MAKTABGACHA TA'LIMDA MUSIQA, SAN'AT VA IJODIY FAOLIYAT ORQALI BOLALARNI ESTETIK TARBIYALASH
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida musiqa,san’at va turli ijodiy faoliyat turlarining bolalar estetik tarbiyasidagi ahamiyatiyoritiladi. Estetik tarbiya bolaning badiiy didini shakllantirish, atrof-muhitnigo‘zallik mezonlari asosida idrok etish va ijodiy fikrlashni rivojlantirishda muhimomil bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada yosh bolalarning musiqiy eshituvini, tasviriysan’atga qiziqishini va ijodiy tashabbuskorligini rivojlantirishga qaratilgansamarali pedagogik metodlar tahlil qilinadi.
Full text
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 328 MAKTABGACHA TA’LIMDA MUSIQA, SAN’AT VA IJODIY FAOLIYAT ORQALI BOLALARNI ESTETIK TARBIYALASH ISMATOVA DILDORA ILHOM QIZI Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi [email protected] ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida musiqa, san’at va turli ijodiy faoliyat turlarining bolalar estetik tarbiyasidagi ahamiyati yoritiladi. Estetik tarbiya bolaning badiiy didini shakllantirish, atrof-muhitni go‘zallik mezonlari asosida idrok etish va ijodiy fikrlashni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada yosh bolalarning musiqiy eshituvini, tasviriy san’atga qiziqishini va ijodiy tashabbuskorligini rivojlantirishga qaratilgan samarali pedagogik metodlar tahlil qilinadi. KALIT SO‘ZLAR. Maktabgacha ta’lim, estetik tarbiya, musiqa tarbiyasi, san’at, ijodiy faoliyat, badiiy did, rivojlanish, pedagogik metodlar, tasviriy san’at, musiqiy eshituv, ijodkorlik, integratsiyalashgan ta’lim. ЭСТЕТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ ДЕТЕЙ ЧЕРЕЗ МУЗЫКУ, ИСКУССТВО И ТВОРЧЕСКУЮ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ АННОТАЦИЯ. В статье освещается значение музыки, изобразительного искусства и различных видов творческой деятельности в эстетическом воспитании детей в процессе дошкольного образования. Эстетическое воспитание выступает важным фактором формирования художественного вкуса ребёнка, восприятия окружающего мира на основе критериев красоты, развития творческого мышления. В статье
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 329 анализируются эффективные педагогические методы, направленные на развитие музыкального слуха, интереса к изобразительному искусству и творческой инициативы у детей раннего возраста. КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: Дошкольное образование, эстетическое воспитание, музыкальное воспитание, искусство, творческая деятельность, художественный вкус, развитие, педагогические методы, изобразительное искусство, музыкальный слух, креативность, интегрированное образование. AESTHETIC EDUCATION OF CHILDREN THROUGH MUSIC, ART AND CREATIVE ACTIVITIES IN PRESCHOOL EDUCATION ANNOTATION. This article highlights the importance of music, art and various types of creative activities in the aesthetic education of children in the process of preschool education. Aesthetic education serves as an important factor in the formation of a child's artistic taste, perception of the environment based on the criteria of beauty, and the development of creative thinking. The article analyzes effective pedagogical methods aimed at developing young children's musical hearing, interest in the fine arts, and creative initiative. KEYWORDS. Preschool education, aesthetic education, music education, art, creative activity, artistic taste, development, pedagogical methods, visual arts, musical hearing, creativity, integrated education. KIRISH. Maktabgacha ta’lim davri — bu bolaning shaxs sifatida shakllanishida, uning estetik didi, his-tuyg‘usi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda eng muhim bosqichlardan biridir. Aynan shu davrda bola atrofdagi go‘zallikni anglay boshlaydi, musiqiy ohanglardan zavq oladi, rang va shakllarni idrok etadi, ijod qilishga intiladi. San’at va musiqa orqali estetik tarbiya berish maktabgacha ta’lim tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 330 musiqa, tasviriy san’at va turli ijodiy faoliyat turlari bolalarda nafaqat go‘zallikka mehr uyg‘otadi, balki ularning emotsional holatini, tafakkurini, diqqatini, tasavvurini va nutqini rivojlantiradi. Prezident Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalash — millat kelajagining eng muhim omilidir.” Shu bois maktabgacha ta’lim tashkilotlarida estetik tarbiyani san’at va musiqiy faoliyat bilan uyg‘un holda tashkil etish orqali bolalarda milliy qadriyatlarga hurmat, badiiy did, ijodkorlik hamda yuksak ma’naviyatni shakllantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Asosiy qism. Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo‘shqin hayoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, hali ularning estetik tarbiyasi to‘g‘risida emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi to‘g‘risida o‘ylash kerak. Bola yaltiroq bo‘yoqdan xursand bo‘ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolada hissiy kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o‘ynaydi. Kattalarning ochiq yuz bilan jo‘shqin ohangda gapirishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo‘lishlariga yordam beradi. Va, aksincha, kattalarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik alomati yoki xo‘mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari va hokazolar bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy munosabatni shakllantiradi. Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta takomillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas, shu bilan birga san’at asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va g‘amgin kuylariga, ularning qattiq va sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob ta’siri paydo bo‘ladi va hokazo. O‘rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokining rivojlanishida muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha aniq va tabaqalashgan bo‘lib qoladi. Ammo shunga qaramay, u qisqa-qisqa bo‘lib, bolaning shaxsiy tajribasi va qiziqishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 331 baholay oladilar, ba’zi bir estetik vositalarni to‘g‘ri anglaydigan, tasvir mohiyatini tushunadigan bo‘lib qoladilar. Bolalarda go‘zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, ta’sirli, faol tusda bo‘ladi. Bu ayniqsa, ular qo‘g‘irchoq teatri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha qilganlarida aniq namoyon bo‘ladi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga bemalol qo‘shilib harakat qiladilar, ularda muayyan vaziyatda o‘zini qanday tutishni aytib turadilar, o‘zlarini ular bilan birga o‘ynayotgandek his etadilar. Bu yoshdagi bolalar tanish bo‘lgan san’at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba’zi bir xulosalar chiqaradilar. Bolalar she’rni nasrdan, badiiy asarning ba’zi bir janrlarini, tasviriy faoliyat va musiqaning bir xil turlarini (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani o‘yindan va hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar. Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy san’at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xattiharakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Bolada musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san’at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo bo‘ladi. Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she’rlar to‘qiydilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv oʻsib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni oʻzlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, “Men” obrazini qurish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni koʻzda tutadi. Xulosa. Maktabgacha ta’limda san’at, musiqa va ijodiy faoliyat bolalarning estetik tarbiyasini shakllantirishda beqiyos ahamiyatga ega. Bu jarayon orqali bolalar nafaqat go‘zallikni his etish, balki uni yaratish, qadrlash va hayotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Musiqa, rasm, qo‘shiq, raqs va turli ijodiy mashg‘ulotlar bolaning hissiyot olamini boyitadi, tasavvurini kengaytiradi hamda ruhiy-emotsional rivojlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, bunday faoliyatlar orqali
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 332 bolalarda milliy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat va estetik did shakllanadi. Demak, maktabgacha ta’lim muassasalarida san’at va musiqa orqali estetik tarbiya berish – har tomonlama barkamol shaxsni voyaga yetkazishning muhim sharti hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4312-son Qarori — “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (2019-yil 8may). 2. Yo‘ldosheva, D. – “Maktabgacha ta’limda estetik tarbiya asoslari”, Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 3. Qodirova, N. va boshqalar. – “Bolalar psixologiyasi va estetik rivojlanish masalalari”, Toshkent: O‘qituvchi, 2018. 4. Sharipova, M. – “Musiqa va ijodiy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalarning estetik didini shakllantirish”, Toshkent: Istiqlol nashriyoti, 2021. 5. Vigotskiy, L.S. – “Tasavvur va ijod bolalikda” (rus tilidan tarjima), Toshkent: O‘zbekiston, 2017.