scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIMDA SANAT, MUSIQA VA IJODIY FAOLIYAT ORQALI BOLALARNI ESTETIK TARBIYALASH

Toshmurodova Marjona Termiz Davlat Pedagogika Instituti Maktabgacha va Boshlang'ich ta'lim fakulteti MTPP yo'nalishi 3- kurs talabasi

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta'limda bolalarning ijodiyqobilyatlarini namoyon etishda ularga musiqa, sanat orqali talim tarbiya berishijodiy qobilyatlarni yuksaltirishda ma'naviy yondashuv , estetik va ma'naviyuyg'unlikning bolaga tasiri haqida ma'lumot keldirilgan

Full text

MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 485 MAKTABGACHA TA'LIMDA SANAT, MUSIQA VA IJODIY FAOLIYAT ORQALI BOLALARNI ESTETIK TARBIYALASH Toshmurodova Marjona Termiz Davlat Pedagogika Instituti Maktabgacha va Boshlang’ich ta’lim fakulteti MTPP yo’nalishi 3kurs talabasi Anottatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'limda bolalarning ijodiy qobilyatlarini namoyon etishda ularga musiqa, sanat orqali talim tarbiya berish ijodiy qobilyatlarni yuksaltirishda ma'naviy yondashuv , estetik va ma'naviy uyg'unlikning bolaga tasiri haqida ma'lumot keldirilgan. Kalit so'zlar: Ta'lim, tarbiya, sanat, ijodiy faoliyat, estetika, komnikatsiya, muhit, qobilyatqobilyat Аннотация: В данной статье раскрывается роль музыки и искусства в процессе дошкольного образования при развитии творческих способностей детей. Также рассматривается значение эстетического и духовнонравственного воспитания в повышении творческого потенциала, а также влияние духовного подхода и гармонии эстетических и нравственных ценностей на личность ребёнка. Ключевые слова: Образование, воспитание, искусство, творческая деятельность, эстетика, коммуникация, среда, способности. Annotation: This article explores the role of music and art in the preschool education process in developing children's creative abilities. It also discusses the importance of aesthetic and moral education in enhancing creative potential, as well as the influence of a spiritual approach and the harmony of aesthetic and moral values on a child’s personality. Keywords: Education, upbringing, art, creative activity, aesthetics, communication, environment, ability MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 486 Kirish: Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojida san’atning tutgan o‘rni beqiyosdir. Ularning estetik didini shakllantirish, tasavvur va ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda “San’at” markazi muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy pedagogik qarashlar bolalar uchun ijodiy muhitni shakllantirishni zarurat deb hisoblaydi. Shu sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida san’at faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va uni moddiy-texnik jihatdan to‘liq ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida san'at markazidagi faoliyatni qanday tashkil etamiz? degan savol tug'ilishi tabiiy. San'at markazi bog'chadagi tinch markazlardan biri bo'lib, ushbu rivojlantiruvchi markazni jihozlashda qanday jihozlar, ko'rgazmalar, o'quv qurollari bo'lishi lozim. Albatta bu markazda rangli qalamlar, rangli bo'yoqlar, plastlin, har bir bola uchun aloxida loy ishida foydalanishga doskacha, rasmlarni kraskada bo'yash uchun mo'yqalamlar, oq qog'oz, yelim, rangli qog'oz, yelimli qog'ozlar, bezaklar, qaychi hamda bolalarni ijodiy yondashishga va fikirlashga yordam bera oladigan mavzuga oid ko'rgazmalar bo'lishi va na'muna uchun suratlar asosida jihozlashimiz maqsadga muvofiqdir. San'at markazida bolalar rasm chizish, applikatsiya qilish, plastlindan narsa yoki buyumlar yasashni o'rganadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar shug'ullanadigan badiiy faoliyatning har bir turi ham umumiy estetik ta'sirdan tashqari o'zining maxsus ta'sir kuchiga ega. Sa'nat markazida o'yinlar tasviriy faoliyat, rasm chizish, plastilin (loy) bilan ishlash, applikatsiya turlariga bo'linadi. Bolalar yoshiga qarab, 6-7yoshli bolalar esa qaychidan ham tarbiyachi yordami va nazorati ostida qog'ozlarni qirqishda foydalanadilar. San'at markazida bolalar bilan: badiiy didni tarbiyalash; amaliy badiiy faoliyat va malakalarni rivojlantirish; fantaziya, ijodiy fikrlash va tasavvur qilish, idrok qilishni rivojlantirish; qo'lning aniq harakatlari va barmoqlarning mayda motorikasini rivojlantirish; kasbiy badiiy-ijodiy faoliyat kurtaklarini namoyon bo'lishi uchun imkon yaratish kabi ta'limiy va tarbiyaviy masalalar hal etib boriladi. San'at markazida turli badiiy materiallar bilan bir qatorda tabiiy va tashlandiq materiallar ham ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 487 San'at markazida bolalarning kayfiyatini ko'tarish imkoni mavjud. Chunki bolalar san'at markazida ranglar bilan ishlaydilar. Ranglar esa o'z-o'zidan bolalarning kayfiyatlarini ko'taruvch va qiziqarli, shuningdek, yangi qobilyatlarini ochuvchi va rivojlanishiga yordam beradi. Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini qo'llabquvvatlanadi. San'atning rassomlik, haykaltoroshlik turlariga hamma uchun ham iqtidor berilmagan. Shuning uchun bu markazda kamroq bola qatnashishi mumkin. Lekin markazda kerakli jihozlarni to'liq qo'yilsa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki kechki soatlarda o'rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Markazda ishlash orqali bolaning mayda matorikasi rivojlanadi. Mayda matorikasining rivojlanishi esa bolalarning nutqini rivojlanishiga sabab bo'ladi. Nutqi rivojlangan bolalar o'qish yozish ko'nikma va malakalariga o'z xohish istaklari bilan erta qiziqa boshlaydilar va o'zlashtirishda qiynalmaydilar. Bunda ustozlari ham bilim berishda ijodkorlik bilan yondashadilar. Bolalar uchun yangi g'oyalar topish, qiziqarli usullardan foydalanish ilk yoshlaridanoq ularning bilimlarini yuksaltirib boradi. Asosiy qisim: Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musiqa ta'limi sohasidagi "birinchi qadamlar" bu bog'cha bo'lib hisoblanadi, u erda bola musiqa va musiqiy faoliyat haqidagi asosiy bilimlar bilan tanishadi. Birinchi marta ongliroq yoshda bolalar bog'chada musiqa bilan tanishadilar. Didaktik o'yinlar orqali musiqiy bilim berish va ularni qo'llash usullari haqida fikr yuritiladi. Musiqa san'ati insonning yoshligidan kuchli ta'sir o'tkazib, uning umumiy madaniy rivojida katta o'rin tutadi. Jamiyat madaniy hayotida yanada kengroq o'rin tutayotgan musiqakishiga butun hayoti davomida uning doimiy hamrohi hisoblanadi. Musiqa san'ati inson yuragiga juda chuqur kirib borib, ana shu qalb tug'yonini yorqin ifodalash qudratiga ega. Demak, ajdodlarimizga munosib voris tarbiyalashda musiqaning alohida o'rni borligi ayni haqiqat, bolani har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashdek sharafli ishni to'g'ri yo'lga qo'yish biz pedagoglarga hamda bo'lajak kadrlar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. Musiqaga yoshlikdan uyg'ongan qiziqish kishining keyingi rivojida kuchli ta'sir o'tkazadi, ko'nikma va malakalarni shakillantiradi, yuksak ma'naviy didni MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 488 o'stiradi. Musiqaning bola hissiyoti va shakillanishiga, uning mazmunini tushunish va his etishga katta ta'sirini hisobga olganda haqqoniy va voqeylikni to'g'ri aks ettirgan musiqali asardan o'rinli foydalanish alohida o'rin tutadi. Musiqali obrazlar shakillanishining asosiy manbayi tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrofolamdagi go'zallikni idrok etishiga bevosita bog'liqdir. Ibn Sino ham musiqaning hissiy ta'sir kuchini e'tirof etgan holda uni o'zining tib kitoblarida aks ettirgan hamda ruhiy kasalliklarni davolashda shifo dasturi sifatida tavsiya qilgan. "Tib qonuni" asarida bir o'rinda musiqaning ruhiy ta'sir kuchiga baho berib, go'dakning tarbiyasidagi ahamiyatini shunday ta'riflaganlar: "Go'dakning tanasi chiniqishi uchun ikki narsa zarur: biri uni asta qimirlatib tebratish, ikkinchisi onasining qo'shig'i (allasi). Birinchisi tanasiga, ikkinchisi - ruhiga tegishlidir". Har bir mutaxasis bolaga musiqaning qaysi yo'nalishini o'rganishidan qat'iy nazar uning yosh xususiyatlarini, psixologik rivojini nazarda tutishi lozim.Unda uzluksiz davom etadigan bir butun ta'lim-tarbiya jarayonining belgilovchi ilk turi "maktabgacha ta'lim" deb ataladi. Birgina shu yondashuvning o'ziyoq tarbiyaga mehribonlik va adolat bilan qarashni talab etadi. Negaki, bugunki yosh avlodlarni XXI asrda kuchga to'lib, sog'lom, bilimli, aqlli bo'lib jamiyatimizning faol a'zolariga aylantirishdek ulkan vazifa musiqa rahbari va tarbiyachi zimmasida turibdi. San'at insonparvarlik va odamiylik hamkorligi ruhida uning hissiyotini o'stirishda yordam berib, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Hozirgi zamon yoshlariga estetik idroklarini tarbiyalash borasida g'amxurlik qilar ekanmiz, san'at bilan muomala qilishdan hosil bo'ladigan his-hayajondan uni o'z hayoti va faoliyatida foydalana olishga o'rgatishimiz kerak. Estetik tarbiya keng ma’noli tushuncha bo‘lib, unga tabiat, mehnat, ijtimoiy hayot, turmush va san’atga estetik munosabatni tarbiyalash kiradi.Estetik tarbiya o‘z navbatida bolalarga har tomonlama tarbiya berishning bir qismi hisoblanadi. U, ayniqsa, axloqiy tarbiya bilan uzviy bog‘liq. San’at va hayot go‘zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, hissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 489 uning xayol va fantaziyasini ham rivojlantiradi. Bolalarda go‘zallikni idrok etishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini his eta bilish: xursandchiliklariga sherik bo‘lish, qayg‘usini birga baham ko‘rish kabi xususiyatlar tarkib toptiriladi. «Estetik tarbiya» tushunchasi bilan bir qatorda «badiiy tarbiya» tushunchasi ham mavjud. Badiiy tarbiya san’at asarlari orqali tarbiyalashdir. Estetik va axloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi shundaki kishining go‘zallikni idrok etishdan quvonishi uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo‘lishiga o‘xshab ketadi. Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadidan kelib chiqib, bolaning yosh imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda belgilanadi: 1.Bolalarni hayotdagi go'zallikni tushunishga, sevishga, tabiatda, turmushda, yaratuvchanlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, kishilaming xattiharakatlarida bolalarga tushunarli bo‘lgan go‘zalliklami ko‘ra bilishga o‘rgatish. Ularda estetik his, estetik did, estetik munosabatni tarbiyalash. Kuchlari yetganicha hayotda go‘zallik yaratishda faol ishtirok etish istagini tarbiyalash. 2.Bolalarni badiiy ijodning turli janrlarida (badiiy asar, musiqa,qo‘shiq, raqs, rasm) yaratilgan san’at asarlarini ko'rish, tushunish va sevishga o'rgatish orqali ularda estetik ong qirralarini shakllantirish; chiroylini xunukdan, g‘amginlikni xursandchilikdan farqlay olish; ranglarni, shakl, tovushlarni bir-biridan farqlay olish kabi sensor etalonlar bilan tanishtirish. 3.Bolalarni san’atning turli sohalari: ashula, o‘yin, o‘qish, qayta hikoya qilish, ijodiy faoliyatlarda yanada faolroq harakat qilish, o'zini ko‘rsata olishga o‘rgatish. Bular orqali bolalarda badiiy ijodiy qobiliyatni, xayolni o‘stirish, fazoviy va rang munosabatlarini, ko‘rish xotirasi, qo‘llarni chaqqon harakatga keltira olish malakalarini rivojlantirish. Estetik tarbiya vositalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bolalarni o‘rab turgan muhit, turmush estetikasi, tevarak-atrofdan olingan taassurotlar, tabiat, san’at asarlari, bolalarning tasviriy faoliyatlari, bayramlar, MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 490 ko'ngilochar tadbirlar, ma’lum maqsadli va rejali ravishda amalga oshiriladigan ta ’lim, ma’lum maqsadga qaratilgan va rejali ravishda amalga oshiriladigan ta’lim. Xulos: Xulosa qilib aytganda, “San’at” markazi – maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ijodkorlik salohiyatini ochishda asosiy vositalardan biridir. Uning to‘g‘ri tashkil etilishi va jihozlanishi orqali nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy maqsadlarga ham erishiladi. Shuningdek, bu markaz bolalarning o‘z-o‘zini anglash, estetik qoniqish olish va ijodiy fikrlash kabi fazilatlarini rivojlantirishda beqiyos imkoniyat yaratadi. Shu bois, har bir maktabgacha ta’lim tashkilotida “San’at” markaziga alohida e’tibor qaratilishi lozim.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “San’at” markazi bolalar estetik tarbiyasini shakllantirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish shuningdek, his-tuyg‘ularini ifoda eta olish ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu markazni to‘g‘ri tashkil etish va zamonaviy jihozlash esa bolalar rivojlanishining muhim omilidir. “San’at” markazida bolalarning yoshiga mos bo‘lgan vositalar – bo‘yoqlar, rangli qog‘ozlar, loy, plastilin, mozaikalar, konstruktiv materiallar, musiqa asbobchalari va boshqa ijodiy jihozlar mavjud bo‘lishi zarur.Faoliyatni samarali tashkil etishda pedagogning yondashuvi, ochiq muhit yaratish, individual va guruhiy ishlarni uyg‘unlashtirish, bolalarning tashabbuslarini rag‘batlantirish kabi omillar katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, bolalarning san’atga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish uchun faoliyatga o‘yin, teatr, musiqa va xalq amaliy san’ati elementlarini kiritish ham tavsiya etiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. E.Umarov, R.Karimov. “Estetika asoslari”. Toshkent “SHARQ” nashriyoti. 2004y. 2. L.A. Muhammadjonova. Etika va estetika fanlarini o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. –T., 2017. – B. 108. 3. Numondjonovna, D. G. (2021). The use of interactive methods in forming the ecological worldview of preschool children. Middle European Scientific Bulletin, 11. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 491 4. Numondjonovna, D. G. (2022). The Importance of Aesthetic Education in Comprehensive Education of Preschool Children. International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences, 2(2), 54-57. 5. Numondjonovna, D. G. (2021). The importance of using multimedia to expand children's worldwide during the activities. Asian Journal Of Multidimensional Research, 10(7), 28-31. 6. Davranova Gulbahor, N. (2022). Advantages of using modern information technologies in teaching russian language for primary school students. American journal of social and humanitarian research, 3(1), 333-338. 7.Davranova, G. N. (2022). Use of Information Technologies in Primary School Russian Lessons. European journal of innovation in nonformal education, 2(6), 7378.