MIRKARIM OSIM QISSALARIDA AYOL OBRAZI
Abstract
Ushbu maqolada Mirkarim Osim ijodida ayol obrazining talqini, xususan “To‘maris” qissasida ayolning siyosiy, axloqiy va ma’naviy qudrati qanday badiiy tasvirlanganligi ilmiy tahlil qilinadi. To‘maris obrazi o‘zbek adabiyotida ayolning jasorati, davlat boshqaruvidagi o‘rni va milliy g‘ururni ifodalovchi timsol sifatida ko‘rsatib beriladi.
Full text
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 28 MIRKARIM OSIM QISSALARIDA AYOL OBRAZI (TO‘MARIS QISSASI MISOLIDA) Abdulxorisova Sayyoraxon Rasuljon qizi Namangan davlat pedagogika instituti magistranti Email: abdulxorisovasayyora[email protected]om Annotatsiya Ushbu maqolada Mirkarim Osim ijodida ayol obrazining talqini, xususan “To‘maris” qissasida ayolning siyosiy, axloqiy va ma’naviy qudrati qanday badiiy tasvirlanganligi ilmiy tahlil qilinadi. To‘maris obrazi o‘zbek adabiyotida ayolning jasorati, davlat boshqaruvidagi o‘rni va milliy g‘ururni ifodalovchi timsol sifatida ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: ayol obrazi, To‘maris, tarixiy qissa, badiiy talqin, jasorat, mardlik, vatanparvarlik. Aннотация В статье проводится научный анализ интерпретации образа женщины в творчестве Миркарима Осима, в частности, художественного воплощения политической, нравственной и духовной силы женщины в повести «Тоъмарис». Образ Тоъмарис представлен как символ, выражающий в узбекской литературе мужество женщины, её место в государственном управлении и национальную гордость. Ключевые слова: образ женщины, Тоъмарис, историческая повесть, художественная интерпретация, мужество, храбрость, патриотизм. Abstract The article provides a scholarly analysis of the interpretation of the female image in Mirkarim Osim’s works, particularly the artistic depiction of a woman’s political, moral, and spiritual power in the historical novella “To’maris”. The image of To’maris is presented as a symbol embodying female courage, a woman’s role in state governance, and national pride in Uzbek literature. Keywords: female image, To’maris, historical novella, artistic interpretation, courage,
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 29 valor, patriotism. Kirish O‘zbek adabiyotida ayol obrazi turli davrlarda turlicha badiiy talqin etilgan bo‘lsa-da, Mirkarim Osim ijodida bu obraz alohida o‘rin tutadi. Uning tarixiy qissalarida ayol shaxsi faqatgina oilaviy munosabatlar doirasida emas, balki ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisi sifatida gavdalantiriladi. Mirkarim Osim yaratgan To‘maris obrazi aynan shunday kuchli ayol timsolining yorqin namunasi bo‘lib, o‘zbek nasrida ayolning davlat boshqaruvi, harbiy siyosat va xalq taqdiri uchun mas’ul shaxs sifatidagi tasvirini yanada boyitdi. Tarixiy manbalarda To‘maris Turonning massagetlar qirolichasi sifatida tanilgan. Muallif uning hayoti va faoliyatini badiiy ijod orqali qayta talqin etar ekan, ayolning nafaqat siyosiy qudratini, balki ruhiy olamini ham chuqur ochib beradi. Maqsad: Tadqiqotning maqsadi — Mirkarim Osim qissalarida ayol obrazining o‘rni va ahamiyatini aniqlash, xususan “To‘maris” qissasida ayolning badiiy talqini, xarakteri va tarixiylik bilan bog‘liqligini ilmiy asosda tahlil qilish. Materiallar va metodlar Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi: Badiiy tahlil metodi — qissa syujeti, obrazlar tizimi va g‘oya tahlili; Lingvopoetik tahlil — muallifning til va uslub xususiyatlari; Feministik va sotsiokulturologik yondashuv — ayol obrazining jamiyatdagi o‘rni va muallif qarashi nuqtayi nazaridan tahlil. Asosiy manba sifatida Mirkarim Osimning “To‘maris” qissasi olindi. Muhokama va natijalar 1. Mirkarim Osim ijodida ayol obrazi masalasi 2. To‘maris — ayol hukmdorning tarixiy va badiiy timsoli 3. Qissadagi boshqa ayol obrazlari va ularning funksiyasi 4. Badiiy uslub va til xususiyatlari 5. Ayol obrazining badiiy va ijtimoiy ahamiyati Tadqiqot davomida Mirkarim Osim o‘zining ko‘plab tarixiy qissa va romanlarida ayol obraziga alohida e’tibor qaratadi. Uning ayollari:aqlli,siyosiy yetuk,vatanparvar,ma’naviy jihatdan pok,irodali obrazlar sifatida gavdalanadi.Bu jihatlar To‘maris timsolida yanada yorqin ifodalangan. To‘maris — ayol hukmdorning tarixiy va badiiy timsoli, “To‘maris” qissasining markazida ayol hukmdor obrazining
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 30 yuksak badiiy talqini turadi.To‘marisning siyosiy yetukligi qissada To’maris obrazining, ya’ni ayol obrazining Mirkarim Osim juda chiroyli ko’rsatib bergan. Qissa To’marisning o’g’li Siparangizning “Shak” urug’idan bo’lgan Zarina degan bir qizga uylanishidan boshlanadi.Muallif uni dono, adolatli va xalq taqdirini chuqur anglay oladigan rahbar sifatida tasvirlaydi. Buning quyidagi joylarda ko’rishimiz mumkin. Eron shohi Kayxisrav elchilari To‘marisning huzuriga kelganda, unga sovg’asalomlar olib kelib, shohlarining To’marisga sovchi bo’lib kelishganini aytishadi. To’maris elchilarga nima uning xotinlari o’lib, o’zi soqqabosh bo’lib qoldimi?,dedi. - Elchi yo’q : xotinlarining hammasi sog’- salomat . ul kishiga kuyovga chiqsang , sen bosh xotin, barcha xotinlari, sening cho’ring bo’ladi deydi. To’marisning vatanparvarligi , xalqini hamma narsadan ustun ko’radi. To’maris elchilarga shaxanshoh menga emas, mening yurtimga, boyligimga oshiq bo’lgandir, -dedi va taklifni rad etadi. Yurtning ulug’i shunday deydi; “To’maris senga xotin , ulusi qul bo’lishini istamas emish” deb ayt deydi. To’maris boshimdan zar sochganlaringda ham biz erkinlikni qullikka alishtirmaymiz deydi. Bu fikrlari orqali To’marisning zarlarga uchmasligi, o’z baxtidan ham vatandoshlarining baxtini ustun ko’rganligi, haqiqiy mard ayolligini. Bilishimiz mumkin. To’marisning oliyjanobligi hammaning birday ko’rishini qissa davomida elchilar kelganda , To’maris o’z fuqarolari, oddiy xalq bilan yonma –yon o’tirib birga ovqat yeydi. Elchilar ya’ni To’marisning o’z shohonshohlari bilan taqqoslaydi. Bizning shohimiz saroyda o’z taxtlarida ovqat yeydi. Buni esa na boshida toji na ostida taxti bor deb o’ylaydi elchilar. Massaget xalqi ayollari erkaklardek qurrollanib yurishadi. O’zlarini himoya qila olishadi. Ayollari ham malikalari kabi marddir. To’maris harbiy strategiya tuzishi, siyosiy qarorlardagi qat’iyati, xalqni birlashtira olishi,keng yoritiladi. Ayolning ruhiy dunyosi, farzandiga bergan tarbiyasi Mirkarim Osim To‘marisning onalik kechinmalarini ham chuqur ochadi. O‘g‘li Spargapisning o‘limi uning xarakterini yanada qat’iylashtiradi va bosqinchilarga qarshi kurashga ruhiy kuch beradi. Mard ayolning farzandi ham mard bo’ladi deganlaridek, Siparangiz ham onasi kabidir, buni quyidagi mislarda ko’rishimiz mumkin. Kaysisrav xiyla yo’li bilan Siparangiz qo’shnini qo’lga oladi, va uni qo’yib yuboradi onasining oldiga ketishiga ruxsat beradi, ammo u ketmaydi. Qo’shinimizning uchdan birini men nobud qildim, safdoshlarimni qirilib ketishiga men sababchi bo’ldim. Qaysi yuz bilan onamning oldiga boraman, xalqimning ko’ziga qanday qarayman deb kichkina xanjar bilan o’z joniga qasd qiladi. Buning ko’rgan Kayxisrav : “Mard yigit ekan ,-dedi”. Birozdan keyin .- O’limnni nomusdan Afzal ko’rdi. O’lmaganida ehtimol buyuk
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 31 sarkarda bo’lar edi deydi. Bu misollar orqali Siparangiz ham qanchalik mard inson ekanligi bizga ma’lum bo’ladi. Jasorat va irodalilik Qissada To‘maris ayolning ojizlik emas, balki kuch, donolik va jasorat timsoli ekanini ko‘rsatadi. U Kayxisrav harbiy bosqiniga qarshi o‘z kuchi bilan turib bera oladi. O’g’lining qasosini olmoqchi bo’ladi, undagi jasorat , irodalilik ko’p insonlarda yo’q. Yakka-yu yagona o’g’lining vafotini eshitgan ona qayg’usining zo’ridan yig’lay olmasdi. Qayg’u – xasratlarning davosidushmandan o’ch olish edi. Ayol sarkarda bo’lishiga qaramay, xalqni birdamlikka chorlagan insondir. Buni jangda erkakayollar, o’g’ilqizlar birga jang qilib g’alaba qozonganidan ma’lum. Qissadagi boshqa ayol obrazlari va ularning funksiyasi “To‘maris” qissasida yordamchi ayol obrazlari ham ko‘rinadi. Ular: Turon ayollarining ijtimoiy maqomini, qadimiy jamiyatda ayolga bo‘lgan hurmatni, ayollar hayotining turli jihatlarini ochib beruvchi badiiy vosita sifatida xizmat qiladi. Bu obrazlar To‘marisning xarakterini yanada to‘ldiradi va uning shaxs sifatida yuksakligini ko‘rsatadi. Bunga misol qilib, To’marisning kelini Zarinani oladigan bo’lsak, bo’ychan, bug’doyrang, sochlari timqora ko’zlari chaqnagan Zarina va Siparangiz bilan kurashga tushadi, ammo yengiladi. Siparangiz vafot etganidan keyin u ham To’maris bilan jangga otlanadi, Kayxisravning sol tomoniga zarba beradi, kayxisrav yengilganidan so’ng, To’marsi Zarinaga boshini kesib keltirishini buyuradi. Nafqat To’maris balki Zarina va boshqa ayollar ham jasurligini qo’rqmasdan qo’llariga qurollarni olib jang qilishlari, qul bo’lgandan jang qilganimiz ma’qul deyishadi. Vatanparvalik, mardlik. Jasurlik, birdamlilik. Or-nomus kuchli bo’lgan Badiiy uslub va til xususiyatlari Mirkarim Osimning uslubi sodda, ravon va obrazli bo‘lib, qadimgi tarixiy ruhni berishga qaratilgan. Qissadagi tasvir vositalari: epik ruh, tarixiy terminlar, xalqona iboralar, obrazli tasvirlar ayol obrazining badiiy yuksalishiga xizmat qiladi. Ayol obrazining badiiy va ijtimoiy ahamiyati “To‘maris” qissasi o‘zbek adabiyotida ayolning: davlat boshqaruvidagi o‘rni, millat ravnaqi uchun mas’ul shaxs sifatida talqini, tarixiy jarayonlarga faol aralashishi
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 32 kabi g‘oyalarni targ‘ib qiladi. Qissa ayol obrazini nafaqat tarixiy qahramon, balki milliy ong va ma’naviyatning ramzi sifatida ko‘rsatadi. Xulosa Mirkarim Osimning “To‘maris” qissasi o‘zbek adabiyotida ayol obrazining badiiy talqiniga yangi mazmun bag‘ishlagan asarlardan biridir. To‘maris timsolida ayolning jasorati, donoligi, vatanparvarligi va ma’no qudrati yuksak san’atkorlik bilan gavdalantirilgan. Qissa Mirkarim Osim ijodida ayol obrazining mazmun jihatdan kengayishi, uning tarixiy jarayonlardagi faol o‘rnini ko‘rsatishi bilan ahamiyatlidir. Shu bois asar o‘zbek tarixiy nasri, xususan ayol hukmdor obrazining shakllanishi va rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. M. Osim To‘maris. — Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti. 2. M.Osim Karvon Yo’llarida “Saylanma”- Toshkent : Adabiyot va san’at nashriyoti. 3.Jumaniyazova Ro‘zagul Saparbayevna “ Badiiy asarda tarixiy obraz yaratish tamoyillari” ilmiy maqola 4 Xurshid Davron. Massagetlar malikasi va forslar podshohi & To‘maris.. 5.Axmedova Hafiza Hakimovna “Mustaqillik davri adabiyotida ayol obrazi” ilmiy maqola Foydalinilgan resurslar 2. Wikipedia 3. Arxiv.uz 4. Ziyo.uz