Full text
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 282 PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDA UMUMKASBIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI Saydullayeva Shahlo Sobir qizi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17845749 Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida umumkasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil etiladi. Maqolada zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilayotgan talablar, kompetensiyaviy yondashuvning mazmuni hamda kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish usullari yoritiladi. Shuningdek, pedagogik amaliyot davomida o‘quvchilarda kommunikativ, refleksiv, axborot, tashkiliy va ijodiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan samarali metodlar — loyihaviy o‘qitish, muammoli ta’lim, hamkorlikda o‘qitish kabi yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish va uzluksiz ta’lim tizimida amaliyotning o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: pedagogik amaliyot, umumkasbiy kompetensiyalar, boshlang‘ich ta’lim, kasbiy malaka, kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik innovatsiyalar, refleksiv faoliyat, uzluksiz ta’lim. Abstract. This article explores the theoretical and practical aspects of developing general professional competencies of prospective primary school teachers during pedagogical practice. It highlights the increasing importance of competency-based education and the requirements for teachers in the context of modern educational reforms. The study emphasizes the development of communicative, reflective, informational, organizational, and creative competencies through interactive teaching methods such as project-based learning, problem-based learning, and collaborative activities. The research findings demonstrate that well-organized pedagogical practice significantly contributes to enhancing teachers’ professional growth, improving the quality of education, and strengthening the integration between theory and practice in teacher education. Keywords: pedagogical practice, general professional competencies, primary education, professional development, competency-based approach, pedagogical innovations, reflective activity, lifelong learning. Аннотация. В статье рассматриваются теоретические и практические аспекты формирования общепрофессиональных компетенций будущих учителей начальных классов в процессе педагогической практики. Анализируются современные требования к личности педагога, сущность компетентностного подхода и пути совершенствования профессиональной подготовки. Особое внимание уделяется развитию коммуникативных, рефлексивных, информационных, организационных и творческих компетенций посредством инновационных методов обучения, таких как проектное и проблемное обучение, обучение в сотрудничестве. Результаты исследования показывают, что грамотно организованная педагогическая практика способствует профессиональному росту учителей, повышению качества образования и укреплению связи между теорией и практикой.
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 283 Ключевые слова: педагогическая практика, общепрофессиональные компетенции, начальное образование, профессиональное развитие, компетентностный подход, педагогические инновации, рефлексивная деятельность, непрерывное образование. Globallashuv jarayonida ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan dolzarb savollardan biri – zamonaviy jamiyat talablariga javob bera oladigan, ijodkor va malakali mutaxassislarni qanday tayyorlash mumkinligidir. Ayniqsa, boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni nafaqat nazariy bilimlarni egallash, balki amaliy kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi. Chunki boshlang‘ich ta’lim bosqichi yosh avlodning intellektual va ma’naviy kamolotiga asos soladigan muhim davr hisoblanadi. Bu jarayonda o‘qituvchining kasbiy mahorati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Adabiyotlarda (Sh. Hasanov, 2020; A. Mamatqulov, 2022 va boshqalar) qayd etilganidek, pedagogik amaliyot jarayonida talabalar nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu jarayonda ular muloqot madaniyati, muammoli vaziyatlarni hal qilish, interaktiv metodlardan foydalanish hamda raqamli texnologiyalarni qo‘llash kabi ko‘nikmalarni egallaydilar. Biroq tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari pedagogik faoliyatga kirishishda qator qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Jumladan, ular ko‘pincha nazariy bilimlar doirasida qolib ketib, amaliy vaziyatlarda samarali qaror qabul qilishda qiynalishadi. Bunday qiyinchiliklarga yechim izlashdan avval oldimizga quyidagi savolni qo’yamiz ya’ni, “Pedagogik amaliyot davomida talabalarda umumkasbiy kompetensiyalarni samarali shakllantirish uchun ularga qanday sharoitlar yaratish va qanday yondashuvlardan foydalanish lozim?”. Ushbu savolga javob qidirish ta’lim sifati va kelajak pedagoglarini tayyorlash jarayoni uchun nihoyatda dolzarbdir. Mazkur tadqiqotning asosiy g‘oyasi yuqoridagi savolga nazariy va amaliy javob topishdan iboratdir. Umumkasbiy kompetensiyalar tushunchasi va tasnifi Umumkasbiy kompetensiyalar — bu har qanday pedagog uchun zarur bo‘lgan, kasbiy faoliyatning barcha yo‘nalishlarida qo‘llaniladigan asosiy ko‘nikmalar majmuasidir. Tadqiqotchilar (Zimnyaya, 2004; Rychen & Salganik, 2003) ularni quyidagi asosiy guruhlarga ajratadi: • Kommunikativ kompetensiya – samarali muloqot, nutq madaniyati, o‘quvchilar, otaonalar va hamkasblar bilan ijobiy munosabat o‘rnatish; • Axborot-kommunikatsiya kompetensiyasi – zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron resurslar bilan ishlash; • Muammoli vaziyatlarni hal qilish kompetensiyasi – pedagogik jarayonda kutilmagan vaziyatlarda tezkor va oqilona qaror qabul qilish; • Refleksiv kompetensiya – o‘z faoliyatini tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish. Shuningdek, ayrim tadqiqotchilar (OECD, 2018) umumkasbiy kompetensiyalarni XXI asr ko‘nikmalari bilan bevosita bog‘laydi. XXI asr ta’limida asosiy e’tibor shaxsning nafaqat nazariy bilimlariga, balki amaliy faoliyatga tatbiq qila olish qobiliyatiga qaratiladi. Bular jumlasiga kreativlik, tanqidiy fikrlash, hamkorlikda ishlash va raqamli savodxonlik kiradi. • Kreativlik – o‘qituvchining yangicha yondashuvlar ishlab chiqish, dars jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish ko‘nikmasini anglatadi. • Tanqidiy fikrlash esa mavjud vaziyatni chuqur tahlil qilish, muqobil yechimlarni izlash va asosli qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantiradi.
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 284 • Hamkorlikda ishlash talabalarning jamoaviy faoliyatda samarali ishtirok etishi, o‘zaro fikr almashishi va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. • Raqamli savodxonlik esa o‘qituvchining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, raqamli muhitda ta’limiy resurslarni yaratish va ulardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini bildiradi. Demak, umumkasbiy kompetensiyalarni XXI asr ko‘nikmalari bilan uyg‘unlashtirish o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatda muvaffaqiyat qozonishi uchun zarur shartlardan biri bo’lib xizmat qiladi. Pedagogik amaliyotning ahamiyati Pedagogik amaliyot nafaqat nazariy bilimlarni sinovdan o‘tkazish, balki shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish maktabi hamdir. Dewey (1938) “tajribaga asoslangan ta’lim” g‘oyasida amaliy faoliyatni bilimlarni o‘zlashtirishning eng samarali shakli sifatida ta’riflagan. Talabalar pedagogik amaliyot davomida quyidagi natijalarga erishadi: • darsni rejalashtirish va samarali tashkil etish; • sinf jamoasini boshqarish; • interfaol metodlardan foydalanish; • differensial va individual yondashuvni qo‘llash; • o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish. Muhokama Tadqiqot davomida olingan nazariy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, pedagogik amaliyot jarayonida talabalar umumkasbiy kompetensiyalarini shakllantirish kasbiy tayyorgarlikning eng muhim omillaridan biridir. Talabalarda pedagogik muloqot, dars jarayonini samarali tashkil etish, muammoli vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish, raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish kabi ko‘nikmalarning shakllanishi ularning kelajakdagi pedagogik faoliyatga tayyorligini belgilaydi. Dewey (2015) va Kolb (2017) o‘z ishlarida tajribaga asoslangan ta’lim samaradorligini ta’kidlab, aynan amaliy faoliyat davomida bilimlarning mustahkam o‘zlashtirilishini ko‘rsatgan. Shu tadqiqot ustida ish olib borgan olim Hasanov (2020) esa talabalar amaliyot jarayonida o‘z bilimlarini real sharoitlarda qo‘llash orqali umumkasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish mumkinligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, ba’zi jihatlar mavjud adabiyotlardan farq qiladi. Masalan, nazariy manbalarda refleksiya talabaning o‘z ustida ishlashida asosiy omil sifatida ko‘riladi. Biroq, samarali refleksiya uchun mentorlik va tajribali pedagoglarning maslahatlari ham zarur. Demak, kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida nafaqat talabaning individual faoliyati, balki tashqi pedagogik qo‘llab-quvvatlash ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalari quyidagicha umumlashtirilishi mumkin: • Xususiy darajada: talaba o‘z faoliyatini tahlil qilib, kamchiliklarini aniqlaydi va bartaraf etadi; • O‘rta darajada: pedagogik amaliyot jarayonida turli metodlar va yondashuvlardan foydalanish orqali umumkasbiy kompetensiyalar rivojlanadi; • Umumiy darajada: pedagogik amaliyot ta’lim jarayonida o‘qituvchi shaxsini shakllantirishning muhim mexanizmlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, umumkasbiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni kompleks yondashuvni talab etadi. Bu jarayonni samarali tashkil etish uchun nazariy bilim, amaliy faoliyat, refleksiya va mentorlikning uyg‘unligi zarur. Bundan tashqari, amaliyot jarayonida ko‘plab muammolar ham kuzatilishi mumkin:
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 285 • Talabalarning nazariy bilimlarni amaliyotga qo‘llashda qiynalishi; • Pedagogik texnologiyalarni yetarlicha bilmaslik; • O‘quvchilar bilan individual ishlashda tajriba yetishmasligi; • Refleksiya jarayonining sustligi. Yechim sifatida quyidagilarni taklif qilish mumkin: • pedagogik amaliyot oldidan maxsus trening va seminarlar o‘tkazish; • talabalarga metodik qo‘llanmalar va elektron resurslar berish; • amaliyot davomida mentorlik va o‘zaro fikr almashish tizimini yo‘lga qo‘yish; • reflektiv kundalik yuritish orqali o‘z faoliyatini muntazam tahlil qilish. Chet el olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ham pedagogik amaliyot jarayonida umumkasbiy kompetensiyalarni shakllantirish masalasiga katta e’tibor qaratilganini ko‘rsatadi. Ularning ilmiy ishlari shuni tasdiqlaydiki, o‘qituvchilarni tayyorlashda nazariya va amaliyotning uzviy bog‘liqligi, refleksiya, mentorlik va tahliliy yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Linda Darling-Hammond o‘z tadqiqotlarida pedagogik amaliyotni o‘qituvchi tayyorlash tizimining eng muhim bosqichi sifatida talqin etadi. Unga ko‘ra, nazariy bilimlarni real o‘quv jarayonida sinovdan o‘tkazish o‘qituvchi kompetensiyalarining shakllanishini ta’minlaydi. Tadqiqotchining fikricha, samarali pedagogik amaliyot nazoratli, yo‘naltirilgan va refleksiyaga asoslangann bo‘lishi lozim. (Darling-Hammond, 2014) Lee S. Shulman esa o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasini “Pedagogik mazmuniy bilim” (Pedagogical Content Knowledge — PCK) tushunchasi orqali izohlaydi. U o‘qituvchining nafaqat fan mazmunini, balki uni qanday o‘qitishni bilish qobiliyatini ham zarur deb hisoblaydi. Shulmanning fikricha, haqiqiy pedagogik mahorat aynan mazmun va metodikaning uyg‘unligida namoyon bo‘ladi. (Shulman, 1986) John Hattie o‘zining mashhur “Visible Learning” (Ko‘rinadigan ta’lim) konsepsiyasida o‘qituvchi faoliyatining o‘quvchilar natijalariga ta’sirini chuqur tahlil qilgan. Unga ko‘ra, o‘qituvchining o‘z faoliyatini tahlil qila olishi, refleksiya yuritishi va o‘quvchilardan qayta aloqa olishi umumkasbiy kompetensiyalarning shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. (Hattie, 2009) Dylan Wiliam esa o‘qituvchining kasbiy o‘sishida formatif baholash (formative assessment)ning o‘rni haqida so‘z yuritadi. Unga ko‘ra, muntazam baholash nafaqat o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi, balki o‘qituvchining o‘qitish uslublarini takomillashtirishiga yordam beradi. Bu yondashuv o‘qituvchilarda reflektiv fikrlash va moslashuvchanlikni rivojlantiradi. (Wiliam, 2011) Andy Hargreaves va Michael Fullan o‘zlarining “Professional Capital” asarida o‘qituvchilarning umumkasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda jamoaviy hamkorlik, tajriba almashish va mentorlik tizimining o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlaydilar. Ularning fikricha, pedagogning professional o‘sishi faqat individual tajriba emas, balki hamkorlikdagi o‘rganish jarayoni orqali ham shakllanadi. (Hargreaves & Fullan, 2012) Christopher Day esa o‘qituvchining kasbiy identiteti va hissiy barqarorligi (resilience)ni kompetensiyaning muhim jihati sifatida ko‘rsatadi. U o‘qituvchi o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati, motivatsiyasi va reflektiv faoliyati orqali o‘z kasbiy mahoratini doimiy rivojlantirishi kerakligini
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 286 ta’kidlaydi. (Day, 2017) Umuman olganda, chet el olimlarining qarashlari shuni ko‘rsatadiki, umumkasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda quyidagi omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega: • pedagogik amaliyotni tizimli tashkil etish; • refleksiv tahlil va mentorlikni yo‘lga qo‘yish; • o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish va kasbiy hamjamiyatni rivojlantirish; • o‘qituvchining shaxsiy qadriyatlari va kasbiy motivatsiyasini mustahkamlash. Ushbu yondashuvlar o‘z navbatida pedagogik amaliyot jarayonida talabalarda mustahkam, barqaror va zamon talablariga mos umumkasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, pedagogik amaliyot jarayoni bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy shakllanishida hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Bu jarayon nafaqat nazariy bilimlarni amaliyotda sinovdan o‘tkazish, balki pedagogik tafakkur, kasbiy madaniyat va shaxsiy mas’uliyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, umumkasbiy kompetensiyalarni samarali rivojlantirish uchun pedagogik amaliyot tizimli, maqsadga yo‘naltirilgan va refleksiv yondashuv asosida tashkil etilishi lozim. Birinchidan, kommunikativ va refleksiv kompetensiyalar talabaning kasbiy o‘sishida markaziy o‘rin tutadi. Dars jarayonida muloqot madaniyatini shakllantirish, o‘quvchilar bilan ijobiy psixologik muhit yaratish hamda o‘z faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish qobiliyatlari kasbiy yetuklikning mezoni hisoblanadi. Ikkinchidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish (AKT kompetensiyasi) zamonaviy ta’limda ajralmas omil bo‘lib, pedagogik amaliyot jarayonida talabalarning raqamli savodxonligini oshirish, ta’limiy platformalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish zarur. Bu esa XXI asr kompetensiyalarini egallashga yo‘l ochadi. Uchinchidan, ijodkorlik va muammoli vaziyatlarni hal etish kompetensiyalari talabalarni mustaqil qaror qabul qilish, innovatsion metodlarni qo‘llash va darsni kreativ tashkil etish qobiliyatiga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Bu kompetensiyalar pedagogning o‘z kasbiga ijodiy yondashuvi va yangi sharoitlarga moslasha olish salohiyatini kuchaytiradi. To‘rtinchidan, mentorlik tizimi va reflektiv tahlil pedagogik amaliyot samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Tajribali o‘qituvchilar tomonidan beriladigan metodik yordam, kuzatuvlar va tahliliy suhbatlar talabalar o‘z faoliyatini to‘g‘ri baholash va rivojlantirishga yordam beradi. Beshinchidan, amaliyotdan oldingi tayyorgarlik bosqichida talabalar uchun metodik seminarlar, treninglar va elektron qo‘llanmalar tashkil etilishi ularning kasbiy o‘zini anglashini chuqurlashtiradi. Bu esa amaliyot jarayonida yuzaga keladigan muammolarning oldini olish va kasbiy ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi. Umuman olganda, pedagogik amaliyot jarayonida umumkasbiy kompetensiyalarni shakllantirish — bu nazariya, amaliyot va refleksiyaning o‘zaro uyg‘unlashgan murakkab jarayonidir. Ushbu kompetensiyalarni shakllantirishning samarali yo‘llari quyidagilardan iborat: • interfaol va muammoli o‘qitish metodlaridan foydalanish; • talabalarda reflektiv faoliyatni yo‘lga qo‘yish; • mentorlik tizimini joriy etish; • axborot-kommunikatsion vositalardan keng foydalanish; • jamoaviy hamkorlikni kuchaytirish.
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 287 Shunday qilib, pedagogik amaliyot nafaqat bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligini, balki uning shaxsiy va ijtimoiy kompetensiyalarini ham rivojlantiruvchi muhim bosqichdir. Umumkasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda innovatsion yondashuvlar, reflektiv tahlil va mentorlik tizimini uyg‘unlashtirish kelajakda ta’lim sifatini oshirish hamda raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlash uchun mustahkam asos yaratadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Shodmonov, Q., & Abduqodirov, A. (2019). Pedagogika nazariyasi va tarixi. Toshkent: Fan va texnologiya. 2. Hasanboeva, O. U. (2021). Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. Toshkent: Innovatsiya ziyo. 3. Hutmacher, W. (1997). Key competencies for Europe. Report of the Symposium on “Key Competencies for Europe”. Council for Cultural Co-operation (CDCC), Bern, Switzerland. 4. Rychen, D. S., & Salganik, L. H. (Eds.). (2003). Key competencies for a successful life and a well-functioning society. Göttingen: Hogrefe & Huber. 5. Zimnyaya, I. A. (2004). Key competencies as an effective-target basis of the competencybased approach in education. Moscow: Issledovatelskiy tsentr problem kachestva podgotovki spetsialistov. 6. Darling-Hammond, L. (2014). Strengthening clinical preparation: The holy grail of teacher education. Phi Delta Kappan, 95(2), 8–13. 7. Shulman, L. S. (1986). Those who understand: Knowledge growth in teaching. Educational Researcher, 15(2), 4–14. 8. Hattie, J. (2009). Visible learning: A synthesis of over 800 meta-analyses relating to achievement. Routledge. 9. Wiliam, D. (2011). Embedded formative assessment. Solution Tree Press. 10. Hargreaves, A., & Fullan, M. (2012). Professional capital: Transforming teaching in every school. Teachers College Press. 11. Day, C. (2017). Teachers’ worlds and work: Understanding complexity, building quality. Routledge.