NOTO'LIQ OILADA VOYAGA YETAYOTGAN BOLALARDA HUQUQBUZARLIK XAVFI OMILLARI
Abstract
Bugungi kunda qator omillar sabab voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi soni keskin jahon miqiyosida keskin oshib bormoqda. O‘tkazilgan bir qancha tadqiqotlarda ushbu holatning ota-onaning ajrimi yoki boshqa sabablar bilan yuzaga keluvchi oilaning noto‘liq bo‘lishi bilan bog‘liqligi o‘rganilib kelinmoqda. Jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan bolalarning oilaviy muhiti va holati o‘rganilganida, ularning aksariyati noto‘liq oilalarda ulg‘ayayotgani ushbu tadqiqotlar xulosalarini tasdiqlaydi. Maqolada noto‘liq oilaviy muhitning bolalar huquqbuzarligiga ta’siri batafsil bayon etilgan va uning oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar taqdim etilgan.
Full text
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 222 NOTO‘LIQ OILADA VOYAGA YETAYOTGAN BOLALARDA HUQUQBUZARLIK XAVFI OMILLARI Muratova Nozimaxon Habibullayevna Oila va gender ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17840638 Annotatsiya. Bugungi kunda qator omillar sabab voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi soni keskin jahon miqiyosida keskin oshib bormoqda. O‘tkazilgan bir qancha tadqiqotlarda ushbu holatning ota-onaning ajrimi yoki boshqa sabablar bilan yuzaga keluvchi oilaning noto‘liq bo‘lishi bilan bog‘liqligi o‘rganilib kelinmoqda. Jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan bolalarning oilaviy muhiti va holati o‘rganilganida, ularning aksariyati noto‘liq oilalarda ulg‘ayayotgani ushbu tadqiqotlar xulosalarini tasdiqlaydi. Maqolada noto‘liq oilaviy muhitning bolalar huquqbuzarligiga ta’siri batafsil bayon etilgan va uning oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar taqdim etilgan. Kalit so‘zlar: noto‘liq oila, voyaga yetmagan bola, huquqbuzarlik, jinoyat, milliyma’naviy namuna, hissiy bog‘langanlik, huquqbuzarlikka moyillik, deviant xulq. Аннотация. Сегодня число правонарушений среди несовершеннолетних резко возрастает в мировом масштабе из-за ряда факторов. В ряде проведенных исследований изучается связь этого состояния с неполным членом семьи, возникшим по причине развода родителей или по другим причинам. Изучение семейной среды и положения детей, привлеченных к уголовной и административной ответственности, подтверждает выводы этих исследований тем, что большинство из них растут в неполных семьях. В статье подробно описывается влияние неполного семейного окружения на детское правонарушение и представлены предложения и рекомендации по его предотвращению. Ключевые слова: неполная семья, несовершеннолетний, правонарушение, преступление, национально-духовный пример, эмоциональная привязанность, склонность к правонарушениям, девиантное поведение. Abstract. Today, due to a number of factors, the number of juvenile delinquency is sharply increasing on a global scale. In a number of studies, the connection of this circumstance with the incompleteness of the family, arising from the divorce of parents or other reasons, has studied. When studying the family environment and situation of children held criminally and administratively liable, the fact that most of them grow up in single-parent families confirms the conclusions of these studies. The article details the impact of an incomplete family environment on child delinquency and provides suggestions and recommendations for its prevention. Keywords: incomplete family, minor, delinquency, crime, national-spiritual model, emotional attachment, propensity for delinquency, deviant behavior. Kirish Bugungi kunda ko‘plab bolalar noto‘liq oilalarda, ya’ni faqat bitta ota yoki ona mavjud bo‘lgan oilada ulg‘ayishmoqda. G‘arb davlatlarida so‘nggi yillarda noto‘liq oilalar soni uzluksiz ko‘payib bormoqda. Yevropa Ittifoqi va AQShda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 15-27 foizi noto‘liq oilalarda istiqomat qiladi. Noto‘liq oilada o‘sish ota-onaning ajrimi, ulardan birining
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 223 vafot etishi yoki ota / onaning oilani tashlab ketishi natijasida yuzaga keladi. So‘nggi yillarda, ayniqsa, nikohdan ajrimlar sonining ortishi natijasida ko‘plab noto‘liq oilalar shakllanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda 2010-yilda qayd etilgan ajrimlar soni 17.794 ta, 2015-yili 29.647 ta, 2021-yili 39.349 ta va 2023-yil 49.198 tani tashkil etgan 1 . Ajrimlar sonining yil sayin oshib borayotganligi ularda voyaga yetayotgan bolalar bilan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish lozimligini ham taqozo etmoqda. Noto‘liq oilalarda voyaga yetayotgan bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari borasida bir qancha tadqiqotlar o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, tadqiqotchilar Korvin, De Lange, Sandefurning ilmiy izlanishlarida to‘liq bo‘lmagan oilada o‘sish bolalarning hissiy farovonligiga, kognitiv rivojlanishi va fanlarni o‘zlashtirish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotchi Felnerning fikriga ko‘ra, ota-onasi ajrashgan bolalar ota-onasi vafot etgan bolalarga qaraganda ko‘proq qiyinchilikka duch kelishadi. Bundan tashqari, ajrim bolalarda ruhiy tushkunlikni keltirib chiqaradi va kelajakdagi hayotiy imkoniyatlarini xavf ostiga qo‘yadi. Bularning natijasida o‘smirda jinoiy xatti-harakatlarga qiziqish yuzaga keladi va kriminogen jamoaga osonlikcha a’zo bo‘lib qoladi. Tadqiqotchilar Spasennikov B.A. noto‘liq oilalarni notinch oilalar qatorida sanab o‘tadi va bunday oilalarda huquqbuzar yoshlar ulg‘ayishini bayon etadi 2 . Huquqshunos olim Pobegaylo A.E. bolalarning deviant xulqi shakllanishida oilaning to‘liqligi ikkinchi masala ekanligi, birinchisi esa oila a’zolari o‘rtasidagi munosabat ekanligini e’tirof etadi 3 . O‘zbek olimlaridan Yadgarova G.T. noto‘liq oilalarni tadqiq etib, huquqbuzarlikka qo‘l urgan voyaga yetmaganlarning deyarli 75-78 foizi, giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi yoshlarning qariyb yarmidan ortig‘i noto‘liq oilalardan chiqqan yoshlar ekanligini bayon etadi. Shuningdek, bunday oilalarda o‘sgan bolalarda somatik va psixosomatik kasalliklarga chalinish holatlarining ko‘pligi, o‘z joniga qasd qilishning tez-tez uchrab turishi kuzatiladi 4 . Pedagog Shaamirova Y.K.ning tadqiqotlarida esa, noto‘liq oilalarda farzand shaxsi ota yoki ona ishtirokisiz shakllanishi ota-ona yoki erkak-ayol haqidagi tasavvurlarning buzilishiga olib kelishini ta’kidlaydi. Jumladan, qizlar – ayollarga xos milliy-ma’naviy namunani, yigitlar esa otalar va umuman erkaklarga xos namunani ko‘rmasdan ulg‘ayadilar, bu esa keyinchalik qator muammolarni yuzaga keltiradi. Noto‘liq oilalardagi noto‘liqlik, bo‘shliq, bolalar vaqtining yetarlicha nazorat qilinmasligi, milliy-ma’naviy muhitning lozim darajada yaratilmaganligi bola xarakterida salbiy sifatlar ustunligiga va ular tomonidan huquqbuzarlik sodir etilishiga olib kelishi mumkin 5 . Bir qancha ilmiy nazariyalarda noto‘liq oilalarda huquqbuzarlikka moyil bo‘lgan bolalar ulg‘ayishini tushuntirib berishga harakat qilinadi. Jumladan, T.Hirschining ijtimoiy nazorat nazariyasiga ko‘ra, noto‘liq oilalarda o‘smirlarning ota yoki onaga bog‘langanligi yetarlicha 1 O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy sayti. [Elektron resurs]. – URL: https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/demography-2. (murojaat qilingan sana: 25.08.2025). 2 Спасенников Б. А. ПРОБЛЕМЫ ПРЕСТУПНОСТИ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ // На пути к гражданскому обществу. 2017. №3 (27). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/problemy-prestupnostinesovershennoletnih (дата обращения: 29.08.2025). 3 Побегайло А.Э. Семейное неблагополучие в системе детерминации преступного поведения несовершеннолетних: Дис. … канд. юрид. наук. М., 2007. – 42 с. 4 Yadgarova G.T. Noto‘liq oilalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari: Dis. …p.f.n. 19.00.05. ixtisosligi bo‘yicha / O‘zMU. – Toshkent, 2004. – 116 b. 5 Shaamirova Y.K. Noto‘liq oilalarda o‘smirlarni milliy-ma’naviy tarbiyalash: Diss. P.f.n. 13.00.01. ixtisosligi bo‘yicha / T.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti. – Toshkent, 2006. – 7 b.
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 224 bo‘lmaydi va bu ularning kriminogen muhitda ko‘proq vaqt o‘tkazishga sabab bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, ushbu nazariyada oilaning to‘liqligi ikkinchi darajada ko‘riladi, birinchi o‘rinda esa, bolaning ota-onasiga hissiy bog‘langanligi darajasi turadi. Shunga ko‘ra, to‘liq oilada o‘sgan hissiy bog‘lanmagan bolalarda noto‘liq oilada o‘sgan hissiy bog‘langan bolalarga qaraganda huquqbuzarlik qilish xavfi yuqoriroqdir. T.Hirschi va M.Gotfredsonning o‘z-o‘zini nazorat qilish nazariyasiga ko‘ra, to‘liq bo‘lmagan oilalar bolaga nisbatan nazoratni to‘laqonli amalga oshira olmasligi va ijtimoiylashtirishni ta’minlay olmasligi bayon qilinadi. Nazorat ta’minotining buzilishi kuzatilgan bolalarni jinoiy xatti-harakatlarga jalb qilish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shuningdek, M.Gotfredsonning ta’kidlashicha, yolg‘iz ota yoki ona zimmasidagi talablar farzandlari bilan vaqt o‘tkazishni qiyinlashtiradi, bu esa bolalarning salbiy xatti-harakatlar, masalan, jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish holatiga olib keladi. Iqtisodiy stress modelida noto‘liq oilalarda ehtiyojlarning to‘la qondirilmasligi, resurslarning yetishmasligi o‘smirlarning jinoiy xatti-harakatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishiga e’tibor qaratiladi. Masalan, yolg‘iz ota yoki ona bolani maktabdan keyingi mashg‘ulotlarga jalb etishi uchun yetarli imkoniyatga ega bo‘lmasligi, bu esa bo‘sh vaqtning kriminallashuviga olib kelishi mumkin. Oilaviy inqiroz modeli oila tuzilmasiga emas, balki noto‘liq oilani shakllantiruvchi jarayonlarga e’tiborini qaratadi. Oiladagi stabil farovon muhit bolalar xulq-atvorini belgilovchi muhim omil ekanligi ko‘rsatiladi. Oila inqirozi modeliga ko‘ra, ota-onaning ajralishi, oilani tashlab ketishi yoki vafot etishi bolalarda ruhiy tushkunlik, hissiy norozilik va ijtimoiy zo‘riqishni keltirib chiqaradi. Bolalarning ota-onalarga nisbatan hissiy noroziligi oilaga bo‘lgan ijobiy munosabatini o‘zgartirishi va jinoiy xulq-atvorli shakllantirishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, ota-onasi ajrashgan bolalar ota-onasi vafot etganlarga qaraganda ko‘proq huquqbuzarlikka moyil bo‘ladilar. Demak, ota-onasi ajrashgan bolalarda huquqbuzarlik sodir etish xavfi ancha yuqori bo‘ladi. Ota-onasi vafot etgan bolalarda norozilik, qasd, alam hislari kam bo‘ladi, aksincha, ularda tushkunlik, odamovilik, depressiya ko‘proq kuzatiladi. Noto‘liq oilalardagi bolalar, ayniqsa, o‘smirlik davrida jinoiy xatti-harakatlar xavfiga duch kelishadi. Xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra erta noto‘liq oilada qolgan yoki onasi bilan ulg‘aygan bolalarda huquqbuzarlikka moyillik ko‘proq kuzatiladi. Bunga asosiy sabab sifatida onaning hissiyotlarga beriluvchanligi, shuningdek, stress va depressiyaga tushish xavfining kattaligi, moddiy mablag‘ topishda qiyinchiliklarning mavjudligi ko‘rsatiladi. Ammo o‘zbek oilalarida ota bilan ulg‘aygan bolalarda o‘gay ona tomonidan zo‘ravonliklar sodir bo‘lishi haqidagi stereotiplar, otaning tarbiyaga vaqt ajratishi mushkulligi bolalar huquqbuzarligiga sabab bo‘lib qolishi mumkin. Noto‘liq oilada ulg‘ayayotgan bolalarning huquqbuzarlikka moyilligi bo‘yicha qisqa xulosalar: - oila noto‘liq shaklga o‘tganida bola qanchalik yosh bo‘lsa, o‘smirlik davrida jinoiy xatti-harakatlar bilan shug‘ullanish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi; - noto‘liq oilada ulg‘ayish faqatgina o‘g‘il bolalarni emas, qiz bolalarni ham jinoyat qilish ehtimolini oshiradi; - ota-onasi ajrashgan bolalar ota/onasi vafot etgan bolalarga qaraganda ko‘proq huquqbuzarlikka qo‘l uradilar. Buning sababi shundaki, ajrashgan oilalarda o‘sgan bolalarda stress bilan birga qasd va alam tuyg‘usi mavjud bo‘ladi;
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 225 - tadqiqotlarga ko‘ra, noto‘liq oilalarda daromadning pasayishi jinoyatchilik xavfini u qadar oshirmaydi, eng yetakchi omil ota/onaning ruhiy holatidir; - noto‘liq oilalarda, odatda, ota yoki ona farzandlariga yetarlicha vaqt ajrata olmaydi, chunki unda ikkita rolni (ham ota, ham ona roli) bajarish majburiyati mavjud. Yetarlicha vaqt ajrata olmaslik o‘rtadagi hissiy munosabatlarni mustahkamlashga imkon bermaydi va bolalar ota/onasidan yashirincha, nazoratdan tashqarida ish qilishga moslashib qoladilar; - noto‘liq oilada o‘sish bolaning hissiy farovonligiga, aqliy rivojlanishiga va maktabdagi fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin 6 . Shuni yodda tutish kerakki, barcha noto‘liq oila farzandlari ham huquqbuzarlik sodir etmaydi, moyillik mavjud bo‘lsa-da, ammo huquqbuzarlikdan tiyib turuvchi omillar ham mavjud. Masalan, boladagi proaktiv motivatsiyaning yuqori darajasi, ota/onaning barqaror hissiy holati, o‘zaro yetarlicha muloqot va muammolarni birgalikda hal qilish malakasi, oilaning iqtisodiy farovonligi va boshqalar. Noto‘liq oilalarda bolalar jinoyatchiligining oldini olish uchun oiladagi ota yoki ona farzandlari bilan munosabatlarni mustahkamlashga e’tibor qaratishlari, boshqa ota-onalar yoki jamoatchilik resurlaridan yordam so‘rashlari, doimiy tartib va intizom o‘rnatishlari, farzandlarining bo‘sh vaqtini tashkillashtirishga yordamlashishlari, uning birlamchi ehtiyojlarini qondirishi kerak. Ushbu strategiyalar barqaror uy muhitini yaratishga, ijobiy ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishga va individual, oilaviy hamda jamoaviy xavf omillarini bartaraf etish orqali bolalarni huquqbuzarlikdan qaytarishga yordam beradi. Shuningdek, ijobiy rolni modellashtirish ya’ni namunali ota/ona bo‘lishga harakat qilish, ochiq muloqot orqali muammolarni muhokama qilish, farzandlar xatoga yo‘l qo‘yganida ularni tushunadigan va himoya qiladigan shaxs bo‘lish, ota-onalik ko‘nikmalarini oshirish, sifatli ta’lim, sport va san’at to‘garaklariga ishtirok etishini rag‘batlantirish va boshqalar noto‘liq oilalarda bolalar huquqbuzarligining oldini olishda samaralidir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy sayti. [Elektron resurs]. – URL: https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/demography-2. 2. Спасенников Б. А. ПРОБЛЕМЫ ПРЕСТУПНОСТИ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ // На пути к гражданскому обществу. 2017. №3 (27). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/problemy-prestupnosti-nesovershennoletnih. 3. Побегайло А.Э. Семейное неблагополучие в системе детерминации преступного поведения несовершеннолетних: Дис. … канд. юрид. наук. М., 2007. 4. Yadgarova G.T. Noto‘liq oilalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari: Dis. …p.f.n. 19.00.05. ixtisosligi bo‘yicha / O‘zMU. – Toshkent, 2004. 5. Shaamirova Y.K. Noto‘liq oilalarda o‘smirlarni milliy-ma’naviy tarbiyalash: Diss. P.f.n. 13.00.01. ixtisosligi bo‘yicha / T.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti. – Toshkent, 2006. 6. Kroese, J., Bernasco, W., Liefbroer, A. C., & Rouwendal, J. (2020). Growing up in singleparent families and the criminal involvement of adolescents: a systematic 6 Kroese, J., Bernasco, W., Liefbroer, A. C., & Rouwendal, J. (2020). Growing up in single-parent families and the criminal involvement of adolescents: a systematic review. Psychology, Crime & Law, 27(1), 61–75. [Elekrton resurs]. – URL: https://doi.org/10.1080/1068316X.2020.1774589. (murojaat qilingan sana: 29.08.2025).
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 226 review. Psychology, Crime & Law, 27(1), 61–75. [Elekrton resurs]. – URL: https://doi.org/10.1080/1068316X.2020.1774589.