MUSTAHKAM OILA, FAOL XOTIN-QIZLAR JAMIYAT FAROVONLIGINI BELGILAYDI
Abstract
Ushbu maqolada, bugungi ayollarimizning jamiyatda tutgan o’rni,uning obro’si hamda xavfsizligini ta’minlash to’g’risidagi fikrlar, ilmiy xulosalar keltirilgan. Maqolada yaqin va uzoq tarixda ayollarimizning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni,jamiyatning barqaror rivojlanishida ularning faol ishtiroki hamda bugungi kundagi lider ayollarimizning tutgan o’rni qisqa va lo’nda solishtirma asosida ko’rsatib berilgan.Ayollarimizning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning huquq va erkinliklarini mustahamlash bo’yicha, ularga nisbatan zo’ravonliklarning kelib chiqish sabablari haqidagi fikr-mulohazalar keltirilgan. Ularning oiladagi o’rni va faolligi jamiyat farovonligini ta’minlashdagi xulosa, takliflar yoritilgan.
Full text
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 265 MUSTAHKAM OILA, FAOL XOTIN-QIZLAR JAMIYAT FAROVONLIGINI BELGILAYDI Boboqulova Xosiyat Pardayevna Surxondaryo viloyati pedagogic mahorat markazi, Ta’lim xizmatlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i https://doi.org/10.5281/zenodo.17844936 Annotatsiya. Ushbu maqolada, bugungi ayollarimizning jamiyatda tutgan o’rni,uning obro’si hamda xavfsizligini ta’minlash to’g’risidagi fikrlar, ilmiy xulosalar keltirilgan. Maqolada yaqin va uzoq tarixda ayollarimizning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni,jamiyatning barqaror rivojlanishida ularning faol ishtiroki hamda bugungi kundagi lider ayollarimizning tutgan o’rni qisqa va lo’nda solishtirma asosida ko’rsatib berilgan.Ayollarimizning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning huquq va erkinliklarini mustahamlash bo’yicha, ularga nisbatan zo’ravonliklarning kelib chiqish sabablari haqidagi fikr-mulohazalar keltirilgan. Ularning oiladagi o’rni va faolligi jamiyat farovonligini ta’minlashdagi xulosa, takliflar yoritilgan. Kalit so’zlar:Davlat,jamiyat,lider ayollar,mehnat qonunchiligi,zo’ravonlikka qarshi kurashish,oila mustahkamligi,jamiyat farovonligi,qiz va o’g’il bolalarning tarbiyasi. Oila-bu nikoh rishtalari asosida qurilgan,maqsadlari birlashgan,huquqiy majburiyatlari,ma’naviy-axloqiy qadriyatlari umumlashgan kichik ijtimoiy guruhdir.Keng ma’noda jamiyatning eng kichik bo’ginidir.Oila har bir shaxsning shakllanishida ,ijtimoiylashuvida birlamchi bo’g’in hisoblanadi.Oilada inson mehr-muhabbat,o’zaro hurmat,mas’uliyat,qo’llab-quvvatlanishi lozim. Ayol ana shu oila degan bo’g’inning yaratuvchisi,ijodkori shu bilan birga rivojlantiruvchisi hamdir.Har davrda mamlakatning rivojlanishida jamiyatni barqaror tutib turishda ayollarning o’rni beqiyos bo’lgan. Bugun mamlakatimizda ayollarning nafaqat ilm-fan talim va innovatsiyalar sohasida ishtiroki ortib bormoqda,balki mamlakatning intellectual salohiyatini oshirishda o’z hissalarini qo’shmoqda. Senat raisligi,parlament a’zoliklari hukumatdagi ayollar qo’mitalari,ayollar huquqlarini himoya qilish,gender tenglikni ta’minlash bo’yicha fuqorolik jamiyati va davlat siyosatining tashabbuskorlari ham ayollardir.Shuningdek ayollar tadbirkorlik va ijod sohalarida,madaniyat ,san’at,ijtimoiy loyihalarda ham faollashmoqda.Yangi loyihalar,yoshlarni qo’llabquvvatlash,kasbtayyorgarlik,innovatsion fikrlash kabi yo’nalishlarda muvaffaqiyatlarga erishmoqda.Ularning muvaffaqiyatlari xalqaro tan olinishiga olib keladi,davlatning brendini,ijtimoiy diplomatiyasini kuchaytiradi. Bunga misol qilib Saida Mirziyoyeva(Prezident yordamchisi,)ni nazarda tutsak,”Women Scientists Forum”paytida ayollar olimlar jamoasining 48% ni tashkil etishini,ilmiy darajalar PhD vaDSc darajalarini olgan ayollarning soni kundan-kunga ortib borayotganini ta’kidlab o’tdi.Siyosiy jarayonda yoki diplomatik aloqalarda O’zbekistonning qizi sifatida xalqaro maydonda o’z o’rniga ega bo’lmoqda.Yoki Tanzila Narbayeva siyosat va ijtimoiy sohalarda juda faol.Senat raisi sifatida davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtierok etmoqda,Svetlana Imanova sobiq vakil sifatida,O’zbekiston hukumatida ayollar qo’mitalari boshlig’i bo’lgan,Mo’tabar Tojiboyeva mustaqil journalist va inson huquqlari faoli bo’lib,”Fiery Hearts
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 266 Club”tashkilotining asoschisi bo’lib,sud ishlarida vakil bo’lib ishlagan, .Guli Sheikh :Samarqanddan chiqqan,hozirda Buyuk Britaniyada faol.San’at,filantropiya,ijtimoiy yetakchilik bilan shug’ullanmoqda.UNWomen UK delegatidir,xotin-qizlar rahbarligini rivojlantirish sohasida ishlaydi.San’atkor Sevara Nazarxon,Lola Astanovalar xalqaro sahnalarda O’zbekistonning milliy madaniyatini,merosini kengaytirmoqda.Xalqaro toifadagi ayol chempionlarimizni ham aytib o’tish joiz Bu ro’yxatni yanayam kengaytirsak, bunday misollarning oxiriga yetish qiyin.Ayollar shunday xilqatki,ular haqiqat, adolat hamda gozallik uchun kurashadilar.Agar mamlakatni bir tarozi deb olsak,ular tarozining ikki pallasini teng muvozanatda tutib turadilar,xuddi oiladagi muvozanatni saqlab turgani kabi.Agar ularga ishonch bildirilsa,butun vujudi bilan xalqqa xizmat qiladi.Yuqoridagi ayollarning har birining faoliyati bunga misol bo’la oladi’.Agar tarixga nazar tashlasak, bunda ham ajdodlarimizning jamiyatdagi o’rnini ko’rish mumkin. Yaqin o’tmishda yashab o’tgan Svetlana Tursunkhodjaevna Inamova — O‘zbekistonning siyosiy va ijtimoiy faol ayollaridan biri. Svetlana Inamova O‘zbekiston siyosatida bir nechta muhim lavozimlarda faol bo‘lganO‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan.Ayollar qo‘mitasi raisi (Women’s Committee) boshchisi Shu lavozimda u ayollar huquqlari, gender tengligi va ijtimoiy himoya sohalarida ko‘plab tashabbuslar bilan shug‘ullangan. SenatorYuqori palatada (Senat) O‘zbekiston parlamentida a’zo bo‘lgan.“Sog‘lom Avlod Uchun” fondi rahbari Ijtimoiy himoya va nogironlik huquqlari, sport va imkoniyati cheklangan yoshlar masalalarida faol. Masalan, 2007-yilda “USAID” yordamidagi oziq-ovqat kampaniyalarida ham ushbu fond ishtirok etgan.Special Olympics Uzbekistan boshqaruv kengashi raisi,Nogironligi bor bolalar va yoshlar uchun imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy integratsiya va sport orqali salomatlik va ijtimoiy farovonlikni oshirishga bag‘ishlangan loyihalar bilan shug‘ullangan.2005-yilda BMTning Ayollar maqomi bo‘yicha komissiyasining 49sessiyasida nutq so‘zlagan.Malayziya bilan ayollar va jamiyat sohalarida hamkorlik memorandumini imzolash borasida muzokaralarda bo‘lgan. UNICEF, Special Olympics va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan nogironligi bor yoshlar, sport va ma’naviy huquqlarning ta’minlanishi bo‘yicha konferensiyalar, loyihalarda ishtirok etgan. Xalqaro maydonda unga ishonch ko‘rsatilgani, turli xalqaro tashkilotlar va davlatlar bilan hamkorlikda ishlaganligi, O‘zbekiston nomini ijobiy tomondan tanitgan. Yoki uzoq tarixni olsak. Saroymulkxonim – Temuriylar davridagi eng nufuzli va ta’sirchan ayollardan biri bo‘lgan. U Amir Temurning rafiqasi, Chingizxon avlodidan (Chig‘atoy ulusining hukmdori Qozonxonning nabirasi) bo‘lib, shu sababli “xonim” unvoniga ega bo‘lgan.Amir Temur unga katta hurmat ko‘rsatgan, davlat kengashlarida ba’zan uning fikrini ham inobatga olgan.Uning “xonim” unvoni tufayli Temurning hokimiyati yanada mustahkamlangan, chunki u Chingiziy nasl bilan qarindoshlik orqali o‘z hukmronligini qonuniy asos bilan mustahkamlagan. Diplomatik aloqalarda Saroymulkxonimning Chingiziy sulolaga mansubligi Temurga boshqa hukmdorlar oldida siyosiy legitimlik (ya’ni hukmronlikni qonuniy asoslash) bergan.U ko‘plab qabul marosimlarida va elchilarni kutib olishda bevosita ishtirok etgan.Saroymulkxonim madrasa, masjid, karvonsaroy, ko‘prik kabi inshootlar qurilishiga homiylik qilgan.Samarqand va boshqa shaharlarda ayollarning ijtimoiy hayotda faolroq bo‘lishiga, ilm-ma’rifat rivojiga ko‘maklashgan.U Temurning bosh xotini sifatida “Ulug‘ xonim” deb atalgan.Saroy tartib-qoidalari, vorislik masalalari va sulola ichidagi munosabatlarda ham so‘z huquqiga ega bo‘lgan.Saroymulkxonim o‘z davrida nafaqat Temuriylar saroyida, balki butun Movarounnahr siyosiy hayotida katta nufuzga ega bo‘lgan ayol edi.Shu tariqa, u nafaqat
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 267 saroy hayotida, balki xalqaro diplomatiya va siyosiy legitimlik jarayonlarida ham muhim o‘rin tutgan. Ayollarimiz o’zbekona lutf,hayo ,ibosi bilan sharqda dong taratgan.Namuna sifatida keltirilgan ayollarimizning jamiyatdagi faoliyatidan kelib chiqqan holda,maktablarimizda o’g’ilqizlarimizga tarbiya fanidan, avvalo oiladagi tenglik nimayu,jamiyatdagi tenglik nima ekanligi haqida real misollar bilan mavzular asosida bilim berish ,hadislardan namunalar keltirish lozimdir. Bitiruvchi 9-10-11sinflarda tarbiya fani bilan bir qatorda psixologiya fanini ham o’tish kerak. Elektron darsliklarimizda inson psixologiyasi bilan bog’liq ,odamiylik haqidagi ijtimoiy roliklarni ,kontentlarni ko’paytirish lozim bo’ladi.Bugun internet ijtimoiy tarmoqlardagi tasirlardan farzandlarimizni himoya qilishimiz bizning burchimiz.Mahallalarda oila maktab,hamkorligini yanada mustahkamlashimiz maqsadga muofiqdir.Mahallalar qoshida psixologik markazlarni kengaytirish,yosh oilalar bilan suhbatlar ,treninglar o’tkazish,bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etish,oila farovonligi haqida oquvlar o’tkazib,OO’Y laridan olimufuzolalar bilan uchrashib.maruzalar tinglashni tashkil etish samarali natijalar beradi. Oilalarda ajrimlar kamayadi,farzand tarbiyasida ma’suliyat oshadi. Bu o’quvlarga aynan nosog’lom muhit bo’lgan oilalarni taklif qilish samara beradi..Ilmsizlik inson hayotida juda ko’p shavqatsizliklarga, azoblarga,qiyinchiliklarga sabab bo’ladi.Ayollarimizning o’qib,ilmiy,diniy, dunyoviy bilim olishlarida yanada kengroq imkoniyatlar yaratib berish,ulardagi mavjud iqtidor,qobiliyat ,tashabbuslarini yuzaga chiqarish uchun yanada qo’llab –quvvatlash juda muhimdir. Yangi O’zbekistonda Davlatimizning nufuzli lavozimlariga ayollarga ishonch bildirilmoqda. .Masalan o’zimni lavozimda ishlashimda shaxsan vazirimiz Hilola Umarovaning qo’llab-quvvatlashi,ishonch bildirishi, mening ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og’ir bo’lgan Qiziriq tumanida mas’uliyatli lavozimda bor kuchim bilan xalq manfaatlari yo’lida tinmay ishlashimga sabab bo’ldi.Ayollarning jamiyatda o’z o’rnini topishlari hamda faol hayotda ishtirokini ta’minlash uchun shunchaki qo’llab –quvvatlash kerak xolos.Korrupsiyaning har qanday ko’rinishini yo’qotish kk Ayolga ollox tomonidan onalik maqomi berilgan,agar ayol rahbar bo’lsa, bor vujudi bilan xalq uchun Davlati uchun xizmat qiladi. Mas’uliyati ming chandon ortadi.Ayollar uchun MKsida alohida bo’lim ajratish,ularga oilasiga vaqt ajratish,oilasi bilan dam olish,o’z ustida ishlashi uchun bandlarni qayd qilish lozim.Farzand tarbiyasida 3 yillik ta’til joriy qilish kerak.Rahbar ayollarga davlatimiz tomonidan uy-joy masalalarida ham imkoniyatlar yaratish lozim.Toki ayollar o’z farzndlariga qayg’urganidek el farzandlariga ham qayg’ursin.Davlatimiz ravnaqi uchun xizmat qilsin.Ayollarning jamiyatdagi o’rnini ta’minlashning samaradorligi oshsin. Ayolga baxt bering ,saodat bering Demang yuribdi-ku kulib ,jilmayib. Ayol kulib turib o’lishi mumkin, Dunyoni olishi mumkin jilmayib. Zulfiya Mo’minova. Bu misollar bilan nima demoqchiman,ayollarning jamiyatda har jabxada faol bo’lishi Davlatning rivojlanishida,siyosiy hayotida muhim o’rin tutadi.”Erkak bosh bo’lsa ,ayol bo’yin “- deydilar dono xalqimiz. O’zbekistonda ayollarning huquqlari qonunlar bilan himoyalangan.Oilalarimizning mustahkam bo’lishi uchun ,oila a’zolarining huquq va burchlari hamda oilaviy-huquqiy munosabatlar tartibga solingan, ya'ni er-xotin, ota-ona, bolalar, farzandlikka oluvchilarning huquqlari va majburiyatlari belgilangan.Asosiysi, oilani mustahkamlash,, oilaviy munosabatlarni
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 268 o‘zaro hurmat, ishonch, yordam, mas’uliyat hissi asosida tashkil qilish, oilaning barcha a’zolarining huquqlari himoyasi ta’minlangan.Oilaning barcha a’zolari, ayniqsa erkak va ayolning oilaviy munosabatlarda shaxsiy va mulkiy huquqlarda tengligi; ichki oilaviy masalalarni o‘zaro kelishuv asosida hal qilish; oiladagi qarindoshlar huquqlarining himoyasi.,oila a’zolarining moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanishi, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish huquqi,voyaga yetmaganlar va mehnatga layoqatsiz oila a’zolar manfaatlarining himoyasi ustuvorligi aniq belgilab berilgan Shunday ekan oilalarimiz mustahkamligi, farovonligi ayollarimizning faolligi hamda jamiyatdagi tutgan o’rniga bog’liqdir. .Bugungi kunda mamlakatimizda ayollarimizning huquqiy bilimlarining sayozligi,milliy mentalitet,oiladagi ayollarga nisbatan,”,ayol qilishi kerak” , “ayol bo’lishi kerak” ,”ayol javobgar(farzand tarbiyasida)”degan tushunchalar,oilaga uchinchi shaxsning aralashuvi,insonlarda iymon –e’tiqodning susayib borishi,oiladagi ayrim erkaklarimizning oilaga nisbatan ma’suliyatining yo’qligi, ayollarga nisbatan zo’rovonlikning ortib borishiga sabab bo’lmoqda. Masalan:viloyatimizdagi bitta tuman Qiziriq tumanini olsak o’tgan 2024 yil sakkiz oy davomida 114 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berilgan.Joriy yil sakkiz oyida esa 192 nafariga himoya orderi berilgan.O’tgan yilga nisbatan 78 nafarga oshgan.Bu holat mamlakatda ayollarning huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar yetarli emasligini ko’rsatadi. Erkak va ayollarimizda islomiy bilimlarning zayifligi,muqaddas dinimiz amallarini chuqur ilm bilan ,tahlil bilan yondoshmayotganligi ham ushbu holatlarning kelib chiqish omillaridan biri deb hisoblayman.Olalardagi zo’ravonliklarni,onalarimizga nisbatan munosabatni ko’rgan farzandlarchi.? Ular ham kelajakda o’z oilasiga xuddi shunday munosabatda bo’ladi.Men 35 yildan beri ta’lim sohasida faoliyat yuritaman.Maktabgacha ta’limdan tortib to o’rta maxsus ta’limgacha faoliyat olib bordim.Bolalar psixologiyasini yetarlicha tahlil qila olaman.Mehr bersang, mehr olasan.Bolalar internet bilan faol hayotni farqlay olmay qoldilar. Biznig kelajagimiz nafaqat bolalarning ilmli bo’lishi, balki ayollarimizning bilimli bo’lishi bilan ham bog’liqdir.Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev aytganlaridek “Najot ilmda ,najot ta’limda”. . . Foydalanilgan adabiyotlar 1. 1.”Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” Sh.M.Mirziyoyev.(2022 y.) 2. 2.”O’zbekiston Konstitutsiyasi-xalq irodasining ifodasidir. Sh.M.Mirziyoyev.(2023 y.) 3. O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi.UzDaily.uz 4. 4.A.Muhammadjonov,B.Ahmedov larning Temuriylar davriga oidtadqiqotlari. 5. Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati” (Ilmiy to’plamlar) 6. 6.O’zbekiston tarixi darsliklari.(oliy va o’rta maxsus ta’lim uchun. 7. 7.Zafarnoma (Sharafuddin Ali Yazdiy.) 8. 8.Nizomiddin Shomiy.”Zafarnoma”. 9. 9.Mirzo Ulug’bek.” To’rt ulus tarixi”. 10. 10 . San’at jurnali(“Art ofUzbekistan-Woman and Creation”)-intervyu .UzDaily.uz