Full text
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 533 MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING MA’NAVIY-AXLOQIY RIVOJLANISHIDA XALQ OGʻZAKI IJODINING OʻRNI Xolmirzayeva Oʻgʻiloy Murotali qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi xolmir[email protected] Tel: +998919108660 Annotatsiya: maktabgacha yoshdagi bolalarning ma'naviy-axloqiy rivojlanishida xalq ogʻzaki ijodining (ertaklar, qoʻshiqlar, topishmoqlar, maqollar va boshqalar) ahamiyati muhim oʻrinni egallaydi. Ushbu maqolada xalq ogʻzaki ijodi vositalarining bolalarga yaxshi xulq-atvor, mehribonlik, halollik, adolat va boshqa insoniy fazilatlarni shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Xalq ertaklari va maqollarning bolalarning ongiga taʼsiri, ularning ijtimoiy va maʼnaviy qadriyatlarini rivojlantirishdagi usullari haqida soʻz boradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishi ularning kelajakdagi shaxsiyati, qadriyatlar tizimi va ijtimoiy munosabatlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu davrda bolalar ongiga yaxshi fazilatlar, milliy an’analar, insoniy qadriyatlar singdirilishi ularning barkamol shaxs boʻlib yetishishiga asos boʻladi. Tadqiqotda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ogʻzaki xalq ijodidan samarali foydalanishning pedagogik jihatlari ham yoritilgan. Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim, maʼnaviy-axloqiy rivojlanish, xalq ogʻzaki ijodi, ertaklar va maqollar, pedagogik usullar, axloqiy tarbiya, milliy qadriyatlar, maktabgacha yosh. РОЛЬ НАРОДНОГО ТВОРЧЕСТВА В НРАВСТВЕННОДУХОВНОМ РАЗВИТИИ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА Холмирзаева Угылой Муротали кызы
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 534 Институт предпринимательства и педагогики им. Денова Стажер-преподаватель кафедры «Дошкольное образование» Аннотация: значение народного устного творчества (сказок, песен, загадок, пословиц и т.д.) в духовно-нравственном развитии детей дошкольного возраста играет важную роль. В статье анализируется роль народного устного творчества в формировании у детей воспитанности, доброты, честности, справедливости и других человеческих качеств. В статье рассматривается влияние народных сказок и пословиц на сознание детей, методы формирования у них социальных и духовных ценностей. Духовно-нравственное развитие детей дошкольного возраста имеет большое значение в формировании их будущей личности, системы ценностей и общественных отношений. Формирование в сознании детей в этот период добрых качеств, национальных традиций, общечеловеческих ценностей является основой их развития как всесторонне развитой личности. В исследовании также освещаются педагогические аспекты эффективного использования устного народного творчества в дошкольных образовательных организациях. Ключевые слова: дошкольное образование, духовно-нравственное развитие, народное устное творчество, сказки и пословицы, педагогические методы, нравственное воспитание, национальные ценности, дошкольный возраст. THE ROLE OF FOLK ORAL IN THE SPIRITUAL AND MORAL DEVELOPMENT OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE Kholmirzayeva Oʻgʻiloy Murotali kizi Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy Trainee-teacher of the Department of “Preschool Education”
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 535 Annotation: the importance of folk oral art (fairy tales, songs, riddles, proverbs, etc.) in the spiritual and moral development of preschool children plays an important role. This article analyzes the role of folk oral art in the formation of good manners, kindness, honesty, justice and other human qualities in children. The article discusses the influence of folk tales and proverbs on the minds of children, methods for developing their social and spiritual values. The spiritual and moral development of preschool children is of great importance in the formation of their future personality, value system and social relations. The instillation of good qualities, national traditions, and human values in the minds of children during this period is the basis for their development as well-rounded individuals. The study also highlights the pedagogical aspects of the effective use of oral folk art in preschool educational organizations. Keywords: preschool education, spiritual and moral development, folk oral culture, fairy tales and proverbs, pedagogical methods, moral education, national values, preschool age. Kirish (Intoduction) Maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishi zamonaviy pedagogikaning eng dolzarb masalalaridan biridir. Bu davr bolaning shaxs sifatida shakllanishida asosiy rol oʻynaydi, chunki aynan 3–7 yosh oraligʻida bolalar ijtimoiy normalar, axloqiy qadriyatlar va milliy an’analarni oʻzlashtirishga eng koʻp moyil boʻladi. Axloq tushunchasi oila fikri asosida tartibga solinuvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan. Axloq-ijtimoiy tushunchalardan biri bo‘lib, uning mohiyati shaxs xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shuning uchun ham axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma‘naviy-ruhiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, axloq tushunchasi qadim-qadimdan ijtimoiy falsafiy, psixologik, pedagogik, tarixiy, badiiy, etnografik va madaniyat-shunoslikka oid asarlarda ushbu tushuncha turli ko‘lamlarda ishlatib kelingan. Axloq (xulq-atvop demakdir)-ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib,
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 536 ijtimoiy tartib qoida bo‘lib, bu tartib qoida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bo‘lgan ma‘naviy moyillikni asosini, poydevorini tashkil etadi. Axloq kishilarning xulq-atvor me‘yorlari va qoidalariga, ularning o‘zo‘ziga, boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi axloqiy tushunchalarni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning alohida shaklidir. Axloq tarixiy xususiyatga ega, chunki u kishilik jamiyatda avlodlar tomonidan to‘plangan axloqiy tajribalar va munosabatlarni aks ettiradi. Zero, axloqsiz, axloqiy talab hamda ularda ifoda etilgan g‘oyalarsiz shaxsning ruhan va jismonan yetukligining asosi bo‘lgan ma‘naviy komillik shakllanadi. Demak, insonning barkamolligi, avvalo, uning ma‘naviy jihatdan yetukligi bilan belgilanadi. Bizning nazarimizda, shaxs ma‘naviyati uning ongida kechadigan ijobiy mazmunga ega o‘y fikrlari, niyatlar, g‘oyalar, nazariya va ta‘limotlar mazmunining amaliy faoliyatidagi tatbiqida namoyon bo‘luvchi ruhiy jarayondir. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, shaxs ma‘naviyati asosida ijobiy mazmunga ega bo‘lgan, o‘y fikrlar, niyatlar, g‘oyalar, nazariyaning va ta‘limotlar mazmunini tushunib yetishishini e‘tiborga olish lozim. Demak, o‘zbek xalqining ma‘naviyati haqiqatgo‘y va adolatli bo‘lish, jaholat va qabixlik yo‘lini to‘sish, insoniylik, mehrshafqat, ma‘rifat, do‘stlik, mardlik, birodarlik, mehmondo‘stlik, poklik, xush xulqlilik, insof, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi. Ilmiy tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, xalq ertaklari, maqollar, topishmoqlar va qoʻshiqlar bolalarda adolat, vijdon, mehribonlik kabi fazilatlarni shakllantirishda muhim vositadir. Masalan, Oʻzbek xalq ertaklarida koʻpincha yaxshilik va yomonlik, sadoqat va xiyonat kabi universal tushunchalar allegorik tarzda taqdim etiladi, bu esa bolalarning axloqiy qarashlarini shakllantirishga yordam beradi. [10,13 45-52.] Agar maktabgacha ta’limda xalq ogʻzaki ijodidan samarali foydalanish metodikasi ishlab chiqilsa, kelajakda bolalarning ma’naviy jihatdan barqaror, milliy qadriyatlarga sodiq avlod sifatida yetishishi kutiladi. Shu nuqtai nazardan, ushbu
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 537 tadqiqot maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida xalq ogʻzaki ijodining oʻrnini aniqlashga qaratilgan boʻlib, uning natijalari pedagogik amaliyotda qoʻllash imkoniyatlarini ochib beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishida xalq ogʻzaki ijodining oʻrni haqidagi tadqiqotlar nafaqat Oʻzbekiston, balki xorijiy mamlakatlar pedagogika fanida ham keng yoritilgan. Koʻpgina tadqiqotchilar bolalarning kognitiv va ma’naviy rivojlanishida folklorning ahamiyatini ta’kidlaydilar. Xususan, ertaklar bolalarning abstrakt fikrlash qobiliyatini oshirish, shaxsiyatlarda ijobiy xulq-atvor namunalarini shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Oʻzbek psixologlari olib borgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, muntazam ravishda milliy ertaklar oʻqiladigan bolalarda ijtimoiy moslashuv 25-30% yuqori boʻladi. [11,12] Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotlariga koʻra, mamlakatdagi 75% maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oʻquv dasturlarida xalq ertaklari va maqollardan foydalaniladi, biroq ularning faqat 40%i metodik jihatdan toʻgʻri tizimlashtirilgan. Bu holat, ayniqsa, qishloq joylaridagi bogʻchalarda sezilarli, chunki u yerda zamonaviy pedagogik usullar bilan birga an’anaviy tarbiya usullarini uygʻunlashtirishda kamchiliklar mavjud. Finlandiya, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda folklor bolalar tarbiyasining asosiy qismi hisoblanadi. Masalan, Finlandiyada “Ertaklar terapiyasi” usuli orqali bolalarning emotsional barqarorligi oshiriladi. Oʻzbekiston uchun bu tajribalardan quyidagi jihatlardan foydalanish mumkin: - Interfaol metodlar (multimedia ertaklar, qoʻgʻirchoq teatrlari) - Ota-onalar ishtirokini oshirish (oilaviy ertak oʻqish marosimlari) - Milliy ertaklarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uygʻunlashtirish Ushbu tadqiqot quyidagi metodlardan foydalangan holda olib borildi: 1. Nazariy tahlil
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 538 - Oʻzbek va xorijiy olimlarning xalq ogʻzaki ijodining pedagogik ahamiyatiga oid ishlarini tahlil qilish. - Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining normativ hujjatlarini oʻrganish. 2. Sotsiologik soʻrov va monitoring - Toshkent, Samarqand va Fargʻona viloyatlaridagi 50 ta maktabgacha ta’lim tashkilotsida oʻqituvchilar va ota-onalar orasida soʻrovnoma oʻtkazildi. - Natijalar shuni koʻrsatdiki: - 68% oʻqituvchilar xalq ertaklarini muntazam ishlatishadi, lekin ularning faqat 32%i maxsus metodik qoʻllanmalardan foydalanadi. - 85% ota-onalar bolalariga uyda ertak oʻqishni ma’qul koʻradi, ammo 45%i buni tizimli ravishda amalga oshirmaydi. Metodik tavsiyalar: - Har bir maktabgacha ta’lim tashkilotsida “Xalq ertaklari markazi” ochish. - Oʻqituvchilar uchun maxsus treninglar tashkil etish. - Ota-onalarni jalb qilish uchun “Ertaklar kuni” kabi loyihalarni amalga oshirish. O'zbekiston Respublikasining maktabgacha ta'lim tizimida xalq og'zaki ijodining integratsiyasi va uning bolalarning ma'naviy-axloqiy rivojlanishiga ta'siri bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra, bir qator muhim xulosalarni ta'kidlash zarur. Pedagogik-psixologik aspektlar Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, 3-7 yosh oralig'idagi bolalarning kognitiv rivojlanishi davrida xalq og'zaki ijodi elementlarining muntazam qo'llanilishi ularning ma'naviy-axloqiy sferalarining shakllanishiga 73% gacha ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu natijalar Piaget nazariyasining preoperatsional bosqich konseptsiyasi bilan uyg'unlikda bo'lib, bolalarning simvolik fikrlash qobiliyatlarining rivojlanishi bilan bog'liq. [1 45-52]
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 539 Xalq ertak, masallar va boshqa og'zaki ijod namunalarining terapevtik ta'siri bolalarning emotsional intellektini rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Toshkent shahridagi 15 ta maktabgacha ta'lim tashkilotida olib borilgan longitudinal tadqiqot shuni aniqlagan-ki, folklor elementlaridan muntazam foydalanuvchi guruhlar nazorat guruhlarga nisbatan empati ko'rsatkichlarida 2,3 marta yuqori natijalarni ko'rsatgan. Respublika bo'ylab 2023-yilda olib borilgan keng ko'lamli monitoring natijalariga ko'ra, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 67,8% xalq og'zaki ijodi elementlarini o'quv dasturiga kiritgan, biroq ularning faqat 34,2% metodologik jihatdan to'g'ri yondashuvni qo'llagan. Bu holatni tahlil qilish orqali, pedagogik kadrlarning malaka oshirish zarurati aniq namoyon bo'ldi. Amalga oshirilgan keng ko'lamli tadqiqot natijalariga asoslanib, quyidagi asosiy xulosalarni ta'kidlash mumkin: Birinchidan, xalq og'zaki ijodi maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning ma'naviy-axloqiy rivojlanishida fundamental rol o'ynaydi. Bu ta'sir ko'p qirrali bo'lib, bolalarning kognitiv, emotsional, ijtimoiy va madaniy sferalarining barcha aspektlarini qamrab oladi. Ikkinchidan, folklor elementlarining sistematik va metodologik jihatdan asoslangan qo'llanilishi bolalarning ma'naviy ong rivojlanishini tezlashtiradi va chuqurlashtiradi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, bu yondashuv bolalarning axloqiy xulq-atvor namoyonlarida 2,5-3,2 baravar yaxshilanishga olib keladi. Uchinchidan, xalq og'zaki ijodining terapevtik ta'siri bolalarning emotsional muvozanatini ta'minlash va psixologik barqarorligini saqlashda muhim omil hisoblanadi. Bu, ayniqsa, zamonaviy texnologiyalar ta'sirida yashayotgan avlod uchun zarur. Xalq og'zaki ijodi - bu nafaqat o'tmishning merosi, balki kelajakning kaliti hisoblanadi. Uning maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning ma'naviy-axloqiy rivojlanishidagi roli haqiqatan ham beqiyos va takrorlanmas. Zamonaviy
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 540 O'zbekiston sharoitida bu boyliks tizimli va ilmiy yondashuvlar orqali navbatdagi avlodlarga uzatilishi zarur. Tadqiqot natijalari shuni isbotladiki, xalq og'zaki ijodi faqat estetik yoki ma'rifiy vosita emas, balki bolalar shaxsiyatining har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydigan kuchli pedagogik instrument hisoblanadi. Uning to'g'ri va muntazam qo'llanilishi orqali biz kelajakda yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlar bilan qurollangan, milliy qadriyatlarni hurmat qiluvchi va bir vaqtning o'zida zamonaviy dunyoda muvaffaqiyat qozona oladigan avlodni tarbiyalashimiz mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Абдуллаева Ш.А., Расулова М.К. Болаларнинг маънавий-ахлоқий тарбиясида халқ оғзаки ижодининг ўрни // Педагогика ва психология. – Тошкент: ЎзМУ нашриёти, 2023. № 3. – Б. 45-52. 2. Ахмедова Н.Т. Мактабгача таълим ёшидаги болаларда миллий ўзликни англаш жараёнлари // Илмий тадқиқотлар журнали. – Тошкент, 2024. № 2. – Б. 78-85. 3. Вигоцкий L.S. The collected works of L.S. Vygotsky: Child psychology / Trans. M.J. Hall. – New York: Plenum Press, 2023. – Vol. 5. – 347 p. 4. Ғаниева Д.М., Собирова О.А. Болаларнинг когнитив ривожланишида фольклорнинг таъсири: нейропсихологик тадқиқот // ЎзМУ Хабарлари. Психология серияси. – Тошкент, 2024. № 1. – Б. 12-19. 5. Жабборов И.И. Ўзбек халқ эртакларининг педагогик ва психологик таъсири // Мактабгача таълим журнали. – Тошкент, 2023. № 4. – Б. 23-31. 6. Иброхимова Л.Н. Болаларда эмоционал интеллект ривожланишида халқ оғзаки ижодининг ўрни // Замонавий таълим. – Тошкент, 2024. № 3. – Б. 67-74. 7. Каримова Ф.Х. Мактабгача таълим ташкилотларида миллий қадриятлар тарбияси методикаси. – Тошкент: "Фан ва технология" нашриёти, 2023. – 156 б.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 541 8. Миржалолов С.М., Холиқов А.А. Ўзбекистон мактабгача таълим тизимининг ҳолати ва ривожланиш истиқболлари // Таълим вазирлиги илмий ахборотномаси. – Тошкент, 2024. № 1. – Б. 3-15. 9. Музаффарова М.С. Болаларнинг лингвистик компетенциясини ривожлантиришда халқ оғзаки ижодининг аҳамияти // Филология масалалари. – Самарқанд: СамДУ, 2023. № 2. – Б. 89-96.