MAKTABGACHA TA'LIMDA BOLALARDA ERTAKLAR ORQALI IJOBIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRSHDA MUSIQA RAHBARINING ROLI
Abstract
Ushbu maqolada ertaklar orqali boshlang’ich sinfo’quvchilarini ijobiy fazilatlarni shakllantirshda o’qituvchining roli hamda bolalartarbiyasida va uning ongi shakllanishida ertaklarining o’rni, muhimlikdarajasi,ertaklarni yoshga bog’liqligi hamda ertaklarni turli ko’rinishdagi ta’sirlaribolaning xulq-atvorini salbiylikdan ijobiylikka o’girishi va bolani hayotgatayyorlashdagi eng aosiy vosita sifatida belgilanishi. Ertak orqali bolalarni Vatangabo’lgan muhabbat tuyg’usini o’stirish haqida so’z yuritiladi
Full text
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 273 MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLALARDA ERTAKLAR ORQALI IJOBIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRSHDA MUSIQA RAHBARINING ROLI R.Odilova . Qo’qon davlat universiteti. 2-bosqich talabasi Ilmiy rahbar; E.Qobilova Qo’qon davlat universiteti professori Annotatsiya: Ushbu maqolada ertaklar orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijobiy fazilatlarni shakllantirshda o’qituvchining roli hamda bolalar tarbiyasida va uning ongi shakllanishida ertaklarining o’rni, muhimlik darajasi,ertaklarni yoshga bog’liqligi hamda ertaklarni turli ko’rinishdagi ta’sirlari bolaning xulq-atvorini salbiylikdan ijobiylikka o’girishi va bolani hayotga tayyorlashdagi eng aosiy vosita sifatida belgilanishi. Ertak orqali bolalarni Vatanga bo’lgan muhabbat tuyg’usini o’stirish haqida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar: Ertak, tarbiya, qahramon, ezgulik, ta’lim, o’rgatish, urf-odat, an’ana, udum. Insonparvarlik, vatanparvarlik, syujet, obraz, mutolaa, mubolag’a, psixologiya, multfilm, kommunikatsiya, texnologiya, musiqa, san’at, fol’klor, tarbiya. Yosh avlodni bilimli, dono va axloqli qilib tarbiyalashda ertaklarning o‘rni juda muhim. Ertak bola uchun axloqiy ta’limot va nasihatlardan ko‘ra afzalroqdir. U yaxshilikka ishonchni uyg‘otadi, qiyin vaziyatda yechim topishga, odamlar bilan munosabatlarni o‘rnatishga yordam beradi. Ertak bolaning adolat, sevgi, do‘stlik, yaxshilik va yomonlik haqidagi tasavvurini shakllantiradi. Hozirda ta’lim-tarbiya tizimida asl milliy qadriyatlarga tayanish tobora qaror topib bormoqda va ko‘ngil tarbiyasiga, ya’ni inson ma’naviyatini shakillantirishga birlamchi vazifa sifatida yondashish ustuvor bo‘lib bormoqda. Binobarin, yosh
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 274 avlodni yoshligidan ma’naviyatli qilib tarbiyalashga e’tibor berib borilsa, u o‘zining katta samarasini berad “Kitob-barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aqlidrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni o’rgatuvchi ustozdir”. Ertak nima? Ertak-bu xalq og’zaki ijodidan bo’lib, u asosan, xalqni hayotidan so’zlab keladi. Sog’lom bolani shakllantirish nafaqat jismonan sog’lomlik, balki fikran sog’lomlik bir maqsadga qaratilgan. Bolalarni sog’lom fikrlashga chorlash degani, ana shu sog’lom fikrlar haqida uqtirish emas, balki uni hayotga tadbiq qilish orqali singdirishdir. Biz bo’lgusi musiqa fani o’qituvchilari shundagina har tomonlama sog’lom bolaning shakllanishida to’g’ri yondoshgan bo’lamiz. Ota-bobolarimiz, momolarimiz farzand tarbiyasiga azal-azaldan katta e’tibor qaratib kelganlar. O’g’ilqizlarimiz ezgulikka intilib o’ssin, farzandlarimiz el-u yurt koriga yaraydigan, komil inson bo’lib ulg’aysin, deb ularni kitob o’qishga undaganlar, bir-biridan qiziqarli hikoya, ertak va rivoyatlar so’zlab berishni zinhor kanda qilmaganlar. Negaki, ertaklarda yaxshilik ulug’lanadi, yovuzlik, qoralanadi. Masalan: “Qosim lofchi” ertagida Qosim yolgʻon gapirib, pand yeyishi, yolgʻon ortidan ketmaket tashvishlar kelishini eshitgan bolalar yolgʻon-yomon odat ekanligini bilishadi va yolgʻon gapirmaslikka harakat qiladi. Shunday ekan, bolalarning tarbiyasida ertakning foydasi kattadir. Bolaning hayotida ertak qanchalik muhim? Bu savolga javob izlar ekanmiz. Multfilimlardan misol qiladigan bo’lsak, “Zumrad va Qimmat” multfilimida bola tarbiyasiga ta’sir qilishini tahlil qilamiz. Bolalar ushbu multfilimni tomosha qilar ekan, unda faqat bitta Zumrad va Qimmatni bir xil ko’rinishini biladilar. Bu esa, bolaning fikrlashi, o’ylashi sust bo’lishiga turtki bo’ladi. Ertak eshitayotgan bolaning ongi va fikrlash doirasi keragicha ishlaydi. Yuqorida aytilganidek, multfilimda faqat bir xillik ko’rinsa, ertaklarda esa aksincha, ertaklarni eshitib borayotgan bolalar o’zicha o’ylaydilar. O’zini Zumradini, Qimmatni ong ostida gavdalantiradi. Bu esa bolaning fikrlash doirasini kengayishiga juda katta samara beradi. Bugungi davrda yosh avlodni axborot –kommunikatsiya texnologiyalariga o’ta berilib ketishdan asrab, mutolaaga o’rgatish o’rniga, o’zimiz bunga sharoit
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 275 yaratib berayotganimiz oydek ravshan bo’lib, yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Ertak bolaga hayotni anglash, oqni qoradan farqlash hamda ezgulikni yovuzlikdan ustin qo’yishga undaydi. Unda insonparvarlik, vatanparvarlik, do’stga sadoqat, yorga vafodorlik, shu yo’lda qahramonlik, jasorat ko’rsatish kabi fazilatlar ulug’lanadi, zulm va zo’ravonlik qoralanadi. Barchamizga ma’lum ertaklardan “Susambil” da hayvonlar, birlashib boʻrilar ustidan gʻalaba qozonadilar, bu esa oʻz navbatida bolalarga kuch birlikda, ahillikda ekanligini uqtiradi. “Oltin tanga” ertagida esa halollik ulug’lanadi. Ertak bolaning xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarni ijobiy tomonga oʻzgartiradi, masalan: yolg’onchilik, qo’pollik, badjahillik, o’g’rilik, dangasalik, yig’loqilik, qo’rquv kabilarning to’g’ri so’zlik, muloyimlik, oqko’ngillik, ozodalik, mehnatsevarlik, botirlik va jasurlik tuyg’ulariga o’girishga samarali yordam beradi. Ertakning muhim xususiyatlaridan biri, uning har doim xalq hayoti, kurashi, tarixi, psixologiyasi, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan juda yaqin bog’langan bo’lishi, bolalarga axloqiy va ma’naviy, jismoniy kuchga ishonch ruhi bilan boydir. U bolaga butun real va tabiatdan tashqari kuchlarning bo’ysungani ifodalaydi. “Ertaklarda bola tabiati va ijtimoiy hayotda o’ziga dushman bo’lgan qarshi kuchlarga kurashda doim g’olib chiqadi va bolaning hayotga tayyorlashda ko’maklashadi desak, mubolag’a bo’lmaydi”. Har bir ona ertaklarni o’z farzandlariga obrazli va qiziqarli tarzda aytib berishsa, farzandlari hayoti davomida ezgulik, yaxshilik, insonparvarlik hamda vatanparvarlik tuyg’usi ostida voyaga yetadi. O’ziga xos tarbiya vositasi bo’lgan ertaklar bolajonlar uchun juda qiziqarli va qadrlidir. Ertaklar bolaning dunyoqarashini kengaytirib, uning hayotga ongli munosabatini shakllantiradi. Bola ertak orqali yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlikni bir-biridan farqlashni o’rgatadi. Bu tushuncha uning psixologiyasida bir umrga muhrlanib, voyaga yetganidan keyin u ezgu ishlarga odatlanadi. Har bir ona ertaklarni o’z farzandlariga obrazli va qiziqarli tarzda aytib berishsa, farzandlari hayoti davomida ezgulik, yaxshilik, insonparvarlik hamda vatanparvarlik tuyg’usida voyaga yetadi.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 276 Musiqa fani o’qituvchilari mashgulot jarayonini ogzaki metodidan foydalanib olib boriadi. Har bir asarni bolalar qalbiga yetib borishi uchun ertaklardan obrazlar orqali misollar keltiriladi. Har bir o’qituvchi kasbini sevsa bolalar bilan ishlashi juda yaxshi bo’ladi. Mashgulotdan ko’zlagan natijasini olish imkoniyati paydo bo’ladi. Yosh avlodni bilimli, dono va ahloqli qilib tarbiyalashda ertaklarning o‘rni juda muhim. Ertak bola uchun ahloqiy ta’limot va nasihatlardan ko‘ra afzalroqdir. U yaxshilikka ishonchni uyg‘otadi, qiyin vaziyatda yechim topishga, odamlar bilan munosabatlarni o‘rnatishga yordam beradi. Ertak bolaning adolat, sevgi, do‘stlik, yaxshilik va yomonlik haqidagi tasavvurini shakllantiradi. Ushbu maqolada ertaklar orqali bola psixologiyasiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Ertaklar aqlga ham, yurakka ham faol ta’sir ko‘rsatadi: aqlni to‘ldiradi, yurakni hissiyotchan qiladi. Barchamiz bolalarimizning jasur va intiluvchan, diyonatli, e’tiqodli, aqlli bo‘lib voyaga yetishini istaymiz. Buning uchun esa, uning tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladigan, aqliy salohiyatini o‘stiradigan ertaklardan foydalansak bo‘ladi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bola xattiharakatidagi emotsional buzilishlarni, albatta o‘yinlar, o‘yinchoqlar, bolaning tasviriy faoliyati, musiqa, teatr va umuman aytganda san’at yordamida ham to‘g‘rilasa bo‘ladi. Lekin, bolalar uchun eng tushunarli va sevimli usul bu – ertakdir. To‘g‘ri tanlangan ertak yordamida boladagi ko‘plab muammolar – qo‘rquv,injiqlik kabilarni yo‘qotish, bolada qat’iyat va irodani shakllantiradi. Ertaklarni faqatgina psixologik terapiyadagina qo‘llamay, balki oila davrasida muntazam qo‘llash bolalik davridagi eng iliq hislarni bola xotirasida muhrlashga imkon beradi. Ertaklar bolaning muammolaridan kelib chiqqan holda tuzilishi, ertak terapiyasini o‘tkazish mobaynida bolaning har bir xatti-harakatiga ahamiyat berib borilishi lozim.Bolaning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ertakni qabul qilish darajasini muntazam kuzatib borish lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.Nurmatov X. «O‘zbek xalq musiqasi» O‘quv qo‘llanma. – Toshkent. O‘qituvchi nashriyoti, 1998.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 277 2.Sh, Jumaboyeva M. "FORMING THE CHILD'S PERSONALITY IN THE PROCESS OF ACQUIRING MUSICAL KNOWLEDGE." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 128-132 3.SHAVKATOVNA, DJUMABAEVA MUQADDAS. "The Importance of the Sound of Tones in Instilling Elements of National Spirit in the Hearts of Students." JournalNX 7.02: 151-153. 4.EB Kobilova.Classical music and youth education Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 12 (9), 126-13047 5.QEZ BAKIROVNA.Forming a sense of internationality in students through the traditional music of Azerbaijan International bulletin of appliedscience and technology.IBAST volume issue … 6.QEZ BAKIROVNA.FORMING A SENSE OF PATRIOTISM IN STUDENTS THROUGH THE LIFE AND WORK OF COMPOSER DONI ZAKIROV Published by International journal of Social Sciences & Interdisciplinary … 7.EZ QOBILOVA.Forming A Sense Of Love For The Profession By Teaching Labor Songs To 4th Class Students In Music Culture Lessons.journal of Positive School Psychology 7 (2) 8.М Азизхонова, Э Қобилова.ЁШЛАРНИ МУСИҚИЙ МАДАНИЯТИ ВА МАЪНАВИЯТНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА МУСИҚИЙ ТАРБИЯНИНГ АҲАМИЯТИ Oriental Art and Culture 3 (1), 51-57 9.QE Bakirovna.Theoretical And Methodological Basis Of Overcoming Contradictions In Modern Musical And Educational Practice.Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 1 (1), 117-120
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 278 10.E Kobilova, O Sobirova, F Najmiddinov.The importance of music education in the formation of musical culture and spirituality.Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal 11 (1), 698-703 11.Q Bakirovna, DM Shavkatovna, BS Imomalaiyevich, TO Tursunovich. THE ROLE OF A MUSIC TEACHER IN THE PROCESS OF EDUCATING CHILDREN'S MORAL FEELINGS.International Journal of Early Childhood Special Education 14 (6) 12.M Azizkhonova, E Qobilova.IMPORTANCE OF MUSIC EDUCATION IN FORMING YOUTH'S MUSICAL CULTURE AND SPIRITUALITY.Oriental Art and Culture 3, 51-57 13.E Qobilova.THE PLACE OF FOLK SONGS IN ISAJAN SULTAN'S STORIES American Journal Of Social Sciences And Humanity Research 4 (02), 44-49 14.E Qobilova. THE IMPORTANCE OF MUSIC TEACHING IN EDUCATION. QO ‘QON UNIVERSITY NEWSLETTER, 12, 99–100 15.EB Qobilova.MORAL EDUCATION AS AN IMPORTANT FAKTOR IN THE FORMATION OF A STUDENT AS A PERSON Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 11 (26), 186-189 16.QEZ BAKIROVNA. The Significance Of Interdisciplinary Connection In The Formation Of Music Literacy In Children With Hearing Defect In Music Lessons ONOMÁZEIN 62 1 (62), 1382-1388
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 279 17.QEZ BAKIROVNA.Boʻlajak musiqa oʻqituvchilarida metodik kompetentlikni rivojlantirish.Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 3 (3), 722-729 18.E Qobilova.Yoshlarda musiqiy madaniyatni shakllantirishda maktab va oila hamkorligining tarbiyaviy ahamiyati.Qo ‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 19.M Azizxonova, E Qobilova.YoSHLARNI MUSIQIY MADANIYATI VA MAʼNAVIYATNI SHAKLLANTIRISHDA MUSIQIY TARBIYANING AHAMIYATI.Oriental Art and Culture 3, 51-57 20.ЭБ Қобилова.ФОРМИРОВАТЬ ДУХОВНОЕ МИРОВОЗЗРЕНИЕ ПОДРАСТАЮЩЕГО ПОКОЛЕНИЯ ЧЕРЕЗ ФОЛЬКЛОРА ЖАНРА Oriental Art and Culture 3 (1), 291-295 21.E Qobilova.MUSIQA ONG VA HISLAR O ‘RTASIDAGI VOSITACHIDIR Pedagogikada ilmiy izlanishlar 2 (1), 28-31 22.QEZ BAKIROVNA.QADIMIY MUSIQIY SAN’ATNING SHAKLLANISH JARAYONI.“RAQOBATBARDOS H KADRLAR TAYYO RLAS HDA FAN – TA’LIM – IS HLAB CHIQARIS H … 23.E Qobilova.Musiqa o’qitish metodikasi va maktab repertuari Oquv qollanma, Fargona.“Fargona” nashriyoti 24.Jo‘rayev M. O‘zbek xalq taqvimi va mifologik afsonalar. ‒ Toshkent, 1994.