scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MUSIQA TA'LIMI VOSITASIDA EMOTSIONAL INTELLEKTNI SHAKLLANTIRISH

Nomozova marjona olimovna Termiz Davlat Pedagogika Instituti jismoniy madaniyat va sanat fakulteti Musiqa mahorati va madaniyati kafedrasi 70110601- musiqa ta'limi va san'at mutaxasisligi magistranti. Email: [email protected] O 'qituvchi Gadoy

Abstract

Bugungi jadal rivojlanayotgan zamonda bolalarningemotsional intellektini rivojlantirish masalasi har qachongidan ham dolzarbhisoblanadi. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsionalintellektni musiqa ta’limi vositasida shakllantirish bosqichlari, shuningdek musiqata’limining bolalarda o‘z-o‘zini anglash, hissiy holatni boshqarish va empatiyasifatlarini rivojlantirishdagi o‘rni hamda ahamiyati yoritib berilgan

Full text

MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 202 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MUSIQA TA’LIMI VOSITASIDA EMOTSIONAL INTELLEKTNI SHAKLLANTIRISH Nomozova marjona olimovna Termiz Davlat Pedagogika Instituti jismoniy madaniyat va sanat fakulteti Musiqa mahorati va madaniyati kafedrasi 70110601musiqa ta’limi va san’at mutaxasisligi magistranti. Email: [email protected] O ‘qituvchi Gadoyeva Muborak Jumaqulovna Annotatsiya: Bugungi jadal rivojlanayotgan zamonda bolalarning emotsional intellektini rivojlantirish masalasi har qachongidan ham dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional intellektni musiqa ta’limi vositasida shakllantirish bosqichlari, shuningdek musiqa ta’limining bolalarda o‘z-o‘zini anglash, hissiy holatni boshqarish va empatiya sifatlarini rivojlantirishdagi o‘rni hamda ahamiyati yoritib berilgan. Kalit so'zlar: emotsional intellekt, maktabgacha yosh, musiqiy ta’lim, musiqa terapiyasi, hissiy rivojlanish, empatiya, musiqiy mashg‘ulotlar, musiqiy idrok, ritm va temp. ФОРМИРОВАНИЕ ЭМОЦИОНАЛЬНОГО ИНТЕЛЛЕКТА У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА ПОСРЕДСТВОМ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ Аннотация: В условиях стремительного развития современного общества вопрос развития эмоционального интеллекта у детей становится как никогда актуальным. В данной статье раскрываются этапы формирования эмоционального интеллекта у детей дошкольного возраста посредством музыкального обучения, а также рассматривается роль и MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 203 значение музыкального образования в развитии самоосознания, управления эмоциональными состояниями и формирования эмпатии у детей. Ключевые слова: эмоциональный интеллект, дошкольный возраст, музыкальное образование, музыкотерапия, эмоциональное развитие, эмпатия, музыкальные занятия, музыкальное восприятие, ритм и темп. DEVELOPING EMOTIONAL INTELLIGENCE IN PRESCHOOL CHILDREN THROUGH MUSIC EDUCATION Abstract: In today’s rapidly developing world, enhancing the emotional intelligence of children has become more relevant than ever. This article explores the stages of developing emotional intelligence in preschool-age children through music education, as well as examines the role and significance of musical instruction in fostering self-awareness, emotional regulation, and empathy in children. Keywords: emotional intelligence, preschool age, music education, music therapy, emotional development, empathy, musical activities, musical perception, rhythm and tempo. KIRISH. Hozirgi kunda yurtimizda maktabgacha ta’limga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2024-yil 30-sentabr kuni Prezidentning “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-152-sonli farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga koʻra, maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi doirasida quyidagi vazifalar belgilangan:  kichik va oʻrta guruhlardagi bolalarda kognitiv, psixomotor va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish;  katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalarda bilim olish, kommunikativ hamda ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquvmetodik materiallarni ishlab chiqish. Shuningdek, 2025-yil 9-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Bu MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 204 tashabbuslarning barchasi ta’lim tizimini rivojlantirishda maktabgacha ta’lim sohasining oʻrni naqadar muhim ekanini yana bir bor koʻrsatadi. Zamonaviy pedagogikada shaxsning intellektual salohiyatini rivojlantirish bilan bir qatorda, emotsional intellektni shakllantirish ham muhim yoʻnalish sifatida e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional intellektning rivojlanishi ularning kelajakdagi ijtimoiy moslashuvi, shaxslararo munosabatlari va ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatlarini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ijtimoiy-emotsional koʻnikmalar aynan erta yoshda shakllanadi va maqsadli dasturlar asosida rivojlantirilganda bolalarning umumiy taraqqiyotiga sezilarli ta’sir koʻrsatadi.[4:2] Soʻnggi yillarda ta’lim tizimida emotsional intellektni oʻrganishga qiziqish ortib bormoqda. Emotsional intellekt (EQ) bolaning shaxs sifatida shakllanishi va jamiyatda oʻz oʻrnini topishida muhim ahamiyatga ega. Emotsional intellekt nazariyasini rivojlantirgan olim Daniel Goleman EQni quyidagi besh komponentga ajratadi: 1. Oʻz-oʻzini anglash 2. Oʻz-oʻzini tartibga solish 3. Motivatsiya 4. Empatiya 5. Ijtimoiy koʻnikmalar Daniel Goleman tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar EQning ahamiyati IQ bilan teng darajada ekanligini koʻrsatadi. IQ insonning aqliy rivojlanishini ifodalasa, EQ shaxsning ijtimoiy va hissiy rivojlanish darajasini belgilaydi.[2:2] Agar emotsional intellektni maktabgacha yoshdan boshlab shakllantirishga e’tibor qaratilsa, bolalar jamiyatga moslashish, oʻz hissiyotlarini anglash hamda boshqalarning hissiyotlarini tushunishda qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional intellektni rivojlantirishda musiqa ta’limining oʻrni beqiyosdir. Masalan, bolalar eshitayotgan musiqa yoki qoʻshiqlarning mavzusi, ritmi va tempi orqali oʻz hissiyotlarini ifodalash, MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 205 atrofdagilarning hissiyotlarini anglash, muruvvat va hamdardlik tuygʻularini shakllantirish imkoniga ega boʻladilar. Ushbu jarayonning sifatli tashkil etilishida musiqa oʻqituvchisi muhim rol oʻynaydi. Toʻgʻri metodik yondashuv, musiqiy terapiya elementlari, turli musiqiy oʻyinlar va ijodiy mashgʻulotlar orqali emotsional intellektni shakllantirish jarayoni yanada samarali boʻladi. XULOSA. Maktabgacha yoshdan emotsional intellektni rivojlantirish bolalarning hissiy, ijtimoiy va shaxsiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yoshda shakllangan emotsional ko‘nikmalar bola psixologik barqarorligi va ijtimoiy moslashuvini ta’minlaydi. O‘z-o‘zini boshqarish, empatiya va stressga chidamlilikning erta shakllanishi keyingi ta’lim bosqichlaridagi muvaffaqiyatga zamin yaratadi. Demak, emotsional intellektni erta rivojlantirish barkamol shaxsni tarbiyalashning asosiy omillaridan biridir. ADABIYOTLAR RO`YXATI: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-152-son Farmoni. 2024. 2. Channell M. Daniel Goleman’s Emotional Intelligence. The TSW Blog, 2025. 3. Goleman D. Emotional Intelligence. New York: Bantam Books, 1995. 4. No‘monova Z.M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional intellektni rivojlantirish dasturlari va samaradorligi. “Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya” nomli ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.