MINTAQADA MEHNAT MIGRATSIYASI OQIMLARINI TARTIBGA SOLISH USULLARI
Abstract
Ushbu maqolada mintaqada mehnat migratsiyasi oqimlarini tartibga solish xususiyatlari, mavjud imkoniyatlari va amalga oshirish usullari yoritilgan. Shuningdek, mintaqada mehnat migratsiyasi oqimlarini tartibga solish yuzasidan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.
Full text
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 61 MINTAQADA MEHNAT MIGRATSIYASI OQIMLARINI TARTIBGA SOLISH USULLARI Zakirov Mir Timur Zakir o‘g‘li Urganch Ranch-texnologiya universiteti Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada mintaqada mehnat migratsiyasi oqimlarini tartibga solish xususiyatlari, mavjud imkoniyatlari va amalga oshirish usullari yoritilgan. Shuningdek, mintaqada mehnat migratsiyasi oqimlarini tartibga solish yuzasidan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan. Аннотация. В статье рассматриваются особенности, существующие возможности и методы регулирования трудовых миграционных потоков в регионе. Разработаны выводы и предложения по регулированию трудовых миграционных потоков в регионе. Abstract. This article discusses the features, existing opportunities and methods of regulating labor migration flows in the region. Also, conclusions and proposals are developed on the regulation of labor migration flows in the region. Kalit so‘zlar. Mintaqa, migratsiya, mehnat migratsiyasi, oqim, tartibga solish. Ключевые слова. Регион, миграция, трудовая миграция, поток, регулирование. Key words. Region, migration, labor migration, flow, regulation. Mehnat migratsiyasi jarayonlari globallashuv sharoitida har bir mintaqa va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim omillardan biridir. Mehnat resurslarining mamlakatlar va hududlar o‘rtasida harakati ishchi kuchi taqchilligi mavjud bo‘lgan joylarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirsa-da, mehnat ortiqchaligi mavjud hududlarda ishsizlik bosimini kamaytiradi. Shu bois, mehnat migratsiyasini samarali tartibga solish har bir mintaqaning ijtimoiy barqarorligi, aholi farovonligi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada mehnat migratsiyasi oqimlarini tartibga solish yuzasidan tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Unga asosan, Xususiy bandlik agentliklari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi fuqarolarning mehnat migranti sifatida xorijiy davlatlarda ishlashi uchun sharoit yaratib berdi [1]. Ayniqsa, aholi sonining ortishi, iqtisodiy imkoniyatlar farqi, bandlik bozoridagi nomutanosiblik va xalqaro muloqotning kengayishi mehnat migratsiyasi hajmining yildan-yilga oshishiga sabab bo‘lmoqda. Biroq, ushbu jarayonni nazoratsiz qoldirish kadrlar oqimi muvozanatining buzilishi, malakali mutaxassislar yetishmovchiligi,
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 62 noqonuniy migratsiya, sotsial himoyaning susayishi kabi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois, mintaqada migratsiya siyosatini puxta yo‘lga qo‘yish har bir davlat va hudud uchun dolzarb vazifada bo‘lib hisoblanadi. Bu borada mehnat migratsiyasini tartibga solish uch miqyosida, ya’ni davlat, mintaqa va xalqaro miqyosida tahlil qilinadi [2]. Mehnat migratsiyasining barqaror va qonuniy amalga oshirilishi, avvalo, aniq normativ-huquqiy baza mavjudligiga bog‘liq. Chunki, mehnat migratsiyasi jarayonlari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi [3]. Bu borada tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solishning asosiy institutsional usullariga migratsiya jarayonini belgilab beruvchi qonunlar va davlat dasturlarini qabul qilish, mehnat migrantlarining huquqiy maqomini rasmiylashtirish tartiblarini soddalashtirish, davlat organlari, mehnat inspeksiyasi, konsullik muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda xorijiy davlatlar bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalarni kengaytirish kabilar kiradi. Bu yo‘nalishdagi samarali siyosat mehnat migrantlarining huquqiy himoyasi, ularning faoliyati ustidan nazorat qilish, ularni rasmiylashtirish va ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy mexanizmlar mehnat migratsiyasini boshqarishda eng samarali vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Chunki, ishchi kuchi oqimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy manfaatlarga asoslanadi. Ushbu yo‘nalishda mintaqada yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali tashqi migratsiya bosimini kamaytirish, ish haqi darajasini oshirish, ijtimoiy paketlarni yaxshilash orqali malakali kadrlarning ketishining oldini olish, kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash va qisqa muddatli o‘quv kurslari orqali ichki mehnat bozorini mustahkamlash hamda migrantlar uchun ijtimoiy sug‘urta, pensiya jamg‘armalari va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish kabi chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy mexanizmlar, ayniqsa, ichki migratsiya oqimlarini boshqarishda muhim o‘rin tutadi. Mintaqaning iqtisodiy jozibadorligi ortgani sari tashqi migratsiya hajmi kamayishi kuzatiladi. Buning uchun raqamlashtirish sharoitida migratsiya jarayonlarini boshqarish samaradorligi beqiyos oshmoqda. Ko‘pgina davlatlar mehnat migratsiyasi bo‘yicha yagona elektron bazalar va onlayn monitoring tizimlarini yaratmoqda. Ularning asosiy afzalliklariga mehnat migrantlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarning doimiy yangilanishi, xorijdagi mehnat bo‘sh o‘rinlari bo‘yicha tezkor axborot almashinuvi, noqonuniy migratsiyaga qarshi samarali monitoring hamda xorijga ketayotgan fuqarolarga ruxsatnomalar, kontraktlar, viza va sug‘urta bo‘yicha onlayn xizmatlar kabilar kiradi. Axborot tizimlarining rivojlanishi bevosita mehnat
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 63 migratsiyasini tartibga solishda shaffoflik va tezkorlikni taʼminlaydi. Mehnat migrantlarining ijtimoiy himoyasi tartibga solishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qaraladi. Migrantlar ko‘pincha xorijda noqulay mehnat sharoitlari, hujjatlarni rasmiylashtirishdagi murakkabliklar, qo‘shimcha xarajatlar, tazyiq va ekspluatatsiya kabi xavflarga duch keladi. Shuning uchun mehnat migrantlari uchun bandlik agentliklari orqali xavfsiz va qonuniy ishga joylashtirish mexanizmlarini kengaytirish, konsulliklar faoliyatini kuchaytirish, huquqiy maslahat va tezkor yordam tizimini rivojlantirish, migrantlar va ularning oilalari uchun psixologik, ijtimoiy va huquqiy maslahat markazlarini tashkil etish hamda bolalar va ayollar migratsiyasiga oid xavflarni kamaytirish bo‘yicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish kabi chora-tadbirlar zarur. Ijtimoiy-huquqiy himoya tizimining mustahkamlanishi mehnat migratsiyasi oqimlarini tartibga solishda muhim kafolat bo‘lib xizmat qiladi. Mehnat migrantlarining aksariyati xorijga malaka va bilim yetishmasligi sababli xorijda turli ishlarda ishlaydilar. Shu bois, mintaqada kasb-hunar o‘quv markazlarini rivojlantirish, xalqaro mehnat standartlariga mos o‘quv dasturlarini joriy etish, chet tillarini o‘qitish muhim ahamiyatga ega. Bu esa yuqori malakali kadrlarni tayyorlash orqali xorijdagi talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha ishga joylashishni osonlashtiradi, migrantlar daromadining ortishiga olib keladi, noqonuniy ishlash xavfini kamaytiradi va mintaqada ko‘proq malakali ishchi kuchining shakllanishiga imkon beradi. Bu borada ta’lim va malaka oshirish siyosati mehnat migratsiyasi oqimlarini boshqarishning eng uzoq muddatli va samarali mexanizmlaridan biridir. Bugungi kunda mehnat migratsiyasi global jarayon bo‘lgani sababli uni mintaqa doirasida emas, ya’ni xalqaro hamkorlik asosida boshqarish talab etiladi. Shuning uchun, turli davlatlar bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha hukumatlararo bitimlar tuzish, migrantlarning ijtimoiy himoyasi, mehnat shartnomalari, malaka tan olinishini muvofiqlashtirish, qo‘shni va sherik davlatlar bilan axborot almashinuvi va monitoring tizimlarini yo‘lga qo‘yish va xalqaro tashkilotlar bilan qo‘shma dasturlarni amalga oshirish zarur. Aslida xalqaro hamkorlik migratsiya siyosatining barqaror, xavfsiz va qonuniy yo‘lga qo‘yilishi uchun zarur shart bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa shuki, mintaqada mehnat migratsiyasi oqimlarini tartibga solish murakkab, ko‘p qirrali va tizimli yondashuvni talab qiladigan jarayon bo‘lib qaraladi. Migratsiyani faqat taqiqlash yoki cheklash emas, ya’ni uni to‘g‘ri boshqarish, ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlardan kelib chiqib yo‘naltirish, migrantlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish eng to‘g‘ri yo‘ldir. Ushbu tartibga solishning institutsional, iqtisodiy, axborot, ta’limiy va ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarining uyg‘un qo‘llanishi natijasida
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 64 mintaqada mehnat bozoridagi muvozanat ta’minlanadi, ishsizlik va ijtimoiy tanglik kamayadi, xorijga ketayotgan mehnat resurslari oqimi muvozanatlashadi, migrantlar huquqlari ishonchli himoya qilinadi, iqtisodiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan valyuta tushumlari ortadi hamda mintaqalar raqobatbardoshligi va farovonligi oshadi. Shunday qilib, mehnat migratsiyasi oqimlarini tartibga solishning kompleks yondashuvi mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi hamda har bir fuqaroga xavfsiz, qonuniy va munosib mehnat sharoitlari yaratishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 20-noyabrdagi “Tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari haqida”gi KQ-622-IV-son Qarori. Manba: https://lex.uz/docs/6682983 2. Qodirova Z.A., Gaziyeva S.S. Xalqaro mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solishning uslubiy asoslari. // Iqtisod va moliya, 2021, 8(144). - 39 b. 3. Israilova D.K. Mehnat migratsiyasi – iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi omil sifatida. // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy-elektron jurnali, №6, noyabrdekabr, 2021. - 243 б.