LINGUOPOETHIC FEATURES OF FOLK PROVERBS USED IN ARTISTIC TEXT, DESCRIPTION OF OBSOLETE WORDS
Abstract
This article selects Abdulla Qahhor's story "The Thief" as a literary text and explains the linguopoetic features of some folk proverbs used in it. The obsolete words used in the proverbs are studied. Thoughts are also expressed about the underlying meanings of the proverbs in the context of the story.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 193 BADIIY MATNDA QO‘LLANGAN XALQ MAQOLLARINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI, ESKIRGAN SO‘ZLAR TAVSIFI ЛИНГВОПОЭТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ НАРОДНЫХ ПОСЛОВИЦ, ИСПОЛЬЗОВАННЫХ В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ТЕКСТЕ, ОПИСАНИЕ УСТАРЕВШИХ СЛОВ LINGUOPOETHIC FEATURES OF FOLK PROVERBS USED IN ARTISTIC TEXT, DESCRIPTION OF OBSOLETE WORDS Siddiqova Naimaxon Abdurasulovna Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil tadqiqotchisi Annotatsiya: Mazkur maqolada Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasi badiiy matn sifatida tanlab olinib, unda qo‘llangan ayrim xalq maqollarining lingvopoetik xususiyatlari izohlangan. Maqollarda qo‘llangan eskirgan so‘zlar tadqiq qilingan. Maqollarning hikoya konteksidagi tag ma’nolari haqida ham fikrlar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: xalq maqollari, lingvopoetik xususiyat, eskirgan so‘zlar, badiiy maqsad, psixologik talqin. Аннотация: В статье рассматривается рассказ Абдуллы Каххора «Вор» в качестве художественного текста и объясняются лингвопоэтические особенности некоторых народных пословиц, использованных в нём. Изучаются устаревшие слова, используемые в пословицах. Также высказываются мысли о глубинном значении пословиц в контексте рассказа. Ключевые слова: народные пословицы, лингвопоэтическая особенность, устаревшие слова, художественная цель, психологическая интерпретация. Abstract: This article selects Abdulla Qahhor's story "The Thief" as a literary text and explains the linguopoetic features of some folk proverbs used in it. The obsolete words used in the proverbs are studied. Thoughts are also expressed about the underlying meanings of the proverbs in the context of the story. Keywords: folk proverbs, linguopoetic feature, obsolete words, artistic purpose, psychological interpretation. Xalq maqollari muayyan bir mavzuning har tomonlama, atroflicha yoritilishi bilan ham ahamiyatlidir. O‘zbek xalq maqollari esa xalqimizning ijodkor va donoligini ko‘rsatib turuvchi ma’naviy ko‘zgu hamdir. Maqollarda mazmunni obrazli tarzda ifodalash, tasvirni ta’sirchan namoyish etish uchun badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalaniladi. Muayyan badiiy matnda qo‘llangan xalq maqollari haqida so‘z yuritilar ekan, shu matnda muallifning folklor elementlarini qo‘llash bilan bog‘liq maqsadi, maqolning qanday lingvopoetik ahamiyat kasb etishiga urg‘u berish o‘rinli bo‘ladi. Chunki barcha birliklar tahlilida lingvopoetik tahlilning ahamiyati juda katta. Maqolada Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasida qo‘llagan maqollar, ularning lingvopoetik xususiyatlari, shuningdek maqollardagi eskirgan so‘zlarning tadqiqi yoritilgan. “Otning o‘limi, itning bayrami” maqoli hikoyaning epigrafi sifatida qo‘llangan. Odatda, epigraf
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 194 mavzuning mazmunini ochib beruvchi ibratli fikr tarzida bo‘lishi muallifning asosiy qarashlarini ifoda etuvchi ochqich bo‘ladi. Mazkur maqol ham xuddi shu badiiy maqsad asosida qo‘llangan. Maqolning o‘ziga xos sintaktik tuzilishi ham muallifning badiiy niyati bilan g‘oyatda uyg‘un. Ushbu parameologik birlikning antiteza asosiga qurilganligining o‘ziyoq muallifning hikoyadan ko‘zlagan badiiy maqsadi bilan naqadar aloqador ekanligini ko‘rsatadi: ot — qadimdan sharaf, kuch, foyda ramzi; it esa turkiy mentalitetda ko‘pincha pastkashlik ramzi sifatida qo‘llanadi. Mazkur maqol kimnidir falokati boshqa uchun quvonchli holat bo‘lishi ma’nosida qo‘llanib, hikoya kontekstida shaxsiy manfaatning boshqalarning kulfatidan ustun qo‘yilishini fosh qiladi. Abdulla Qahhor uni kinoyaviy, kesatiq ohangida qo‘llaydi, bevosita jamiyatdagi axloqiy buzilishlarga ishora qiladi. “Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin” maqoli hajviy giperbola asosiga qurilgan: dehqon uchun uyining yonishi ham chidasa bo‘ladigan kulfat, ammo ho‘kiz — tirikchilik vositasi — eng muhim. Yozuvchi bu maqol vositasida, xalqning iqtisodiy kambag‘alligi va hayotiy qadriyatlarini ochib beradi. Ushbu maqolda ho‘kiz so‘zi iste’molda biroz eskirgan bo‘lib, ko‘proq “qoramol”, “buqa” kabi ma’nodoshlari nutqimizda faol ishlatiladi. Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi” maqoli metaforik xarakterga ega bo‘lib, hech kim hech narsani bejizga, bekorga qilmaydi mazmunida qo‘llangan. Hikoyada bu maqolni qo‘llash orqali “tekin narsa ortida albatta manfaat yotadi” degan xalqona qarash ifodalangan. Yozuvchi bu maqolni psixologik mantiq vositasi sifatida ishlatadi. Mushuk obrazi orqali shu xarakterga yaqin amaldorlar umumlashmasini beradi. O‘xshatish – bu ikki narsa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to‘laroq, aniqroq, konkretroq, bo‘rttiribroq ko‘rsatib berishdir. [Shomaqsudov, 229] “Quruq qoshiq og‘iz yirtadi” maqoli esa metonimiya va obrazlilik asosiga qurilgan. Mazkur maqol bilan odamlarning talabchanligi va sharoitni tushunmasligidagi kulgili alamzadalik tasvirlanadi. “O‘ynashmagil arbob bilan, arbob urar har bob bilan” maqoli alliteratsion xarakterga ega bo‘lib, hokimiyatning adolatsizligi, oddiy xalqning qo‘rquv psixologiyasini yoritish maqsadida qo‘llangan. Maqol tarkibidagi quyidagi so‘zlar eskirgan: Arbob — “rahbar”, “mansabdor”, “amir” ma’nolarini ifodalash uchun qo‘llangan. Bob — “bo‘lim, mavzu, masala” ma’nosida eskirgan. Bugungi tilimizda “bob” asosan kitobning bo‘limi, qismi ma’nosida ishlatiladi. “Xudo ajalga to‘zim bersin” maqoli hikoyada umidsizlik, chorasizlikni ifodalash uchun ishlatilgan. Ifoda shaklining folklorona duo, iltijo tipida berilishi ham muallifning badiiy niyatidan kelib chiqib alohida yondashuvni talab qiladi. To‘zim - adabiy tilning poetik qatlamida bor, so‘zlashuv nutqida kam ishlatiladi, iste’molda anchagina eskirgan so‘z. Sabr, toqat ma’nodoshlari ko‘p ishlatiladi. Tilda so‘zning yaxlitligicha eskirishi bilan leksik arxaizmlar, uning biror ma’nosini eskirishi bilan semantik arxaizmlar va ayrim ko‘rsatkichlarning eskirishi bilan grammatik arxaizmlar vujudga keladi. [Abdurahmonov, 17] Yuqorida tahlilga tortgan maqollar tarkividagi ayrim so‘zlarimiz ham ushbu fikrni isbotlaydi. Xulosa o‘rnida aytganda, Abdulla Qahhor mazkur hikoyasida o‘sha davr xalq ruhiyatining psixologik va maishiy asoslarini ochish berish, jamiyat o‘zi o‘g‘ri talqinini yaratish uchun xalq maqollaridan mahorat bilan foydalangan. Maqollar hikoyaning ohang dinamizmi, satira, hajv va
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 195 xalqona nutq bo‘yoqlarini kuchaytirish vositasi bo‘lgan. Eskirgan yoki folklor elelmentlari mavjud so‘zlar (arbob, bob, ho‘kiz, ajal, to‘zim) esa matnga milliy mentalitetni aks ettiruvchi uslubiy bo‘yoqdorlik hamda tarixiy kolorit qo‘shganligi bilan ahamiyatlidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdurahmonov H., Mahmudov N. So‘z estetikasi. – Toshkent: Fan,1981. 2. Abdulla Qahhor. O‘g‘ri. Hikoyalar. – G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2019. 3. Yo‘ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. –Toshkent: Fan, 2007. 4. Yo‘ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2008 5. Shomaqsudov A., Rasulov A. O‘zbek tili stilistikasi. – Toshkent: 1983.