YOSHLAR TARBIYASIDA AN'ANAVIY XONANADALIK FANINING AXAMIYATI
Abstract
Mazkur maqolada yoshlar tarbiyasida an’anaviy xonandalikfanining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Unda milliy musiqa merosimizni o‘rganish,yosh avlodda estetik didni shakllantirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhinisingdirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, xonandalik san’atining ta’limjarayonidagi tarbiyaviy, ma’naviy va estetik jihatlari o‘rganilib, bu fan yoshlarnibarkamol shaxs sifatida tarbiyalashdagi muhim omil ekanligi asoslab beriladi
Full text
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 341 YOSHLAR TARBIYASIDA AN’ANAVIY XONANADALIK FANINING AXAMIYATI M.Djumboyeva Qo’qon davlat universiteti Musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti Annotatsiya: Mazkur maqolada yoshlar tarbiyasida an’anaviy xonandalik fanining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Unda milliy musiqa merosimizni o‘rganish, yosh avlodda estetik didni shakllantirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini singdirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, xonandalik san’atining ta’lim jarayonidagi tarbiyaviy, ma’naviy va estetik jihatlari o‘rganilib, bu fan yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashdagi muhim omil ekanligi asoslab beriladi. Kalit so’zlar: folklor,tarbiya, tarix, udum,qo’shiq, ta’lim, ibrat, an’ana,musiqa,an’anaviy xonandalik, tarbiya, estetik did, ma’naviy qadriyat, milliy musiqa, yoshlar, madaniyat, san’at ta’limi, xonandalik maktabi. Аннотация: В данной статье раскрываются роль и значение дисциплины «традиционное певческое искусство» в воспитании молодежи. Анализируются вопросы изучения национального музыкального наследия, формирования эстетического вкуса у подрастающего поколения и привития уважения к национальным ценностям. Также рассматриваются воспитательные, духовные и эстетические аспекты певческого искусства в образовательном процессе, обосновывается, что данная дисциплина является важным фактором в формировании всесторонне развитой личности. Ключевые слова: фольклор, воспитание, история, традиция, песня, образование, пример, обычай, музыка, традиционное пение, воспитание, эстетический вкус, духовные ценности, национальная музыка, молодежь, культура, художественное образование, школа певческого искусства.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 342 Annotation: This article highlights the role and significance of the traditional vocal art (an’anaviy xonandalik) in the upbringing of youth. It analyzes the study of our national musical heritage, the development of aesthetic taste among the younger generation, and the inculcation of respect for national values. The educational, spiritual, and aesthetic aspects of vocal art in the teaching process are also examined, proving that this subject is an important factor in shaping youth into wellrounded individuals. Keywords: folklore, upbringing, history, tradition, song, education, example, custom, music, traditional singing, upbringing, aesthetic taste, spiritual values, national music, youth, culture, art education, school of singing. KIRISH Bugungi globallashuv davrida milliy madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, ularni yoshlar qalbiga singdirish dolzarb masalalardan biridir. Xususan, an’anaviy xonandalik fani yoshlarni milliy musiqa merosimiz bilan tanishtirish, ularning estetik dunyoqarashini shakllantirish hamda ma’naviy olamini boyitishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu fan orqali talabalar nafaqat xonandalik mahoratini egallaydilar, balki milliy kuy-qo‘shiqlar orqali xalqimizning tarixini, urfodatlarini, ruhiy kechinmalarini his etadilar. An’anaviy xonandalik yoshlarning nutq madaniyati, sahna madaniyati, tinglovchi bilan muloqot madaniyatini shakllantiradi. Shu bois bu fan yoshlar tarbiyasida nafaqat musiqiy, balki ma’naviy-axloqiy, estetik va vatanparvarlik ruhidagi ta’sir kuchi bilan ham ahamiyatlidir. O‘zbek xalqining musiqa merosi juda boy va qadimiy tarixga ega. Uning ajoyib an‘analari hozirgi kunda ham o‘z badiiy va estetik qiymatini saqlab kelmoqda. Bu an‘analar zamonaviy o‘zbek musiqa madaniyatining ajralmas qismini tashkil qiladi. A‘nana o‘tmishning yakuni emas, balki yangi zamonni ilhomlantiruvchi jonli kuchdir, darhaqiqat, musiqa merosidan, xalq kuy va qo‘shiqlaridan ilhom olmagan zamonaviy musiqaning biron-bir sohasini topish
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 343 qiyin. Ma‘lumki, an‘anaviy o‘zbek musiqasi asrlar davomida ikki asosiy yo‘nalishda folklor va professional yo‘nalishda rivojlanib kelgan. An‘anaviy xalq musiqa, folklor hamda zamonaviy kompozitorlar ijodidan farqli o‘laroq, mustaqil yo‘nalish sifatida: xalq musiqasi, an‘anaviy xalq qo‘shiqchiligi, klassik musiqa va boshqa turli nomlar bilan atalib kelgan. So‘ngi vaqtlarda esa ko‘proq musiqa an‘anaviy xalq qo‘shiqchiligi deb yuritilmoqda. Musiqa an‘anaviy xalq qo‘shiqchiligi deganda, eng avvalo, ushbu kasb namoyandalari, mohir sozanda, xonanda va bastakorlarning ijodiy mahsuloti bo‘lmish maqomlar hamda shunga o‘xshash yirik shakldagi murakkab kuy va ashulalar ko‘zda tutiladi. Musiqa merosining har ikkala qatlami ham bir-biriga doimo bog‘liq holda rivojlanib, kelgan. Folklor an‘anaviy xalq qo‘shiqchiligi uchun ilhom manbai, hayotbaxsh kuch bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa, o‘z navbatida maqom yo‘llari asosida yuzlab xalq kuy va qo‘shiqlari yaratilgan. Folklor va an‘anaviy xalq qo‘shiqchiligini bog‘lovchi eng muhim omillardan biriularning og‘zaki an‘anaga mansubligidir. Shu bilan bir qatorda, folklor an‘anaviy xalq qo‘shiqchiliging farqli tomonlari ham mavjud. Folklor bu jamoa ijodi. Mehnat va marosim qo‘shiqlarida yoki yor-yor va o‘lanlarda ijrochi, tinglovchi, kuy yaratuvchini ajratish qiyin. Ular sinkretik birlikni tashkil qiladi. Folklor na‘munalari ommaviy tarzda rivojlangan bo‘lib, kuy shakllarining soddaligi bilan ajralib tursa, an‘anaviy xalq qo‘shiqchiligini, asosan, shu sohaning namoyandalari tarqatadi. Musiqa asarlarini bastakorlar yaratib, iste‘dodli honanda va sozandalar ularni hayotga tadbiq etadilar. Musiqa na‘munalari esa o‘zining murakkab, barkamol va puxtaligi bilan ajralib turadi. Musiqaviy folklor na‘munalarining ko‘pchiligi, odatda, mehnat va turmush tarziga yoki biron-bir marosimga uzviy bog‘liq ravishda joriy qilinadi. Mehnat va marosim qo‘shiqlari faqat muayyan sharoitdagina yuzaga keladi va ular hayotning o‘zidan olinadi. A‘nanviy xalq qo‘shiqchiligi esa, odatda, marosim va turmush voqealigiga bevosita bog‘liq bo‘lmasdan, mustaqil badiiy va estetik ahamiyat kasb etadi. Demak, og‘zaki an‘anaviy xalq qo‘shiqchiligining mafkuraviy (ratsionalistik) tomoni ham keng taraqqiy topgan.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 344 ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA An‘anaviy xalq qo‘shiqchiligining tub xususiyatlarini ochish, mohiyatini tushunish va hozirgi ijtimoiy sharoitda sodir bo‘layotgan hayotiy o‘zgarishlar jarayonining kuzatish hamda sotsial taraqqiyotga munosib hissa qo‘shish uchun o‘zbek musiqashunos olimlari katta ijodiy ishlar olib bormoqdalar. An‘anaviy xalq qo‘shiqchiligining tarixi juda qadimiy va boy bo‘lsa ham, hech qachon hozirgidek diqqatga sazovor bo‘lgan emas.An‘anaviy xalq qo‘shiqchiligining turli masalalariga bag‘ishlangan xalqaro va respublika miqyosida anjumanlar o‘tkazilmoqda. So‘nggi vaqtlarda an‘anaviy xalq qo‘shiqchiligini oliy, o‘rta va boshlang‘ich o‘quv muassasalarida amaliy va nazariy o‘zlashtirish yaxshi yo‘lga qo‘yiladi. Qadim – qadim zamonlardan ona – zaminimiz o‘zining boy ma‘naviy merosi, yuksak madaniyati, urf – odat, marosim va an‘analari bilan jahon tsivilizatsiyasida munosib o‘rin egallagan. O‘zbek xalqi o‘ziga xos va rango – rang musiqa merosiga ega. Uning qimmatli namunalarini to‘plab saqlash, notaga olib hujjatlashtirish, uzun taraqqiyot yo‘lini hamda murakkab ilmiy – nazariy asoslarini o‘rganish, shuningdek, uni amaliy – ijodiy o‘zlashtirish borasida respublikamizda shunga qadar samarali natijalarga erishildi. Qadimgi Panjikentdan topilgan yorqin naqshlar ana shular jumlasidandir. Unda ikki tomonli nog`ora va doira jo`rligida raqsli sahna, sopol idishda dafn marosimida ayol kishining marosim raqsini ijro etib turgan payti gavdalantirilgan yorqin tasvir uchraydi. Xalq ijodi va mahalliy ustozona an‘ana kelajakda og`zaki an‘anadagi yirik professional asarlar tug`ilishi uchun asos bo`lib xizmat qildi. O`zbek folklorining rang-barangligi, uning kuy, lad va ayniqsa, ritmik tuzilishida ko`rish mumkin. MUHOKAMA VA NATIJALAR Eramizning IV asrdan boshlab O`rta Osiyoda quldorchilik asta-sekin feodal tuzum bilan almashdi. O`rta Osiyoda yashagan turklar o`z davlatining so`nggi qismini – qo`qonlik deb atay boshladilar. Ana shu vaqtdan boshlab turklar bilan mahalliy Sharqiy Eron xalqlarining qo`shilib yashash jarayoni boshlanadi. IV –VII asrlargacha bo`lgan davr madaniyat va san‘at turlarining, jumladan, musiqaning
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 345 yuqori darajada rivojlangani bilan xarakterlanadi. Tarixchilar bergan ma‘lumotlardan ma‘lumki, Barbad madhiya va tarixiy qo`shiqlar, harbiy g`alabalar to`g`risida qo`shiqlar ijod etgan. Ozarbayjon adabiyotining klassigi Nizomiy «Xisrav va Shirin» dostonida Barbadning san‘at shinavandalariga favqulodda kuchli ta‘siri to`g`risida yozgan. Tarixiy manbalarda musiqiy cholg`ular xususida ham alohida ma‘lumotlar keltirilgan. Ud, rud, rubob, tor, barbat, tanbur, chang, nuzxa, mug`na, shohrud, qonun, nay, mizmor, dunay va surnay kabi cholg`ulari amaliyotda mashhur bo`lganligi borasidagi fikrlar manbalarda zikr etiladi. O’zbek xalq qo’shiqchiligi va milliy musiqaning rivoj topishi milliy musiqa merosimizning noyob durdonalari tarkibida sayqallanishi bugngi kunga qadar qaytaqayta o‘rganilib, keyingi yosh avlod ongiga asl holicha yetkazib kelinmoqda. XULOSA Xulosa qilib aytganda, an’anaviy xonandalik fani yoshlar tarbiyasida beqiyos o‘rin tutadi. U milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlarni e’zozlash, go‘zallikni his etish va san’atga mehr uyg‘otishning samarali vositasidir. Bu fan orqali yoshlar xalqimizning boy madaniy merosi bilan tanishadi, ijodiy tafakkuri rivojlanadi va milliy g‘urur tuyg‘usi mustahkamlanadi. Shu sababli ta’lim muassasalarida an’anaviy xonandalik fanini chuqur o‘rganish va uni zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida takomillashtirish yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishning muhim sharti hisoblanadi.Xalq qo‘shiqlari o‘zining sоddaligi va ijrо uchun qulayligi bilan barchani birday maftun etadi milliy musiqamiz durdonalari va an‘anaviy qo‘shiqlarimizning avvaldan xalqimiz orasida ardoqlanib, og‘izdan-og‘izga o‘tib, kuylanib, sozlar orqali chalinib kelingan. Mumtoz kuy va qo‘shiqlarimiz, ayniqsa, oddiy xalq tilidan kuylangan o‘lanlar, allalar, lapar va yallalar, aytishuvlar, teginma qo‘shiqlar shular jumlasidandir.Har bir xalqning ma‘naviy ravnaqi, eng avvalo uning umumbashariy madaniyatiga qo‘shgan hissasi bilan o‘lchanadi.Umumta‘lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir pedagoglarning asosiy vazifalari o‘quvchilarga dars jarayonida bilim berishdan iborat bo‘lsa, shu bilan birga musiqiy va maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaviy sinfdan tashqari tadbirlarni tashkil etishdan
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 346 ham iboratdir. O‘quvchilarning aynan xalq qo’shiqlari vositasida ijodiy va musiqiy layoqatlarini doimo uzviy tarzda rivojlanib borishligini hisobga olishda bastakorlikni to‘g‘ri tahlil etish va ta'limiy moqiyatini anglab yetishda musiqiy bilim, malaka va ko‘nikmalar rivojlanishini ijodiy faollikni o‘sib, shakllanib borishning asosi deb qarash, o‘quvchilarni musiqiy-ijodiy faoliyatining turli-tuman forma va vositalarida faol jalb qilish orqali ularda hissiyot olami va intelektual imkoniyatlarini oshib borishini nazarda tutish orqali o‘quvchilarning bilim va maqoratlari orttirishda pedagoglarning roli beqiyos. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.Nurmatov X. «O‘zbek xalq musiqasi» O‘quv qo‘llanma. – Toshkent. O‘qituvchi nashriyoti, 1998. 2.Sh, Jumaboyeva M. "FORMING THE CHILD'S PERSONALITY IN THE PROCESS OF ACQUIRING MUSICAL KNOWLEDGE." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 128-132 3/SHAVKATOVNA, DJUMABAEVA MUQADDAS. "The Importance of the Sound of Tones in Instilling Elements of National Spirit in the Hearts of Students." JournalNX 7.02: 151-153. 4.EB Kobilova.Classical music and youth education Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 12 (9), 126-13047 5.QEZ BAKIROVNA.Forming a sense of internationality in students through the traditional music of Azerbaijan International bulletin of appliedscience and technology.IBAST volume issue … 6.QEZ BAKIROVNA.FORMING A SENSE OF PATRIOTISM IN STUDENTS THROUGH THE LIFE AND WORK OF COMPOSER DONI ZAKIROV Published by International journal of Social Sciences & Interdisciplinary … 7.EZ QOBILOVA.Forming A Sense Of Love For The Profession By Teaching Labor Songs To 4th Class Students In Music Culture Lessons.journal of Positive School Psychology 7 (2)
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 347 8.М Азизхонова, Э Қобилова.ЁШЛАРНИ МУСИҚИЙ МАДАНИЯТИ ВА МАЪНАВИЯТНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА МУСИҚИЙ ТАРБИЯНИНГ АҲАМИЯТИ Oriental Art and Culture 3 (1), 51-57 9.QE Bakirovna.Theoretical And Methodological Basis Of Overcoming Contradictions In Modern Musical And Educational Practice.Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 1 (1), 117-120 10.E Kobilova, O Sobirova, F Najmiddinov.The importance of music education in the formation of musical culture and spirituality.Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal 11 (1), 698-703 11.Q Bakirovna, DM Shavkatovna, BS Imomalaiyevich, TO Tursunovich. THE ROLE OF A MUSIC TEACHER IN THE PROCESS OF EDUCATING CHILDREN'S MORAL FEELINGS.International Journal of Early Childhood Special Education 14 (6) 12.M Azizkhonova, E Qobilova.IMPORTANCE OF MUSIC EDUCATION IN FORMING YOUTH'S MUSICAL CULTURE AND SPIRITUALITY.Oriental Art and Culture 3, 51-57 13.E Qobilova.THE PLACE OF FOLK SONGS IN ISAJAN SULTAN'S STORIES American Journal Of Social Sciences And Humanity Research 4 (02), 44-49 14.E Qobilova. THE IMPORTANCE OF MUSIC TEACHING IN EDUCATION. QO ‘QON UNIVERSITY NEWSLETTER, 12, 99–100 15.EB Qobilova.MORAL EDUCATION AS AN IMPORTANT FAKTOR IN THE FORMATION OF A STUDENT AS A PERSON Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 11 (26), 186-189 16.QEZ BAKIROVNA. The Significance Of Interdisciplinary Connection In The Formation Of Music Literacy In Children With Hearing Defect In Music Lessons ONOMÁZEIN 62 1 (62), 1382-1388 17.QEZ BAKIROVNA.Boʻlajak musiqa oʻqituvchilarida metodik kompetentlikni rivojlantirish.Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 3 (3), 722-729
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 348 18.E Qobilova.Yoshlarda musiqiy madaniyatni shakllantirishda maktab va oila hamkorligining tarbiyaviy ahamiyati.Qo ‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 19.M Azizxonova, E Qobilova.YoSHLARNI MUSIQIY MADANIYATI VA MAʼNAVIYATNI SHAKLLANTIRISHDA MUSIQIY TARBIYANING AHAMIYATI.Oriental Art and Culture 3, 51-57 20.ЭБ Қобилова.ФОРМИРОВАТЬ ДУХОВНОЕ МИРОВОЗЗРЕНИЕ ПОДРАСТАЮЩЕГО ПОКОЛЕНИЯ ЧЕРЕЗ ФОЛЬКЛОРА ЖАНРА Oriental Art and Culture 3 (1), 291-295 21.E Qobilova.MUSIQA ONG VA HISLAR O ‘RTASIDAGI VOSITACHIDIR Pedagogikada ilmiy izlanishlar 2 (1), 28-31 22.QEZ BAKIROVNA.QADIMIY MUSIQIY SAN’ATNING SHAKLLANISH JARAYONI.“RAQOBATBARDOS H KADRLAR TAYYO RLAS HDA FAN – TA’LIM – IS HLAB CHIQARIS H … 23.E Qobilova.Musiqa o’qitish metodikasi va maktab repertuari Oquv qollanma, Fargona.“Fargona” nashriyoti