scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARJIMADA SHAHSIY USLUBNI SAQLASH: MUALLIF OVOZI VA TARJIMON OVOZI O'RTASIDAGI CHEGARALAR

Buranova Asila Elbek qizi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti ingliz tili yo'nalishi talabasi

Abstract

Mazkur maqolada tarjimada muallifning shaxsiy uslubini saqlash, tarjimon ovozi va muallif ovozi o‘rtasidagi chegaralar masalasi tahlil qilinadi. Tarjimonning individual yondashuvi asliyatga ta’siri, madaniy tafovutlar va badiiy sodiqlik muammolari ko‘rib chiqiladi. Tarjimashunoslikdagi zamonaviy nazariyalar asosida ovoz uyg‘unligi, ijodiy erkinlik va mas’uliyat muvozanati yoritiladi. Shuningdek, maqolada muallif ovozini to‘liq yetkazish va tarjimon uslubining aralashuvi o‘rtasidagi nozik farqlar amaliy misollar asosida tahlil qilinadi.

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 TARJIMADA SHAHSIY USLUBNI SAQLASH: MUALLIF OVOZI VA TARJIMON OVOZI O‘RTASIDAGI CHEGARALAR Buranova Asila Elbek qizi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti ingliz tili yo‘nalishi talabasi Annotatsiya Mazkur maqolada tarjimada muallifning shaxsiy uslubini saqlash, tarjimon ovozi va muallif ovozi o‘rtasidagi chegaralar masalasi tahlil qilinadi. Tarjimonning individual yondashuvi asliyatga ta’siri, madaniy tafovutlar va badiiy sodiqlik muammolari ko‘rib chiqiladi. Tarjimashunoslikdagi zamonaviy nazariyalar asosida ovoz uyg‘unligi, ijodiy erkinlik va mas’uliyat muvozanati yoritiladi. Shuningdek, maqolada muallif ovozini to‘liq yetkazish va tarjimon uslubining aralashuvi o‘rtasidagi nozik farqlar amaliy misollar asosida tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: tarjima, shaxsiy uslub, muallif ovozi, tarjimon ovozi, ekvivalentlik, madaniy tafovut, badiiy tarjima. Kirish Tarjima insoniyat madaniy tarixining ajralmas qismidir. U orqali xalqlar o‘zaro tushunish, madaniyat va tafakkur almashinuvini amalga oshiradi. Tarjima jarayonida muhim masalalardan biri bu — muallifning shaxsiy uslubini asliyatdagi shaklda saqlab qolishdir [Basnet,S.2002;177 ]. Basnetning fikricha tarjimada eng asosiy vazifa — muallifning individual ovozini buzmaslik, asarning uslubiy xususiyatini boshqa tilga to‘g‘ri ko‘chira olishdir. Bu qarash tarjimada “badiiy sodiqlik” tushunchasini kuchaytiradi. Tarjimon faqat so‘zlar ketma-ketligini emas, balki asarda yashirin ohang, ritm, his-tuyg‘ularni ham ko‘chira olishi lozim. Haqiqatdan ham, muallif uslubini saqlash tarjimaning eng asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Agar uslub yo‘qolsa, asar yangi tilda badiiy qiymatini yo‘qotadi. Chingiz Aytmatov “Jamila” asarida: “Uning ovozida yoshlikdagi jarangdor nafasi bor edi” Bu jumla tarjimada “jarangdor nafas” iborasini oddiy “baland ovoz” deb tarjima qilinsa, muallifning tarjimasi yo‘qoladi. Har bir yozuvchi ovozi, tili, ohangi va ifoda uslubiga ega. Shu bois tarjimonning vazifasi faqat mazmunni saqlash emas, balki muallif ruhiyatini ham yangi tilda ifodalashdir. newjournal.org zenodo.org 2 Ammo tarjimonning ovozi — uning tildagi tabiiy ohangi va estetik didi — muallif uslubiga ta’sir ko‘rsatadi [Baker,M . 2011:298]. Mona Baker tarjimonning lingvistik tanlovlari, grammatik konstruktsiyalari va madaniy dunyoqarashi baribir matnga ta’sir qilishi, tarjimonning “ko‘rinmas izi”ni qoldirishi haqida yozilgan. Bu fikr tarjimada to‘liq obyektivlik imkonsizligini ko‘rsatadi. Tarjimon — ijodkor, shuning uchun uning nutq odatlari matn strukturasida seziladi. Shubhasiz, tarjimonning ovozi to‘liq yo‘qolmaydi. Muhimi — u muallif ovozidan ustun kelmasligi, balki unga xizmat qilishi kerak. Shuning uchun ham “muallif ovozini saqlash” bilan “tarjimon ovozining aralashuvi” o‘rtasidagi chegarani topish tarjimashunoslikda doimo dolzarb masaladir. Muallif ovozining badiiy mohiyati shundan iboratki muallif ovozi yozuvchining o‘ziga xos tasvir uslubi, ohangdorligi, tildan foydalanish madaniyati va badiiy individualligini ifodalaydi [Krasik,V.I 2010:240]. Karasik “lingvokulturologik shaxs” tushunchasini ilgari surib, har bir yozuvchi o‘z milliy madaniyati va dunyoqarashi orqali individual ovozga ega ekanini ta’kidlaydi. Bu yondashuv muallif ovozi — shunchaki til emas, balki madaniyat, mentalitet, estetik did, tarixiy tajribaning majmuasi ekanini tushuntiradi. Darhaqiqat, har bir yozuvchi o‘z xalqining ruhiyatini o‘z ovozida tashiydi. Tarjimon ana shu ruhiyatni buzmasdan yetkazishi lozim. Har bir yozuvchi o‘z ovozi orqali o‘quvchiga o‘z dunyoqarashini yetqazadi. Tarjimon uchun esa bu ovozni tushunish va uni yangi tilda tabiiy tarzda aks ettirish ijodiy mahorat talab qiladi. Tarjima asliyat ruhini yo‘qotmasligi kerak bu tarjimonning eng katta mas’uliyatidir [G ‘afforov,A.2019:210]. G’afforov tarjimonni madaniyatlararo vositachi deb biladi. Uningcha, tarjimon badiiy ruhni buzsa, asar “hayoti”ni yo‘qotadi. Bu fikr tarjimon zimmasidagi ma’naviy mas’uliyatni kuchaytiradi. Asliyat ruhi — badiiy tasvir, ohang, his-tuyg‘u, falsafiy mazmunning uyg‘unligi. Haqiqatdan ham, tarjimaning eng katta xatosi — asar ruhini o‘ldirishdir. “Heart aches” iborasini “yuragim og‘riyapti” deb tarjima qilish mumkin, lekin G‘afforov ta’kidlaganidek, ruhiy ma’nosini saqlash uchun “yuragim eziladi” ko‘proq mos keladi. Tarjimon bunga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Tarjimon ovozining tabiati bu tarjimon ovozi bu tarjimonning o‘z madaniyati, tili va badiiy didi orqali asarga kiritgan “ko‘rinmas” ta’siridir [Venuti,L.1995:353]. Venuti tarjimon “ko‘rinmas” bo‘lishi kerakligini, ya’ni o‘zini emas, muallifni “gapirtirishi” lozimligini ta’kidlaydi. Bu yondashuv tarjimada newjournal.org zenodo.org 3 “domestikatsiya” va “xorijlashtirish” muammolariga asoslanadi. Tarjimon o‘quvchi uchun juda soddalashtirsa — ko‘rinib qoladi. Shubhasiz, tarjimonning haddan oshgan “ko‘rinishi” muallif ovozini pasaytiradi. Men Venutining bu ogohlantirishiga to‘liq qo‘shilaman. Ba’zan bu ta’sir asarning tushunilishini osonlashtiradi, lekin ortiqcha aralashuv muallif ovozini sndiradi. Shu bois tarjimon “ko‘rinmas ijodkor” sifatida faoliyat yuritishi kerak ya’ni u asarga jon kiritishi lozim, lekin o‘z izini qoldirmasligi kerak. Muvozanatni saqlash yo‘llari yani muallif ovozi va tarjimon ovozi o‘rtasidagi muvozanatni saqlash uchun quyidagi tamoyillari muhim [Nida,E.A.1964:131]. Lingvistik ekvivalentlik asliyatdagi grammatik tuzilmani imkon qadar saqlash madaniy kontekstga moslashtirish, quvchi uchun tushunarli, ammo asliyat ruhini buzmaydigan yechim tanlash [Catford,J.C.1964:103]. Catford tarjimada ekvivalentlikni til tizimi doirasida tushuntiradi. Asl matnning grammatik strukturasini buzmaslikni muhim deb biladi. Bu nazariya tarjimada strukturaviy sodiqlikni ustuvor qo‘yadi. Ammo badiiy matnlarda bu ba’zan cheklov bo‘lishi mumkin. Menimcha, badiiy tarjimada grammatik ekvivalentlik muhim, ammo cheksiz emas. Ba’zi o‘rinlarda ohang uchun grammatik qurilma o‘zgartirilishi mumkin. Badiiy ohangni yaratish, tildagi ohangdorlik va ritmni yangi tilga moslashtirish, ovoz uyg‘unligi, tarjimon ovozi muallif ifodasini to‘ldiruvchi, lekin ustunlik qilmaydigan shaklda blishi. Nazariy asoslar E. Nida “dinamik ekvivalentlik” nazariyasida tarjimada so‘zma-so‘zlikdan ko‘ra ta’sir muvofiqligini ustun qo‘yadi. L. Venuti esa “tarjimonning ko‘rinmasligi” g‘oyasini ilgari surib, tarjimon muallif soyasida qolishi kerakligini ta’kidlaydi. Boshqa yondashuvlarda (Bassnett, Baker) esa tarjimon ham ijodkor, ham madaniy vositachi sifatida qaraladi. Bu fikrlar tarjimada ovoz muvozanatining nazariy poydevorini tashkil etadi. Chingiz Aytmatovning “Jamila” asari rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilinganda, asliyatdagi xalqona tildan foydalanish uslubi tarjimon tomonidan ehtiyotkorlik bilan saqlab qolingan [Xudoyberdiyeva,M.2019:8]. Ayni paytda, tarjimonning o‘z ovozi – o‘zbekcha ifoda tabiiyligi – asarni yangi o‘quvchi uchun yanada yaqinlashtirgan. Bu misol muallif ovozi bilan tarjimon ovozining uyg‘unlashuvi mumkinligini ko‘rsatadi [Saidova,G.2011:123]. Saidova tarjimon ovozini ijobiy omil sifatida ko‘radi, u matnni mahalliy o‘quvchi uchun tushunarli qiladi. Bu yondashuv Venutining nazariyasidan farq qiladi. Demak, tarjimashunoslikda “tarjimonning ko‘rinishi” masalasi bahslidir. Shubhasiz, ba’zan newjournal.org zenodo.org 4 tarjimonning ovozi asarni o‘quvchiga yaqinlashtiradi. Muhimi — bu ovoz muallif ovozidan baland chiqmasligi kerak. Afzallik va kamchiliklari maqolada tarjima jarayonida muallif ovozi va tarjimon ovozining inson omiliga asoslangan o‘zaro ta’siri bir tizim sifatida talqin qilindi. Shuningdek, tarjimonning madaniy tafakkuri muallif uslubini shakllantirishdagi faol omil sifatida yoritildi. Bu yondashuv ilgari ko‘p hollarda nazariy nuqtai nazardan emas, balki amaliy tahlilda ham o‘rganilgan edi. Xulosa qilib aytish mumkinki, tarjima san’ati bu ikki ovozning uyg‘unlashuvi san’ati hisoblanadi. Bu yondashuv tarjimonni nafaqat vositachi, balki ijodiy hamkor sifatida ko‘rsatadi. Tarjima bu ikki ovozning badiiy dialogi. Muallif ovozini saqlash tarjimaning badiiy qiymatini belgilaydi, tarjimon ovozining uyg‘unligi esa asarning yangi tildagi tabiiyligini ta’minlaydi. Tarjimon o‘z ovozini muallif ifodasiga zarar yetkazmasdan, balki uni to‘ldiruvchi vosita sifatida ishlatishi zarur. Shunday yondashuvgina tarjimani so‘z almashinuvi emas, balki ijodiy hamkorlik darajasiga ko‘taradi yangi tildagi tabiiyligini ta’minlaydi. Tarjimon o‘z ovozini muallif ifodasiga zarar yetkazmasdan, balki uni to‘ldiruvchi vosita sifatida ishlatishi zarur. Shunday yondashuvgina tarjimani so‘z almashinuvi emas, balki ijodiy hamkorlik darajasiga ko‘taradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Bassnett, S. (2002). Translation Studies. London: Routledge. — 176 bet 2.Baker, M. (2011). In Other Words: A Coursebook on Translation. London: Routledge. — 298 bet newjournal.org zenodo.org 5 3.Karasik, V. I. (2010). Yazykovaya lichnost v aspekte lingvokulturologii. Moskva: Gnozis. — 240 bet 4.G’afforov, A. (2019). Tarjima nazariyasiga kirish. Toshkent: zMU nashriyoti. – 210 bet. 5.Venuti, L. (1995). The Translator’s Invisibility: A History of Translation. London: Routledge. — 353 bet 6.Catford, J. C. (1965). A Linguistic Theory of Translation. Oxford: Oxford University Press. — 103 bet. 7.Xudoyberdiyeva, M. (2019). “Tarjimonning shaxsiy uslubi va muallif ovozi rtasidagi zaro bog‘liqlik.” Filologiya masalalari jurnali, №2, 45–52-betlar. — 8 bet 8.Qosimov, B. (2008). Tarjima nazariyasi asoslari. Toshkent: qituvchi. — 220 bet.