurayeva Ozoda Ortiq qizi

Abstract

Ushbu tezisda boshlang’ich sinf o’quvchilarini kreativ fikrlash qobiliyatini aniqlash va shakllantirish hamda bilim va tasavvurlarini kengaytirishning samarali usullari ifoda etiladi.Bu esa o’z navbatida bizga o’quvchilar har bir ishga jumladan darslarga ham ijodiy va kreativ yondashishini beradi.Ta’linmning asosiy vazifasi bilim ,ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir.Shuningdek,ularga bilim bilan birga borliqda bo’layotgan voqea hodisalarni tahlil qilib kreativ fikrlab ijodiy yondashishni o’rgatishdan ham iboratdir.Shu tariqa o’quvchilarni dunyo qarashini boyitishga birinchi qadamni qo’ygan bo’lamiz.

Full text

VOLUME-3, ISSUE-11 19 BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI (TEXNOLOGIYA DARSLARI MISOLIDA) Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon qizi Pedagogika bo’yicha falsafa doktori(PhD),dotsent. Nizomiy nomidagi O’zbekiston Milliy Pedadodik Universiteti Boshlang’ich ta’lim pedagogika kafedrasi mudiri Jurayeva Ozoda Ortiq qizi Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 1-bosqich magistri Anatatsiya Ushbu tezisda boshlang’ich sinf o’quvchilarini kreativ fikrlash qobiliyatini aniqlash va shakllantirish hamda bilim va tasavvurlarini kengaytirishning samarali usullari ifoda etiladi.Bu esa o’z navbatida bizga o’quvchilar har bir ishga jumladan darslarga ham ijodiy va kreativ yondashishini beradi.Ta’linmning asosiy vazifasi bilim ,ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir.Shuningdek,ularga bilim bilan birga borliqda bo’layotgan voqea hodisalarni tahlil qilib kreativ fikrlab ijodiy yondashishni o’rgatishdan ham iboratdir.Shu tariqa o’quvchilarni dunyo qarashini boyitishga birinchi qadamni qo’ygan bo’lamiz. Kalit so’zlar:kreativlik,ijodiy yondashuv,bilim va tasavvur,kretiv fikrlash,ijodkorlik,kreativ shaxs,noodatiy yondashuv yechimlar Anotation This thesis presents effective methods for identifying and developing the creative thinking abilities of primary school students, as well as for expanding their knowledge and imagination. This, in turn, allows students to approach every task — including lessons — creatively and innovatively. The main goal of education is to form knowledge, skills, and competencies. In addition, it aims to teach students to analyze real-life events, think creatively, and approach them with originality. In this way, we take the first step toward enriching their worldview. Аннатация В данной тезисе выражены эффективные методы выявления и формирования у учащихся начальных классов способности к креативному мышлению, а также расширения их знаний и представлений. Это, в свою очередь, позволяет учащимся творчески и креативно подходить к каждому делу, в том числе и к учебным занятиям. Основная задача образования заключается в формировании знаний, умений и навыков. Кроме того, она состоит и в том, чтобы научить учащихся анализировать происходящие в реальности события, мыслить креативно и подходить к ним творчески. Таким образом, мы делаем первый шаг к обогащению их мировоззрения. Kirish Bugungi kunda ta’limda kreativ yondashuvni shakllantirish va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Kreativlikni shakllantiradigan metodlar ta’lim jarayonida bolalarda ijodiy qobiliyatlar,o’z-o’zini rivojlantirish va eng muhimi kreativlikni shakllantirishga yordam beradi.Shu o’rinda savol tug’ilishi tabiiy kreativlik o’zi nima degani?Kreativlikni anglash va tushunish qiyin masaladir.Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayoning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchundastlab “kreativlik”tushunchasining ma’nosini tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsoning fikriga ko’ra “kreativlik-o’z qiymatiga ega original g’oyalar majmui sanaladi. VOLUME-3, ISSUE-11 20 Gardner esa o’z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi”kreativlik –shaxs tomonidan amalga oshiradigan amaliy harakat bo’lib,u o’zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymqtga ega bo’lishi lozim. Patti Drapeau nuqtai nazariga ko’ra kretiv fiklash,eng avvalo muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash tushuniladi. Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida “kreativlik”tushunchasiga quyidagicha sharh berishimiz mumkin: Kreativlik (lot,ing,”create” –yaratish, ”creative” –yaratuvchi ijodkor deganidir.Demak,kreativlik ijod yoki yo’q narsadan yaratish kabi ma’nolarni beradi.Shaxsning krativligi uning muloqotida ,tafakkurida,his-tuyg’ularida va muayyan faoliyat turlarida aks etadi. Asosiy qism Demak,kreativlik bu –insonning butun hayoti davomidagi sifatlari majmiu.Bugungi kunda kreativlik tushunchasini ta’lim sohasiga kirib kelishi biror bir muammo yoki fan doirasida o’rganayotgan bilimlarimizga yangicha ya’ni kreativ yondashish samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi.Buning uchun biz boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari bolalarda kreativ tushunchasini shakllantirishimiz va ularni amalda qo’llay olishlari uchun zaruriy bilim ko’nikmalarni berib borishimiz zarur bo’ladi.Bundan ko’rinib turibtiki biz ta’lim jarayonida kreativlikni shakklantiruvchi metodikalardan ko’proq foydalanishimiz kerak bo’ladi.Va biz bu bilan bolalarning dunyoqarashini fikrlashlarini ularda yangi g’oyalarni yaratishga bo’lgan qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga hamda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishga erishamiz. IJODKORLIK -muayyan yangiliklarning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi. Biz o’quvchilarda ijodkorlik ko’nikmalarini shakllantira olsak,ular kelajakda ijodkor shaxs sifatida namoyyon bo’ladilar. IJODKOR SHAXS-ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladiganhamda ijodiy natijalarga ega shaxs. KREATIV SHAXS-jarayon yoki natijasi sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi,masalalar yechishga noodatiy usullar bilan yondasha olishga moyil,o’ziga xos harakatlarni tashkil etish,yangiliklarni ilgari surishga,ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs. Agar biz kreativlikni shakllantirish metodikalarini boshlang’ich ta’lim fanlari kesimida ko’adigan bo’lsak,masalan,texnologiya fani jarayonlarida qo’llasak biz qanday natijalarga erishamiz? Bilamizki,texnologiya fanida bolalar na’munalarga qarab ishlarini amaliy bajaradilar.Biz ularga yasaydigan narsalarini faqatgina bitta usul bilan ko’rsatibgina qolmay,ularga boshqacha rangalar va boshqacha usullar yordamida yanada o’zgacha qilib yasashni o’rgatishimiz mumkin.Masalan,asalari yasash mashg’ulotini oladigan bo’lsak, biz bolalarga to’g’ridan –tog’ri asalari yasashni boshlanglar demasdan balki ularga avval asalari haqida daslabki tushunchalarni aytib o’tishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi.Ularga asalari haqida qiaiqarli ma’lumotlar berib,ularning hayotimizdagi ahamiyati,qanday qilib mashaqqat bilan asal yeg’ishlari haqida ma’lumotlar berib o’tsak,ularga dars yanada qiziqarliroq bo’ladi.Bundan tashqari bolalarga yasashayotgan narsalari haqida topishmoqlar hamda maqollar aytsak hamda bolalarning o’zlariga ularga tovush taqlidini va harakatlarini qildirsak dars yanada qiziqarliroq ma’lumotlarga boy bo’ladi. VOLUME-3, ISSUE-11 21 Xulosa Demak yuqoridagilardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki kreativlik deganda yangilik yaratish,muammolarni yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi.Agar biz bolalarda kreativlik tushunchasini shakllantira olsak ular albatta kreativ fikrlashni o’rganadilar .Shundan so’ng ular har bir masalaga va har bir fanga ijodiy yondashib kelajakda ham mavjud muammolarga ham kreativ fikrlash orqali yechib topa oladilar. Biz dars jarayonida o’quvchilarga kreativ metodlarni qo’llash orqali nafaqat fanlar doirasida kretiv fikrlashni o’rgatamiz balki kelajakda oldiga qo’yadigan reja maqsadlarini har tomonlama o’ylagan holda o’zgacha yondashadilar. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Kreativ pedagogika o’quv dasturi.Chirchiq 2024. 2.Internet saytlari 3.Kreativ pedogogika B.E.Karimova, B.N.Qurbonova 2023.