scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSIQA ORQALI STRESS VA RUHIY ZO'RIQISH HOLATLARINI KAMAYTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

Termiz davlat pedagogika institute, Magistratura bo`limi Musiqa ta'lim va san'at mutaxasisligi 1-bosqich magistranti Amonova Munisa Shavkat qizi Ilmiy rahbar: Naimov Muzaffar O`rinovich San`atshunoslik fanlari nomzodi(PhD), professor v.b.

Abstract

Ushbu maqolada musiqaning inson ruhiyatiga ta’siri va stresshamda ruhiy zo`riqishni kamaytirishdagi psixologik ahamiyati, musiqaterapiyasining tinchlantiruvchi va emotsional muvozanatni tiklovchi xususiyatlariqanday tahlil qilinganligi, shuningdek musiqaning ta’lim jarayonidao’quvchilarning ruhiy holatini barqarorlashtirishdagi o’rni xususida so’z yuritiladi.

Full text

MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 216 MUSIQA ORQALI STRESS VA RUHIY ZO’RIQISH HOLATLARINI KAMAYTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI Termiz davlat pedagogika institute, Magistratura bo`limi Musiqa ta’lim va san’at mutaxasisligi 1-bosqich magistranti Amonova Munisa Shavkat qizi Ilmiy rahbar: Naimov Muzaffar O`rinovich San`atshunoslik fanlari nomzodi(PhD), professor v.b. Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqaning inson ruhiyatiga ta’siri va stress hamda ruhiy zo`riqishni kamaytirishdagi psixologik ahamiyati, musiqa terapiyasining tinchlantiruvchi va emotsional muvozanatni tiklovchi xususiyatlari qanday tahlil qilinganligi, shuningdek musiqaning ta’lim jarayonida o’quvchilarning ruhiy holatini barqarorlashtirishdagi o’rni xususida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar: musiqa, psixologiya, musiqa terapiya, stress, ruhiy zo’riqish, emotsional barqarorlik ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ СНИЖЕНИЯ СТРЕССА И ПСИХОЭМОЦИОНАЛЬНОГО НАПРЯЖЕНИЯ С ПОМОЩЬЮ МУЗЫКИ Аннотация: в данной статье рассматривается влияние музыки на психику человека, её психологическое значение в снижении стресса и психоэмоционального напряжения. Анализируются успокаивающие и эмоционально стабилизирующие свойства музыкотерапии, а также роль музыкального воздействия в образовательном процессе при стабилизации эмоционального состояния учащихся. Ключевые слова: музыка, психология, музыкотерапия, стресс, психоэмоциональное напряжение, эмоциональная устойчивость. THE PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF REDUCING STRESS AND EMOTIONAL TENSION THROUGH MUSIC MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 217 Abstract: This article discusses the influence of music on the human psyche and its psychological importance in reducing stress and mental tension. It also analyzes the calming and emotionally balancing effects of music therapy, as well as the role of music in stabilizing students’ emotional states during the educational process. Keywords: music, psychology, music therapy, stress, mental tension, emotional stability Kirish Zamonaviy hayot sur’ati, axborot oqimining tezligi va ijtimoiy bosim inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada stress, charchoq va ruhiy zo‘riqish holatlari ko‘paymoqda. Inson ruhiy muvozanatini tiklashda turli usullar mavjud bo‘lsa-da, shulardan eng tabiiy va samaralilaridan biri bu — musiqadir. Musiqa inson qalbini tinchlantiradi, emotsional holatni muvozanatlashtiradi va ijobiy energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Psixologiya fanida musiqaning hissiy holatlarga ta’siri ko‘p yillardan buyon o‘rganilib kelinmoqda. Ayniqsa, musiqa terapiyasi yo‘nalishi insonda ruhiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil sifatida qaraladi. Musiqa terapiyasi - bu musiqa va uning elementlaridan (tembr, ritm, melodiya, va hokazo) foydalanib, insonlarning psixologik, jismoniy, va hissiy holatlarini yaxshilashga qaratilgan terapevtik yondashuvdir. Bu soha tarixan uzoq o‘tmishga borib taqaladi va uning rivojlanishida turli madaniyatlarning musiqa va shifobaxsh amaliyotlaridan foydalanishlari katta rol o‘ynagan. Musiqa terapiyasi tarixiga nazar tashlasak, 1900-yillarning boshlarida u birinchi marta Amerika Qo'shma Shtatlarda qo'shimcha ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun ishlatilganligini ko'rishimiz mumkin. Keyinchalik 50-60-yillarda terapiya Buyuk Britaniyada tez-tez qo'llanila boshlandi. Biz musiqiy terapiyadan turli xil ruhiy kasalliklarni davolashda, kundalik nevrozlar, psixiatriya kasalliklarda moslashuvning og'ir shakllarida — shifokorlar bemorlarning kayfiyati buzilishi kabi holatlarga duch kelganlarida va ma'lum bir kasallikka qarshi kurashishda ularning MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 218 ichki kuchlarini saqlab qolish zarur bo'lgan holatlarda keng foydalanamiz. Musiqiy terapiyani qo'llashning ta'siri avval quyidagilarda ko'rinadi: - hissiy holatni tartibga solish; -psixologik hamda ijtimoiy jarayon tajribalariga kirish imkoniyatini oshirish; - hissiy ifoda etishning yangi vositalaridan foydalanish; - muloqot qobiliyatlari asoslarini yaratish; -ijodiy tasavvur va ijodkorlikni rivojlantirish; - o'zini namoyon qilish va rivojlantirishga ko'maklashish; - bemorlarga yangi munosabatlar va ko'rsatmalarni o'zlashtirish imkoniyatlarini yengillashtirish kabi ta’sirlarni o’z ichiga oladi. [4.8] Musiqaning psixologik ta’sir mexanizmi Musiqa inson ongiga bevosita emotsional kanal orqali kirib boradi. U nafaqat eshitish organlari, balki markaziy asab tizimi orqali butun organizm faoliyatiga ta’sir etadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, musiqaning ritmi, tembri va ohangi inson yurak urish tezligini, qon bosimini va nafas olish ritmini me’yorga keltiradi. Yumshoq, sekin tempdagi musiqa miyada alfa-to‘lqinlarning faollashishiga sabab bo‘ladi — bu esa dam olish, tinchlanish holatini bildiradi. Aksincha, tez ritmli, dinamik musiqa organizmni faollashtiradi, ruhiy ko‘tarinkilikni kuchaytiradi. Shuning uchun musiqaning turli turlari insonning hissiy holatiga qarab tanlanadi. Demokrit, Platon kabi antik davr mualliflarining ko‘pchiligi musiqaning inson holatiga ta’sir qilishi haqida ko‘plab dalillar keltirilgan. Odisseya haqidagi eposda musiqa ta’sirida yaraning bitib ketishi tasvirlangan, hayotda juda qahrli bo‘lgan Sparta hukmdori Likurg o‘z qo‘shinlari uchun musiqa yaratgan. Qadimgi Xitoyda musiqa tartib va sivilizasiya ramzi hisoblangan, u tarbiyaning eng muhim vositasi hisoblangan va o‘rganilishi shart bo‘lgan fanlar qatoriga kiritilgan. Ma’lumki, Konfutsiy ham “sin” degan musiqa cholg‘usida chala olgan. Hindistonda esa qadimda shifokorlar musiqadan davolash vositasi sifatida foydalanishgan.[1.378] Stress va ruhiy zo‘riqish holatida musiqaning roli MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 219 Stress holatida inson tanasida kortizol gormoni ko‘payadi, bu esa asabiylik, charchoq va xavotirni kuchaytiradi. Musiqa tinglash esa ushbu gormon miqdorini kamaytirib, dopamin va serotonin-“baxt gormonlari” ishlab chiqilishini rag‘batlantiradi. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 15–20 daqiqa davomida tinchlantiruvchi musiqa tinglash inson ruhiy holatini barqarorlashtiradi, yurak urishini sekinlashtiradi va stressdan keyingi tiklanish jarayonini tezlashtiradi. Shu bois, musiqa bugungi kunda stressni kamaytiruvchi tabiiy terapiya vositasi sifatida e’tirof etiladi. Shu bilan birga, bugungi kunda musiqa bilan davolashning “Musiqa terapiyasi” deb ataluvchi ko`rinishi ommalashgan bo`lib, bu musiqadan foydalanib insonning emotsional, ijtimoiy va jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan psixologik usuldir. Quyidagi 1-jadvalda musiqa terapiyasining uch asosiy shakli ko`rsatilgan: T/r Shakl Faoliyat 1 Passiv musiqa terapiyasi Inson shunchaki tinchlantiruvchi musiqa tinglaydi 2 Faol musiqa terapiyasi Inson o‘zi kuylaydi, cholg‘u chaladi yoki musiqiy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi 3 Improvizatsion terapiya Inson o‘z holatiga mos musiqa yaratish orqali ichki his-tuyg‘ularini ifoda etadi 1-jadval Bu usullar asab tizimining faoliyatini muvozanatlashtiradi, hissiy taranglikni kamaytiradi va ruhiy sog‘lomlashuvni ta’minlaydi. Ayniqsa, ta’lim muassasalarida, o‘quvchilarda uchraydigan ruhiy zo‘riqish, imtihon oldi hayajoni, sahna qo‘rquvi kabi holatlarda musiqaning ijobiy ta’siri katta. O‘qituvchi dars davomida qisqa musiqiy pauzalar, fon musiqasi yoki birgalikdagi kuylash mashg‘ulotlari orqali MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 220 o‘quvchilarda tinchlik, ijobiy kayfiyat va diqqatni jamlashni ta’minlashi mumkin. Bunday yondashuv o‘quvchilarning hissiy barqarorligini mustahkamlaydi va dars samaradorligini oshiradi. Quyidagi 2-jadvalda musiqa terapiyasining inson salomatligi uchun foydalari izohi berilgan: T/r Foydasi Izohi 1 Stressni kamaytirish Musiqa yurak urishini sekinlashtiradi, qon bosimini me’yorga keltiradi, kortizol (stress gormoni) darajasini kamaytiradi. Tinch ohanglar yoki sevimli kuylarni tinglash parasimpatik asab tizimini faollashtiradi 2 Kayfiyatni yaxshilash Musiqa dopamin, serotonin kabi “baxt gormonlari” ajralishini kuchaytiradi. Ayniqsa, ritmik va ijobiy ohangdagi kuylar depressiya va apatiyaga qarshi foydali 3 Ruhiy salomatlikni yaxshilash Musiqa terapiyasi depressiya, tashvish, travmadan keyingi stress buzilishi bilan kurashishda psixoterapiya vositasi sifatida qo‘llaniladi. 4 Jismoniy salomatlikni yaxshilash Yurak, nafas olish va mushak faoliyatini muvozanatga keltiradi. Reabilitatsiya jarayonida motorik harakatlarni muvofiqlashtirishga yordam beradi 5 Neyroloji kasalliklar va demensiya Altsgeimer, Parkinson kabi kasalliklarda eshitish va xotira markazlarini faollashtiradi, neyroplastiklikni oshiradi. Musiqa orqali eslash qobiliyati tiklanadi 6 Uxlashni yaxshilash Sekin tempdagi, tinchlantiruvchi musiqa melatonin ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 221 uyquga tayyorlaydi. Uyqusizlik bilan og‘rigan bemorlar uchun samarali 7 O'zini ifodalash va kommunikatsiya Gapirishda qiyinchilik bo‘lgan bolalar va nogironlar musiqa orqali his-tuyg‘ularini ifoda etishadi. Bu kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantiradi 8 Samarali reabilitatsiya va kognitiv jarayonlarni qo'llab-quvvatlash Musiqa terapiyasi miya faoliyatini rag‘batlantirib, diqqat, xotira, tafakkur jarayonlarini faollashtiradi. U reabilitatsiya jarayonida fiziologik va psixologik muvozanatni tiklaydi 2-jadval Bolalarning ongida yuzaga kelayotgan turli salbiy omillar, psixologik bloklar jamiyatda o‘zini erkin tuta olmaslik,o‘ziga bo’lgan ishonchsizlik, noto‘g‘ri fikrlash singari holatlar–ta’lim jarayonida turli yo’nalishlardagi fanlar orqali bartaraf etilishga samarali yordam beradi. Salbiy bloklar va ularning manbai bu ko‘pincha oilaviy muhit,ijtimoiy tajriba etishmasligi,onalar farzandining imkoniyati yaxshi anglamasligi va o‘zini ifoda qilishga bo‘lgan munosabatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa madaniyatidagi fanidagi imkoniyatlar esa bolalardagi emotsional olamiga bevosita ta’sir etadi. Musiqa boladagi quvonch, ishonch, hotirjamlik, hissini uyg‘otadi. Musiqa madaniyati fani doirasidagi mashg‘ulotlarda bolalarni guruh bo‘lib ishlash,ovozi yordamida o‘zini ifoda etish va ijodiy fikrlashga undaydi [2.3334]. Musiqa terapiyasi bu musiqiy ta’sir orqali insonning ruxiy holatini yaxshilashga qaratilgan uslubdir. Bu uslubda: -musiqa asboblari va tabiat tovushlaridan yaratilgan klassik va turli kuy,ohanglar; -ritmik harakarlar (qarsak,bosh silkish,qo‘l va oyoqlar harakati) bilar xor bo‘lib kuylash va harakatlanish; MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 222 -ozod harakatlar va erkin raqsga tushishni cheklamaslik; -ijodiy erkin kuylashda chegara qo‘ymaslik. [3] Xulosa Musiqa — inson ruhiyatini davolovchi tabiiy vositadir. U stressni kamaytirish, ruhiy zo‘riqishni bartaraf etish, kayfiyatni ko‘tarish va hayot sifatini yaxshilashda muhim o‘rin tutadi. Psixologik tadqiqotlar va amaliy kuzatuvlar musiqaning hissiy muvozanatni tiklashdagi samaradorligini isbotlagan. Shu bois, musiqa terapiyasini nafaqat tibbiy yoki psixologik jarayonlarda, balki ta’lim muhitida ham keng joriy etish muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchilar, psixologlar va ota-onalar musiqaning bu xususiyatidan foydalangan holda inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazishlari mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. Xojimamatov A., Muhammadjonova M. MUSIQA VA INSON PSIXOLOGIYASI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 377-384. 2. Xumora O'sarboyeva ,,Musiqa terapiyasi tarixi,ahamiyati va inson salomatligi uchun foydasi’’ Empowerment of youth intellectual success …, 2025 - eyis.uz [3334] 3. G.A.Numonova, F.Q.Maksumova . ,,MUSIQA MADANIYATI FANI ORQALI BOLALAR ONGIDAGI SALBIY BLOKLARNI BARTARAF ETISH VA MUSIQA TERAPIYASI" YURT FAXRI", 2025 - interspp.com 4. Asadullayeva Mastura Abduvahabovna ,,AUTIZM SINDROMI MAVJUD BO’LGAN BOLALAR RIVOJLANISHIDA MUSIQANING AHAMIYATI’’ International Journal of Education, Social Science & Humanities. FARS Publishers Impact factor (SJIF) = 6.786 (4-SHO`BA-Bolalarni kompleks rivojlantirish: intellectual, ijtimoiy-emotsional va jismoniy tarbiya integratsiyasi)