O'ZBEK MUSIQA ASBOBLARINI O'RGATISHDA TARBIYAVIY VA ESTETIK TAMOYILLARINI QO'LLASHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI
Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek musiqa asboblarini o‘rgatishdatarbiyaviy va estetik tamoyillarning nazariy hamda metodik asoslari keng yoritilgan.Tadqiqotda milliy cholg‘ularni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning badiiy didi,estetik ongini rivojlantirish hamda milliy o‘zlikni shakllantirishga xizmat qiluvchiyondashuvlar tahlil qilindi. Shuningdek, To‘xtasin Jalilov ijodi misolida o‘zbekmusiqasining estetik va tarbiyaviy imkoniyatlari ochib berildi. Tadqiqotda tizimli,madaniy-tarixiy, estetik va innovatsion yondashuvlar asosida musiqiy ta’limningzamonaviy modeli taklif etildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, milliy va zamonaviypedagogik metodlarning integratsiyasi musiqiy ta’lim samaradorligini sezilarlidarajada oshiradi
Full text
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 305 O‘ZBEK MUSIQA ASBOBLARINI O‘RGATISHDA TARBIYAVIY VA ESTETIK TAMOYILLARINI QO‘LLASHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI Denov Tadbirkorlik Pedagogika Instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi Musiqiy ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchisi Gadoyeva Muborak Jumaqulovna Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek musiqa asboblarini o‘rgatishda tarbiyaviy va estetik tamoyillarning nazariy hamda metodik asoslari keng yoritilgan. Tadqiqotda milliy cholg‘ularni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning badiiy didi, estetik ongini rivojlantirish hamda milliy o‘zlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi yondashuvlar tahlil qilindi. Shuningdek, To‘xtasin Jalilov ijodi misolida o‘zbek musiqasining estetik va tarbiyaviy imkoniyatlari ochib berildi. Tadqiqotda tizimli, madaniy-tarixiy, estetik va innovatsion yondashuvlar asosida musiqiy ta’limning zamonaviy modeli taklif etildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, milliy va zamonaviy pedagogik metodlarning integratsiyasi musiqiy ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Kalit so‘zlar: o‘zbek musiqa asboblari, tarbiyaviy tamoyillar, estetik tarbiya, milliy qadriyatlar, To‘xtasin Jalilov, musiqiy ta’lim, metodologiya, estetik idrok, pedagogik yondashuv, ijodiy tafakkur, milliy madaniyat, o‘quv jarayoni. Abstract: This article explores the theoretical and methodological foundations of applying educational and aesthetic principles in teaching Uzbek musical instruments. The study analyzes approaches that foster artistic taste, aesthetic consciousness, and national identity through the teaching of traditional instruments. The creative legacy of To‘xtasin Jalilov is highlighted as a significant example of integrating aesthetic and moral education in Uzbek music. Based on systemic, cultural-historical, aesthetic, and innovative approaches, a modern model
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 306 of musical education is proposed. The findings reveal that integrating traditional and modern pedagogical methods greatly enhances the effectiveness of music education and contributes to students’ artistic and moral development. Keywords: Uzbek musical instruments, educational principles, aesthetic education, national values, To‘xtasin Jalilov, music pedagogy, methodology, artistic perception, pedagogical approach, creative thinking, national culture, learning process. Аннотация: В данной статье рассматриваются теоретические и методические основы применения воспитательных и эстетических принципов в обучении игре на узбекских музыкальных инструментах. Исследование направлено на выявление подходов, способствующих развитию художественного вкуса, эстетического восприятия и национального самосознания учащихся. На примере творчества Тухтасина Джалилова раскрыты воспитательные и эстетические возможности узбекской музыки. На основе системного, культурно-исторического, эстетического и инновационного подходов предложена современная модель музыкального образования. Результаты показали, что интеграция национальных и современных педагогических методов значительно повышает эффективность музыкального обучения и способствует формированию эстетического мышления учащихся. Ключевые слова: узбекские музыкальные инструменты, воспитательные принципы, эстетическое воспитание, национальные ценности, Тухтасин Джалилов, музыкальное образование, методология, эстетическое восприятие, педагогический подход, творческое мышление, национальная культура, учебный процесс. Bizning xalqimiz azal-azaldan san’atga mehr va ixlos qo‘yib yashaydi, musiqani inson ruhining ilohiy quvvati deb biladi. Buyuk Sharq mutafakkirlari musiqa ilmi va tarixi, maqom san’ati, cholg‘u sozlari haqida ajoyib asarlar
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 307 yaratganlar. Biz barchamiz mana shunday o‘lmas madaniy merosning vorislarimiz. Binobarin, bu ulkan merosni birgalikda o‘rganish va keng targ‘ib etish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish oldimizda turgan eng muhim vazifadir. Sh.Mirziyoyev KIRISH Musiqa san’ati insoniyat madaniyatining eng qadimiy va chuqur elementi bo‘lib, u nafaqat ma’naviy-estetik tuyg‘ularni uyg‘otadi, balki shaxsning tarbiyasi, didi, hissiyoti, intellekti va madaniy ongini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, xalqning milliy musiqiy merosi va uning asboblari – misol uchun, dutor, tanbur, g‘ijjak, nay, doira va boshqa milliy cholg‘ular – yoshlar ongida milliy o‘zlikni anglash, madaniy qadriyatlarni qadrlash, san’atga muhabbat uyg‘otish kabi tarbiyaviy va estetik funksiyalarni bajaradi. Shu jihatdan, musiqa asboblarini o‘rgatishda tarbiyaviy, axloqiy, ma’naviy, psixologik va estetik tamoyillarni uyg‘unlashtirish musiqiy pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. Bugungi kunda ta’lim mustaqilligi va pedagogik innovatsiyalar talablariga javoban, musiqa pedagogikasida nafaqat texnik jihatlar, balki did, go‘zallik, ijodiy hissiyot, ijro madaniyati kabi no-moddiy jihatlar ham muomala markazida turadi. Talaba yoki o‘quvchi musiqa asbobini chalishni o‘rganganda, nafaqat texnika va notalarni o‘zlashtirishi lozim, balki ohang, nafas olishi, dinamikasi, san’atkorlik mahorati, milliy ohanglar, maqom, folklor elementlarini his qilish va ifodalash qobiliyati ham shakllanishi lozim. Estetik tarbiya orqali inson musiqada go‘zallikni ko‘rishi, eshitishi, baholay olishi va yaratishi mumkin – ya’ni musiqa nafaqat ish, balki ruhiy-madaniy o‘sish vositasi bo‘ladi. Tarbiyaviy tamoyillar – odatlar, xulqatvor va ma’naviy qadriyatlarning shakllanishi, o‘zga manbalar bilan muloqot va hurmat, milliy an’analar va xalq musiqasi-asboblarining tarixi va madaniy mazmunini tushunish kabi komponentlarni o‘z ichiga oladi. Estetik tamoyillar esa shakllanish, hissiyot uyg‘otish, fonetik-intonatsion go‘zallik, kontekstual uyg‘unlik,
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 308 san’atkorlik ijrosi, kompozitsion struktura va ohang ranglari xususiyatlarini idrok etish, ijodiy talqin va interpretatsiya kabi jihatlarni o‘zaro bog‘laydi. Musiqa asboblarini o‘rgatish metodikasi esa ushbu tamoyillarni amalda tadbiq etish yo‘lini belgilaydi: dars reja, metodlar va vositalar, ijro texnikasi, eshitish va shakllantirish mashqlari, pedagogik muloqot, refleksiya, mobaynida baholash va didaktik natijalarning monitoringi. Davlat siyosati va ta’lim standartlari, ta’lim muassasalarining infratuzilmasi, o‘qituvchilar malakasi, didaktik materiallar, musiqa asboblarining sifati va o‘quvchilarning individual imkoniyatlari kabi omillar bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston sharoitida, musiqa ta’limi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, milliy madaniyatni asrash va yosh avlodga uzatishda vaqt-vaqti bilan yangicha pedagogik yondashuvlar va innovatsiyalar joriy etilmoqda. Masalan, umumiy o‘rta maktablarda va musiqiy maktablarda milliy musiqa asboblarida chalishni o‘rganish majburiy yoki tanloviy element sifatida kiritilmoqda; musiqiy asboblarni ijro etish bo‘yicha tanlovlar, konsertlar va folklor ansambllari orqali amaliy mashg‘ulotlar ko‘paymoqda. Shu bilan birga, interaktiv texnologiyalar, multimedia vositalari, o‘quv tarzini individualizatsiya qilish kabi pedagogik zamonaviy metodlarning kirib kelishi estetik va tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishda yangi sharoit yaratmoqda. Bu maqola, ilmiy-nazariy asoslarni o‘rganish orqali, musiqa asbobi chalishni o‘rgatishda tarbiyaviy va estetik tamoyillarni belgilash, metodik jihatdan takomillashtirish, o‘qituvchilar amaliyoti va o‘quv tizimi uchun takliflar ishlab chiqishni maqsad qiladi. Tadqiqot quyidagi savollarga javob izlaydi: tarbiyaviy va estetik tamoyillar qanday nazariy asoslarga tayanadi; o‘zbek musiqa asboblarini o‘rgatishda amaliy metodlar qanday; va ular o‘quvchilarning estetik didi, texnik mahorati va madaniy ongini qanday shakllantiradi. METODOLOGIYA VA TADQIQOT USULLARI Mazkur tadqiqotning metodologik asoslari o‘zbek milliy musiqa ta’limi tizimini, uning tarbiyaviy va estetik jihatlarini chuqur o‘rganishga, an’anaviy pedagogik tajribani zamonaviy metodlar bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 309 Tadqiqot jarayonida musiqiy ta’lim, madaniyatshunoslik, san’atshunoslik, psixologiya va pedagogika fanlarining nazariy tamoyillari hamda musiqiy estetikani rivojlantirishga oid xalqaro tajribalar ilmiy asos sifatida qo‘llanildi. Tadqiqotning ilmiy-metodologik asosi Metodologik asos sifatida quyidagi yondashuvlar tanlandi: • Sistemali yondashuv – o‘zbek milliy musiqa asboblarini o‘rganish jarayonini yagona tizim sifatida tahlil qilish, bunda o‘qituvchi, o‘quvchi, asbob, o‘quv muhitining o‘zaro aloqadorligini aniqlash. • Madaniy-tarixiy yondashuv – o‘zbek xalqining musiqiy merosini, qadimiy cholg‘u asboblarini, ularning paydo bo‘lish va rivojlanish bosqichlarini o‘rganish orqali ta’lim jarayonida milliy o‘zlikni anglashga yo‘naltirilgan tarbiyaviy g‘oyalarni aniqlash. • Estetik yondashuv – musiqa asboblarini o‘rgatish jarayonida nafaqat texnik mahoratni, balki badiiy did, estetik sezgi va musiqiy idrokni shakllantirishni maqsad qilib olish. • Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv – har bir o‘quvchining qobiliyati, musiqiy xotirasi, ritm sezgisi va emotsional ifoda darajasini hisobga olgan holda individual yondashuvni shakllantirish. Tadqiqot nazariy jihatdan oʻzbek musiqali drama teatr sanʼati va oʻzbek milliy orkestriga asos solgan, Oʻzbekiston xalq artisti va eng mohir ustozlardan biri To‘xtasin Jalilov[1], shuningdek xorijiy ustozlardan K. Orff, Z. Kodai, va E. Gordonning musiqiy tarbiya nazariyalariga tayangan holda olib borildi. Tadqiqot metodlari Tadqiqotda kompleks metodlar tizimi qo‘llanildi: • Nazariy-tahliliy metod – o‘zbek musiqa asboblarini o‘qitishda estetik va tarbiyaviy tamoyillarning nazariy manbalarini, milliy qadriyatlar va xalq og‘zaki ijodiyoti asoslarini tahlil qilish orqali ularning didaktik imkoniyatlarini aniqlash.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 310 • Empirik kuzatuv metodi – musiqa maktablari, san’at kollejlari va universitetlarda dars jarayonlarini bevosita kuzatish, o‘qituvchilarning dars berish uslublarini o‘rganish. • Eksperimental metod – yangi metodik yondashuvlarni sinovdan o‘tkazish orqali ularning samaradorligini baholash. • Suhbat va anketa metodi – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida musiqiy estetik tarbiya, milliy musiqa asboblariga munosabat hamda o‘qitishdagi motivatsiya darajasini aniqlash. • Komparativ metodi – o‘zbek musiqa ta’limi tizimini turk, koreys, yapon va g‘arbiy Yevropa musiqa pedagogik tajribalari bilan solishtirish orqali samarali elementlarni aniqlash. Tadqiqot ob’ekti, predmeti va bazasi • Ob’ekt: O‘zbek musiqa asboblarini o‘qitish jarayoni, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati o‘rtasidagi estetik-tarbiyaviy o‘zaro ta’sir. • Predmet: Tarbiyaviy va estetik tamoyillarning nazariy-metodik asoslari, ularning o‘qitish jarayoniga tatbiq etish mexanizmlari. • Tadqiqot bazasi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktablari, madaniyat kollejlari, hamda “Yosh musiqachi” to‘garaklari faoliyati tahlil qilindi. Tadqiqotning metodik tamoyillari Tadqiqot jarayonida quyidagi metodik tamoyillar ustuvor bo‘ldi: • Milliylik tamoyili – o‘zbek xalqining milliy cholg‘ulari (doira, dutor, nay, g‘ijjak, rubob, karnay, surnay va boshqalar)ni o‘rganishda xalq musiqasiga xos intonatsion tizimni saqlash. • Integratsion tamoyil – musiqa o‘rgatish jarayonini tarix, adabiyot, san’atshunoslik bilan bog‘lash orqali estetik dunyoqarashni kengaytirish. • Innovatsion tamoyil – zamonaviy raqamli texnologiyalar, midi dasturlar, audio-analiz, interaktiv simulyatorlar yordamida milliy cholg‘u asboblarini o‘rgatish jarayonini modernizatsiya qilish.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 311 • Emotsional-estetik ta’sir tamoyili – musiqaning inson ruhiyatiga ta’sirini hisobga olgan holda, o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish. Ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilish usullari To‘xtasin Jalilovning hayoti va ijod yo‘li, u rahbarlik qilgan davrlarda milliy orkestr va musiqali drama san’atining shakllanishiga qo‘shgan hissasi chuqur o‘rganildi va yana 60 dan ortiq o‘quvchi, 15 nafar tajribali musiqa o‘qituvchisi va 5 ta ixtisoslashgan musiqa maktabi faoliyati, o‘zbek musiqali drama teatri tarixi o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar statistik tahlil, kontent-tahlil, sotsiologik tahlil usullari orqali qayta ishlanib, estetik va tarbiyaviy natijalarning umumiy modelini yaratishga xizmat qildi. O‘zbek milliy musiqa asboblarini o‘rgatishda qo‘llaniladigan metodologiya kompleks yondashuvga asoslanib, estetik va tarbiyaviy jarayonni yagona tizimda tashkil etish imkonini beradi. Bu yondashuv nafaqat o‘quvchilarda milliy o‘zlikni shakllantiradi, balki ularning ijodiy tafakkuri, badiiy didi va estetik ongini ham rivojlantiradi. NATIJALAR VA TAHLIL Tadqiqot natijalari o‘zbek milliy musiqa asboblarini o‘rgatishda tarbiyaviy va estetik tamoyillarni metodik jihatdan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari va ularning amaliy samaradorligi haqida aniq dalillar berdi. Umumiy xulosalar va tahlillar quyidagicha. Birinchidan, ta’lim jarayonida estetik va tarbiyaviy tamoyillarni integratsiyalash o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini hamda madaniy ongini sezilarli darajada yaxshilaydi. Empirik kuzatuvlar va eksperimental darslar natijasida o‘quvchilarning estetik baholash qobiliyati, musiqani eshitish va intonatsiyani to‘g‘ri idrok etish, ijodiy ifoda, improvizatsiya va talqin hamda texnika ko‘nikmalari o‘rtacha 20–35% ga oshgani kuzatildi. Ushbu o‘sish asosan shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, audiatsiya mashqlari va elementar improvizatsiya mashg‘ulotlari orqali amalga oshdi, bu esa musiqiy o‘zlashtirish nazariyalari bilan mos keladi[2].
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 312 Ikkinchidan, darslar tarkibida milliy asbob va folklor komponentlarini joylashtirish o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash va madaniy-estetik qadriyatlarni shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Empirik ma’lumotlarga ko‘ra, darslarda dutor, g‘ijjak, tanbur kabi asboblar orqali milliy maqom-intonatsiyalarni o‘rgatish o‘quvchilarning musiqiy didini mustahkamladi va ularning repertuariga milliy janrlar kiritilishi ko‘paydi. Bu tendensiya metodologik jihatdan madaniy-tarixiy yondashuvning samradorligini tasdiqlaydi. Uchinchidan, aktiv uslubdagi metodlar, Orff uslubiga o‘xshash integratsion yondashuv, hamda qadamba-qadam audiatsiya mashqlari kombinatsiyasi o‘quvchilarning ijodiy faolligini va guruhda ijro etish qobiliyatini oshirdi. Orff uslubida tavsiflangan “musiqa, harakat, drama va nutqni birlashtirish” printsipi darslarda qo‘llanilganda, kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun motivatsiya va ishtiyoq yuqori bo‘ldi; bular Orff metodining asosiy printsiplari bilan mos keladi[4]. To‘rtinchidan, tadqiqotning natijalaridan kelib chiqadigan muhim jihat – individualizatsiya va diagnostikaning zarurligi. Eksperimental sinflarda o‘quvchilarning boshlang‘ich musiqiy darajasi, ritm sezgi, intonatsiya aniqligi, audiatsiya qobiliyati asosida individual o‘quv yo‘li ishlab chiqilganda o‘qish samarasi sezilarli darajada yaxshilandi. Bu natija Gordonning Music Learning Theory dagi “discrimination va inference learning” konsepsiyasiga mos keladi, ya’ni o‘rgatish ketma-ketligi va o‘quvchining musiqiy yoshiga moslashtirilishi muhim. Beshinchidan, texnologik qo‘llab-quvvatlash, audio-analiz dasturlari, interaktiv simulatsiyalar dars samaradorligini oshirishda aniq ijobiy rol o‘ynadi: audio-rekordlar va spektral tahlil yordamida intonatsiya va ritm xatoliklarini aniqlash, shuningdek multimediya ko‘rsatmalari yordamida vizual va eshituvchan o‘rganishni birlashtirish natijasida repititsiya samarasi 15–25% ga yaxshilandi. Innovatsion tamoyil asosida zamonaviy texnik vositalar pedagogik jarayonga muvaffaqiyatli integratsiyalashgani kuzatildi. Oltinchidan, tadqiqotda o‘qituvchilar malakasi va metodik-didaktik qo‘llanmalar muhim determinant sifatida aniqlangan. Tajriba maydonida malakali
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 313 o‘qituvchilar, metodik jihatdan tayyor, milliy an’analar va zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini biluvchilar bilan ishlashda dars natijalari ancha yuqori bo‘ldi. Shu sababli, o‘qituvchilar uchun maxsus metodik treninglar va amaliy-ilmiy seminarlar tashkil etish tavsiya etiladi. To‘xtasin Jalilovning hayoti va ijodiy faoliyati tadqiqot doirasida metodologik hamda amaliy aspektlarda manba vazifasini o‘tayotgani aniqlandi. Jalilov milliy orkestrni tashkil etish, milliy cholg‘ularni ansambl holida qo‘llash va musiqa dramasi janrida yangi ifoda shakllarini yaratish orqali o‘zbek musiqa ta’limi va san’atining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Tadqiqot jarayonida Jalilovning repertuari, orkestr tuzish tajribasi va pedagogik yondashuvlaridan olingan elementlar, ansambl pedagogikasi, milliy asboblarni birlashtirish usullari, sahna-ijro madaniyati, dars modullariga muvaffaqiyatli tatbiq etildi va ularning o‘quv samaralariga ijobiy ta’siri kuzatildi. Ushbu faktlar To‘xtasin Jalilovning biografik va ijodiy ma’lumotlari bilan tasdiqlanadi. Bundan tashqari, natijaviy tahlil shuni ko‘rsatdiki, muammolar va cheklovlar mavjud: milliy asboblar yetarli darajada ta’minlanmagan maktablar, o‘qituvchilarning zamonaviy metodologiya bo‘yicha yetarlicha qayta tayyorlanmaganligi va ayrim hududlarda infratuzilma yetishmovchiligi dars samaradorligini cheklaydi. Shuningdek, o‘quv dasturlarining rasmiylashtirilgan standartlari milliy asboblar bilan ishlash uchun yetarli darajada moslashtirilmagan. Yakuniy umumlashtirishda, mavjud metodik yondashuvlar – madaniy-tarixiy, estetik, shaxsga yo‘naltirilgan va innovatsion tamoyillarining uyg‘un qo‘llanilishi o‘quvchilarni estetik jihatdan boyitadi va texnik mahoratni oshiradi. Orff, Kodály va Gordon kabi xalqaro metodik konsepsiyalar bilan milliy an’analarni uyg‘unlashtirish pedagogik samarani oshirishga xizmat qilishi isbotlandi[5]. Shu bilan birga, To‘xtasin Jalilovning milliy orkestr va sahna tajribasidan olingan pedagogik elementlar dars modullariga kiritilganda milliy-estetik jihatdan boy ta’lim muhitini yaratishga yordam beradi. Tavsiyalar quyidagicha: