MAKTABGACHA TA'LIMDA SAN'AT, MUSIQA VA IJODIY FAOLIYAT ORQALI BOLALARNI ESTETIK TARBIYALASH
Abstract
Bolalarda goʻzallik haqidagi bilimlar atrof voqelikni uningbutun xilma-xilligida, shuningdek,goʻzallik eng koʻp jamlangan holda aks etadigansan'atni estetik oʻzlashtirish jarayonida tarkib toptiriladi. Hayot xilma-xilligi,san'at turlari va janrlarning xilma-xilligiga sabab boʻladi. Estetik his-tuygʻuinsonni qurshab turgan muhitdagi ruhiy tuygʻu paydo qiluvchi goʻzallik vaxunukliknk,ulugʻvorlik va pastkashlikni,fojiaviylik va kulgulilikni idrok etish vabaholash qobiliyatidir.
Full text
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 405 MAKTABGACHA TAʼLIMDA SANʼAT, MUSIQA VA IJODIY FAOLIYAT ORQALI BOLALARNI ESTETIK TARBIYALASH Norqobilova Mohira Faxriddin qizi Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 2-kurs 104-guruh talabasi Tel: +998972431731 Annotatsiya: Bolalarda goʻzallik haqidagi bilimlar atrof voqelikni uning butun xilma-xilligida, shuningdek,goʻzallik eng koʻp jamlangan holda aks etadigan sanʼatni estetik oʻzlashtirish jarayonida tarkib toptiriladi. Hayot xilma-xilligi, sanʼat turlari va janrlarning xilma-xilligiga sabab boʻladi. Estetik his-tuygʻu insonni qurshab turgan muhitdagi ruhiy tuygʻu paydo qiluvchi goʻzallik va xunukliknk,ulugʻvorlik va pastkashlikni,fojiaviylik va kulgulilikni idrok etish va baholash qobiliyatidir. Kalit soʻzlar: sanʼat, musiqa, ijodiy faoliyat, estetik tarbiya,bolalar. ТВОРЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ – ОСНОВА ЭСТЕТИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ ДЕТЕЙ Аннотация: Знание красоты у детей формируется в процессе эстетического освоения окружающей действительности во всем ее многообразии, а также искусства, в котором красота наиболее концентрируется. Многообразие жизни обуславливает разнообразие видов и жанров искусства. Эстетическое чувство – это способность воспринимать и оценивать красоту и безобразие, величие и низость, трагизм и юмор, что создает духовное чувство в окружающей человека среде. Ключевые слова: искусство, музыка, творческая деятельность, эстетическое воспитание, дети.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 406 CREATIVE ACTIVITY IS THE BASIS OF THE AESTHETIC DEVELOPMENT OF CHILDREN Annotation: Knowledge of beauty in children is formed in the process of aesthetic assimilation of the surrounding reality in all its diversity, as well as art, where beauty is most concentrated. The diversity of life causes a variety of types and genres of art. Aesthetic feeling is the ability to perceive and evaluate beauty and ugliness, grandeur and baseness, tragedy and humor, which creates a spiritual feeling in the environment surrounding a person. Keywords: art, music, creative activity, aesthetic education, children. Mamlakatimizda bolalarga musiqiy-estetik tarbiya berish bilan ko‘plab tashkilotlarshug‘ullanib, ularning barchasini bir maqsad – barkamol, ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash mujassam etgan.Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musiqiy ta’limning vazifalari va mazmuni hartomonlama shaxsiy rivojlanishning umumiy maqsadlari estetik tarbiya bilan belgilanadi.Ma’lumki, bunday maqsadlar: bolalarni san’at sohasidagi faoliyatga yetkazish, estetik idrok etish va musiqiy asarga hissiy munosabatni rivojlantirish, musiqaga muhabbatni tarbiyalash, musiqiy mahoratni, musiqiy didni rivojlantirish va ishtiyoqni tarbiyalash, musiqiy faoliyatda o‘z qobiliyatini ifodalash, ya’ni bolalarning badiiy va ijodiy sevimli mashg‘ulotlarini rivojlantirishni o‘zida mujassam etgan.Musiqiy ta’lim, musiqiy faoliyat - estetik tarbiyaning markaziy tarkibiy qismlaridan biri –maktabgacha yoshda bolalarning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Tasviriy faoliyat bo'yicha maktabgacha ta'lim tashkiloti dasturi bolalarda tevarak atrofga nisbatan qiziqishni uyg'otish estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy qobiliyat va tasvirlashni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning kattakichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish bu estetik sezgining
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 407 bo'laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi - rangi, ritmi, proporsiyani chuqurroq sezish bilan bog'liqdir Maktabgacha yosh -bu o'zini yorqin ifoda etish, ijodiy qobiliyatlarni namoyon qilish, bolaning ijodkorligini rivojlantirish uchun eng qulay davr hisoblanadi.Bugungi kunda MTT tarbiyachilarining eng ustuvor vazifalaridan biri "Ijodkor bolani" tarbiyalashdir. Bu jarayon qanchalik erta boshlansa samarasi shunchalik barvaqt namoyon bo'ladi va bolaning butun hayotiga ijobiy ta'sir qiladi. Ijodkorlik yangi tadqiqot predmeti emas. Biroq, ilgari jamiyatda odamlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida ehtiyoj yo'q. Tasviriy faoliyat nafaqat motorikani rivojlantiradi, balki bolada vizual tafakkurni o‘stiradi. Oxirgi yillarda olib borilgan psixologik kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bola rasm chizar ekan: avval rang orqali his-tuyg‘usini ifodalaydi, keyin shakl orqali tasavvurini mustahkamlaydi, eng so‘nggi bosqichda esa mavzuni mazmunan bog‘ladi. Maktabgacha ta’limda estetik tarbiya endilikda faqat ranglarni tanish yoki qo‘shiq aytish emas, balki: Bola hissiyotlari va ichki tajribasi bilan ishlash; Tasviriy va musiqiy idrokni birlashtirish; Sanʼat orqali muloqot qilish. Individual ijodiy “ifoda uslubini” shakllantirish kabi keng maʼnoviy jarayonni o‘z ichiga oladi. Bugungi metodik qarashlarga ko‘ra, estetik tarbiya bola ongiga “tayyor obraz” berish emas, balki unda obraz yaratish ehtiyojini uyg‘otish sifatida qaralmoqda. Xulosa. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida san'at, musiqa va ijodiy faoliyat orqali amalga oshiriladigan estetik tarbiya bolaning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, maktabgacha yoshdagi bolalarni san'at va ijodiy faoliyat orqali estetik tarbiyalash ularning go'zallikni idrok etish qobiliyatini, kreativligini, emotsional barqarorligini va ijtimoiy-madaniy
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 408 kompetentsiyalarini rivojlantiradi hamda kelajakda kamol topgan shaxsni shakllantirish uchun mustahkam zamin yaratadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2006. 2. Saidov A., Qodirov K. Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi. – Toshkent: Oʼqituvchi, 2010. 3. Rahimovaa D.S. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni estetik tarbiyalashning pedagogik shartlari // Pedagogik ta'lim. – 2019. 4. Yusupova Sh.T. Maktabgacha ta'limda san'at vositalari orqali bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish // Zamonaviy ta'lim. – 2020.