scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOLALAR FOLKLOR JANRIDA.ZAMONAVIY FOLKLOR RAQS SAN'ATI MA'DANIYATINI FAOL RAVISHDA TARG'IB QILISH

Muminova OlmaxonТоshmuratovna Denov tadbirkorlik va pedagogika institute o'qituvchisi

Abstract

Bolalar folklori — ogʻzaki ijod namunalaridan biri bo’lib, odatdabolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiyqismlaridan biri. Oʻzbek bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq,bolalar oʻyin qoʻshiqlari, rekalama, masharalama va boshqalarni oʻz ichiga oladi

Full text

MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 206 BOLALAR FOLKLOR JANRIDA.ZAMONAVIY FOLKLOR RAQS SAN’ATI MA’DANIYATINI FAOL RAVISHDA TARG’IB QILISH. Muminova OlmaxonТоshmuratovna Denov tadbirkorlik va pedagogika institute o‘qituvchisi Annotatsiya: Bolalar folklori — ogʻzaki ijod namunalaridan biri bo’lib, odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy qismlaridan biri. Oʻzbek bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oʻyin qoʻshiqlari, rekalama, masharalama va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Аннотация: Детский фольклор — один из видов устного творчества, который обычно создаётся детьми или взрослыми для детей. Является составной частью фольклорного жанра. Узбекский детский фольклор включает колыбельные, сказки, потешки, скороговорки, загадки, детские игровые песни, «рекалама», «машаралама» и другие. Annotation: Children’s folklore is a type of oral creativity usually created by children or by adults for children. It is one of the components of the folklore genre. Uzbek children’s folklore includes lullabies, fairy tales, playful verses, tongue twisters, riddles, children’s game songs, “rekalama,” “masharalama,” and others. Kalit so’zlar: Folklor, nomoddiy madaniy meros, arxeologiya, ashula, cholg’u, xalq qo’shiqlari, xalq og‘zaki ijodi. “Folklor” atamasi aslida “folk” - xalq va “lore” - donolik so’zlaridan yasalgan bo’lib, «xalq donoligi, xalq donishmandligi» ma’nolarini anglatadi. Uni birinchi marta 1846-yilda Vilyam Toms ilmiy istiloh sifatida qo’lladi. Shundan boshlab bu istiloh xalqaro miqyosda ilmiy taomilda o’zlashib ketdi. Shunga qaramay, Angliya, AQSh va boshqa ingliz tilida so’zlaShuvchi mamlakatlarda bu mavhum keng ma’noda xalq ijodining barcha sohalarini – xalq poeziyasi, xalq nasri, musiqasi, raqsi, rassomlik, o’ymakorlik, diniy e’tiqodi va odatlarini ifodalasa, boshqa tillarda so’zlashuvchi xalqlarda, asosan, so’z san’atini - xalq og’zaki poetik ijodi tushunchasini ifoda etadi. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 207 Xalq musiqasi tushunchasini ifodalashda «musiqa folklori», xalq san’atining boshqa turlarini, chunonchi, o’ymakorlik, zargarlik, zardo’zlik, kashtachilik (patdo’zlik) singarilar xalq amaliy san’ati termini ostida tushuniladi, Xalq raqsi tushunchasi xalq xoreografiyasi (grekcha choreuo – xor jo’rligida raqsga tushmoq va grapho – raqs harakatlarini maxsus belgilarda yozib olmoq) deb yuritiladi. O’zbek folklorshunosligi tarixida «folklor» istilohi nisbatan keyinroq ilmiy iste’molga kirdi. U dastlab «el adabiyoti», «og’zaki adabiyot», «og’zaki ijod» tarzida qo’llanildi. 1935-yilda H.Zarif va Sh.Rajabiylarning «O’zbek sovet folkloridan namunalar» kitobi bosilib chiqqandan keyin mazkur istilohni qo’llash taomilga kira boshladi va asta-sekin o’zbek folklori tushunchasi zamirida o’zbek xalq og’zaki poetik ijodi tushuniladigan bo’ldi. Hodi Zarifning oliy o’quv yurtlari uchun tuzgan ikki jildlik «O’zbek folklori» (1939 va 1941-y.) xrestomatiyasi nashr etilgach, u yanada barqarorlashdi. Bolalar folklori — ogʻzaki ijod namunalaridan biri bo’lib, odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy qismlaridan biri. Oʻzbek bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oʻyin qoʻshiqlari, rekalama, masharalama va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, oʻyiniga, qoʻshigʻiga moslangan boʻladi. Oʻzbekistonda Bolalar folklori namunalari toʻplam holida 1932-yildan nashr etila boshladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehr-muhabbati bilan yoʻgʻrilgan boʻlib, ularda goʻdakning istiqboliga oid orzuumidlar, bola yashayotgan muhit oʻz ifodasini topadi. Bolani belash, oʻtqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, oʻynatish va ovutishlarda “Toy toy”, «Bordi-bordi» va boshqa ovutmachoqlar aytiladi. Bolalar qoʻshiqlarining koʻplari yil fasllari bilan bogliq. «Boychechak», «Oftob chiqdi olamga», «Chittigul», «Laylak keldi, yoz boʻldi», «Qurbaqa», «Qaldirgʻoch» kabi qoʻshiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq koʻchalarida aytishadi. Ular bahorkelishi, yomgʻir yogʻishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bogʻliq. «Bu bogʻchada olcha», «Zuvzuv boragʻon», «Chamandagul», «Oq sholi, koʻk sholi» va boshqa qoʻshiqlar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 208 chorvachilik, hunar va sanʼat bilan bogʻliq mehnat jarayonlari, kattalar xattiharakatlariga taqlid aks etadi. Oʻyinlar ham, qoʻshiqlar ham bolalarning aqliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uygʻotadi. Oʻyinlar Bolalar folklorining murakkab turi boʻlib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. Oʻyinlarni kichik yoshdagi bolalar «Choriy chambar», «Hakkalakam» kabi sanama oʻyinidan, katta bolalar «Qushim boshi» degan topishmoqdan boshlaydi. Bolalar bogʻchalari, maktablarda oʻyinlardan keng foydalaniladi. Bolalar folklori yosh avlodni intizomli, jasur, qatʼiyatli, qiyinchiliklarni yengishga, oʻrtoqlariga yordam berishga tayyor boʻlish singari yaxshi sifatlarga ega boʻlib oʻsishlariga yordam beradi. Uning ayrim namunalari maktab darsliklari va oʻqish kitoblariga kiritilgan. Ijodkor xalq badiiy so’zning yosh avlod tarbiyasidagi kuchi va jozibasiga qadim zamonlardanoq ishongan. U o’zining eng noyob asarlarini so’z mo’jizasi bilan dunyoga keltirgan. Hali yozuv nimaligini bilmagan vaqtlarda ham odamlar o’yinkulguni, surat chizishni bilganlar. Xalqimiz orasidan buyuk iste’dod sohiblari, baxshilar, naqqoshlar, sangtaroshlar yetishib chiqqan. Ularning asarlarida ko’hna tarix izlari, xalq termalari, dostonlarida ona allalari va bola o’yinlarida saqlanib qolgan. Bola dunyoga kelgan kunidan boshlab yoqimli ona allasini eshitadi. Alla bola ongiga ona suti bilan kiradi. Bola ulg’ayib borgan sari qo’shiqlar ohangi ham o’zgarib boradi. Ertaklar, maqollar, topishmoqlar, bolalarning dunyoqarashini kengaytiradi, bolaning ma’naviy dunyosini shakllantiradi. Bolalar endi o’z harakatlarida kattalarga taqlid qiladilar. Bolalarni yoshligidanoq foydali ishlarga o’rgatish mashg’ulotlar, qo’shiqlar, ertaklar orqali amalga oshiriladi. Bola allalagan ona o’ziga xos poeziya yaratadi. U beshik ustida bugun aytgan so’zlarini ertaga takrorlamaydi, nimadir qo’shadi va boyitadi. Shu yo’sinda allalar, ertaklar, qo’shiqlar, termalar, topishmoqlar yig’ilib kata bir dengizni hosil qiladi. Bolalar folklori bola uchun ilk tarbiya darsligi, ma’naviy boyliklarning bitmas-tuganmas xazinasidir. Har bir xalq bolalar folklorining vujudga kelishi o’sha millatning ma’naviy tafakkuri bilan bog’liq. Shu tariqa xalqning o’zi farzandlari uchun maxsus adabiyotni vujudga keltirish majburiyatini oladi. Rus xalqi orasida jodugar kampir Yaga, uchar ilon, To’g’rivoy va Egrivoy to’g’risida ertaklar; turkey xalqlar MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 209 orasida To’maris, Shiroq, Guldursun haqidagi afsonalar shuhrat qozongan. Holbuki, bu ertaklarning yaratilishi eramizdan avvalgi 64-asrlarga borib taqaladi. Xulosa qilib aytganda, xalq qo’shiqlari musiqiy tarbiya metodikasida qo’shiq aytish faoliyatining tarbiyaviy ahamiyatini rivojlantiradi. Milliy ruhni o’zida aks ettirgan xalq qo’shiqlari va laparlari bolalarni olamni badiiy his va idrok etishlariga, zavqlanishlariga yordam beradi, insonning his-tuyg’ularini, kechinmalarini o‘ziga xos badiiy tilda ifodalaydi. O‘quvchilarni qiziqtiradigan, o‘ziga jalb etadigan, zavqlantiradigan sharoit yaratadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar xalqimizning milliy iftixori hisoblanadi. Asrlar davomida mehnat, kurash va ijod jarayonida ishilarni ezgulikka yetaklovchi ilhom manbai bo‘lib sanaladi. Musiqa tilsiz falsafa deb bejiz aytilmagan. Inson qo‘shiq bilan, musiqa bilan tirik. Kuy-qo‘shiqlarsiz hayotning mazmunini, atrofdagi go‘zallikni tasavvur etish qiyin. Qo‘shiq zavq ehtiyoji, eng go‘zal, eng oliyjanob orzu va hayotiy g’oya hayqirig’idir. Xalq qo‘shiqlari umuminsoniy qadriyatlarini o‘quvchilarni dunyoqarashi, musiqiy didini rivojlantiradi. Shuningdek, umuminsoniy qadriyatlar o‘quvchilarda milliy kuy-qo‘shiqlarga ixlos uyg’otadi, musiqiy qobiliyatlarini ritm tiyg’usini o‘stirib, musiqiy o‘quvi va didini o‘stiradi, talabalarda milliy merosimizga, ommaviy kuy-qo‘shiqlarga, xalq aytimlariga va u orqali Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi, alla, lapar, terma qo‘shiqlar vositasida o‘quvchilarda badiiy ijodkorlik qobiliyatlari o‘sib boradi. FOYDALANILGAN ADABIYOLAR RO’YXATI: 1. T.Mirzayev X.Razzoqov, O.Sobirov, K.Imamov O’zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyoti, 1980-yil 2. G‘. Jahongirov. O’zbek bolalar folklori. Toshkent, “Fan” nashriyoti, 1975yil 3. O‘zbek bolalar antologiyasi. Nasr. 2-qism. –Sharq. –T.: 2006. 4. M.Allaviya. O’zbek xalq marosim qo’shiqlari. Toshkent: “Fan” nashriyoti, 132 b. 5. Nurullaev F.G. The role of folklore in the raising of children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 12, 2020 Part IIIISSN 2056-5852. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 210 6. Nurullayev F.G., Madrimov B.K., Rajabov T.I. Teaching Bukhara Children Folk Songs in Music Lessons as an Actual Problem. International Journal of Psychosocial Renabilitation, Vol.24, Issue 04, 2020 P. 6049. 7. Nurullayev F.G. Formation of aesthetic education of children on the example of bukhara folklore songs. Euro-Asia Conferences 1 (1), 34-36. 8. Нуруллаев Ф.Г. Мусиқа таълимида Бухоро фольклор қўшиқларига қўйиладиган методик талаблар. Pedagogik mahorat, Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2020, 3-son. Buxoro. Б.175-180.