scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AYOLLAR INTELLEKTUAL SALOHIYATI - MILLIY TARAQQIYOT MEZONI

Ismatova Umida Foziljon qizi, Shayqulov Hamza Shodievich, Rasulova Muxsina Roziqovna, To'rayeva Gulzoda Xayrullayevna

Abstract

Mazkur ilmiy maqola Yangi O‘zbekiston sharoitida xotin-qizlarning ilmiy-ta’lim salohiyatini rivojlantirish masalalarini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, ayollar ishtirokini zamonaviy innovatsion taraqqiyot mezonlari asosida baholashni maqsad qiladi. O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan . Taraqqiyot strategiyasi, “Ayollar daftari” instituti, Gender tenglikni ta’minlash milliy dasturi hamda oliy ta’limda ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan davlat siyosati ayollar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning normativ-huquqiy asoslarini mustahkamlamoqda. Shunga qaramay, oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda ayollar orasida yetakchilik lavozimlarida ishtirokning pastligi, ilmiy unvon olish jarayonlarida raqobatbardoshlikning yetarli emasligi, oilaviy-maishiy yuklamaning balandligi hamda psixologik to‘siqlar mavjudligi ushbu yo‘nalishda dolzarb muammolar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqot xotin-qizlarning ta’lim va ilmiy faoliyatdagi imkoniyatlarini kengaytirish jarayonida ijtimoiy, iqtisodiy va institutsional omillarning o‘zaro bog‘liqligini ochib beradi hamda Yangi O‘zbekistonning modernizatsiya siyosatida ayollarning intellektual salohiyati muhim strategik resurs ekanini ilmiy asoslaydi.

Full text

INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 330 AYOLLAR INTELLEKTUAL SALOHIYATI - MILLIY TARAQQIYOT MEZONI 1Ismatova Umida Foziljon qizi, 2Shayqulov Hamza Shodievich, 3Rasulova Muxsina Roziqovna, 4To’rayeva Gulzoda Xayrullayevna 1ZARMED Universiteti Samarqand kampusi Tibbiyot va bioinjineriya fakulteti Davolash ishi yo’nalishi 3-bosqich talabasi, 2Biologiya, fizika, informatika, mikrobiologiya va gistologiya Kafedra mudri Katta o‘qituvchisi, 3PhD, klinik fanlar kafedrasi dotsenti, Zarmed universiteti Samarqand kampusi, 4Samarqand viloyati Qo’shrabot tumani Jo’sh shifoxonasi Oliy toifali Bosh Doyasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17845860 Annotatsiya. Mazkur ilmiy maqola Yangi O‘zbekiston sharoitida xotin-qizlarning ilmiyta’lim salohiyatini rivojlantirish masalalarini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, ayollar ishtirokini zamonaviy innovatsion taraqqiyot mezonlari asosida baholashni maqsad qiladi. O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan . Taraqqiyot strategiyasi, “Ayollar daftari” instituti, Gender tenglikni ta’minlash milliy dasturi hamda oliy ta’limda ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan davlat siyosati ayollar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning normativ-huquqiy asoslarini mustahkamlamoqda. Shunga qaramay, oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda ayollar orasida yetakchilik lavozimlarida ishtirokning pastligi, ilmiy unvon olish jarayonlarida raqobatbardoshlikning yetarli emasligi, oilaviy-maishiy yuklamaning balandligi hamda psixologik to‘siqlar mavjudligi ushbu yo‘nalishda dolzarb muammolar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqot xotin-qizlarning ta’lim va ilmiy faoliyatdagi imkoniyatlarini kengaytirish jarayonida ijtimoiy, iqtisodiy va institutsional omillarning o‘zaro bog‘liqligini ochib beradi hamda Yangi O‘zbekistonning modernizatsiya siyosatida ayollarning intellektual salohiyati muhim strategik resurs ekanini ilmiy asoslaydi. Kalit so’zlar: Yangi O‘zbekiston, gender tenglik, xotin-qizlar ta’limi, ilmiy salohiyat, oliy ta’lim, ayol yetakchiligi, ilmiy faoliyat, innovatsiya, mentorlik, ilmiy grantlar. Abstract. This scientific article is devoted to a comprehensive analysis of the issues related to the development of intellectual potential of women in the context of the New Uzbekistan. The study aims to evaluate the role and participation of women in education and science as strategic indicators of national development. Despite the state policies aimed at supporting women—such as the “Women’s Register” institution, the National Gender Equality Program, and initiatives for enhancing scientific capacity in higher education—challenges persist, including limited representation of women in leadership positions, low competitiveness in obtaining academic titles, the burden of family responsibilities, and psychological barriers. The study demonstrates the interconnection of social, economic, and institutional factors in promoting women’s education and scientific activity, highlighting that the intellectual potential of women is a key strategic resource in the modernization and sustainable development of New Uzbekistan. Keywords: New Uzbekistan, gender equality, women’s education, scientific potential, higher education, female leadership, research activity, innovation, mentorship, research grants INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 331 Kirish: Har bir jamiyatning tezkor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uning fuqarolarining intellektual salohiyatiga bevosita bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, xotin-qizlarning ta’lim olishi va ilmiy, akademik faoliyatda ishtirok etishi millatning kelajagini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ayollarning intellektual salohiyati nafaqat shaxsiy rivojlanish masalasi, balki milliy taraqqiyotning strategik omili sifatida ijtimoiy rivojlanish, innovatsiyalar va malakali kadrlar tayyorlashga hissa qo‘shadi.[3.4.5] Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat gender tengligini ta’minlash, ayollarni ta’lim va ilm-fan sohasida rivojlantirishni modernizatsiya va taraqqiyot dasturlarining ustuvor vazifasi sifatida belgilagan. “Ayollar daftari”, milliy gender tenglik dasturlari, ayol olimlar va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar ayollarning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu bilan birga, ijtimoiy stereotiplar, yetakchilik lavozimlarida ayollarning kamligi, oilaviy va uyma-uy majburiyatlar, ilmiy resurslarning cheklanganligi hamda psixologik to‘siqlar ularning ilmiy va akademik faoliyatiga xalaqit berishi mumkin.[7.8.] Ayollarning intellektual salohiyati va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini o‘rganish uchun tizimli tadqiqot zarurdir. Ushbu maqolada oliy ta’lim va ilmiy faoliyatda ayollarning imkoniyatlari, motivatsiyasi va to‘siqlari baholandi hamda ularning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi aniqlangan. Tadqiqot natijalari gender tengligini mustahkamlash, ayollarni ilmiy rahbarlik va innovatsion faoliyatga jalb etish, shuningdek, ularning intellektual salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.[9.11.13] Tadqiqot maqsadi: Xotin-qizlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish va ularning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi rolini baholash. Tadqiqot vazifalari 1. Ayollarning oliy ta’lim va ilmiy faoliyatdagi imkoniyatlarini o‘rganish. 2. Ilmiy va akademik faoliyatga bo‘lgan motivatsiyasini aniqlash. 3. Ayollarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi ijtimoiy va psixologik omillarni tahlil qilish. 4. Tadqiqot natijalari asosida ayollarning ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot natijalari va tahlili: Tadqiqot Zarmed universitetining ayol professoro‘qituvchilari va talaba qizlari orasida o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma asosida amalga oshirildi. So‘rovnoma ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilmasdan, maxfiylik tamoyillariga qat’iy rioya qilingan holda tashkil etildi. So‘rovnoma respondentlardan quyidagi ma’lumotlarni yig‘ishga yo‘naltirilgan: Ta’lim jarayonida ishtiroki va ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishi; Intellektual rivojlanishga ta’sir etuvchi ijtimoiy va psixologik omillar; O‘z salohiyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar va resurslar; Mentorlik, ilmiy rahbarlik va grant dasturlaridan foydalanish darajasi. Olingan ma’lumotlar statistik tahlil va sifatiy baholash usullari orqali qayta ishlanib, ayollarning ilmiy va akademik faoliyatdagi imkoniyatlari hamda to‘siqlari aniqlangan. Natijalar asosida tavsiyalar ishlab chiqildi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari ayollarning oliy ta’lim va ilmiy faoliyatdagi imkoniyatlarini, motivatsiyasini hamda to‘siqlarini baholash imkonini berdi. Tadqiqot Zarmed universiteti ayol INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 332 professor-o‘qituvchilari va talaba qizlari orasida anonim so‘rovnoma orqali amalga oshirildi va respondentlarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiy saqlandi. 1. Ayol professor-o‘qituvchilar orasida 78 % respondentlar ta’lim va ilmiy faoliyatda ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar so‘nggi yillarda sezilarli darajada kengayganini ta’kidladi. 2. Talaba qizlarning 64 %i ilm-fanga qiziqishi ortib borayotganini bildirgan, ammo ilmiy loyihalarda ishtirok etish uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish mexanizmlari zarurligini qayd etdi. 3. Respondentlarning 52 %i ijtimoiy stereotiplar va oilaviy majburiyatlarni ayollarning intellektual faolligiga eng katta to‘siq deb baholadi. 4. Ayollarning 70 %i o‘z kasbiy va ilmiy salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun mentorlik, ilmiy rahbarlik va grant dasturlarini kengaytirish zarurligini ta’kidladi. 5. Talaba qizlarning 80 %i Yangi O‘zbekiston sharoitida ayollar uchun yaratilgan ta’lim imkoniyatlarini ijobiy baholadi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, ayollarning ilmiy va akademik faoliyatga qiziqishi yuqori, biroq ijtimoiy va psixologik to‘siqlar ularning intellektual salohiyatini to‘liq namoyon qilishiga cheklov bo‘lmoqda. Shu bilan birga, mentorlik dasturlari, ilmiy grantlar va motivatsion mexanizmlar kengaytirilsa, yosh ayollar va professorlar o‘z salohiyatini yanada samarali rivojlantira oladi. Tadqiqot shuningdek, ayollar ilmiy faoliyati va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasining muhimligini ilmiy jihatdan tasdiqladi. Xulosa va tavsiyalar: Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ayollarning intellektual salohiyati Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim va ilm-fandagi imkoniyatlar ortib bormoqda, biroq ijtimoiy stereotiplar, oilaviy majburiyatlar va psixologik to‘siqlar ularning faoliyatini cheklaydi. Mentorlik, ilmiy grantlar va rag‘batlantirish tizimi bu salohiyatni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Tavsiyalar 1. Yosh olimlar va talabalar uchun mentorlik tizimini rivojlantirish. 2. Ayollarning ilmiy loyihalari uchun grantlar va moliyaviy rag‘batlarni oshirish. 3. Ta’lim va ilmiy faoliyatda gender tengligini mustahkamlash. 4. Ijtimoiy va psixologik to‘siqlarni kamaytiruvchi qo‘llab-quvvatlash tizimlarini joriy etish. 5. Ilmiy va innovatsion muhitni kengaytirish. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Toʻxtashev, Hikmatilla Ismatillayevich — Oʻzbekistonda gender tengligi va oliy ta’lim: ayollarning ilm-fanda rivojlanishining huquqiy kafolatlari // International Scientific and Practical Conference, 2025. 2. Saidova, Xursanoy Rustamovna; Shodiyeva, Gulbaxor Agzamovna — Oʻzbekiston ilm-fani taraqqiyotida xotin-qizlarning oʻrni // International Scientific‑Practical Conference “The Role of Women in the Development of Science …”, 2025. 3. Ochilova, Baxti Murodovna — Ta’lim – gender tengligini ta’minlashda kuchli vosita // Markaziy Osiyoda Jamiyat, Gender va Oila ilmiy jurnali. 2024-yil, 2-son. 4. Oxunova, Oygul Usmonjon qizi — Oʻzbekistonda ayollarni mehnat bozorlariga jalb qilish olib borilayotgan siyosatlar tahlili // Ilm‑Fan va Innovatsiya (konferensiya materiali).