QO'SHIQ JANRLARINING - INSON NUTQI SHAKLLANISHIDAGI AXAMIYATI
Abstract
Mazkur maqolada qo‘shiq janrlarining inson nutqmadaniyatini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Qo‘shiq insontafakkuri, his-tuyg‘ulari va nutq madaniyatining rivojlanishiga ijobiy ta’sirko‘rsatuvchi eng muhim san’at turlaridan biri sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotdaqo‘shiq janrlarining ritmik, melodik va matniy tuzilmalari orqali talaffuz,ohangdorlik va so‘z boyligini oshirishdagi pedagogik imkoniyatlar ko‘rib chiqilgan.Shuningdek, bolalar nutqining shakllanishida qo‘shiqlarning ta’sirchanligi hamilmiy asosda asoslab berilgan.
Full text
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 451 QO‘SHIQ JANRLARINING - INSON NUTQI SHAKLLANISHIDAGI AXAMIYATI. Elmurod Sotvoldiyev Qo‘qon davlat universiteti o‘qituvchisi Annotatsiya: Mazkur maqolada qo‘shiq janrlarining inson nutq madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Qo‘shiq inson tafakkuri, his-tuyg‘ulari va nutq madaniyatining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim san’at turlaridan biri sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda qo‘shiq janrlarining ritmik, melodik va matniy tuzilmalari orqali talaffuz, ohangdorlik va so‘z boyligini oshirishdagi pedagogik imkoniyatlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, bolalar nutqining shakllanishida qo‘shiqlarning ta’sirchanligi ham ilmiy asosda asoslab berilgan. Kalit so‘zlar:Qo‘shiq, nutq, madaniyat, janr, talaffuz, ohang, estetik tarbiya, pedagogika. АКСИОМА ПЕСЕННЫХ ЖАНРОВ В ФОРМИРОВАНИИ ЧЕЛОВЕЧЕСКОЙ РЕЧИ. Аннотация:В статье рассматривается значение песенных жанров в формировании речи человека. Песня, как один из самых выразительных видов искусства, оказывает положительное влияние на мышление, эмоции и культуру речи. Анализируются ритмические, мелодические и текстовые особенности песен, способствующие улучшению произношения, интонации и обогащению словарного запаса. Особое внимание уделено роли песен в развитии речи детей и их педагогическому потенциалу. Ключевые слова: песня, речь, культура, жанр, произношение, мелодия, эстетическое воспитание, педагогика.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 452 THE RELEVANCE OF SONG GENRES - IN THE FORMATION OF HUMAN SPEECH. Annotation:This article explores the significance of song genres in the formation and development of human speech. Song, as one of the most expressive forms of art, positively influences thinking, emotions, and speech culture. The study analyzes how rhythm, melody, and lyrics in various song genres contribute to improving pronunciation, intonation, and vocabulary. The role of songs in shaping children’s speech and communication skills is also discussed from a pedagogical perspective. Keywords: Song, speech, culture, genre, pronunciation, melody, aesthetic education, pedagogy. Kirish. Inson nutqining shakllanishi – bu murakkab psixologik va ijtimoiy jarayon bo‘lib, u atrof-muhit, tarbiya, san’at va madaniyat bilan uzviy bog‘liqdir. Qo‘shiq esa nutqni rivojlantiruvchi, his-tuyg‘ularni ifodalovchi, so‘z boyligini kengaytiruvchi san’at vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, bolalik davrida qo‘shiqlar orqali talaffuz, ohang va nutq tezligi tabiiy ravishda shakllanadi. Shu bois musiqiy tarbiya jarayonida qo‘shiq janrlarini to‘g‘ri tanlash va ularni nutq rivojida qo‘llash o‘qituvchi oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.Musiqa ijrochiligini rivojlanishida qo‘shiq janrlari - inson nutqi shakllanishi bilan xalq og‘zaki badiiy ijodining kadimiy tur va janrlari ham qorishiq holda yuzaga kela boshladi. Kishilik badiiy tafakkurining turli shakllarini o‘z ichiga olgan bu sintetik ijod namunalari ibtidoiy inson maishati va faoliyatining barcha jihatlari bilan mahkam bog‘langan bo‘lib, qadimgi odamlarning diniy e’tiqodiy va mifologik qarashlarini, boshlang‘ich ilmiy, ya’ni empirik bilimlarini, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan. Biroq, qadimiy folklorning bunday namunalari bizgacha yetib kelmagan, balki ularning izlari va ayrim qismlari xalqning yashash va turmush tarzi bilan bog‘liq turli-tuman tasavvur va qarashlarida, xalq urf-odatlari, udumlari, marosimlari, bayramlari tarkibida, ba’zi bir yozma manbalarda, keyingi
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 453 davrlarda yozib olingan folklor asarlarida qoldiq holidagina saqlanib qolgan.Qo‘shiq-inson ruhining tarjimoni. U beshikdan qabrga qadar qo‘shiq tinglaydi. Qo‘shiq bilan dil rozini bayon etadi. Qayg‘uli kunlarida ham, quvonchlidamlarida ham qo‘shiq bilan hamnafas bo‘ladi, qo‘shiq og‘ushida bo‘ladi, qo‘shiq yaratadi. Rivoyat qilinishicha, inson tanasiga Olloh ruhni qo‘shiq orqali olib kirgan deyishadi. Shunday ekan, uning butun turmush tarzi va hayoti qo‘shiqlarda o‘z in’ikosini topgan. Qo‘shiqlarda xalq hayoti, milliy urf-odati, qadriyat va an’analari butun qirralari hamda jozibasi bilan o‘z ko‘rinishiga ega. Qo‘shiqlarda xalq tafakkuri, dunyoqarashi va o‘ziga xos tabiati mujassamlashgan.O‘zbek musiqashunosligida ham qo‘shiq janri tahlili, uning badiiy jilvakorlikka nihoyatda boyligi-yu, ifodaviyliklari sermazmun ekanligi ko‘pgina tadqiqotchi olimlarimiz tomonidan tadqiq etilgan. Ularning juda ko‘p qismi yozib olinib, ma’naviy merosimizga aylantirilgan. Ayniqsa, bu sohada o‘zbek milliy qo‘shiqshunoslar Muzayyaia Alaviya, filologiya fanlari doktori, professorlar T.Mirzayev, M.Jo‘rayev, D.O‘rayeva filologiya fanlari doktori A.Musoqulov, olim R.Nosirov, tadqiqotchi N.Ortiqmatov va boshqalarning qo‘shiq janri rang-barangligi, lirik ohangdorligi, poetik xususiyatlari atroflicha tahlil etilgan. Yana taniqli olim Ergash Ochilovning "Shodashoda marvarid” nomli o‘zbek xalq qo‘shiqlarining to‘plab nashr etilishi ham ulkan yutuqlardan biridir. Shuningdek, musiqashunosligimiz zamiridagi o‘zbek xalq qo‘shiqchiligini o‘rganish, uni tadqiq etishga katta ahamiyat berilmoqda. Xususan, professor O.Safarovning, “To’y muborak, yor-yor" asariga kiritilgan nikoh marosimi bilan bog‘liq marosim qo‘shiqlari, “Buxorcha” va “Mavrigi" taronalari asarlari salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi. Kitobda faqat Buxoroga xos bulgan turkumlarning poetik tarkiblari, turkumlarning tarixiy genetik asoslari, ijro usullari va kompozitsion xususiyatlari mahorat bilan talqin etilgan. Bundan tash-qari, Akademik Y.Rajabiy tomonida chop etilgan “O‘zbek halq musiqasi” kitobida xalq qo‘shiqlari va termalari to‘planib jamlangan. Kitobning muvoffaqiyatli tomoni shundaki, unda o‘zbek xalq qo‘shiqlari janri tarkibi jihatidan boy zkanligi e’tirof etilib, yozib olingan qo‘shiq va termalar shu janr mavzusiga xos guruhlarga ajratib
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 454 keltirilgan. Xalq qo‘shiqlarining mehnat, lirik, nikoh to‘yidan tashqari, satirik va yumoristik qo‘shiqlar, motam qo‘shiqlari, mavsumiy qo‘shiqlar, zamonaviy va axloqiy qo‘shiqlar, bolalar folkloridagi munojot, nasihat janridagi qo‘shiqlar ham yangi ko‘rinishdagi qo‘shiq namunalaridir. O‘zbek xalqi lirik qo‘shiqlarida badiiy tasviriy vositalari rang-baranglari bilan ajralib turadi. Undagi har bir ibora o‘xshatish, takror, ritm, jonlantirish, sifatlash va ramz kabilar shaxs ruhiyatining turli kechinmalar suratini ifodalashda aniq bo‘lak vazifasini bajaradi. Chunonchi, mashhur “Sunbula” qo‘shig‘idagi o‘xshatish xar bir bola ongida umrbod muhrlanib qolgandir. Bu o‘xshatish firoq o‘tida yongan har qanday oshiq kungliga malham bo‘la oladi: Bu dunyoda bor bo‘lsa, Yurak-bag‘ri butuni. Qog‘ozdan o‘choq yasab, Guldan qilay o‘tinni Qadamingga gullar bchilsin! Shu narsa aniqki, inson bu olamda yashar ekanmi, albatta u bir narsani qo‘lga kiritsa, bir narsani yuqotadi. Baxt qatida qandaydir baxtsizlik tuyg‘ulari, ya’ni sarflangan behad kuch, g‘am-tashvish, alam, o‘kinchlik va armon kabilar ham yashiringan bo‘ladi. Insonga baxt shu yo‘qotishlar evaziga beriladi. Bu hayot shartidir. Qog‘ozdan hech qachon o‘choq yasab bo‘lmaganidek, gul hech qachon o‘tin vazifasini bajarmaganidek to‘la-to‘kis, yo‘qotishsiz baxtga erishib bo‘lmaydi, degan hayot haqiqati bu o‘xshatish orqali yorqin bayon etilgan. Qo‘shiqlarda takrorlash san’ati alohida o‘rin egallaydi, Bu takrorlar so‘zda, undovlarda, misralarda va naqarotlarda ko‘p qo‘llaniladi va har biri muayyan poetik vazifa bajaradi: Oh, ukajonim-yey, Quralay ko‘zim-yey. Ranginamni sariq qilgan Shul qalam qosh-yoy Qo‘shiqlarda yor-yor takrori ko‘p uchraydi. Buning asl moxiyati yoryor - nikoh to‘yi marosimini ifoda etadi. Ushbu marosim bilan bog‘lik ibora an’anaviy takror turlaridan biri bo‘lib, u qo‘shiqlarda ritmik musiqaviylikni yaratishda muhim vazifa bajaradi:
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 455 Qoshingni karo, deydilar ,qora ko‘z ukam, yor-yor Shirin so‘z ukam, yor-yor, ko‘rsat qoshingni bir ko‘rayin Jonim ukam-yey.yor-yor. Bizning davrimizda xalq qo‘shiqlarini ijro etishga bo‘lgan qiziqish yanada kuchaydi. Ular xalq kuyida, estrada janrida va terma yo‘lida kuylanib kelinmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston xalq artista Farrux Zokirov, Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov. Gulsanam Mamazoitova, respublikada xizmat ko‘rsatgan artistlar Hosila Raximova, Xurshid Rasulov, kabi san’atkorlar repertuaridagi milliy o‘zbek qo‘shiqlari xalqimizga manzur bo‘lmoqda. Qo‘shiq – keng ma’noda she’riy-musiqiy janr, vokal musikaning eng ommalashgan, ko‘proq band shakliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga mo‘ljallab to‘qilgan she’riy asarlarning umumiy ifodasi. Xalq ijodiga mansub, bastakor va kompozitorlar yaratgan, ommabop musiqa yo‘nalishi-dagi qo‘shiqlar farqlanadi. Kelib chiqishi, janri va mazmuniga qarab marosim qo‘shiqlari, ommaviy qo‘shiq, shahar, dehqon, bolalar, maishiy, harbiy, lirik, raks va boshqa qo‘shiqlar ajratiladi. Qo‘shiq quyi diapa-zoni ixchamligi, musiqa rivoji band yoki band-naqarot shakliga asoslan-ganligi, ohanglar tizimida so‘z va kuy intonatsiyalari mushtarakligi, she’riy matndagi g‘oyaviy-hissiy mazmun rivojining umumiy tarzda badiiy yakuni sifatida ifodalanishi bilan ajralib turadi. Qo‘shiqning yana o‘ziga xos tomoni — she’riy matn va kuy shakllarining o‘zaro mutanosibligi, bir xil hajmdagi tuzilmalar she’rda-band, kuyda-davrga asoslanganligidan iborat. Qo‘shiqning she’riy matnlari aniq, kompozi-siyasi, har bir bandida muayyan tugal fikr ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Sharqda xalq qo‘shiqlari o‘ziga xos milliy xususiyatlarga ega bo‘lib, O‘rta Osiyoda ir (jir), terma, o‘lan, lapar, yalla kabi nomlar bilan ataladi. Bular negizida bastakorlar ijodi, XX asrda zamonaviy qo‘shiq shakllari rivoj topgan. Yevropa professional musiqa san’atida O‘rta asrdagi shoir - xonandalar Fransiyada truver va trubadurlar, Germaniyada minnezingerlarning asarlari, meysterzingerlar sanati namunalari, Uyg‘onish davrida yaratilgan ko‘p ovozli italyan canzonetta, nemischa Lied, franiuzcha chanson, XVII – XVIII
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 456 aclardan ommaviy tuc olgan gomofoniya uslubidagi qo‘shiqlar, romantizm davridagi kompozi-torlar ijodidagi qo‘shiq, XX asra keng rivoj topgan ommaviy qo‘shiq, estrada qo‘shiqlari va boshqa professional qo‘shiqlarning rivojlanish bosqichlaridir. Shoirlardan P..Beranje, R.Byorns, R.Hamzatov, V.Visotskiy va boshqalar, O‘zbekistonda Hamza, Habibiy, Sobir Abdulla, Mirtemir, Chustiy, T.To‘la, P.Mo‘min, N.Narzullayev, Muhammad Yusuf, E.Voxidov, J.Jabborov va boshqalar-ning qo‘shiq she’riyati rivojidagi xizmatlari katta. Tor ma’noda qo‘shiq – o‘zbek xalq ijodidagi janr ko‘sh qofiya bilan boshlanuvchi, asosan, 7-8 xijoli barmoq vaznidagi to‘rtliklar bilan kuylanadigan, band shaklli aytim turi. Birinchi she’r to‘rtligi kofiya-lari aaaa. aava, aavv yoki aavs nisbatida bo‘lishi mumkin. O‘zbek qo‘shiq-larida birinchi bandi odatda to‘rt she’riy misra va ularni kuylashga asos bo‘lgan nisbiy tugal ohang tuzilmalari uyg‘unligidan tashkil topadi. Kuy tuzilmalari soni 2-4 bo‘lib, ularning o‘zaro nisbatlari esa asosiy jumlani takrorlash, o‘zgartirish yoki ma’lum darajada rivojlangan yangi jumla bilan yakunlash kabi vositalardan iborat. O‘zbek qo‘shiqlari, ashuladan farqli o‘laroq, kichik ovoz doirasida asosan, kvinta - seksta diapazonida bo‘lib, ba’zan doira jo‘rligida ijro etiladi. Kuychan ohangli qo‘shiqlar, asosan lirik mavzudagi namunalarda uchraydi. Boshqa qo‘shiqlarda kuychanlik xususiyatiga ega cho‘zimli ohanglar uchrasada, ular ko‘proq qo‘shiqning yakunlanishi arafasida namoyon bo‘ladi. Qo‘shiq janrlarining inson nutqini shakllantirishdagi o‘rni beqiyosdir. U nafaqat talaffuzni to‘g‘rilaydi, balki nutqning ohangdorligini, ifodaviyligini oshiradi, shaxsning estetik didi va madaniyatini boyitadi. Shu sababli, ta’lim-tarbiya tizimida qo‘shiq janrlaridan samarali foydalanish nutq madaniyatini yuksaltirishning muhim vositasidir.O‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rganish - milliy madaniyatimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat va ehtiromimiz namunasi. Har bir qo‘shiq xalqimiz ijodkorligi sanalib, yuksak ma’naviyatimiz ummoniga qo‘shilgan beqiyos xazinadir.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 457 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1.Kobilova, Ezozkhon Bakirovna. "Classical music and youth education." Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 12.9 (2022): 126-130. 2.Azizkhonova, M., and E. Qobilova. "IMPORTANCE OF MUSIC EDUCATION IN FORMING YOUTH'S MUSICAL CULTURE AND SPIRITUALITY." Oriental Art and Culture 3.1 (2022): 51-57. 3.QOBILOVA, E’ZOZXON. "Forming A Sense Of Love For The Profession By Teaching Labor Songs To 4th Class Students In Music Culture Lessons." Journal of Positive School Psychology 7.2 (2023). 4.E.Qobilova Developing methodological competence in future music teachers. Qo‘qon DPI. Scientific Reports 2024 Issue 3, page 722 5. E’zozxon Qobilova THE EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF COOPERATION BETWEEN SCHOOL AND FAMILY IN SHAPING MUSICAL CULTURE AMONG YOUTH. International Journal of Pedagogics.(ISSN – 27712281) VOLUME 04 ISSUE 10 PAGES: 162-166 6.Qobilova, E. (2024). THE IMPORTANCE OF MUSIC TEACHING IN EDUCATION. QO‘QON UNIVERSITY NEWSLETTER, 12, 99–100. https://doi.org/10.54613/ku.v12i.999 7.E. Qobilova.Boʻlajak musiqa oʻqituvchilarida metodik kompetentlikni rivojlantirish. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2024 3-son 722bet.SAN’ATSHUNOSLIK (MUSIQA, TASVIRIY SAN’AT) Orcid: 0009-00011275-3080 8.E.Qobilova .Yoshlarda musiqiy madaniyatni shakllantirishda maktab va oila hamkorligining tarbiyaviy ahamiyati. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2024 4-son 383bet SAN’ATSHUNOSLIK (MUSIQA, TASVIRIY SAN’AT)