scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHIZMACHILIKNING RIVOJLANISHI - TEXNIK CHIZMA

To'lanboyeva, Layloxon Iqboljon qizi

Abstract

Ushbu maqola insoniyat tarixida texnik chizmachilikning rivojlanishini ilmiy nuqtai nazardan yoritadi. Maqolada qadimgi jamiyatlarda chizmachilikning shakllanishi, buyumlar, inshootlar va astronomik kuzatishlarni grafik tasvirlash orqali ifodalash tarixi, shuningdek, Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston va Yevropaning mashhur olimlari tomonidan chizmachilik, geometrik yasash, kartografiya va mexanika fanlarining rivojiga qo‘shilgan hissalari tahlil qilingan. Texnik chizmachilikning amaliy va ilmiy ahamiyati, shuningdek, uning madaniy meros sifatidagi roli ham ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola tarixiy manbalar, arxeologik topilmalar va ilmiy adabiyotlar asosida tayyorlangan bo‘lib, chizmachilikning ilm-fan va texnik taraqqiyotdagi o‘rni keng yoritilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 18 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17840029 CHIZMACHILIKNING RIVOJLANISHI - TEXNIK CHIZMA To‘lanboyeva Layloxon Iqboljon qizi Andijon davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqola insoniyat tarixida texnik chizmachilikning rivojlanishini ilmiy nuqtai nazardan yoritadi. Maqolada qadimgi jamiyatlarda chizmachilikning shakllanishi, buyumlar, inshootlar va astronomik kuzatishlarni grafik tasvirlash orqali ifodalash tarixi, shuningdek, Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston va Yevropaning mashhur olimlari tomonidan chizmachilik, geometrik yasash, kartografiya va mexanika fanlarining rivojiga qo‘shilgan hissalari tahlil qilingan. Texnik chizmachilikning amaliy va ilmiy ahamiyati, shuningdek, uning madaniy meros sifatidagi roli ham ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola tarixiy manbalar, arxeologik topilmalar va ilmiy adabiyotlar asosida tayyorlangan bo‘lib, chizmachilikning ilm-fan va texnik taraqqiyotdagi o‘rni keng yoritilgan. Kalit so‘zlar: Texnik chizmachilik, chizma geometriya, astronomik chizmalar, mexanika, Markaziy Osiyo olimlari, ilmiy meros, chizmalar tarixi. АННОТАЦИЯ В статье рассматривается развитие технического черчения в истории человечества с научной точки зрения. Анализируются становление черчения в древних обществах, графическое отображение предметов, сооружений и астрономических наблюдений, а также вклад известных ученых Центральной Азии, Китая, Индии и Европы в развитие черчения, геометрического конструирования, картографии и механики. Отмечается практическое и научное значение технического черчения, а также его роль как элемента культурного наследия. Статья подготовлена на основе исторических источников, археологических находок и научной литературы, подробно освещая роль черчения в развитии науки и техники. Ключевые слова: Техническое черчение, геометрия черчения, астрономические чертежи, механика, ученые Центральной Азии, научное наследие, история черчения. INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 19 Chizmachilik insoniyat tafakkurining eng qadimiy va amaliy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, texnik taraqqiyot, me’morchilik, muhandislik va ilmiy izlanishlarning shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Buyumlarning tuzilishi, inshootlarning loyihalanishi yoki astronomik kuzatishlarning qayd etilishi kabi jarayonlarning barchasi grafik tasvirlar orqali ifodalanib kelgan. Shuning uchun texnik chizmachilik tarixini o‘rganish nafaqat tasviriy faoliyatning rivojlanish bosqichlarini, balki insoniyat ilm-fanining shakllanish jarayonlarini ham o‘rganish bilan uzviy bog‘liqdir. Qadimgi jamiyatlarda yozuv paydo bo‘lishidan ancha avval grafik belgilar, sxematik tasvirlar va primitiv chizmalar insonlar o‘rtasidagi muloqotning muhim vositasi sifatida xizmat qilgan. Vaqt o‘tishi bilan bu tasvirlar murakkablashib, real buyumlarning shakli, o‘lchamlari va joylashuvini aniq aks ettiruvchi texnik chizmalarga aylangan. Ayniqsa, Misr, Mesopotamiya, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunoniston kabi qadimiy sivilizatsiyalarda chizmachilikning rivojlanishi ilmiy fikrning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Markaziy Osiyolik allomalar — Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek kabi mutafakkirlar chizmachilik, geometriya, kartografiya va mexanikaning rivojiga beqiyos hissa qo‘shganlar. Ularning chizmalar, geometrik yasashlar va xaritalarga oid ilmiy ishlari texnik chizmachilikning keyingi taraqqiyoti uchun mustahkam nazariy asos yaratgan.Mazkur maqolaning maqsadi — insoniyat taraqqiyoti davomida texnik chizmachilikning shakllanish bosqichlari, uning ilmiy va madaniy ahamiyati, shuningdek Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ushbu sohaga qo‘shgan hissasini ilmiy nuqtai nazardan yoritib berishdan iborat. Tadqiqot jarayonida tarixiy manbalar, arxeologik topilmalar, ilmiy meros va mavjud nazariy adabiyotlar tahlil qilingan. “chizma” so‘zi yunonchada (gráfi) – yozish, chizish so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, buyumning (detal, yig‘ma birlik, mexanizm, mashina, apparat va hokazo) grafik tasviri hisoblanadi. U qo‘lda yoki maxsus texnik vositalar yordamida ma’lum masshtabda, buyumni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan barcha xususiyat va o‘lchamlar ko‘rsatilgan holda bajariladi. Turli buyumlarning tasviri — ya’ni rasm, vizual belgi — insonlar orasida yozuv paydo bo‘lishidan ancha avval muloqot vositasi sifatida vujudga kelgan. INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 20 Insoniyat boshqa tirik mavjudotlardan farqli ravishda rivojlanishning yuksak bosqichiga ko‘tarila boshlagan davrlardan boshlab, bilim va tajribani keyingi avlodlarga yetkazish uchun uni “saqlab qolish” zarurati tug‘ilgan. Qadimgi insonlarning uy-joyi va qurollariga oid sxematik tasvirlarni bugungi kunda arxeologiya muzeylarida ko‘rishimiz mumkin. Bunday “chizmalar”ning informativligi uncha yuqori bo‘lmasa-da, ularning yozuv paydo bo‘lishidan ancha avval paydo bo‘lgani juda muhim tarixiy fakt hisoblanadi. Chizma tarixi qadimgi dunyo davrlaridan boshlanadi. Odamlar hali qog‘oz va yozish vositalariga ega bo‘lmagan paytlarda ko‘mir, bo‘r va quruq tekis sirtlardan foydalanib, qurollar va turar-joylarning tasvirini chizganlar. Vaqt o‘tishi bilan bunday tasvirlar murakkablashib bordi, ular asta-sekin mavhum shakllardan aniq, real buyumlarni eslatuvchi chizmalar darajasiga ko‘tarildi. Qadimgi Misrda qadimgi me’morlar yaratgan chizmalar asosan diniy marosimlar bilan bog‘liq inshootlarga taalluqli edi. Bugungi kunga qadar saqlanib qolgan piramidalar tashqi ko‘rinishda oddiy geometrik shaklga o‘xshab ko‘rinsa-da, aslida ular juda murakkab va yuqori aniqlikda bunyod etilgan inshootlardir. Bu esa ularning qurilishiga bag‘ishlangan bir emas, balki o‘nlab chizmalar mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishga asos beradi. Ammo hozirgi kungacha bunday chizmalar topilmagan. Chizma tarixining alohida yo‘nalishi sifatida kartografiyani (yer xaritalari va osmon xaritalarini) ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Ajdodlarimiz yer yuzasi xaritalarini ham, yulduzlar xaritalarini ham tuzganlar. Saqlanib qolgan qoyatosh rasmlari ma’lumotni kartografik usulda ifodalash qadimdan mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi; bu usul esa ko‘p asrlar davomida takomillashib borgan.mashhur olim Muhammad ibn Muso alXorazmiy (783—850) yunon olimi Ptolemey tomonidan bayon qilingan ba’zi masalalarni aniq emasligini chizmalar orqali isbotlab bergan. U o‘z asarlarida turli mamlakatlar, dengiz va tog‘lar, katta daryo va ko‘llarning xaritalarini tasvirlagan. Olimning chizgan xaritalaridan o‘ntasi bizgacha yetib kelgan. Abu Nasr Forobiy (873-950) o‘zining geometrik yasashlarga doir asarida konstruktiv geometrik masalalarni yechishni bayon etgan. Ayniqsa, o‘zgarmas pargar yordamida geometrik masalalar yechishni chizmalar orqali batafsil bayon etgan.Abu Rayhon Beruniy (973- INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 21 1048) shar ichida besh xil muntazam ko‘pyoqliklar yasash mumkinligini chizmalar orqali isbotlab bergan. Bular noriy - to‘rtyoqlik (tetraedr), orziy - oltiyoqlik (geksaedr), havoiy - sakkizyoqlik (oktaedr), falakiy - o‘nikkiyoqlik (dodekaedr), moiy - yigirmayoqlik (ikosaedr) lardir . Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) yulduzlar xaritasini juda aniqlik bilan chizgan mashhur astronom olim ekanligi butun dunyoga ma’lum. Ulug‘bekning Samarqand rasadxonasida tuzgan 30 dan ortiq yulduz xaritalari o‘z davrining eng aniq astronomik chizmalari bo‘lib, 1018 ta yulduzning koordinatalarini yuqori ishonchlilik bilan grafik tarzda aks ettirgan. Ushbu chizmalar sferik geometriya, proyeksiyalash tamoyillari va trigonometrik hisoblarning mukammal uyg‘unligida yaratilgan bo‘lib, chizmachilik va astronomiya fanining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. O‘rta Osiyoda chizmachilikning muqarrarligini Abu Rayhon Beruniyning „Jismlar ko‘lami fazoda uch tomonga: birinchisi uzunlik, ikkinchisi kenglik, uchinchisi chuqurlik yoki balandlik bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. Jismning mavhum cho‘zilishi (proyeksiyasi) emas, balki mavjud cho‘zilishi (haqiqiy kattaligi) shu uch chiziq bilan aniqlanadi. Bu uch tomonning chiziqlari vositasida jism olti yoqqa ega bo‘lib, shuncha yoqlari bilan u fazoda chegaraianadi. Bu olti voqlar markazida bir jonivor turgan bo‘lib , uning yuzi shu yoqlardan biriga qaragan deb xayol qilinsa, u yoqlar uning old, orqa, o‘ng, chap va ost tomonlari bo‘ladi, degan fikrlaridan bilib olish mumkin. Bu esa aynan zamonaviy proyeksiyalash usulining o‘zginasidir.Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘zining ,,Aqllar me’yori“ asarida 1 oz kuch sarf qilib, og‘ir yuklarni yuqoriga ko‘tarish, qattiq jismlarni bo‘laklash, jismlami tekislash va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan mexanik asboblar besh xil ekanligini yozadi. Bular o‘q, richag, chig‘ir (blok), vint va pona hisoblanadi. Qadimgi chizmalarning juda oz qismigina bizgacha saqlanib qolgan. Buning asosiy sababi qurilgan saroy, istehkom, masjid va madrasalar aynan qayta qurilmasligi uchun chizmalar yoqib tashlangan. Shunday bo‘lsada, Iroqi muqarnas ko‘rinishidagi kapitelli ustunning chizmasi (Usta Shirin Murod chizmasi) saqlanib qolgan. Bu chizmada ustun fasadda tasvirlangan bo‘lib, uning shaklini ko‘rsatish uchun chiqarilgan kesim ham qo‘shib berilgan.Fan va texnika rivojlanishi 1 https://api.unilibrary.uz/storage/PublisherResourceFile/623537/images/1730526684.pdf INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 22 bilan chizmalar ham takomillashib bordi. Chizmalar o‘z tarixiga ega bo‘lishi bilan birga, xalqlar madaniyatining taraqqiy etishiga oid bo‘lgan tarixni ham saqlab qoladi. Rasmlar, haykallar va chizmalarga qarab, qadimgi xalqlar to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlar olish, shuningdek, katta ahamiyatga ega bo‘lgan yodgorliklarni qayta tiklash mumkin bo‘ladi. Qadimgi Yunoniston olimlari — Fales, Pifagor, Evklid va Arximed — chizmachilik va geometrik yasashlarning shakllanishida poydevor yaratgan mutafakkirlardir. Fales proyeksiyalashning dastlabki amaliy usullarini ishlab chiqqan bo‘lsa, Pifagor shakllar uyg‘unligi va mutanosiblikni matematik asoslagan. Evklid esa geometrik yasashlarning qat’iy qoidalarini ishlab chiqqan bo‘lib, uning “Elementlar” asari chizma geometriyaning asosiy manbasiga aylangan. Arximed mexanika va geometriyani birlashtirib, ko‘plab qurilmalar va murakkab shakllarning chizmachilik asoslarini yaratgan. Markaziy Osiyolik allomalar chizmachilik, geometriya, kartografiya va mexanikaning rivojiga beqiyos hissa qo‘shganlar. Shu bilan birga, Xitoy olimlari – Zu Chongzhi, Shen Kuo va Zhang Heng, hamda Hindiston olimlari – Aryabhata, Brahmagupta va Bhaskara ham chizmalar orqali ilmiy bilimlarni rivojlantirishga hissa qo‘shganlar. Ularning ishlari chizmalarni nafaqat astronomik va geografik ma’lumotlarni ifodalashda, balki mexanika va matematik bilimlarni vizual tarzda tushuntirishda keng qo‘llash imkonini bergan. Zu Chongzhi Mashhur matematik va astronom. Pi sonining qiymatini aniqlashda katta hissa qo‘shgan . Astronomik asboblar va yulduz xaritalarini chizishda ilg‘or metodlardan foydalangan. Shen Kuo Astronom, geograf, matematika va mexanika olimi. Geometriya va topografik chizmalarni ilmiy asosda ishlab chiqqan. “Dream Pool Essays” asarida mexanik qurilmalar, shamol g‘ildiraklari va suv tizimlari chizmalarini bayon qilgan. Zhang Heng Astronom, matematika va mexanik olim. Seysmograf (zilzilani aniqlash moslamasi) ixtiro qilgan. Osmon xaritalarini va sferik geometriyaga oid chizmalarni yaratgan. Aryabhata Matematik va astronom. Trigonometriya asoslarini rivojlantirgan. Yulduzlar xaritalarini chizish va Yerning aylanishini hisoblash bilan mashhur. Brahmagupta Matematik va astronom. Geometriya va hisoblash usullarini chizmalar orqali tushuntirgan.Ko‘pyoqliklar va fazoviy jismlarni o‘lchash bo‘yicha ishlari INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 23 mavjud.Bhaskara I va II Trigonometriya, astronomiya va mexanika sohasida ishlagan.Astronomik chizmalar va mexanik qurilmalar tasvirlarini ishlab chiqqan.Xitoy va Hindiston olimlari chizmalarni nafaqat astronomik va geografik ma’lumotlarni ifodalash uchun, balki mexanika va matematik bilimlarni vizual tarzda tushuntirish uchun ham keng qo‘llashgan. Ularning ishlari keyinchalik Islom olimlari va Yevropa mutafakkirlari tomonidan rivojlantirilgan. Girard Desarg (1591–1661) XVII asr fransuz matematigi bo‘lib, proyektiv geometriya deb ataluvchi yangi matematik yo‘nalishga asos solgan. Fazoviy shakllarni proyeksiyalash, tekislikdagi nuqta va chiziqlar o‘zaro munosabatini o‘rganish, ko‘rish sistemasining matematik asoslarini ishlab chiqqan.Desargning matematikaga qo‘shgan eng katta hissasi, u geometrik shakllarni o‘lchamlaridan qat’i nazar, faqat ularning nisbatlari va o‘zaro joylashuvi orqali o‘rganish mumkinligini isbotlab berdi. Bu yondashuv keyinchalik chizma geometriya va texnik chizmachilikning ilmiy asoslarini mustahkamladi. Gaspard Monj (1746 – 1818 ) chizma geometriya faniga asos solgan olim sifatida dunyoga tanilgan. U chizmachilik jarayonini ilmiy tizimga solib, proyeksiyalashning qat’iy matematik qoidalarini ishlab chiqqan va chizmachilikni mustaqil fan darajasiga ko‘targan. Gaspard Monj o‘zining mashhur “Geometrie Descriptive” (“Chizma geometriya”) asarida bugungi kunda ham qo‘llaniladigan proyeksiyalashning ilmiy qoidalarini to‘liq belgilab beradi. Xulosa qilib aytganda, texnik chizmachilik insoniyatning ilmiy va madaniy taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan, qadimgi tasviriy ifodalardan boshlab, zamonaviy proyeksiyalash va chizma geometriyaga qadar rivojlanib, bilimlarni avloddan-avlodga yetkazish, ilmiy tafakkurni shakllantirish va texnika sohasida ilg‘or natijalarga erishishda asosiy vosita bo‘lgan. Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston va Yevropa olimlari chizmalar orqali astronomiya, geometriya, kartografiya va mexanika fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Shu bilan birga, texnik chizmachilik nafaqat amaliy, balki ilmiy va madaniy merosni saqlash vositasi sifatida ham ahamiyatli bo‘lib qolmoqda. INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 24 FOYDALANILGA ADABIYOTLAR ROYHATI 1 A. Maxmudov (2022) chizmachilik faninig rivojlanish tarixi 2 M. K. Xalimov (2013) Chizma geometriya va muhandislik grafikasi 3 Sh.Murodov, L.Hakimov, A.Xolmurzayev (2008) Chizma geometriya 4 D.U. Sabirova, A.T. Azimov, V.T. Mirzaraimova, V.N. Karimova (2019) Chizma geometriya va muhandislik grafikasi 5 Sh.Abdurahmonov (2005) Chizma geometriya 6 Richard J. A. Talbert (2012) Ancient Perspectives: Maps and Their Place in Mesopotamia, Egypt, Greece, and Rome