scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SO'NGI YILLARDA PATENTLANGAN IXTIROLAR

Jaylyashova Dilbar Odil qizi; Urunova Sohiba Alisher qizi; Sayfullayeva Zaynab Sunnat qizi

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada innovatsiyalar va ixtirolarning texnik taraqqiyotdagi o‘rni hamda ixtiro tushunchasining asosiy mezonlari ilmiy jihatdan yoritiladi. O‘zbekistonning amaldagi patent qonunchiligi, ixtirolarni ekspertizadan o‘tkazish tartibi va so‘nggi patent ma’lumotlari tahlil qilinadi. Shuningdek, patentlangan va rad etilgan talabnomalarning ochiq e’lon qilinishi yangi ixtirochilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati asoslanadi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 184 SO‘NGI YILLARDA PATENTLANGAN IXTIROLAR Jaylyashova Dilbar Odil qizi Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistranti. +998940564232, [email protected] Urunova Sohiba Alisher qizi Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistranti +998903722603, [email protected] Sayfullayeva Zaynab Sunnat qizi Toshkent kimyo-texnologiya instituti katta o‘qituvchisi, PhD. https://doi.org/10.5281/zenodo.17842845 Annotatsiya. Mazkur ilmiy maqolada innovatsiyalar va ixtirolarning texnik taraqqiyotdagi o‘rni hamda ixtiro tushunchasining asosiy mezonlari ilmiy jihatdan yoritiladi. O‘zbekistonning amaldagi patent qonunchiligi, ixtirolarni ekspertizadan o‘tkazish tartibi va so‘nggi patent ma’lumotlari tahlil qilinadi. Shuningdek, patentlangan va rad etilgan talabnomalarning ochiq e’lon qilinishi yangi ixtirochilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati asoslanadi. Kalit so’zlar: patent, ixtiro, qonun, mualliflik guvohnomasi, usul, texnik yechim, ekspertiza, O‘zbekiston patent tizimi, USPTO, ixtirochilik faoliyati. ИЗОБРЕТЕНИЯ, ЗАПАТЕНТОВАННЫЕ В ПОСЛЕДНИЕ ГОДЫ Аннотация. В данной научной статье рассматривается роль инноваций и изобретений в техническом развитии, а также научно анализируются основные критерии понятия «изобретение». Анализируются действующее патентное законодательство Узбекистана, порядок проведения экспертизы изобретений и новейшие патентные данные. Кроме того, обосновывается значимость открытого опубликования как выданных патентов, так и отклонённых заявок для поддержки деятельности новых изобретателей. Ключевые слова: патент, изобретение, закон, авторское свидетельство, метод, техническое решение, экспертиза, патентная система Узбекистана, USPTO, изобретательская деятельность. PATENTED INVENTIONS IN RECENT YEARS Annotation. This scientific article examines the role of innovations and inventions in technological development and scientifically analyzes the fundamental criteria of the concept of invention. The current patent legislation of Uzbekistan, the procedure for conducting examination of inventions, and recent patent data are reviewed. In addition, the importance of publicly disclosing both granted patents and rejected applications in supporting the activities of new inventors is substantiated. Keywords: patent, invention, legislation, authorship certificate, method, technical solution, examination, Uzbekistan patent system, USPTO, inventive activity. Insoniyat bugungi holatga erishish uchun qadim zamonlardan beri innovatsiyalarni yaratgan. Insoniyatning ixtirolari va texnologiyalari sivilizatsiyalarni shakllantirdi va yerdagi hayotni o'zgartirdi. Istaklar va imkoniyatlar rivojlangan sari, har bir avlod o'z innovatorlarini yetishtirdi. Har qanday yangilik ham ixtiro boʻlavermaydi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 185 Masalan, quruq ilmiy qoidalar, xususan, kashfiyotlar, amalga oshirib boʻlmaydigan va xato takliflar ixtiro hisoblanmaydi. Hal qilinadigan masala faqat nazariy emas, balki amaliy ehtiyojlarni qondiradigan boʻlishi lozim. Ixtiro qonun bilan muhofazalangan davlatlarda har bir taklifning ixtiro boʻlish shartlari belgilanadi. Bu shartlardan asosiysi masalaning eng yangi hisoblangan texnik yechimidir. Muayyan taklifni ixtiro deb hisoblash uchun undan bir necha marta foydalanish imkoni ham boʻlishi kerak. Ixtironing yangiligi, yaʼni birinchi ekanligi, oldin berilgan mualliflik guvohnomalari va patentlar, ixtirolar eʼlon qilinadigan tegishli adabiyotlar, koʻrgazmalarda namoyish qilingan eksponatlar va boshqaga muvofiq, aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida ixtirochi boʻla olish shartlari va uni tasniflash tartibi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi 29.08.2002 397-II-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni da belgilangan. Ixtiro boʻyicha talabnomalarni ekspertiza qilish, mualliflik guvohnomasi va patent berish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portalining ma’lumotlariga ko‘ra respublikamizda eng so‘ngi patentlangan ixtirolar 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval № Ixtiro nomi Huquq egasi(lar) Ro'yxatdan o'tgan sana 1. Me’danning laparoskopik bo‘ylama rezeksiyasi usuli RUZIYEV UMID SANAKULOVICH 12.12.2024 2. Namlik datchiklarini kalibrlash uchun qurilma "FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI 06.12.2024 3. Antipiren-antiseptik olish usuli "TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI" DAVLAT MUASSASASI, UZ 20.12.2024 4. Ikki tomonlama chov churrasida laparoskopik gernioplastika qilish usuli XALIKOV SARVAR PO‘LATOVICH; XUSINOV DILSHODBEK OTABOYEVICH 18.12.2024 5. Seysmik ta’sirlardan qum-gilli gruntlarni mustahkamlash uchun sement aralashmasi ZAFAROV OLMOS XXX 17.12.2024 6. Beton qorishmasi ZAFAROV OLMOS XXX 16.12.2024 7. Kontaktsiz sinxron elektr mashinasi "ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI" DAVLAT MUASSASASI 13.12.2024 8. Vertikal shpindelli paxta terish apparatining shpindellar yuritmasining mexanizmi “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI M.T.O`ROZBOEV NOMIDAGI MEXANIKA VA INSHOOTLAR SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI 12.12.2024 ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 186 INSTITUTI " DAVLAT MUASSASASI, UZ 9. Transfassial tireoidektomiya usuli "AKADEMIK Y.X.TO`RAQULOV NOMI, UZ; RASHITOV MURODJON MUXAMEDJANOVICH 12.12.2024 10. Semizligi bor gastroezofageal reflyuks bilan kasallangan bemorlarda t-sleeve oshqozon rezeksiyasi usuli MUXAMEDKARIMOV ALISHER KABILJONOVICH 12.12.2024 Bundan tashqari USPTO (AQSH patentlar va savdo belgilari bosh idorasi) rasmiy saytining ma’lumotlariga ko‘ra so‘ngi yillarda patentlangan ixtirolar 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval № Ixtiro nomi Huquq egasi(lar) Ro'yxatdan o'tgan sana 1 Furrow visualization (Jo'yakni vizualizatsiya qilish) Houstin L. Lichtenwalner, Jr., Emmaus, PA (US); Bran Ferren, Los Angeles, CA (US); Don Lariviere, Glendale, CA (US); and Cary S. Hubner, Geneseo, IL (US) 21.03.2024 2. Plant propagation medium and methods of making and using it (O'simliklarni ko'paytirish vositasi va uni tayyorlash va ishlatish usullari) Joel Douglas, Bonita Springs, FL (US); Shem Lachhman, West Harrison, NY (US); and Michael Curtis, Columbia, CT (US) 17.04.2025 3. Automatically generating turns on an agricultural work machine based upon field geometry (Dala geometriyasiga asoslangan qishloq xo'jaligi ish mashinasini avtomatik ravishda ishlab chiqarish) Michael A. Torzewski, Waukee, IA (US); Noel R. Menard, Kyle, TX (US); and Simon W. Schaefer, Ankeny, IA (US 16.01.2025 4. System and method for reducing shank wear on an agricultural implement (Qishloq xo'jaligi moslamasida dastani eskirishini kamaytirish tizimi va usuli) Brittany Schroeder, Bunker Hill, IN (US) 16.01.2025 5. Sensing and control of liquid application using an agricultural machine (Qishloq xo'jaligi mashinasi yordamida suyuqlik Grant J. Wonderlich, Milan, IL (US); Kenneth E. Herrmann, Port Byron, IL (US); Michael C. Steele, Orion, IL (US); Kilian Wolff, Kaiserslautern 08.08.2024 ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 187 qo'llanilishini sezish va boshqarish) (DE); and Gerrit Pruessmann, Recklinghausen (DE) 6. Automated precision pollen applic\ator for row crops (Qatorli ekinlar uchun avtomatlashtirilgan nozik Polen aplikatori) Martin Arbelbide, Eau Claire, WI (US); Brice Floyd, West Des Moines, IA (US); Jeremy K Johnson, Roland, IA (US); Nitin Kandpal, Hyderabad (IN); 19.09.2024 Suv, elektr energiyasi tanqisligi, barcha kasalliklar va atrofimizni o‘rab turgan jamiki olam aynan ixtirolarga bog‘liq. Yuqorida takidlanganidek har qanday yangilik ham ixtiro bo‘lavermaydi. Ixtiro, tor maʼnoda davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun bilan muhofaza qilinadigan yangi texnikaviy yechimdir. Shunday ekan, keltirilgan rasmiy saytlarda faqat patetnlangan ixtirolar emas, talabnomasi rad etilgan ixtirolar ro‘yxati va rad etish sababi ham keltirilsa yangi ixtirochilar uchun o‘z ustida ishlash imkoniyati yanada ortgan bo‘lar edi. Foydanilgan adabiyotlar: 1. “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni,2002 397-II-son. 2. Abdullaev X., “Intellektual mulk huquqi”, – Toshkent: TDYuI nashriyoti, 2020. 3. Qodirov A.R., “Ixtirolar patentlash va litsenziyalash asoslari”, – Toshkent: Fan, 2019. 4. Karimov B., “Innovatsion texnologiyalar va ularni patentlash tartibi”, – “Iqtisodiyot va innovatsiyalar” jurnali, №4, 2021. 5. Ro‘zmetov N., “Intellektual mulk ob’ektlari va ularni himoya qilish mexanizmlari”, – Toshkent: Adolat, 2022. 6. Boykov V.P., “Patentovedenie i lisenzirovanie”, – Moskva: Yurayt, 2018.