MUSIQA OʻQITUVCHILARINING PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIUYALARNING ROLI
Abstract
Mazkur maqolada musiqa oʻqituvchilarining kasbiy-pedagogikmahoratini va uning bir tarmogʻ sanaladigan kasbiy kompetensiyasini oshirishahamiyati haqida soʻz boradi. Bugungi kun musiqa oʻqituvchilari faoliyatisamaradorligini, pedagogik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda avvalo, unda pedagogikmahorat, har bir pedagogik jarayonda zarur boʻlgan kompetensiya turlariga egalikfaoliyatdagi ahamiyati yoritib oʻtilgan
Full text
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 267 MUSIQA OʻQITUVCHILARINING PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIUYALARNING ROLI D.Murodova Qo‘qon davlat universiteti 3-bosiqch talabasi Annotatsiya. Mazkur maqolada musiqa oʻqituvchilarining kasbiy-pedagogik mahoratini va uning bir tarmogʻ sanaladigan kasbiy kompetensiyasini oshirish ahamiyati haqida soʻz boradi. Bugungi kun musiqa oʻqituvchilari faoliyati samaradorligini, pedagogik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda avvalo, unda pedagogik mahorat, har bir pedagogik jarayonda zarur boʻlgan kompetensiya turlariga egalik faoliyatdagi ahamiyati yoritib oʻtilgan. Kalit soʻzlar: musiqa madaniyati, axloqiy tarbiya, estetika, faoliyat, pedagogika, pedagogik mahorat, kompetensiya, komponent, mutaxassis. Annotation. This article will talk about the importance of improving the professional and pedagogical skills of music teachers and its professional competence, which is considered a branch. Today, in establishing the effectiveness of the activities of music teachers, pedagogical activity, first of all, the importance in the activities of pedagogical skill, possession of the types of competencies necessary in each pedagogical process is highlighted. Keywords: music culture, moral education, aesthetics, activity, pedagogy, pedagogical skill, competence, component, specialist. Аннотация. В данной статье говорится о важности повышения профессионально-педагогического мастерства учителей музыки и ее отраслевой профессиональной компетентности. Сегодня при формировании эффективности деятельности учителей музыки, педагогической деятельности в первую очередь освещается значение в деятельности педагогического мастерства, владения теми видами компетенций, которые необходимы в каждом педагогическом процессе.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 268 Ключевые слова: музыкальная культура, нравственное воспитание, эстетика, деятельность, педагогика, педагогическое мастерство, компетентность, компонент, специалист. Umumiy oʻrta ta’limda oʻrgatilayotgan har bir fanning maqsad va vazifalari belgilab qoʻyilgan. Asosan amaliy faoliyat bilan uzviy bogʻliq boʻlgan musiqa madaniyati fanining ham oʻz maqsad, vazifalari boʻlib, umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini oʻqitishdan koʻzlangan asosiy maqsad oʻquvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini, milliy gʻurur hamda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish, tafakkurini kengaytirish, bolalardagi ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni oʻstirish hamda tashabbuskorlikni tarbiyalashdan iboratdir. “Musiqa madaniyatini oʻquvchilar ongida shakllantirish asnosida fan oʻz oldiga bir necha vazifalarni qoʻyadi: - Oʻquvchilarga berilayotgan musiqiy ta’lim-tarbiyani hayotga bogʻlab olib borish; - Oʻquvchilarda musiqa san’atiga mehr, qiziqishni oʻstirish; - Oʻquvchilarda musiqiy-badiiy didni va musiqa faoliyatlariga ehtiyojini rivojlantirish; - Musiqa haqida bilim, malakalar doirasini tarkib toptirish; - Iqtidorli oʻquvchilarning musiqiy rivojlanishi uchun sharoit yaratib berish; - Musiqiy faoliyatlar jarayonida badiiy-ijodkorlik his-tuygʻularini rivojlantirish; - Musiqiy asarlarning badiiy-gʻoyaviy mazmuni vositasida oʻquvchilarda axloqiy-estetik qarashlarni tarbiyalash”. Demak, musiqa ta’limining oliy maqsadi: “musiqani idrok eta oladigan, еtuk, barkamol, madaniyatli, nafaqat oʻz milliy an’analarini, balki boshqa millatlar madaniyatidan boxabar va bu an’ana, madaniyatlarini xurmat qiladigan qilib voyaga еtkazishdan iboratdir”.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 269 Yuqoridagi kabi jihatlarni bolalarda shakllantirishda pedagog asosiy rol oʻynashini hisobga olsak, boʻlajak musiqa oʻqituvchilarini tayyorlash musiqa madaniyati fanlarining sifat koʻrsatkichini belgilab berishini anglash qiyin emas. Oʻqituvchining kasbiy jihatdan shakllanishi oliy ta’limda kasbiy ta’lim olish jarayonidan boshlanadi. Pedagogika oliy dargohlarining fan dasturlari mazmuni boʻlajak oʻqituvchilarga kasb boʻyicha bilimlar berish, pedagog faoliyat sirlarini oʻrgatish va talabalarda koʻnikma hosil qilishga qaratilgan. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarishda boʻlajak musiqa oʻqituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini shakllantirishga ahamiyat berish zarur. Zero oʻqituvchi “pedagoglik kasbiga doir bilimlarni, ya’ni psixologik, pedagogik malaka va mahoratni, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarni puxta egallagan boʻlishi” zarur. Oʻqituvchining kasbiy va pedagogik mahorati deganda ustuvor ijtimoiy-siyosiy, umumilliy, maxsus, psixologikpedagogik va kasbiy-metodik bilim va ko 'nikmalar tizimi asosida olingan kasbiy faoliyatini amalga oshirish qobiliyati tushuniladi. Mahorat – bu “ishni muvaffaqqiyatli bajarish uchun zarur boʻlgan shaxsning shaxsiy xususiyatlari kombinatsiyasidir”. Pedagogik mahorat tushunchasiga esa hozirgi zamon psixologiya va pedagogikasida turlicha ta’rif beriladi. “Pedagogik mahoratga ega mutaxassis bu – oʻz kasbining mohir ustasi boʻlgan, yuksak darajada madaniyatli, oʻz fanini chuqur biladigan, yondosh fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va oʻqitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”dir. Pedagogik mahorat tushunchasi quyidagicha izohlanadi: - Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlikning yuqori koʻrsatkichi; - Oʻz faniga doir mukammal bilimlar sohibi; - Pedagogika va psixologiya oid bilimlarni ham puxta oʻzlashtirib, oʻz kasbiy faoliyatida ularni ishlata oladigan shaxs; - Oʻquv va tarbiyaviy ishlar uslubiyatini mukammal biladigan pedagog. Boʻlajak musiqa oʻqituvchisining pedagogik mahorati turli koʻnikmalarga egalik bilan yanada oshib boradi. Ya’ni musiqa oʻqituvchida shakllanishi zarur boʻlgan
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 270 quyidagi koʻnikmalarni tavsiflash orqali uning shakllanish jarayonini, pedagogik mahoratga erishish bosqichlarini yanada teranroq anglaymiz: Birinchidan, u professional tarzdagi tashkiliy qobiliyatlar: pedagog sifatida har doim oʻzini tahlil etib borish, bolalar faoliyati ustidan tezkor nazoratni ta'minlash, bolalarning pedagogik ta'sirga boʻlgan munosabatini hisobga olgan holda, oʻz vaqtida oʻquvchini yoʻnaltirish va berilgan pedagogik vazifalarni toʻgʻrilashni oqilona amalga oshirish, belgilangan vazifalarga erishish uchun koʻrsatmalarni bajarish, bolalar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish, bolalarning muvaffaqiyatlari va yutuqlarini hisobga olgan holda faoliyatni ragʻbatlantirish, dars, oʻzlashtirishdagi talablarning eng optimal shaklini topish va ularni bolalarning individual xususiyatlariga va muayyan pedagogik sharoitlarga qarab oʻzgartirish, vazifalarni aniq, qisqa va oson tushuntirish kabilar. Ikkinchidan, tahliliy qobiliyatlar: olingan natijalarni dastlabki ma'lumotlar va qoʻyilgan pedagogik vazifalar bilan solishtirganda tahlil qilish, musiqiy faoliyatdagi yutuq va kamchiliklarning mohiyatini tahlil qilish, erishilgan natijalarni tahlil qilish asosida oʻz tajribasini pedagogik nazariya bilan bogʻlash, pedagogik vazifalarni ilgari surish va asoslash. Pedagog “oʻz faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy munosabatda boʻlishi” zarur. Uchinchidan, muloqot qobiliyatlari: musiqa oʻqituvchisi bolalar va ularning ota-onalari bilan munosabatlar oʻrnatadi, bolalarni axloqiy, estetik jihatdan tarbiyalaydi, har bir bolaga individual yondashishni ta'minlaydi. Zero, musiqiy va tarbiyaviy faoliyatning asosi muloqotdir. Bolalar bilan muloqot qilish qobiliyati ularga muhabbatsiz rivojlanmaydi. Jamoadagi munosabatlar koʻp jihatdan tarbiya, ta'lim va oʻqitishdagi muvaffaqiyatni belgilaydi. Bu oʻqituvchining muloqot qobiliyatining mazmuni va ahamiyatini belgilaydi. Toʻrtinchidan, loyihalash qobiliyatlari: pedagogik faoliyat natijalarini loyihalash qobiliyati, ularni amalga oshirish yoʻllarini rejalashtirish, har bir bolaning va guruhning musiqa fanini oʻzlashtirishini loyihalash, tarbiya va ta'lim natijalarini, bolalarni musiqiy tarbiyalash va oʻqitishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 271 qiyinchiliklarni oldindan koʻra bilish, aniq vazifalarni ajratib koʻrsatish va shakllantirish. Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shuni ta'kidlaymizki, boʻlajak musiqa oʻqituvchisining pedagogik faoliyati - bu maxsus bilim, koʻnikma va malakalar, tashkilotchilik qobiliyatiga egalik, kasbiy tayyorgarlikning yuqori darajasi, kasbda oʻzoʻzini anglash, doimiy oʻz-oʻzini takomillashtirish, muloqot qilish va har bir bolaga toʻgʻri yondashuvni topish qobiliyatlarini namoyon qilishdir. Bu uning ijodiga boʻlgan ulkan qiziqish, oʻz oldida turgan vazifasini tushunish, san’atdagi oʻrni, yuksak shaxsiy madaniyati va kasbiy ishtiyoqi orqali yoʻlga qoʻyiladigan pedagog sifatidagi kelajagi hisoblanadi. Biz pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlarini oʻrganar ekanmiz, yuqoridagi barcha jihatlar musiqa oʻqituvchisining kasbiy faoliyatiga toʻliq taalluqli ekanligiga amin boʻlamiz. Musiqa oʻqituvchisida pedagogik mahoratni shakllantirish shaxs madaniyatiga, oʻsib borayotgan shaxsning oʻz vaqtida va toʻliq ijtimoiylashuviga hissa qoʻshishga, bolani ma'naviy, axloqiy va estetik jihatdan tarbiyalashga qaratilgandir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Xoliqov A.“Pedagogik mahorat”.“Iqtisod-moliya nashriyoti”,Toshkent., 2011 2.Sh, Jumaboyeva M. "FORMING THE CHILD'S PERSONALITY IN THE PROCESS OF ACQUIRING MUSICAL KNOWLEDGE." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 128-132 3.SHAVKATOVNA, DJUMABAEVA MUQADDAS. "The Importance of the Sound of Tones in Instilling Elements of National Spirit in the Hearts of Students." JournalNX 7.02: 151-153. 4.EB Kobilova.Classical music and youth education Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 12 (9), 126-13047 5.QEZ BAKIROVNA.Forming a sense of internationality in students through the traditional music of Azerbaijan International bulletin of appliedscience and technology.IBAST volume issue …
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 272 6.QEZ BAKIROVNA.FORMING A SENSE OF PATRIOTISM IN STUDENTS THROUGH THE LIFE AND WORK OF COMPOSER DONI ZAKIROV Published by International journal of Social Sciences & Interdisciplinary … 7.EZ QOBILOVA.Forming A Sense Of Love For The Profession By Teaching Labor Songs To 4th Class Students In Music Culture Lessons.journal of Positive School Psychology 7 (2) 8.М Азизхонова, Э Қобилова.ЁШЛАРНИ МУСИҚИЙ МАДАНИЯТИ ВА МАЪНАВИЯТНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА МУСИҚИЙ ТАРБИЯНИНГ АҲАМИЯТИ Oriental Art and Culture 3 (1), 51-57