INTEGRATION OF STEAM ELEMENTS IN PRIMARY EDUCATION
Abstract
Mazkur maqolada STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika) ta’lim yondashuvining boshlang‘ich maktab darslariga integratsiya qilinishining ahamiyati va afzalliklari yoritilgan. Unda STEAM elementlari orqali o‘quvchilarda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, jamoaviy ishlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalari qanday rivojlanishi tushuntirilgan.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 271 STEAM ELEMENTLARINING BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTEGRATSIYASI Bozorov Nurbek Alisher O‘g‘li Termiz davlat pedagogika instituti magistranti Annatatsiya. Mazkur maqolada STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika) ta’lim yondashuvining boshlang‘ich maktab darslariga integratsiya qilinishining ahamiyati va afzalliklari yoritilgan. Unda STEAM elementlari orqali o‘quvchilarda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, jamoaviy ishlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalari qanday rivojlanishi tushuntirilgan. Kalit so’zlar. STEAM intigratsiya, STEAM elementlari, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, mantiqiy intigratsiya, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika, motivatsiya. KIRISH Zamonaviy taʼlim jarayonida o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, ularni real hayotiy vaziyatlarda mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilishga tayyorlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ta’lim–mamlakat kelajagining ko’zgusi. Bilimni boyitish amaliy jihatdan kasbiy ko’nikmalarni shakllantirishga erishishdagi imkoniyatlaridan keng foydalanish ta’lim va tarbiya jarayoning alohida amaliy ahamiyatini aks ettiradi. Bu hozirgi kunda ta’lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi bilvosita aloqadorlikni ta’minlashga nisbatan dolzarb talablarni shakllantiradi. Bu esa ta’lim va ishlab chiqarishning o’rtasidagi bilvosita aloqadorlikni zamonaviy o’qitishning STEAM texnologiyalaridan keng foydalanishning yangi usullarini ishlab chiqishga undaydi. STEAM konsepsiyasining markazida fanlararo uyg‘unlik turadi. Anʼanaviy ta’limda har bir fan alohida o‘rganilgan bo‘lsa, STEAM yondashuvi ularning ichki bogʻliqligini ochib berishga xizmat qiladi. STEAM elementlarini integratsiya qilishning afzalliklari 1. Mantiqiy va tanqidiy fikrlashni shakllantiradi. 2. Muammo yechish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 3. Ijodkorlikni rag‘batlantiradi. 4. Texnologik savodxonlikni oshiradi. 5. Jamoada ishlash madaniyatini kuchaytiradi. O‘quvchilar muayyan muammo yoki mavzu asosida guruhlarda ishlaydi, STEAM fanlari integratsiyalashgan holda amaliy loyiha yaratadilar. Bu metod ijodkorlik va jamoaviy ishlashni rivojlantiradi. Fanlararo integratsiya metodi Turli fanlardagi bilimlar bir mavzu doirasida uyg‘unlashtiriladi. Masalan, matematika darsida texnologik qurilmaning hisob-kitobi, sanʼat darsida uning dizayni bilan bog‘liq topshiriqlar beriladi. Tadqiqotga asoslangan o‘qitish (Inquiry-Based Learning) O‘quvchilar o‘z savollariga javob topish maqsadida tajriba o‘tkazadilar, kuzatadilar va tahlil qiladilar. Bu metod tanqidiy fikrlashni kuchaytiradi. Muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan yondashuv (ProblemBased Learning) Haqiqiy hayotga yaqin muammolar asosida dars tashkil qilinadi. O‘quvchilar muammoni tushunish, tahlil qilish va yechim topish bosqichlarini o‘zlashtiradilar. Fanlararo yondashuv shakllanadi — STEAM taʼlimi darslarda turli fanlar o‘rtasida bog‘liqlikni anglash imkonini yaratadi, bu esa bilimlarning yaxlit tushunilishini taʼminlaydi. Motivatsiya va qiziqish ortadi — Interaktiv va amaliy darslar orqali o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi oshadi, ularning o‘quv faoliyatida faolligi kuchayadi. Amaliy va texnik ko‘nikmalar rivojlanadi — Texnologik vositalar, sanʼat va muhandislik elementlarining darslarga kiritilishi
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 272 o‘quvchilarning qo‘llanma asosida ishlash va ijod qilish ko‘nikmalarini oshiradi. Ijtimoiy ko‘nikmalar shakllanadi — Jamoada ishlash, fikr almashish, birgalikda muammoga yechim topish orqali bolalarda hamkorlik, muloqot va masʼuliyat hissi rivojlanadi. Samaradorlikni oshirish zarur — STEAM taʼlimidan to‘liq foyda olish uchun infratuzilmani rivojlantirish, o‘qituvchilarni maxsus tayyorlash va metodik taʼminotni kuchaytirish lozim. STEAM yondashuvi nafaqat o’rganish metodi, balki fikrlash usuli hamdir. STEAM ta’lim muhitida bolalar bilimga ega bo’lib, shu bilimdan foydalanishni darhol o’rganadilar. Shuning uchun ular o’sib, haqiqiy dunyoda istalgan hayot muammosiga duch kelganda, bu xoh ifloslanish yoki iqlimning global o’zgarishi bo’lsin, bunday murakkab masalalarni faqat turli fanlardan olgan bilimlarga tayanish va birgalikda ishlash orqali hal qilish mumkinligini tushunadilar. Faqat bitta fandan olgan bilimlariga tayanish yetarli bo’lmay qoladi. Mamlakatimiz miqyosida turli fanlarni o‘zaro bog‘liqligi hamda integratsion ta’limni amalga oshirishda R.Safarova, E.Turdiqulov, A.Musurmonov, R.Mavlonova, P.Musayev, M.Ashirova, Sh.Yusupova kabi olimlarimizning ilmiy tadqiqot ishlarida amliy jihatlarni ko‘rishimiz mumkin xususan, J.E.Pardaboyev maktabdan tashqari ta’limda STEAM yondashuvi asosida kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borgan bo‘lsa, M.M. Mirqosimova masofaviy ta’lim sharoitida o‘quv fanlarini integratsiyalash tamoyillari bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. Shu o‘rinda N.Fayzullayeva D.Shodiyev, N.Shodiyev va boshqalarning fanlararo bog‘lanish muammolari bo‘yicha olib borilgan ilmiy–tadqiqot ishlarini qayd etishimiz mumkin Jumladan B.S.Abdullayeva fanlararo aloqadorlikning metodologikdidaktik asoslari borasida tadqiqotlarni olib borib, uni to‘rtta qismga bo‘lib o‘rganadi. MDH davlatlarida STEAM fanlar ta’limini amalga oshirish muammosi o‘tgan o‘n yil ichida ko‘pchilik tadqiqotchilarni e’tiborini o‘ziga jalb qilgan xususan, rossiyalik olimlar S.A.Lovyagin va A.S.Obuxov STEAM fanlar integratsiyasi orqali amaliy topshiriqlarni bajarishga qaratilgan amaliyotlarni yaratishni boshladilar va MDPUda fizika va STEAM ta’limi bo‘yicha magistrlik dasturini ishga tushirdilar. STEAM fanlarini tarkibi bo‘lgan matematika va fizika fanlari ta’limi asosida muhandislikni amalga oshirish muammosi esa A.N.Kolmogorov, L.D.Kudryavsev, B.V.Gnedenko, S.M.Nikolskiy T.M.Aliyeva, Y.V.Bulicheva, N.N.Lemeshko va boshqalarning ilmiy– tadqiqot ishlarida qarab chiqilgan. STEAM ta’lim dasturlarini joriy etish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda A.O.Repin D.A.Krilov, D.V.Livanov, va boshqalar STEAM ta’limining psixologik va pedagogik shart-sharoitlari muammolari o‘rganish bo‘ycha V.I. Slobodchikov, Y.I.Isayev, A.B.Teplova kabi olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishganlar Xulosa STEAM taʼlim yondashuvini boshlangʻich maktab darslariga integratsiya qilish o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun samarali vosita hisoblanadi. Ushbu yondashuv o‘quvchilarning fanlararo bog‘liqlikni anglashini kuchaytiradi, ularni hayotiy muammolarni hal qilishga tayyorlaydi hamda darslarga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyani oshiradi. STEAM-elementlaridan darsda qo’llasak, o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishlari oshadi.Dunyoqarashi o’zgaradi ya’ni kengroq fikrlashga imkon yaratadi. Hamda har doim dars qiziq bo’lsa o’quvchilar shu darsni kutib yashashadi,boshqani darsini qilmasa ham shu fanni darslarini to’liq bajarishga harakat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 273 1. Bekturov, A. (2019). Boshlang‘ich maktabda STEAM taʼlimini tashkil etishning metodik asoslari. Pedagogika va innovatsiyalar, 6(3), 28-35. 2. Davis, E. A., & Wilcock, J. (2017). Integrating STEM in Early Childhood Education: Challenges and Strategies. Early Childhood Research Quarterly, 39, 76-88. 3. Kazakov, S. (2020). STEAM taʼlim yondashuvi va uning taʼlim jarayonidagi o‘rni. Taʼlim va rivojlanish, 10(1), 45-52. 4. Xolmanova, Z. (2020). Kompyuter lingvistikasi. Nodirabegim:.-Toshkent.