MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA BADIIY ESTETIK QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISH YOʻLLARI
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha taʻlim tashkilotida bolalarda badiiy estetik qobilyatlarini rivojlantirish, ularni estetik jihatdan tarbiyalashda badiiy adabiyotining oʻrni va ahamiyatini, shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqining oʻsishida bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyatlar hamda shakllarini tahlil qilishdan iboratdir.
Full text
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 33 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA BADIIY ESTETIK QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISH YOʻLLARI Xalqaro Nordik Universiteti magistratura 1-bosqich talabasi Usmonova Mehrangiz Alisherovna Anotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha taʻlim tashkilotida bolalarda badiiy estetik qobilyatlarini rivojlantirish, ularni estetik jihatdan tarbiyalashda badiiy adabiyotining oʻrni va ahamiyatini, shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqining oʻsishida bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyatlar hamda shakllarini tahlil qilishdan iboratdir. Kalit so’zlar: Maktabgacha yoshdagi bolalar, kitoblar bilan ishlash, badiiy va ijodiy qobilyatlar, badiiy adabiyot, axloqiy estetik “Bolalikda yoʻqolgan narsani hech qachon yoshlikda toʻldirib boʻlmaydi”. V.A. Suxomlinskiy KIRISH Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim, dolzarb ahamiyatga ega masala boʻlib kelgan. Biz yashayotgan XXI asrda esa u haqiqatan ham yo hayot, yo mamot masalasiga aylanib bormoqda. Tarbiya qanchalik mukammal boʻlsa, xalq shunchalik baxtli yashaydi. Tarbiya mukammal boʻlishi uchun esa taʼlim-tarbiya sohasida boʻshliq paydo boʻlishiga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Mamlakatimizda milliy genofondni mustahkamlash, yosh avlodni yetuk kadrlar qilib tarbiyalash masalalariga doimiy eʻtibor qaratilmoqda. 2019 yil 29 apreldagi PF-5712 son farmonida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yigacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida Prezident huzurida boʻlib oʻtgan yigʻilishda taʻlim tizimini rivojlantirishning koʻplab yoʻnalishlari belgilab berilgan edi. Xususan, maktabgacha taʻlim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur tashkilotlarga bolalarni toʻla qamrab olish boʻyicha muhim vazifalar qoʻyilgan edi. Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatdan yanga darajaga koʻtarishning eng muhim sharti. Shuningdek oʻquv-tarbiya jarayonida taʼlimning innovatsion shakllari va usullarini qoʻllashga koʻmaklashadi. Mamlakatimizda ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar malaka oshirishning shakli, mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarini qayta koʻrib chiqishni va bu jarayonga tegishli oʻzgartirishlarni kiritishni taqozo etmoqda. Xususan, shu kunlarda maktabgacha taʼlim tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 34 oshirish uchun tarbiyachilarning malakasini oshirish mazmuni va shakllarini takomillashtirish zarurati paydo boʻldi. Dastur Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5198-sonli Farmoni 1 , 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (avvalgi Maktabgacha taʼlim vazirligi)ning 2018 yil 18 iyundagi “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari hamda Ilk qadam” maktabgacha taʼlim tashkilotsining Davlat oʻquv dasturini amalda joriy etish, shu asosda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish, ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni nazarda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 8 may 2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida ”gi qarori sohadagi koʻp masalalarga yechim boʻla oladi. Vazirlik oldiga maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmogʻini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, taʼlim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviyestetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qoʻyildi. Rivojlangan davlatlar tajribasi hisobga olinib, nodavlat taʼlim tashkilotlari, jumladan, nodavlat bogʻchalar tarmogʻini kengaytirishga ahamiyat qaratilmoqda. Bu esa tizimda sogʻlom raqobatni shakllantirish hamda taʼlim xizmatlari turini koʻpaytirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi bogʻchalar qurish boʻyicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Maktabgacha taʼlim tizimi uzluksiz taʼlimning birlamchi, eng asosiy boʻgʻini. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga koʻra, inson oʻz umri davomida oladigan barcha axborot va maʼlumotning 70 foizini 5 yoshgacha boʻlgan davrda oladi. 1 https://lex.uz/docs/3362886
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 35 Ana shuning oʻzi bolalarning yetuk va barkamol shaxs boʻlib voyaga yetishida bogʻcha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol koʻrsatib turibdi. 2 Bunga qoʻshimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yoʻq. Bogʻcha tarbiyasini olgan bola bilan bogʻchaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi oʻrtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. Shuning uchun ham maktabgacha taʼlim tizimini qayta koʻrib chiqish masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi ilmida bu yoshdagi bolalarda sifat oʻzgarishlari tezlashganligini inobatga olgan holda bu davrni uch bosqichga taqsimlab oʻrganish maqsadga muvofiq deb topilgan: kichik maktabgacha davr (3-4 yosh); oʻrta maktabgacha davr (4-5 yosh); katta maktabgacha yosh (5-6 yoshgacha); maktabga tayyorlov yoshi (6-7 yoshgacha). Maktabgacha yoshdagi bola rivojlanish jarayonida ajdodlari tomonidan yaratilgan narsa va hodisalar, olam sir-sinoatlari bilan alohida maxsus munosabatga kirishadi. U insoniyat tomonidan qoʻlga kiritilgan yutuqlarni faol oʻzlashtirib, egallab boradi. Bolada narsa-hodisalar olami, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, ona tili va odamlar orasidagi munosabatlarni anglash, ayni zamonda faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning oʻsib borishi kattalarning bevosita yordami asosida amalga oshadi. Bu oilada ota-ona, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida esa tarbiyachilar koʻmagida yuz beradi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Faoliyatdagi mustaqillik oʻz-oʻzidan tafakkurdagi mustaqillikka asos boʻladi. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bosqich ularda murakkab harakatlarni takomillashtirish, elementar gigiyena, madaniy va mehnat malakalarini hosil qilish, nutqini oʻstirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didning dastlabki kurtaklarini yuzaga keltirish davri hamdir. ADABIYOTLAR TAHLILI P.F.Lesgaft (1837-1909)ning fikricha, 3 inson hayotining maktabgacha yosh bosqichida uning kelgusida qanday xarakter-xislatlar sohibi boʻlishi belgilanadi va axloqiy xarakterning asoslari yuzaga chiqadi. Shuningdek, insonning bogʻcha yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi. Bogʻcha yoshdagi bolalarning koʻzga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlid qilishidir. Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat koʻrsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki 2 https://psihdocs.ru/maktabgacha-tarbiya-eshidagi-bolalarni-tarbiyalashda-oila-va-t.html 3 https://ru.wikipedia.org/wiki. Лесгафт_Пётр_Францевич
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 36 faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning koʻzga tashlanib turuvchi xususiyati — serharakatlilik va taqlidchilikdir. Bu yoshdagi bola tabiatiga xos boʻlgan asosiy qonuniyatni shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz tarzda harakatda boʻlishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki harakatning bir xilligi va bir tomonlamaligidan charchaydi. Koʻrinadiki, maktabgacha yoshdagi bolalar tabiatining asosiy qonuniyati boʻlmish serharakatlilikni cheklamay, maqsadli tashkil eta bilish bu yoshdagi bolalar taʼlim-tarbiyasida kutilgan samarani beradi. Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot asnosida bola axloqiy-meʼyoriy mezonlar, atrofdagilarni anglash, shuningdek ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Abu Nasr Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida” 4 nomli asarida taʼkidlashicha, taʼlim-tarbiya berish ikki usulda boʻladi. Birinchi usul amaliy fazilatlar hamda amaliy sanʼatlar, kasb-hunar va ularni bajarishga odatlantirish yoʻlidir, bu odat ikki turli yoʻl bilan hosil qilinadi: birinchi yoʻl - qanoat-baxsh, chorlovchi, ilhomlantiruvchi soʻzlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi gʻayrat, kasbga intilish, harakatga aylantiriladi. Ikkinchi usul — majbur etish yoʻlidir. Bu usul gapga koʻnmaydiganlarga nisbatan qoʻllaniladi. Ammo ulardan qaysi biri nazariy bilimlarni oʻrganishga astoydil kirishsa hamda fazilati yaxshi boʻlib, unda kasb-hunarlar va juzʼiy sanʼatlarni egallashga intilish boʻlsa, uni majbur etmaslik kerak. Chunki maqsad uni fazilat egasi qilish va kasb-hunar ahliga aylantirishdir. Uning fikricha, “Har kimki ilm-hikmatni oʻrganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, sogʻ-salomatligi yaxshi boʻlsin, yaxshi axloq va odobli boʻlsin, soʻzining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan boʻlsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq boʻlsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ilm ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasdan, barcha real, moddiy narsalar toʻgʻrisida bilimga ega boʻlsin”. Alvin Toffler ijodkorlik chuqur, murakkab muammolarni hal etishda muhim vosita ekanligini taʼkidlaydi. Bundan tashqari, Toffler ijodiy fikrni muammolar va muammolarni koʻrib chiqish va yangi yoʻllar bilan duch keladigan qiyinchiliklar sifatida koʻrib chiqadi. Toffler “Bolalarning kelajakni tasvirlashini va kelajak haqida fikrlashini qoʻllab-quvvatlashimiz kerak” 5 , deb taʼkidlagan. Ijodkor bolalar tez oʻzgaruvchan va koʻplab masalalar bilan shugʻullanish uchun yangi va innovatsion usullarni tushunadigan boʻlishlari mumkin. 4 Аль-Фараби. Социально-этические трактаты. - Алма ата, 1976. -С. 198. 5 Toffler, Alvdn.(ed.): Learning for Tomorrow. 24-page. NYC: Vintage, 1974.
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 37 Torrens ijodkorlikni “betartiblikdan tashqariga chiqish” deb yuritib, fikrlash jarayonini tasvirlaydi. Torrens ijodiy fikrlashga oʻrgatishning 4 ta asosiy sababini aytadi. • ijodiy fikrlash yaxshi ruhiy salomatlik va shaxsiyatni rivojlantirishga yordam beradi. • ijodiy fikrlash yangi bilimlarni egallashga olib keladi. • ijodiy fikrlash kunlik muammolarni hal qilishda yordam beradi. • ijodiy fikrlash bugungi va kelajak avlodlarning hayotida yordam beradi. “Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlari” modulining ishchi oʻquv dasturi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari malakasini oshirish kursining oʻquv dasturi asosida tuzilgan boʻlib, u maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilariga maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini, maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ular faoliyatining psixologik tavsifi, bolalarni taʼlim jarayoniga psixologik jihatdan tayyorlashning mazmun va mohiyatini ochib beradi. TADQIQOT METODOLOGIYASI Goʻzallikka intilish tugʻilishdan boshlab odamlarga xosdir. Hatto eng kichik bolalar ham atrofidagi goʻzallikni osongina payqashadi: goʻzal gul boʻlsin, qoʻshiq eshitilsin. Voyaga yetganida, bolalar nafaqat atrofdagi goʻzallikni koʻrishga, balki uni yaratishda ishtirok etishga - plastilindan biron bir narsani yasashga, qoʻshiq kuylashga, oʻzlari yoqtirgan oʻyinchoq chizishga intiladi. Ehtimol, birinchi sheʻringizni yozing. Kelajakda maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻrab turgan hamma narsa ular ichida maʻlum fikrlar va his-tuygʻularni keltirib chiqaradi. Bu jarayon maktabgacha taʻlim tashkilotlarida ham, ota-onalarning oʻzlari tomonidan ham amalga oshiriladigan badiiy-estetik taʻlim orqali tartibga solinishi mumkin 6 . Oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda oʻsib borayotgan avlodni sogʻlom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali taʼlim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha taʼlimning samarali tizimini tashkil etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlangʻich taʼlimga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim. Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, oʻz xalqining milliy, tarixiy, 6 https://minikar.ru/uz/money/hudozhestvenno-esteticheskoe-razvitie-i-vospitanie-aktualnost/
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 38 madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilishi lozim. Biz oʻz tadqiqotimizni Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani 504-Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotining 15 nafar tarbiyalanuvchisi va 10 nafar ota-onalar bilan birgalikda olib bordik, tadqiqotimizning mazmundorligini taʻminlash maqsadida quyidagi metodlardan foydalandik: namoyish qilish, suhbat, anketa, koʻrgazma va kuzatish metodi. Vaqt oʻtib bolalarning dunyoqarashi kengayib boradi. Ammo uning estetik jihatdan rivojlanishi, ijodiy qobiliyatlarining namoyon boʻlishida bu davrning, atrof-muhitning, jamiyatning muhim oʻrni bor. Ular oʻyinlar asosida rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning badiiy va estetik tarbiyasida oʻyin faoliyatining oʻrni Maktabgacha yoshdagi bolalarda oʻyin hali ham asosiy rol oʻynashini yodda tutgan holda, ota-onalar farzandining estetik rivojlanishi uchun undan samarali foydalanishlari mumkin. Bolaning estetik tarbiyasi uchun xizmat qiladigan oʻyinlar qatoriga quyidagilar kiradi: • Gʻayrioddiy, nostandart yechimlarni izlashni talab qiladigan oʻyin holatlarini simulyatsiya qilish. • Filmlar yoki spektakllardan epizodlar va parchalarni koʻrish. • Hikoya va ertaklarni jamoaviy yozish. • Sheʻr oʻqish, badiiy asarlardan parchalarni ifodali oʻqish 7 . Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashda tarbiyachilar bilan birgalikda ota -onalar ham shugʻullanishi kerak. Ota-onalar, tarbiyachilar quyidagilarga intilishlari kerak. -barkamol shaxsni shakllantirish; -bolada goʻzallikni koʻrish va qadrlash qobiliyatini rivojlantirish; -ijodkorlikni ragʻbatlantirish va rivojlantirish; -estetik did va ideallarning paydo boʻlishiga hissa qoʻshadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotiga borish yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. Bolalarning 3-7 yoshli davrida asosiy faoliyati quydagilardan iborat boʻladi. -predmetlarni oʻrganishi; -individual predmetli oʻyinlar, jamoa syujetli-rolli oʻyinlar; -individual va guruhiy ijod;musobaqa oʻyinlari; -muloqot oʻyinlari; 7 https://minikar.ru/uz/money/hudozhestvenno-esteticheskoe-razvitie-i-vospitanie-aktualnost/
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 39 -uy mehnati 8 Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida tarbiyachilar bolalar bilan suhbatlar, ertalabki kechalar, ekskursiyalar va turli tadbirlarni oʻtkazadilar. Koʻrgazma, teatr va muzeylarni ziyorat qilish ham muhim rol oʻynaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini bilish orqali ularni kelgusi hayotga tayyorlash, badiiy jihatdan oʻstirish, shaxsiyati, isteʼdodi, ijodkorligi, qobiliyatlarini rivojlantirib, toʻgʻri yoʻlda tarbiyalash uchun sanʼat, madaniyat namunalaridan, kitoblardan, ijod namunalaridan foydalanish kerak boʻladi. Badiiy-estetik tarbiya vositalari • Tasviriy sanʻat (chizmachilik, modellashtirish, qoʻllash). • Dramaturgiya (teatr spektakllari). • Adabiyot. • Ommaviy axborot vositalari (televideniye, internet, gazeta, jurnal). • Musiqa. • Tabiat. 9 Maktabgacha yoshdagi bolalarda badiiy, estetik hissiyotlarning rivojlanishi va ularda kreativ yondashuv. “Qaysi sohani olmaylik biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir oʻzgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sogʻlom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha taʼlim tizimidan boshlanadi” 10 , degan edi Prezident Shavkat Mirziyoyev. Zamonaviy pedagogika va psixologiya sohasida har bir bolani tarbiyalash va taraqqiyotda insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish tobora kengayib bormoqda. Bu bolaning shaxsiyati, isteʼdodi, ijodkorligi va qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bolaning yoshligidan boshlab ijodiy salohiyatini ochib berish va amalga oshirishga imkon beradigan shart-sharoitlarni oʻrganishga qaratilgan ishlar maktabgacha yosh davrida ijodkorlikni rivojlantirishda katta qiziqish uygʻotdi. Zamonaviy taʼlimning eng muhim vazifalaridan biri shaxs tarbiyasida yangicha yondashuvni tashkil etishdir. Bu jarayonlar bolaning ijodiy faol, mustaqil fikrlovchi, muloqotga tez kirishuvchi va turli vaziyatlarga moslashuvchan boʻlishini taʼminlaydi. Badiiy did hayot va sanʼatning barcha sohalarida insonning estetik hodisalarni farqlash, tushunish va baholash qobiliyati. Did uzoq ijtimoiy tarixiy taraqqiyot, mehnatning turli 8 https://cyberleninka.ru/article/n/bo-cha-yoshidagi-bolalar-yinining-psihiologik-hususiyatlari 9 https://minikar.ru/uz/money/hudozhestvenno-esteticheskoe-razvitie-i-vospitanie-aktualnost/ 10 https://kun.uz/47175005#!
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 40 sohalaridagi tajribalar natijasida vujudga keladi. Didda shaxs, guruh va xalqning olamga estetik munosabati tajribasi inʼikos etilib, uni har bir kishi turli yoʻllar bilan oʻzlashtiradi, oʻz individual estetik faoliyati bilan boyitadi. 11 Estetika(yun. - his qiluvchi, hissiy tarbiyaga doir) - inson bilan dunyo oʻrtasidagi qadriyat munosabatining oʻziga xos tomonlarini va kishilarning badiiy faoliyati sohasini oʻrganuvchi falsafiy fan. «Estetika» terminini nemis faylasufi A. Baumgarten (1714-62) ilmiy muomalaga kiritgan. Estetikaning sinonimi sifatida goʻzallik falsafasi, sanʼat falsafasi, badiiy ijod falsafasi iboralari qoʻllanib kelingan. Keyingi paytlarda nafosatshunoslik yoki nafosat falsafasi atamalari ham estetikani anglatadigan boʻldi. Estetika oʻz ichiga sanʼat estetikasi, tabiat estetikasi, texnika estetikasi, dizayn, sport estetikasi, turmush estetikasi, atrof muhitni goʻzallashtirish va boshqalar sohalarni qamrab oladi. 12 Kreativlik (lot. ing.“create” — yaratish, “creative” — yaratuvchi, ijodkor) individning yangi gʻoyalarni ishlab chiqarishga tayyorligini tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati maʼnosini ifodalaydi. Psixologlarning fikricha, “Kreativlik — bu har bir insonga tugʻilishi bilan hadya etiladigan, ammo tarbiya, taʼlim va ijtimoiy faoliyat tizimida yoʻqolib boradigan ijodiy yondashuvdir” 13 . Shaxsga taʼsir etuvchi irsiyat, tarbiya, atrof-muhit kabi omillar bolaning kelajagida muhim ahamiyatga ega. Bunda bola ijodiy tasavvurni rivojlantirish, ijodiy tafakkur koʻnikmalarini shakllantirish, fikrlashda tizimlilik harakatchanlik qobiliyati yoki oʻz-oʻzini rivojlantirish, yechim qidirish uchun kuch va imkoniyat topish, ijodiy intuitsiya, nutq rivojlanishi kabi jihatlarga alohida eʼtibor berish zarur. Bolani ragʻbatlantirish metodi orqali ijodiy yondashishga badiiy didini yuksaltirishga, axloqiy rivojlanishiga, fikr-mulohaza qilishi, mustaqil fikrlashi, yangiliklarga intilishiga erishish mumkin. Ommaviy tarzda oʻtkaziladigan mashgʻulotlar mazmuni koʻpincha badiiy tavsifga ega faoliyat koʻrinishida amalga oshirilishi mumkin. Masalan, musiqa mashgʻulotlari, sahna koʻrinishlarini namoyish etish, oʻyin-sayohatlar, sanʼat asarlari bilan tanishish. Bunday mashgʻulotlarda aqliy faollikni oshirishga undovchi «emotsional taʼsir koʻrsatish» yaxshi samara beradi, bolaning oʻz-oʻzini namoyon eta olishiga imkon beradi. Kreativlik ijodiy qobiliyatdir, yechilmagan vazifalarni hal etishni talab etadi, stereotip 11 https://qomus.info/encyclopedia/cat-d/did-uz/ 12 https://qomus.info/encyclopedia/cat-e/estetika-uz/ 13 Abraham Harold Maslow. 1972 «Climate for Creativity» in Taylor C.W. 287-page. NYC: Perga/non Press.
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 41 tafakkur qobiliyatini inkor etadi. Mana shu davrdan unumli foydalanilmasa, bolalarda rivojlanish jarayonlari sust kechadi. Har bir bola takrorlanmas shaxsiy sifatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Pedagogning vazifasi esa boladagi kreativlikning yuzaga kelishini koʻra olishdir. Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi oʻquv-tarbiya jarayoni bolalarning qobiliyati va layoqatini har tomonlama rivojlantirish, ularning shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Mazkur jarayonning mahsuldorligi pedagogning bolalarni yaxshi bilishi, taʼlimtarbiyaning xilma-xil, samarali metodlarini qoʻllashiga bogʻliq. Bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, ijodkorligini oshirish, qobiliyatini shakllantirish, didini oʻstirish, kreativlik xususiyatlarini rivojlantirishda quyidagi xulosaga kelamiz: - ijodiy fikrlashni rivojlantiruvchi mashqlar bilan ijodiy fikrlash uchun aqlni turli sohalarda ishlashga oʻrgatish kerak; - kattalar tomonidan majburlash, “uni oʻyna”, “buni oʻyna”, “xato qilding”, “mana bunday bajar” qabilida ish tutish bola ijodkorligiga zid uslublardir. “Oʻzim bajarishim uchun menga yordam ber” qabilida ish yuritish maqsadga muvofiqdir. Bola erkin “kim bilan”, “nima bilan”, “qachon” tushunchalarini oʻzi hal qilsin. oʻzi koʻrib, eshitib, harakat qilib, mushohada, yaʼni mantiqiy fikrlay olsin; - dasturiy maʼlumotni bosqichma-bosqich murakkablashtirish yoʻnalishida amalga oshirilishi zarur: kuzatilgan hodisalar koʻlamini kengaytirish va u yoki bu hodisalar haqidagi bilimlarni ketma-ketlikda chuqurlashtirish va umumlashtirish; - ekskursiyada taʼlimiy va tarbiyaviy vazifalar birgalikda hal etilishi lozim. Shuning uchun oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim va koʻnikmalar hajmini rejalashtirish hamda qanday his-tuygʻu, munosabat, axloqiy sifat, estetik ehtiyojlarni faollashtirish avvaldan oʻylanishi kerak. Pedagogika yoʻnalishida tatbiq qilinishi lozim boʻlgan muhim masala borki, u ham boʻlsa tarbiyachilarning pedagogik jarayonni zamonaviy usullar asosida maqsadli, tizimli va natijalarni bashorat qila olish orqali metodik jihatdan toʻgʻri tashkil etishlarini taʼminlashdir. Interfaol usullar hozirgi kunda taʼlim islohotlaridagi ustuvor jihati va pedagogik muammolarni hal etishdagi roli, taʼlim samaradorligini taʼminlovchi muhim omillardandir. T-jadval metodi AFZALLIKLARI KAMCHILIKLARI 1. Bolalarda ijodiy qobiliyatlar shakllanadi. 1. Bolalarni ko‘ngli borgan sari noziklashib boradi.