scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOLA ESHITUV QOBILIYATI (SLUH) VA OVOZNI RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Farmonov G'ulomjon Abdug'afforovich Denov tadbirkorlik va pedagogika insituti Musiqa ta'limi yo'nalishi 1-kurs talabasi

Abstract

Musiqa tinglash orqali Bola eshituv va ovozinirivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Musiqani tinglay bilish va undanestetik zavqlana olish ham katta san’at hisoblanadi. Mazkur ishda bolalardaeshituv qobiliyati va ovoz apparatining rivojlanish jarayonlari, ularning o‘zigaxos fiziologik hamda psixologik xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqotda bola yoshigaqarab eshitish sezgirligi, tovushlarni farqlash va takrorlash qobiliyatiningshakllanish bosqichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, nutq va musiqiy eshituvnirivojlantirishda atrof-muhit, o‘qituvchi nutqi, fonetik mashqlar va o‘yinlarningahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Ishda bolalarda ovoz diapazoni, tembri vatalaffuzning to‘g‘ri shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, ularni rivojlantirishgayo‘naltirilgan metodik tavsiyalar berilgan

Full text

MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 297 “BOLA ESHITUV QOBILIYATI (SLUH) VA OVOZNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI” Farmonov G’ulomjon Abdug’afforovich Denov tadbirkorlik va pedagogika insituti Musiqa ta’limi yo’nalishi 1-kurs talabasi Annotatsiya: Musiqa tinglash orqali Bola eshituv va ovozini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Musiqani tinglay bilish va undan estetik zavqlana olish ham katta san’at hisoblanadi. Mazkur ishda bolalarda eshituv qobiliyati va ovoz apparatining rivojlanish jarayonlari, ularning o‘ziga xos fiziologik hamda psixologik xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqotda bola yoshiga qarab eshitish sezgirligi, tovushlarni farqlash va takrorlash qobiliyatining shakllanish bosqichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, nutq va musiqiy eshituvni rivojlantirishda atrof-muhit, o‘qituvchi nutqi, fonetik mashqlar va o‘yinlarning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Ishda bolalarda ovoz diapazoni, tembri va talaffuzning to‘g‘ri shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, ularni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: bola, eshituv qobiliyati, sluh, ovoz, nutq rivoji, musiqiy eshituv, fonematik eshituv, talaffuz, nutq madaniyati, tovushlarni farqlash, nutq apparati, psixofiziologik rivojlanish, pedagogik metodlar. Abstract: Specific features of the development of a child's hearing and voice through listening to music. Being able to listen to music and enjoy it aesthetically is also a great art. This work highlights the processes of development of hearing and the vocal apparatus in children, their specific physiological and psychological characteristics. The study analyzes the stages of formation of auditory sensitivity, the ability to distinguish and repeat sounds depending on the child's age. The importance of the environment, teacher's speech, phonetic exercises and games in the development of speech and musical hearing is also MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 298 shown. The work provides factors affecting the correct formation of the voice range, timbre and pronunciation in children, and methodological recommendations for their development. Key words: child, hearing ability, hearing, voice, speech development, musical hearing, phonemic hearing, pronunciation, speech culture, sound differentiation, speech apparatus, psychophysiological development, pedagogical methods. Аннотация: Особенности развития слуха и голоса ребёнка через слушание музыки. Умение слушать музыку и получать от неё эстетическое удовольствие также считается большим искусством. В работе освещены процессы развития слуха и голосового аппарата у детей, их физиологические и психологические особенности. В исследовании проанализированы этапы формирования слуховой чувствительности, способности различать и повторять звуки в зависимости от возраста ребёнка. Показано значение окружающей среды, речи учителя, фонетических упражнений и игр в развитии речи и музыкального слуха. В работе приведены факторы, влияющие на правильное формирование диапазона голоса, тембра и произношения у детей, и даны методические рекомендации по их развитию. Ключевые слова: ребенок, слуховая способность, слух, голос, речевое развитие, музыкальный слух, фонематический слух, произношение, культура речи, звукоразличение, речевой аппарат, психофизиологическое развитие, педагогические методы. KIRISH. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy- MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 299 madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, madaniyat va san’at sohasida iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo‘llabquvvatlash, ta’lim muassasalarini milliy cholg‘ular, musiqa darsliklari, notalar to‘plamlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlashning yaxlit tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilindi. Musiqani tinglay bilish va undan estetik zavqlana olish ham katta san’at hisoblanadi. Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshligidan rivojlana boshlaydi. MTMda amalga oshiriladigan musiqa tinglash esa uning poydevoridir. Zotan bola musiqa mashg‘ulotlarining barcha elementlari jarayonida ham musiqa tinglab, uni idrok etadi. Ammo mashg‘ulotning musiqa tinglash qismi oldida o‘ziga xos jiddiy vazifalar turadi. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 300 Avvalo shuni eslatish lozimki, kishining kuylash imkoniyatidan ko‘ra tinglash imkoniyati ancha keng bo‘ladi. Masalan: orkestr, xor, yakka cholg‘u ijrosidagi asarlarni kuylab emas, balki faqat tinglab, idrok etish mumkin, xolos. Shuning uchun olimlar musiqaviy tarbiya jarayonida musiqa tinglashga alohida e’tibor qaratishadi. Chunki kishi musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida musiqa tinglash, malaka, ko‘nikmalari katta rol o‘ynaydi. Musiqa tinglashda bolalarning badiiy idroki yaxshi rivojlanib boradi. Mashg‘ulotning musiqa tinglash qismi oldida quyidagi vazifalar turadi: Mashg‘ulotning musiqa tinglash qismi oldida quyidagi vazifalar turadi: -bolalarni o‘z idrokiga mos xalq klassik va zamonaviy musiqa namunalari bilan tanishtirib borish; Bolalarning musiqani idrok qilish qobilyatlarini rivojlantirib borish; Musiqa haqida boshlang‘ich ma’lumotlar berishni o‘rgatadigan asarlar nomlarini eslashga, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarining farqiga borishga hamda tinglagan asarlariga ma’lum miqdorda badiiy baho bera olishga o‘rgatish. Kichik guruh bolalarning diqqati uncha barqaror bo‘lmaganligi tufayli ular yorqin yangraydigan kichik-kichik musiqa asarlarini idrok etishga qobil bo‘ladilar. Ular ayniqsa, kichik qo‘shiqlarni yaxshi idrok etadilar. Chunki, so‘z va ohang birligi musiqa mazmunini oson idrok etishga yordam beradi. Xususan, tarbiyachi ashula aytganda uning tanish ovozi va ifodalash intonatsiya mimikasi MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 301 va ishoralari bolalarni maftun etadi. Shu vaqtda bolalarda hosil bo‘ladigan zavqlanish, ajablanish, quvonish holatlarini kuzatish mumkin. Ammo bu holatlar tez uyg‘onib, tez so‘nadi. — 5 yoshli bolalarda diqqat e’tiborning bir muncha emotsional turg‘unligi vujudga keladi. Ular raqs tipidagi kuylarni jonli, ba’zan jo‘shqin holatda idrok etadilar. yengil, kuychan musiqalarni birmuncha xotirjam idrok etadilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqa mazmuni va xarakterini bilishga ayniqsa, unda nima haqida hikoya etilishini bilishga qiziqish paydo bo‘ladi. Shuning uchun ularda musiqa xotirasi ancha faol rivojlana borib, tinglagan 6 yoshli bolalarda esa erkin, ixtiyoriy tarzdagi diqqat e’tibor shakllanib, musiqani diqqatni yig‘ib tinglash, uning ayrim detallarini anglab olish qobilyati rivojlangan bo‘ladi. Ularda musiqaga qiziqish ko‘proq sevimli asarlarni takrortakror tinglash jarayonini yaxshi rivojlanadi. Ular musiqadagi umumiy kayfiyatni yaxshi sezib, asarda badiiy obrazning rivojlanib borishini kuzatishni o‘rganib boradilar. Yangi asar bilan ilk bor tanishtirishga tarbiyachining qisqa va qiziqarli tushuntiruv so‘zi katta rol o‘ynaydi. Cholg‘u kuylari xarakteri va badiiy mazmuni haqida bolalarga tushuncha berilsa, ular asarni yaxshi idrok etadilar. musiqa haqida o‘z taassurotlarini hikoya qilib berish ishtiyoqi paydo bo‘ladi. Asarni 2 — 3 mashg‘ulot davomida takroran tinglash shart. Chunki, har bir tinglashda bola MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 302 uchun asarning yangi yangi qirralari namoyon bo‘ladi va asarga nisbatan ularning muhabbati oshib boradi. Bog‘chaning tayyorlov guruhlarida bola o‘z yoshiga muvofiq musiqa asarini to‘la idrok etishga qodir bo‘ladi. Bog‘chada olingan bilim zahirasida malaka va ko‘nikmasi, musiqa turlari va uning xarakteri farqiga borishga yordam beradi. MTMda olib boriladigan musiqa tarbiyasining asosiy maqsad va vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin: 1.Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish va uni sevishga o‘rgatish. 2. Musiqa asarlari bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his-tuyg‘ularini hosil etish yo‘li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitib borish. 3. Bolalarni oddiy musiqa tushunchalari bilan tanishtirish, musiqa tinglash, ashula aytish, musiqa bilan harakat qilish, raqsga tushish va bolalarning oddiy musiqa asboblarida kuy chalish ko‘nikmalarini shakllantirish va ijodiy qobilyatini o‘stirib borish. 4. Bolalar ovozini asrab tarbiyalash, ashula aytishning dastlabki ko‘nikmalarini hosil etish, qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‘rgatish. 5. Musiqa asaralaridan ta’sirlanish, shu asosda bolalarda musiqaviy did va badiiy muhokama yuritish malakalarini rivojlantirish. 6. Turli musiqa mashg‘ulotlari jarayonida improvizatsiya qilish musiqadagi badiiy obrazni o‘yin va xor ovozlar vositasida ifoda etish, ma’lum musiqaviy mavzuga yangi o‘yin o‘ylab topish. 7. Musiqaviy tarbiya mashg‘ulotlarini MTM hayoti bilan bog‘lash, MTMda o‘tkaziladigan turli mashg‘ulotlarda va marosimlarda o‘rganilgan kuy va qo‘shiqlardan keng foydalanish, turli ertaliklar, konsertlar uyishtirish vositasida musiqa kundalik hayotimizning ajralmas yo‘ldoshi ekanligi haqida bolalarda tushuncha hosil qilish. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 303 Xulosa qilib shuni aytish lozimki bolalarda eshituv, diqqat va musiqiy idrok jarayonlari faol rivojlanib boradi. Ular musiqani diqqat bilan tinglash, uning kayfiyati va badiiy mazmunini anglash, sevimli asarlarni takroran tinglash orqali musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini mustahkamlab boradilar. Shu davrda tarbiyachining tushuntiruv so‘zi, musiqiy asarning mazmunini ochib berishdagi mahorati bolalarning estetik didini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan musiqa tarbiyasi bolalarning estetik tafakkuri, emotsional sezgirligi, ijodkorligi va hayotga ijobiy munosabatini shakllantirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -Toshkent: O‘zbekiston, 2016. - 56 B. 2. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri (23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son) 3. Qodirov R. G‘. “Musiqa psixologiyasi” T: Musiqa. 2005yil 7-b 4. Sharipova G., Yakubova Sh. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 304 o‘qitish metodikasi Toshkent-Cho‘lpon nashriyoti -2007 yil 5. Bola ma’naviyatini shakllantirish. (Yo‘ldoshev J.tahriri ostida.) – Toshkent: Sharq, 2000. – 301 bet. 6.Bolalarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasi. –Toshkent: Rahbar, 1998. –15 b. 7.Soipova D. Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi. Toshkent Musiqa nashriyoti 2009 yil Internet manbalar 1. https://lex.uz/uz/docs/-5849580 2. Google.uz 3. Arxiv.uz 4. Ziyonet.uz