MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI TARBIYALASHDA MUSIQANING TUTGAN O 'RNI
Abstract
Ushbu maqoladagi fikrlar musiqaning MTTda tarbiyalanuvchibolalar hayotidagi o`rni, uning ahamiyati hamda bolalar ruhiyatiga ta`siri haqidaboradi
Full text
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 384 MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI TARBIYALASHDA MUSIQANING TUTGAN O ‘RNI Naimov Muzaffar Urinovich Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim kafedrasi v.b. professori Annotatsiya: Ushbu maqoladagi fikrlar musiqaning MTTda tarbiyalanuvchi bolalar hayotidagi o`rni, uning ahamiyati hamda bolalar ruhiyatiga ta`siri haqida boradi. Kalit so`zlar: musiqa, emotsional, ruhiyat, estetik, xususiyat, iqtidor, tinglash, hissiyot, musiqiy tovush, ifoda, usul, faoliyat. Аннотация: В статье рассматриваются вопросы роли музыки в жизни детей,воспитывающихся в МТТ, её значения и влияния на психику детей. Ключевые слова: музыка, эмоциональность, психика, эстетика, характеристика, талант, слушание, чувство, музыкальный звук, выражение, метод, деятельность. Abstract: The ideas in this article are about the role of music in the lives of children raised in MTT, its importance and impact on the psyche of children. Keywords: music, emotional, psyche, aesthetic, characteristic, talent, listening, feeling, musical sound, expression, method, activity. Kirish: Ma`lumki, musiqa dunyosi shunchalik rang-barang, imkoniyati keng chegara bilmas ilohiy kuchga ega bo`lgan san`at turidir. Musiqa inson ruhiyatiga kuchli ta`sir etuvchi quvvatga egadir. Chunki inson qanday holatda (yaxshi,yomon,g`amgin, quvnoq, ko`tarinkilik) bo`lishidan qat`iy nazar musiqani tinglaydi va undan quvvat oladi. Aynan shuning uchun musiqa ohanglari dilning tubtubidan o`rin olib kishi kayfiyatini ko`tarib o`z ta`sirini namoyon etadi.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 385 Yangi O`zbekistonning kelajagi, ertangi kun taraqqiyoti egalari bo`lmish bolajonlarni estetik va ma`naviy boy, tarbiyali shaxs sifatida tarbiyalash muhim masaladir. Bu maqsadni amalga oshirishda musiqaning ham alohida o`rni va xususiyatlari bor. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida musiqiy tarbiya-bu aniq maqsadga yo`naltirilgan, ya`ni maktabgacha yoshdagi bolani estetik axloqiy, aqliy rivojini amalga oshirish, bolani shaxs sifatida tarbiyalash, uni dunyoqarashini kengaytirish, o`z iqtidorini namoyon qila olishga, estetik jihatdan musiqani tushunishga, unga ijodkorona yondasha olishga o`rgatishdan iboratdir.[1] Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida o`tkaziladigan musiqa mashg`ulotlarini rivojlantirishda musiqa rahbari har bir guruhning aqliy, jismoniy, emotsional rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish kerak. Shu asosda bolalarga o`rgatiladigan repertuar va faoliyat turlari ketma-ketligini to`g`ri tuzish kerak. Mashg`ulotlarni tashkil etishda musiqa rahbari o`tiladigan musiqiy asarlarni o`zi o`rgangan bo`lishi, mashg`ulot uchun ko`rgazmali qurollar, texnika vositalarini tayyorlab qo`yishi kerak. Musiqa mashg`ulotlari o`yin tarzida, harakatli mashqlar va raqslar bilan qo`shib olib borishi maqsadga muvofiq. Musiqa tinglash va musiqa asboblarida chalishni o`rgatish ko`nikmalarini shakllantirishga ham vaqt ajratishi kerak.[2] Musiqa shunday san`at turiki u insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtiradi. Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Musiqa tovush to`lqinlari orqali fikr tuyg`ularni aks ettiradi. Ajoyib musiqa asarlari chuqur falsafiy mazmun bilan sug`orilgan bo`ladi. Demak, bolalarning estetik, musiqiy hamda shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishda musiqa san`atining o`rni beqiyosdir. Musiqa kishiga har tomonlama ta`sir ko`rsatar ekan, kuy va uning musiqiy ifodasi insonning hissiyotiga chuqur ta`sir qilib, unda har xil hislarni uyg`otadi, turlicha kayfiyatlarni hosil qiladi. Musiqaning mazmuni faqat hissiyotga emas, balki tinglovchilarning ongiga ham ta`sir qilib, ularni hayajonlantiradi va fikrlashga majbur etadi.[3] Musiqa insonga tez ta`sir etuvchi emotsional hissiyotni faol rivojlantiruvchi vositadir. Inson musiqani ona allasi orqali tinglab, umrbod musiqadan zavq topadi
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 386 va madad oladi. Musiqa inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Bolalar musiqa ta`limiga MTTda asos solinadi, shuning uchun musiqa rahbari ayniqsa o`rgatish metodikasini yaxshi bilishi, bog`cha yoshidagi kichik bolalarning yosh va individual xususiyatlarini, ularning musiqa va qo`shiqchilik imkoniyatlarini chuqur bilishi zarur. Musiqa mashg`ulotlarini shartli ravishda ikki bosqichga bo`lish mumkin. Birinchi: tayyorlov bosqichi. Bundan ko`zlanadigan asosiy maqsadbolalarning musiqa o`quvini o`stirishdir. Shu vaqt mobaynida bolalar musiqiy tovushlarning baland pastligi va nota cho`zimi kabi o`ziga xos xususuyatlarni ajrata bilishga o`rganishlari va nota yozuvini murakkab bo`lmagan oddiy jihatlarini o`rganishga tayyorlanishi kerak. Ikkinchi: bu bosqichda nota savodi, uni bevosita musiqa tovushlarining grafik usulda ifodalanishi-nota yozuvini o`rganishga erishiladi. Musiqa mashg`ulotlari jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga mos musiqiy asarlar kichkintoylarga unutilmas taasurot qoldiradi, ularning ruhiy dunyosini boyitadi.[4] Bolalar bog`chalarida musiqa mashg`ulotlarini o`tkazishdan ko`zda tutilgan asosiy maqsad, kichkintoylar qalbida nafosatga mehr uyg`otish, ularni barkamol inson qilib tarbiyalab voyaga etkazishdir. Mashg`ulotlar jarayonida bolalarda milliy musiqa ohanglari yordamida ko`nikmalar tarkib toptiriladi. Bu mashg`ulotlardagi har bir faoliyat turi bolalarning musiqiy didini rivojlantiradi. Musiqiy mashg`ulotlar bog`chada o`tiladigan boshqa mashg`ulotlardan ancha farq qiladi va o`ziga xos xususiyatlarga ega. Musiqa mashg`ulotlari bir necha faoliyat turlarini o`z ichiga oladi bular quyidagilardan iborat: 1. Qo`shiq kuylash 2. Musiqa tinglash 3. Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish 4. Musiqa savodi 5. Musiqa cholgularida jo`r bo`lish.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 387 Har bir faoliyat turi ma`lum maqsadlarga yo`naltirilgan bo`ladi.[5] Qo`shiq kuylash faoliyati orqali bolada qo`shiq kuylash mahorati oshsa, musiqa tinglash faoliyatida esa ularning musiqiy xotirasi rivojlanadi. Musiqiy ritmik faoliyat turi bolaning har tomonlama jismoniy harakatlarini mustahkamlaydi. Musiqa savodi faoliyatida bolalar tovush balandligi, tovushlar cho`zimi va ularning shaklini o`rganishsa, musiqa cholg`ularida jo`r bo`lish faoliyatida bolajonlar cholg`u asboblarining o`ziga xos xususiyatlarini, ularda ijrochilik mahoratini shakllantiradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosaga kelishimiz mumkin. Demak, musiqa shunday sehrli kuchga egaki, yosh bolalarga ham, yoshi kattalarga ham o`z ta`sirini ko`rsata olish qudratiga ega. Buyuk chet el allomalaridan biri Yu. Fuchikning shunday so`zlarini keltirmoqchiman: “ Musiqasiz hayot bo`lishi mumkin emas”. Shunday ekan bolajonlar qalbini musiqa ohanglariga oshno etib, ularning ma`naviy dunyosini boyitishda o`z hissalarimizni qo`shishimiz lozim. FOYDALANILGAN ADABOYOTLAR: 1. Nurullayev F.G. Maktabgacha ta`lim muassasalarida musiqiy tarbiya. Buxoro, Durdona nashriyoti, 2022y,-4b. 2. Ibodov O`.R. Maktabgacha musiqiy-ta`lim nazariyasi va metodikasi.Buxoro,Kamolot nashriyoti,2024y, -9b 3. Abduvaliyeva X.A. Bolalrning musiqiy ta`limi.Toshkent, “NIF MSH”, 2024y,-22b. 4. Boltayev B.R. Maktabgacha ta`limda musiqa tarbiyasi. SamDu tahririynashriyoti, 2019 y. 5. Xojanov I.E. Maktabgacha ta`lim muassasalarida musiqa o`qitish usullari va tavsiyalar.Oriental Art Culture Sclenthcal-Methodikal journal, 2023,4 ,aprel.