KOMPETENTLILIK YONDASHUVINING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TALABLARI BILAN UYG'UNLIGI
Abstract
Ushbu maqolada kompetensiyalarni shakllantirishda innovatsion, interfaol va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida kompetentlilik yondashuvining mohiyati, uning zamonaviy pedagogik talablarga mosligi hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatida tutgan o‘rni tahlil etiladi.
Full text
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 272 KOMPETENTLILIK YONDASHUVINING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TALABLARI BILAN UYG‘UNLIGI Imomova Nigora Paziljonovna TIQXMII MTU 1-bosqich PhD tadqiqotchisi Professional taʼlim kafedrasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17845729 Annotatsiya. Ushbu maqolada kompetensiyalarni shakllantirishda innovatsion, interfaol va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida kompetentlilik yondashuvining mohiyati, uning zamonaviy pedagogik talablarga mosligi hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatida tutgan o‘rni tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: kompetentlik, innovatsion metodlar, yondashuv, zamonaviy pedagogika, ta’lim sifati, kasbiy rivojlanish. Аннотация. В данной статье анализируется сущность компетентностного подхода в образовательном процессе, его соответствие современным педагогическим требованиям, а также роль в деятельности преподавателя и студента. Кроме того, раскрывается значение инновационных, интерактивных и личностно-ориентированных образовательных технологий в формировании компетенций. Ключевые слова: компетентность, подход, современная педагогика, качество образования, инновационные методы, профессиональное развитие. Annotation. This article analyzes the essence of the competence-based approach in the educational process, its conformity with modern pedagogical requirements, as well as its role in the activities of teachers and students. In addition, the significance of innovative, interactive, and learner-centered educational technologies in the formation of competencies is revealed. Keywords: competence, approach, modern pedagogy, quality of education, innovative methods, professional development. Bugungi globallashuv jarayonida taʼlim tizimida inson kapitalini rivojlantirish, yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ularni mehnat bozoriga raqobatbardosh shaxslar sifatida tayyorlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bu jarayonda taʼlimga kompetentlilik yondashuvi muhim o‘rin tutadi. Kompetentlilik yondashuvi nafaqat bilim, balki shaxsning amaliy ko‘nikma, kommunikativ qobiliyat va mustaqil qaror qabul qilish salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kompetentlilik tushunchasi “competentia” (lotincha “moslik”, “layoqat”) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, shaxsning o‘z bilim, ko‘nikma va malakasini amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatini ifodalaydi. Pedagogik jarayonda kompetentlik – bu o‘quvchining nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lishi, balki ularni hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishi demakdir. Kompetentlilik yondashuvi 21-asr taʼlim paradigmasining asosi hisoblanadi. U o‘quvchi shaxsini taʼlim jarayonining markaziga qo‘yadi va “bilim olish”dan ko‘ra “bilimni qo‘llash”ga eʼtibor qaratadi. Zamonaviy taʼlim tizimi talabalardan faqat bilim emas, balki kommunikativ, axborot, ijtimoiy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PQ–5847-son qarorida kasb-hunar taʼlimi tizimini
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 273 kompetensiyaga asoslangan o‘quv dasturlari orqali modernizatsiya qilish, o‘quv jarayonini ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiyalash zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.Bu qaror asosida o‘quv dasturlari amaliyotga yo‘naltirilgan, modul asosida qayta ishlab chiqilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF–6108-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da kompetentlilik yondashuvi asosida taʼlim mazmunini yangilash, raqamli taʼlim resurslarini kengaytirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish kabi vazifalar belgilangan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-sentabrdagi 552-son qarorida kasbiy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini baholashda kompetensiya asosida yondashish mezonlari belgilab berilgan. Professional taʼlimda kompetentlikni shakllantirish jarayoni tizimli yondashuvni talab etadi. Buning uchun: -o‘quv dasturlarini mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish; - interaktiv metodlar — muammoli taʼlim, klaster, “aql charxi”, keys-stadiy yondashuvlarini qo‘llash; -amaliyotchi mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb etish; -raqamli va masofaviy taʼlim platformalarini joriy etish zarur. Shuningdek, talabalarda ijtimoiy faollik, jamoada ishlash, masʼuliyat va axloqiy meʼyorlarga amal qilish kompetensiyalarini rivojlantirish zarur.Kompetentlilik yondashuvining mohiyati. Kompetentlilik – bu shaxsning o‘z kasbiy, ijtimoiy va shaxsiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beruvchi bilim, ko‘nikma va qadriyatlar majmuasidir. Ushbu yondashuv o‘quvchi yoki talabani faqat nazariy bilimlarni o‘zlashtirishga emas, balki ularni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishga yo‘naltiradi. 2. Zamonaviy pedagogik talablarda kompetentlilikning o‘rni Zamonaviy pedagogik talablar o‘qituvchidan: - talaba shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dars tashkil etishni; - interfaol metodlardan samarali foydalanishni; - natijaviylik va amaliyotga yo‘naltirilganlikni ta’minlashni; - o‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik pedagogikasini shakllantirishni talab etadi. 3.Kompetentlilik yondashuvini amalga oshirish mexanizmlari Kompetentlilik yondashuvini samarali joriy etish uchun quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etadi: 1) O‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish – ularni amaliy faoliyatga yo‘naltirish; 2) Interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish – talabalarning mustaqil fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish; 3) Baholash tizimini takomillashtirish – natijaga yo‘naltirilgan baholashni joriy etish; 4) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash – raqamli kompetensiyani rivojlantirish. 4. Kompetentlilik va kasbiy rivojlanish o‘zaro bog‘liqligi.Kompetentlilik nafaqat ta’lim oluvchilarda, balki o‘qituvchilarning o‘zida ham shakllanishi kerak. O‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi – bu pedagogik, psixologik, axborot va innovatsion bilimlar majmuasidir. Zamonaviy o‘qituvchi o‘z ustida doimiy ishlovchi, yangiliklarni o‘rganishga ochiq, ta’limda ilg‘or tajribalarni tatbiq etuvchi shaxs bo‘lishi lozim. Kompetentlilik yondashuvi zamonaviy pedagogikaning asosi bo‘lib, u ta’limni shaxsga yo‘naltirilgan, natijaga qaratilgan va ijodiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi tizimga aylantiradi. Ushbu yondashuv orqali tayyorlanayotgan kadrlar nafaqat bilimli, balki hayotiy muammolarni hal eta oladigan, mustaqil fikrlovchi va mas’uliyatli shaxslar sifatida shakllanadi.
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 274 Kompetentlilik yondashuvi — bu shunchaki taʼlim usuli emas, balki shaxsni hayotga tayyorlovchi tizimdir.U zamonaviy pedagogik talablar bilan to‘liq uyg‘unlikda bo‘lib, taʼlim jarayonida natijaviylik,amaliyotga yo‘naltirilganlik,mustaqillik va ijodkorlikni taʼminlaydi. Prezident qarorlarida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish orqali O‘zbekistonda kompetensiyaga asoslangan, innovatsion, insonparvar taʼlim tizimini shakllantirish imkoniyati yanada kengaymoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2019). PQ–5847-son qaror. Kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2020). PF–6108-son Farmon. Ta’lim tizimini 2030yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022). PF–60-son Farmon. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2021). 552-son qaror. Kasbiy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida. 5. Xoliqova, N. “Kompetensiyaviy yondashuvning pedagogik asoslari”. – Toshkent: Fan, 2023. 6. Shukurov, A. “Zamonaviy pedagogika: nazariya va amaliyot”. – Toshkent, 2022. 7. Xutorskiy A.V. (2003). Kompetentnostnyy podkhod v obrazovanii. Moskva. 8. Raven J. (1997). Competence in Modern Society. London. 9. European Commission. Key Competences for Lifelong Learning. Brussels, 2018.