MILLIY MUSIQA MEROSI VA FOLKLOR NAMUNALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ESTETIK TARBIYALASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Abstract
Ushbu ilmiy maqola maktabgacha ta'lim muassasalarida(MTM) bolalarni estetik tarbiyalash jarayoniga milliy musiqa merosi va folklornamunalarini integratsiya qilishning nazariy-amaliy asoslarini tadqiq etadi.Tadqiqotning maqsadi milliy madaniy qadriyatlar (allalar, xalq qo'shiqlari,ertaklar, raqslar) vositasida amalga oshirilgan estetik tarbiyaning bolaning hissiy,intellektual va ma'naviy kamolotiga ta'sirini ilmiy-pedagogik jihatdan asoslashdaniborat.
Full text
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 400 MILLIY MUSIQA MEROSI VA FOLKLOR NAMUNALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ESTETIK TARBIYALASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI NORBUTAYEV OLIM RAHMATULLO O’G’LI Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi o’qituvchisi” Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqola maktabgacha ta'lim muassasalarida (MTM) bolalarni estetik tarbiyalash jarayoniga milliy musiqa merosi va folklor namunalarini integratsiya qilishning nazariy-amaliy asoslarini tadqiq etadi. Tadqiqotning maqsadi milliy madaniy qadriyatlar (allalar, xalq qo'shiqlari, ertaklar, raqslar) vositasida amalga oshirilgan estetik tarbiyaning bolaning hissiy, intellektual va ma'naviy kamolotiga ta'sirini ilmiy-pedagogik jihatdan asoslashdan iborat. Kalit so’zlar: Estetik tarbiya, Maktabgacha ta'lim, Milliy musiqa merosi, Folklor namunalari, Alla, Xalq qo'shiqlari, Pedagogik eksperiment, O'zlikni anglash, Madaniy qadriyatlar. ОСОБЕННОСТИ ЭСТЕТИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА НА ПРИМЕРАХ НАЦИОНАЛЬНОГО МУЗЫКАЛЬНОГО НАСЛЕДИЯ И ФОЛЬКЛОРА Аннотация: В данной научной статье рассматриваются теоретические и практические основы интеграции национального музыкального наследия и образцов фольклора в процесс эстетического воспитания детей в дошкольных образовательных организациях (ДОУ). Цель исследования – научно-педагогическое обоснование влияния эстетического
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 401 воспитания, осуществляемого посредством национальных культурных ценностей (аллы, народные песни, сказки, танцы), на эмоциональное, интеллектуальное и духовное развитие ребёнка. Ключевые слова: Эстетическое воспитание, Дошкольное образование, Национальное музыкальное наследие, Народные образцы, Алла, Народные песни, Педагогический эксперимент, Самосознание, Культурные ценности. SPECIFIC FEATURES OF AESTHETIC EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN USING EXAMPLES OF NATIONAL MUSICAL HERITAGE AND FOLKLORE Abstract: This scientific article examines the theoretical and practical foundations of integrating national musical heritage and folklore samples into the process of aesthetic education of children in preschool educational institutions (PSE). The purpose of the study is to scientifically and pedagogically substantiate the impact of aesthetic education implemented through national cultural values (allas, folk songs, fairy tales, dances) on the emotional, intellectual and spiritual development of the child. Key words: Aesthetic education, Preschool education, National musical heritage, Folk samples, Alla, Folk songs, Pedagogical experiment, Self-awareness, Cultural values. KIRISH. Bugungi globallashuv sharoitida har bir xalqning milliy qadriyatlari, ma'naviy merosi va madaniy o'ziga xosligini saqlab qolish va keyingi avlodlarga yetkazish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shaxs kamolotining poydevori hisoblangan maktabgacha ta'lim tizimi ushbu vazifani amalga oshirishda muhim bo‘g‘in sanaladi. Ayniqsa, bolalarning dunyoqarashi, his-tuyg‘ulari va estetik didini shakllantirishda san'at, xususan, milliy musiqa merosi va folklor namunalarining o'rni beqiyosdir.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 402 ASOSIY QISM. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni estetik tarbiyalashda milliy musiqa merosi va folklor namunalaridan foydalanish nafaqat go'zallikka bo'lgan didni shakllantiradi, balki ularning o'zlikni anglashiga, xalq madaniyatiga mehr va hurmat bilan qarashiga zamin yaratadi. Milliy musiqa vositasida estetik tarbiya bolalarning hissiy dunyosini boyitadi, ularga go'zallikni his qilib, milliy qadriyatlarga e'tiborli bo'lishni o'rgatadi. O'zbek xalqining boy musiqa merosi — maqomlar, xalq qo'shiqlari, lapar, allalar, o'lanlar, bolalar qo'shiqlari va dostonlar — xalqning ko'p asrlik hayoti, urfodatlari, orzu-intilishlarini o'zida mujassam etgan. Ushbu musiqiy meros bolalar uchun estetik zavq manbai bo'lib, ularning hissiy sezgirligini, ritmni his etishini, tovush go'zalligini anglashini rivojlantiradi. Masalan, alla va xalq bolalar qoʻshiqlari orqali bola nutqiy ohangni, musiqiy ritmni va tovushlarning ifodasini oʻzlashtiradi. "Layli, layli, jon bolam", "Alla-alla bolam" kabi allalar bolaning ruhiy osoyishtaligini ta'minlab, unda mehr, muhabbat va tinchlik hissini uyg'otadi. Folklor — xalq donishmandligi va go'zallik haqidagi qarashlarning badiiy ifodasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ertaklar, topishmoqlar, maqollar, qo'g'irchoq teatrlari va xalq raqslari — estetik tarbiyaning eng tabiiy vositasidir. Ertaklar orqali bola yaxshilik va yomonlikni, qahramonlar harakatidagi go'zallikni anglashni o'rganadi. Xalq raqslari esa harakat estetikasi, ritmik uyg'unlik va jismoniy go'zallikni his qilishga yordam beradi. Topishmoq va maqollar orqali esa obrazli tafakkurini, estetik fikrlashini rivojlantiradi. Maktabgacha ta'limda estetik tarbiya tizimida musiqa mashg'ulotlari, sahna o'yinlari, bayram dasturlari va erkin ijodiy faoliyatlar tegishli o'rin tutadi. Tarbiyachi musiqiy materialni yoshga mos tanlashi, xalq musiqasini zamonaviy didaktik o'yinlar bilan uyg'unlashtirishi, shuningdek, bolalarda musiqadan foydalanish, ritmik harakat, kuyga mos his-tuyg'u uyg'otish malakalarini shakllantirishi lozim. Masalan, "Ona allasi", "Chorbog'da gullar", "Qo'g'irchoq raqsi" kabi xalq kuylariga mos raqs va qo'shiqlarni o'rganish bolalarning hissiy dunyosini boyitadi va ularning milliy madaniyatga yaqinlashishiga xizmat qiladi.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 403 Bugungi kunda estetik tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuvlar — multimedia texnologiyalari va xalq cholg'ularining audio yozuvlari orqali milliy merosni bolalarga yanada jozibali tarzda yetkazish imkonini beradi. Bu esa folklor an'analarini zamon bilan uyg'unlashtirib, bolalarning musiqiy didini kengaytirishga xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash masalasi jahon va milliy pedagogikada uzoq yillardan beri muhim o‘rin tutib kelgan. Ushbu tadqiqotni nazariy jihatdan asoslash maqsadida pedagogika, musiqa psixologiyasi, san'atshunoslik sohalaridagi yetakchi olimlarning ilmiy ishlari atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, L. S. Vygotskiy, B. M. Teplov kabi psixolog-pedagoglarning bolaning his-tuyg‘ularini rivojlantirishda san'atning o‘rni haqidagi klassik nazariyalari o‘rganildi. Mahalliy tadqiqotlar doirasida esa K. Zokirov, B. Oripov, A. Avloniy kabi mutafakkirlarning milliy tarbiya, estetik did va musiqa ta'limiga oid ishlari chuqur o‘zlashtirildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, milliy musiqa merosi va folklor namunalarining bevosita estetik tarbiya jarayoniga integratsiyalashuvi bolada nafaqat go‘zallikni idrok etishni, balki madaniy identifikatsiya (o‘zlikni anglash) tuyg‘usini ham mustahkamlaydi. Shuningdek, mavjud o‘quv dasturlari va metodik qo‘llanmalar tahlil qilinib, ularda milliy folklor materiallaridan foydalanish darajasi va tizimlilik holati baholandi. Adabiyotlar tahlili natijasi ushbu tadqiqotning nazariy asosini tashkil etdi va milliy musiqa vositasida estetik tarbiyalashning o‘ziga xos usullarini ishlab chiqish zarurligini isbotladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – maktabgacha ta’lim sharoitida milliy musiqa va folklorning estetik tarbiyaga ta’sirini ilmiy-amaliy jihatdan asoslashdan iborat bo‘ldi. Ushbu maqsadga erishish uchun nazariy va empirik (amaliy) usullar kompleksidan foydalanildi. Nazariy usullar ichida pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish va sintez qilish asosiy o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, milliy pedagogik qarashlarni xorijiy tajribalar bilan taqqoslash usuli yordamida folklor materiallarini ta’limga joriy etishning universal va o‘ziga xos mexanizmlari aniqlandi. Empirik usullar doirasida:
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 404 Pedagogik kuzatuv orqali tanlangan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning musiqa mashg‘ulotlaridagi faolligi, hissiy reaksiyalari va xalq musiqasi elementlariga munosabati tizimli ravishda qayd etildi. 1. Suhbat va intervyu usullari orqali tarbiyachilarning milliy musiqani o‘rgatishdagi metodik yondashuvlari, tajribalari va mavjud muammolari haqida ma’lumotlar to‘plandi. 2. Tadqiqotning eng muhim qismi pedagogik eksperiment (tajriba-sinov) bo‘ldi. Eksperiment uch bosqichda amalga oshirildi: konstatatsiya (mavjud holatni aniqlash), formativ (milliy musiqa asosida ishlab chiqilgan yangi didaktik materiallar va usullarni joriy etish) va nazorat (tajriba guruhidagi natijalarni nazorat guruhidagilar bilan taqqoslash). 3. Olingan natijalar ishonchliligini ta’minlash maqsadida matematikstatistik tahlil usulidan foydalanildi, bu esa milliy musiqa merosini qo‘llashning estetik tarbiyadagi ijobiy ta’sirini miqdoriy jihatdan asoslash imkonini berdi. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, maktabgacha ta'lim muassasalarida milliy musiqa va folklorga asoslangan o'quv dasturlarini joriy etish, ta'lim jarayonida ulardan tizimli va ijodiy foydalanish yosh avlodni estetik jihatdan barkamol, ma'naviyatli va o'z milliy merosiga sadoqatli shaxs qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Ahmedova M. Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy oʻyinlar orqali estetik tarbiyalash. – Toshkent: Innovatsiya, 2021. 2. Qodirova F., Toshpoʻlatova Sh. va b. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2019. 3. Teplov B. M. Psixologiya muzыkalnыx sposobnostey. – Moskva: Nauka, 1961. 4. Vygotskiy L. S. Psixologiya iskusstva. – Moskva: Iskusstvo, 1987.