scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

METHODS, FORMS AND MEANS OF DEVELOPING CREATIVE ABILITY IN TEACHING MOTHER LANGUAGE TO PRIMARY STUDENTS.

S.I.Tursunova; Xoliyeva, Sevara

Abstract

This article provides the necessary information and resources on the tasks of a teacher to be used in order to develop creative abilities in primary school students. Based on the information provided in the article, teachers and parents can get the necessary recommendations for themselves.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 105 BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA ONA TILI FANINI O’QITISHDA KREATIVLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHNING METOD, SHAKL VA VOSITALARI. Termiz davlat pedagogika instituti Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) yo’nalishi 2-bosqich magistranti Xoliyeva Sevara Rustam qizi Ilmiy rahbar: p.f.f.d (PhD) v/b dotsent S.I.Tursunova Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilaridagi kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida foydalanish lozim o’qituvchi vazifalari haqidagi kerakli ma’lumotlar va manbalar keltirib o’tilgan. Maqolada berilgan ma’lumotlar asosida o’qituvchilar va ota-onalar o’zilari uchun kerakli tavsiyalarni olishlari mumkin. Kalit so’zlar: ta’lim, metodika, tafakkur, kreativlik, belgi, mashq, fikrlash, ijodkorlik, fikrlash,erkinlik. Abstract: This article provides the necessary information and resources on the tasks of a teacher to be used in order to develop creative abilities in primary school students. Based on the information provided in the article, teachers and parents can get the necessary recommendations for themselves. Keywords: education, methodology, thinking, creativity, character, exercise, thinking, creativity, thinking, freedom. Аннотация: В статье представлена необходимая информация и ресурсы о задачах учителей, которые следует использовать для развития творческих способностей учащихся начальной школы. На основе информации, представленной в статье, педагоги и родители могут получить необходимые для себя рекомендации. Ключевые слова: образование, методология, мышление, творчество, характер, упражнение, мышление, творчество, мышление, свобода. Kreativ fikrlash – bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo…) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi.[2] Kreativlik – bu insonning shaxsiy xususiyati bo’lib, uning o’z-o’zini takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog’liq. Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative ” yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: 1) ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-quvvatlash; 2) bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish; 3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish; 4)bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish. Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to’sqinlik qiladi: 1) o’zini tavakkaldan olib qochish; 2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo’pollikka yo’l qo’yish; 3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi; 4) boshqalarga tobe bo’lish; 5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o’ylash.[6] ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 106 Boshlang’ich sinf o’quvchilarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish usullari va vositalariga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biri o’qituvchi-o’quvchilar hamkorligi ekanligiga alohida e’tibor qaratildi. Ma’lumki, ta’lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega bo’lib, o’qituvchi va o’quvchilarning teng munosabatlaridan tashkil topadi. Bu jarayonga rahbarlik qiluvchi o’qituvchi ta’lim jarayonining to’g’ri tashkil etilishi, ta’lim maqsadlarining to’gri amalga oshirilishi va ta’lim natijalari uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Ammo bu, ta’lim jarayoni o’qituvchining to’liq hukmronligi ostida amalga oshadigan jarayon, degan noto’g’ri fikrning tug’ilishiga asos bo’la olmaydi. Hozirgi davr talabi ham kimnidir bo’ysundirish orqali emas, balki hamkorlik munosabati yordamida ijobiy natijaga erishishdir. Ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatining shakllanishi fan asoslarini o’zlashtirishga oid mexanizmgina bo’lib qolmasdan, balki shaxsning umumiy ijtimoiymadaniy qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham qaratilishini unutmaslik lozim. Bizningcha, o’quv vaziyati ta’lim jarayonini tashkil qiluvchi o’zgaruvchan tizim sanalib, u quyidagicha ikki qismdan iborat: - o’qituvchi bilan o’quvchilar hamkorligi; - o’quvchilarning o’zaro bir-birlari bilan hamkorligi.[5] Kreativlik va o’zaro hamkorlik bir-biriga mustahkam bog’liq. Zero, faqatgina yangicha yondashuv asnosida hamkorlik vujudga keladi va mana shu hamkorlikda ijodkorlik o’z ifodasini topadi. Pedagogik kreativlikni faqatgina yangilikka, tajribalar o’tkazishga intilish deb tushunmaslik kerak. Bu intilish sog’lom fikrning rasmiyatchilik ustidan g’alabasini ham ifoda etadi. Demokratiya, oshkoralik bo’lmagan joyda, ma’muriyatchilik va o’qituvchining irodasi bilan dars jarayonida o’quvchilarning mustaqil fikrlash faoliyatiga rahna solinsa ijodiy hamkorlik barham topadi. Boshlang’ich sinf darslarida o’quvchilarning kreativ qobliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan topshiriqlar ustida ishlash alohida o’rin tutadi. O’quvchi o’zi uchun qulay sharoitda hayotiy va o’quv tajribasiga tayanib og’zaki yoki yozma nutqi orqali fikrlash faoliyatini amalga oshiradi. Unda har bir fanning o’zi uchun noma’lum qirralari xususida o’qituvchi bilan faol hamkorlik qilish uchun ruhiy tayyorgarlik paydo bo’ladi. U mavzu yuzasidan berilgan savollarga tegishli javob qaytarish uchun mustaqil ijodiy izlanishlarga harakat qiladi. O’qituvchi bunday hamkorlik jarayonida o’quvchilarning kreativligini o’stirish bilan birga diagnostik vazifani ham bajaradi, ya’ni o’quvchilarning qobiliyati , qiziqish doirasini aniqlaydi, kreativ iqtidorini chamalaydi. Kreativlikni rivojlantiruvchi topshiriqlar ustida ishlash jarayonida bu g’oyat muhimdir.[1] Boshlang’ich ta’lim – bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta’lim turidan biri bo’lib, ta’limning bu bosqichida pedagog o’qituvchilarga katta mas’uliyat yuklatiladi. Ya’ni boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi hali maxsus o’rganishni talab etmoqda. O’quvchilar o’z-o’zidan kreativ bo’lib qolmaydi. Uning kreativ qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. O’qituvchilar o’quvchilar bilan hamkorlikda ish yuritib, ularning har bir fikrini inobatga olishi va buni o’quvchiga sezdirishi kabi muhim vazifalarni bajarish orqali o’quvchilarni o’zgacha yondashuvli ya’ni kreativ bo’lishlariga erishishi mumkin.O’qituvchi o’quvchilarga muammoli masala va vaziyatlarni berib, o’quvchining masala yechimini topishga ijodiy yondashishi undagi hissiy irodaviy sifatlarni rivojlanishiga yordam beradi. Bu o’quvchilarni o’z ustida ishlash, mustaqil o’qib o’rganishiga imkoniyat, ichki ehtiyojning oshishiga turtki bo’ladi. «Kreativlik» tushunchasi «ijod» tushunchasi bilan bog’liq. Biroq, «kreativlik» tushunchasi tegishli lug’atlarda munosib differentsiyasini topmagan va ijod psixologiyasida yetarlicha aniqlanmagan. O’nlab ilmiy ishlarda kreativlikning u yoki bu qirralariga turlicha yondashib, har xil darajada qamrab olinayotganligiga qaramasdan, hozirgacha na muammoning o’ziga va na unga taalluqli bo’lgan amaliy savollarga nisbatan yagona to’xtam mavjud emas. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Pedagogik kompetentlilik va kreativlik asoslari moduli bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanma. :– Toshkent 2015,40 bet ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 107 2. Davletshin M.G., Do’stmuhamedova Sh., Mavlanov M., To’ychiyeva S. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. (O’quv metodik qo’llanma). Nizomiy nomidagi TDPU. 2004-yil. 102 b. 4647 betlar. 3. Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik moduli bo’yicha o’quv-uslubiy majmua – Toshkent. 2016 4. Jo’rayev P.X., Raximov B.X., Xomatov SH.F. Yangi pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta’limga asoslangan o’quv-metodik qo’llanma. –T.: Fan, 2005, 66 b. 5. Adizov B. Boshlang’ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari: Ped. fan. dok. ... dis. –Toshkent, 2003. – 276 b. 6. Aliyev A. O’quvchilarning ijodkorlik qobiliyati. –Тoshkent: O’qituvchi,1991.40bet. 7. Y.Gʻulomov, I.Rasulov, X.Rustamov, B.Mirzaaxmedov. Oʻzbek tili oʻqitish metodikasi. Qoʻllanma. Toshkent-1975. 121-bet. 8. Nisanbayeva Akmaral, Tagayeva Jannat “Boshlang’ich sinflarda ona tili va o’qish darslarini kreativlik asosida tashkil qilish usullari”