MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALARNING TA'LIM-TARBIYASI VA RIVOJLANISHI
Abstract
Ushbu maqolada bolalarning ta’lim-tarbiyasi, rivojlanishi,shaxsning rivojlantirishiga ta’sir etuvchi omillar, bola shaxsining rivojlanishidatarbiyaning roli, maktabgacha ta’lim davrining o’ziga xos xususiyatlari, bolanitarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatlarning roli haqida fikr yuritilgan.
Full text
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 181 MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING TA’LIM-TARBIYASI VA RIVOJLANISHI Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Padagogika fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi 3 – bosqic talabasi Urozimbetova Sarvinoz Rustam qizi tel: +99888 806 38 48 [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarning ta’lim-tarbiyasi, rivojlanishi, shaxsning rivojlantirishiga ta’sir etuvchi omillar, bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning roli, maktabgacha ta’lim davrining o’ziga xos xususiyatlari, bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatlarning roli haqida fikr yuritilgan. Ka’lit so’zlar: maktabgacha ta’lim, yosh, shaxs, bola, tarbiya, rivojlanish, omillar, irsiyat, faoliyat, muhit, davr. Аннотация: В статье рассматриваются вопросы обучения и воспитания детей, их развития, факторы, влияющие на развитие личности, роль воспитания в развитии личности ребёнка, особенности дошкольного образовательного периода, роль деятельности в воспитании и развитии ребёнка. Ключевые слова: дошкольное образование, возраст, личность, ребёнок, воспитание, развитие, факторы, наследственность, деятельность, среда, период. Abstract: This article discusses the education and upbringing of children, their development, factors affecting the development of the personality, the role of upbringing in the development of the child's personality, the specific features of the preschool educational period, the role of activities in the upbringing and development of the child.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 182 Keywords: preschool education, age, personality, child, upbringing, development, factors, heredity, activity, environment, period. Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasiga juda katta e‘tibor qaratilmoqda. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiya qilish davlat ta’lim siyosatining vazifasi hisoblanadi. Uning asosiy yo‘nalishlari Prezident, Maktabgacha ta’lim vazirligining qator davlat hujjatlarida belgilab berilgan. 2019-yil 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Qonunchilik palatasi tomonidan 22-oktyabrda qabul qilingan va 14-dekabrda Senat tomonidan ma’qullangan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunini 1 imzoladi. Qonun maktabgacha ta’lim va tarbiyani, bolalarni o‘qitish va tarbiya qilish, ularni ma’naviy-axloqiy, estetik, aqliy va jismoniy rivojlantirish hamda umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’limning bir qismi sifatida belgilaydi. 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari 2 va “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi 3 tasdiqlangan bo‘lib, ular ilg‘or xalqaro amaliyot asosida ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigʼindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyat hisoblanadi. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga oʻtadi. Rivojlanish — tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga oʻtish. Rivojlanish natijasida obyektning —
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 183 tarkibi yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy tamoyilidir. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining merosida ta’lim tarbiya masalalari muhim oʻrin tutadi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Kaykovus, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Mirzo Ulugʻbek, Ya.A.Komenskiy, L.S. Vigotskiy, A.S. Makarenko, Lesgaft kabi mutafakkirlarning asarlarida oilada bola tarbiyasi masalalari va ularni hal qilish yoʻllari koʻrsatib berilgan. Sharq mutafakkirlarining fikrlari quyidagicha: Beruniy ota-onalarning bolalari bilan birga harakat qilishlari, turli oʻyinlar uyushtirishlari, ular bilan oʻzaro suhbatlar oʻtkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Alisher Navoiy oʻzining qator asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari umuminsoniy gʻoya ekanligini ta’kidlaydi. Abu Nasr Farobiyning fikricha bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib borilmogʻi va u aqliy va axloqiy tarbiya birligidan iborat boʻlmogʻi lozim degan xulosaga kelgan. G‘arb mutafakkirlarining fikrlari quyidagicha: Ya.A.Komenskiy oʻzining “Onalar maktabi” kitobini maktabga tayyorlash bobida, shunday yozadi, barcha insonlar bajaradigan ishlar, ma’lum bir tayyorgarlikni talab qiladi. Taniqli pedagog A.S. Makarenko pedagogning roli va mas’uliyatini ta’kidlab, shunday yozgan edi: «Tarbiyaviy ta’sirning g‘oyat qudratli ta’sir ko‘rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo‘lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo‘lsa, buning uchun u o‘z bolaligida tarbiya topganidan qarzdordir». Asosan 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davr maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3-4 yosh) kichik maktabgacha davr, (4-5 yosh) o‘rta maktabgacha davr, (6-7 yosh) katta maktabgacha davrga ajratish mumkin.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 184 Shaxs - muayyan jamiyatning a'zosidir. SHaxsning kamol topishida va uning xulqida biologik va ijtimoiy omillarning ta'sir kuchi har doim ham bir xil bolavermaydi. Chunki uning munosabatlariga, xulqiga vaziyat ham ta'sir etadi. SHaxsning kamolga etishida ijtimoiy muhit, nasl-irsiyat, ta'lim-tarbiya muhim ahamiyatga ega. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli kar va ko’zi ojiz bolalar uchun mo’ljallangan jamoat muassasalarida ayniqsa aniq namoyon buladi. Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni mehnat faoliyatiga va turmushga tayyorlashni ta'minlaydi. Turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga bo‘linadi: go‘daklik (1 yoshgacha); ilk yosh (1-2 yosh); ilk yosh guruhi (2-3 yosh); kichik yosh (3-4 yosh); o‘rta yosh (4-5 yosh); katta yosh (5-6 yosh); maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh). Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham psixologik ham ijtimoiy jihatdan kamolga yetadi. Bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egayyadi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro‘y beradi. Inson tarbiyasi asosan uning xalq baxt-saodati yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatida ijtimoiy hayotdagi faziyatlarni hal etishda namoyon bo’ladi. Shaxsni shakllantiruvchi omillar quyidagilardan iborat; ijtimoiy muhit, tarbiya, irsiyat nishonalari. Shaxsni shakklantirishda muhit kata ta’sir ko’rsatadi. Ijtimoiy muhit shaxsni rivojlantirishda kata ahamiyatga ega. Muhit deganda shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi olam, voqelik va hodisalar majmuyi tushuniladi.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 185 Tarbiya – biror maqsadga yo’naltirilgan jarayon hisoblanib, u muayyan darajadagi dastur g‘oyalari asosida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilar tomonidan tashkil etiladi. Irsiyat ota qoni yoki ajdodlariga xos bo’lgan biologik xususiyat va o‘xshashliklarning naslga o’tish jarayoni hisoblanadi. Faoliyat - bu kishining ma’naviy va moddiy ne’matlar yaratish borasidagi hamda shaxsiy va ijtimoiy sohadagi ma’lum bir maqsad sari qiladigan xatti – harakatlar majmuasi hisoblanadi. 5-6 yoshli bolalarda o’yin faoliyatining mazmuni xilma - xil bo’ladi va har tomonlama rivojlanish imkoniyatlari kengayadi. O‘yin bolaning atrofdagi voqelik, xayolni rivojlantirishga, odamlar mehnati to‘g‘risidagi bilimlarini chuqurlashtirishga yordam beradi. Mashg‘ulotdagi eng odiiy o’quv faoliyatiodamlar haqidagi bilimlarni o’zlashtirishga, ijtimoiy turmush, atrofdagi tabiat, shuningdek, bolaning aqliy va amaliy ko’nikmalarini shakllanitirishga yordam beradi. Xulosa Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishi jamiyat kelajagi uchun poydevor vazifasini bajaradi. Aynan shu davrda bolaning shaxsiy fazilatlari, aqliy, jismoniy, axloqiy va estetik rivojlanishi shakllanadi. Tarbiyachi va ota-onaning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida bola atrof-muhitni anglaydi, mustaqil fikrlashni, muloqot qilishni o‘rganadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1.O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son. “Ta’lim to‘g‘risida”gi. 23.09.2020. 2.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam”davlat o’quv dasturi./Takomillashtirilgan ikkinchi nashr/ Toshkent.2022. 3.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi. 22.12.2020 yildagi 802-
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 186 son.49. 4.P.Yusupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. T:.“O‘qituvchi” nashriyoti. 1993. 5.O.Xasanboeva. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T:.“Ilmziyo” nashriyoti. 2006. 6.Sh. Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. T:.“Tafakkur bo‘stni” nashriyoti. 2013. 7.Sh.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. T:.“Tafakkur sarchashmalari” nashriyoti. 2013. 8.F.Qodirova, Sh. Toshpo‘latova, N.Kayumova, M. A’zamova. “Maktabgacha pedagogika”.-T:.“Tafakkur” nashriyoti 2019. 9..F.Qodirova, Sh Toshpo‘latova, M A’zamova. “Maktabgacha pedagogika”.-T:. “Ma’naviyat” nashriyoti 2013. 10.N.M.Qayumova “Maktabgacha pedagogika”. -T:. “TDPU” nashriyoti 2013.