scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

LEGAL TECH VA AN'ANAVIY HUQUQIY AMALIYOT O'RTASIDAGI FARQ

Hazratqulova Shohzoda Ulug'bek qizi Toshkent davlat yuridik universtiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 1-kurs B patok 1-guruh talabasi

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada huquq sohasida raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan davrda legal tech (huquqiy texnologiyalar) va an’anaviy huquqiy amaliyot o‘rtasidagi asosiy farqlar tahlil qilinadi. An’anaviy yondashuvda huquqiy jarayonlar asosan qo‘lda bajarilib, vaqt va mehnat sarfi ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, legal tech vositalari bu jarayonlarni avtomatlashtirib, samaradorlikni oshiradi. Maqolada sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili va raqamli platformalar yordamida huquqiy xizmatlarning tezligi, aniqligi hamda qulayligi qanday oshishi yoritilgan. Shuningdek, huquqiy texnologiyalar advokatlik, sud jarayonlari va shartnomaviy munosabatlarda qanday yangi imkoniyatlar yaratishi, ularning huquqiy kasb madaniyatiga ta’siri ham tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, legal tech huquqiy faoliyatni modernizatsiya qilib, huquq tizimining samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin degan xulosa chiqarilgan. Kalit so‘zlar: legal tech, an’anaviy huquqiy amaliyot, raqamli texnologiyalar, huquqiy innovatsiya, avtomatlashtirish, sun’iy intellekt.

Full text

Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 90 LEGAL TECH VA AN’ANAVIY HUQUQIY AMALIYOT O’RTASIDAGI FARQ Hazratqulova Shohzoda Ulug’bek qizi Toshkent davlat yuridik universtiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 1-kurs B patok 1-guruh talabasi [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada huquq sohasida raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan davrda legal tech (huquqiy texnologiyalar) va an’anaviy huquqiy amaliyot o‘rtasidagi asosiy farqlar tahlil qilinadi. An’anaviy yondashuvda huquqiy jarayonlar asosan qo‘lda bajarilib, vaqt va mehnat sarfi ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, legal tech vositalari bu jarayonlarni avtomatlashtirib, samaradorlikni oshiradi. Maqolada sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili va raqamli platformalar yordamida huquqiy xizmatlarning tezligi, aniqligi hamda qulayligi qanday oshishi yoritilgan. Shuningdek, huquqiy texnologiyalar advokatlik, sud jarayonlari va shartnomaviy munosabatlarda qanday yangi imkoniyatlar yaratishi, ularning huquqiy kasb madaniyatiga ta’siri ham tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, legal tech huquqiy faoliyatni modernizatsiya qilib, huquq tizimining samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin degan xulosa chiqarilgan. Kalit so‘zlar: legal tech, an’anaviy huquqiy amaliyot, raqamli texnologiyalar, huquqiy innovatsiya, avtomatlashtirish, sun’iy intellekt. Kirish. Legal tech (yuridik texnologiyalar)-bu yuridik xizmatlarni ko’rsatish,osonlashtirish avtomatlashtirish uchun texnologiyalardan foydalanish demakdir. Oddiyroq qilib aytganda esa advokatlar,yuristlar,sudyalar va boshqa huquq sohasida faoliyat ko’rsatishini samarali,tezkor,aniq bajarishiga yordam beradigan dasturiy vositalar va raqamli texnologiyalar hisoblanadi. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 91 Misol qilib aytganda:hujjatlarni avtomatlashtirish ya’ni shartnomalarni shablon asosida tayyorlash bu nafaqat ishimizni tezlashtiradi balki, xato qilish koefitsentini ham bir necha barobarga pasaytiradi. Sud ishlarini boshqarish tizimlaribu tizim orqali biz sud hujjatlarini topish,tahlil qilish osonlashadi.Ularni bir joyda saqlash,kuzatish tizimi hisoblanadi. Shuningdek,bu ochiq saytlarda saqlanishi bilan bu ma’lumotlarni boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan ishlar ustida hamkorlikni amalga oshirish imkonini beradi. Sud qarorlarini rasmiy saytlar (sud.uz)ga joylanishi orqali boshqa organlar va shaxslar tomonidan qidirish qulayroq hisoblanadi. Bunda ishlarni qayta ko’rib chiqish davrida sud organlarini bezovta qilmay turib sud ajrimlari,qarorlarini topish mumkin. Mijozlar bilan onlayn aloqa vositalari-masalan shartnomani imzolash yoki advokat tomonidan ko’rib chiqilayotgan ish bo’yicha mijoziga qo’shimcha savollar paydo bo’lganida mijozlarini bezovta qilmasdan turib muloqat qilish mumkin.Yoki sizga biror-bir huquqiy savollar mavjuda bo’lsa-yu ammo advokatga murojaat qiladigan darajada katta muammo bo’lmasa onlayn huquqiy chatbotlar (misol uchun:lex.ai,tuzuk.ai)lar orqali maslahatlar olishi mumkin. Legal techning asosiy maqsadlari-vaqtni tejash,inson xatolarini kamaytirish ya’ni insonlar tomonidan tayyorlangan huquqiy hujjatlarda imloviy xatolar vujudga kelgan holatlarda legal tech vositalari orqali osongina tahrirlash mumkin. Mazkur maqola aynan shu jarayonlarni tahlil qilishga, ya’ni legal tech va an’anaviy huquqiy amaliyot o‘rtasidagi asosiy farqlarni, ularning afzallik va cheklovlarini, hamda huquq sohasi kelajagiga ta’sirini ilmiy nuqtai nazardan yoritishga qaratilgan. Metodologiya Huquq sohasida yaqin yillarda foydalanib kelinayotgan usullar taqqoslash usuli orqali tahlil qilindi. Ushbu maqoladi men aynan legal tech(huquqiy texnologiyalar va an’anaviy huquqiy amaliyot usullarini taqqoslab,o’rganib chiqilib,ularning: Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 92  vaqt va xarajat samaradorligi  ish jarayoni  xizmat sifati  etik va huquqiy jihatlari bo’yicha tahlil qilindi. Xususan,ushbu maqolada turli davlatlar va O’zbekistondagi legal tech amaliyoti to’g’risidagi qonun hujjatlar qiyoslandi. O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston-2030” strategiyasi;  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140sonli “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni  Yevropa Ittifoqi AI akti (2024)  “Sun’iy intellektni boshqarishning namunaviy modeli” (Singapur, 2019) kabi milliy va xalqaro hujjatlar tahlilidan foydalanildi. Shuningdek,ushbu maqolada Buyuk Britaniya,Xitoy davlatlarining legal tech (yuridik texnologiyalar) bo’yicha amalga oshirayotgan usullari o’rganib chiqildi. The law society (UK) tomonidan e’lon qilingan tadqiqotlarga ko’ra,huquqiy texnologiyalar (legal tech) sohasida xizmat ko’rsatuvchilar oshmoqda,lekin amalda advokatlik firmalarida ushbu texnologiyalardan foydalanish dar 1 ajasi past. 1 Legal Services Board va Law tech UK tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot: kichik va o‘rta bizneslar (SME) huquqiy yordam va huquqiy xizmatlarga kirishda 1 http://lawsociety.org.uk Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 93 cheklanishlarga duch kelmoqda, va legal tech bu bo‘shliqni to‘ldirish imkoniyatiga ega. 2 Xitoy davlatining tadqiqotlariga keladigan bo’lsak, Xitoy hukumati o’z fokusini asosan fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga va huquqiy texnologiyalarga kirish darajasini oshirishga qaratmoqda. 3 Natijalar Tadqiqot natijalariga ko’ra an’anaviy huquqiy amaliyot legal tech an’anaviy huquqiy amaliyotga qaraganda vaqt va xarajatlarni qisqartiradi.Bunda an’anaviy huquqiy amaliyotda har bir ishlar inson mehnati asosida amalga oshirilgan bo’lsa legal tech vositalari orqali amalga oshirilganda esa bu vaqt anchagina qisqaradi. Xarajatlarning qisqarishiga keladigan bo’lsak,an’anaviy huquqiy amaliyotda ishlarni bajarish uzoq vaqt talab etadi. Bu esa advokat yoki huquqshunosning bilim va malakasiga qarab qancha yuqori bo’lsa shuncha ko’p harajat talab etadi. Legal tech yordamida amalga oshirilganda esa siz turli xil huquqiy sun’iy intelektlarga yillik obuna bo’lib,bir yil davomida foydalanishingiz mumkin bo’ladi. Bu esa o’zo’zidan harajatlarni qisqartirish demakdir. Legal tech imkoniyatlaridan foydalangan holda biz ish jarayonlarini samaraliroq amalga oshirishimiz mumkin. Bunda ish jarayonini tezlashtiradi,xatoliklarni kamaytiradi,resurslarni samarali ishlatishga yordam beradi,mijozlar uchun qulaylik yaratadi. Qanday qilish ish jarayonini tezlashtirishiga to’xtaladigan bo’lsak,qo’lda bajariladigan ishlarni qisqartiradi,aqlli shartnomalar orqali tezkor va tayyor shartnoma shablonlaridan foydalangan holda ishimiz osongina hal bo’ladi. Ma’lumotlarni qidirishni tezlashtiradi. Bunda ma’lumotlar bazasi yordamida qidirsh va foydalanish barcha uchun qulay hisoblanadi. Xatoliklarni kamaytiradi.Bunda barcha ishlar sun’iy intelektl yordamida amalga 2 The Legal Services Board 3 http://en.moj.gov.cn Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 94 oshirilganda inson omili bilan yo’l qo’yiladigan xatolarni ya’ni imloviy,ishoraviy xatolar yoki hujjatlarining shaklida yo’l qo’yiladigan xatolar darajasini ancha pasaytiradi.Legal tech mijozlar uchun qanday qulaylik yaratadi? Onlayn platformalar orqali ma’lumotlarni tezkor topishi,vaqt tejashi ya’ni mijozlar ofisga borib navbat kytib o’tirmaydi huquqiy platformalar yordamida osongina qidirib topishi mumkin. Avtomatlashtirilgan jarayon va sun’iy intelekt yordamida amalga oshirilgan huquqiy xizmatlar tez va arzonroq amalga oshiriladi. Legal tech huquqiy xizmat ko’rsatishmi sifatini oshiradi. Bunda xizmat ko’rsatishni avtomatlashtirish orqali aniqlikni oshiradi va hujjatlarni standartlashtiradi. Shartnomalar,arizalar va da’vo hujjatlarini shablonlashtirish orqali aniqlikni oshiradi. Mijozlar bilan real vaqt aloqasi. Chatbotlar va onlayn platformalar orqali mijozlar o’z ish jarayonini real vaqtda kuzatishi mumkin. Masalan: shartnoma holati, sud arizasi holati, hujjatlar ro‘yxati va boshqa yangilanishlar real vaqt rejimida ko‘rinadi. Natijada: xizmat ko’rsatish shaffof va ishonchli bo‘ladi. Legal techning etik va huquqiy jihatlariga to’xtalib o’tadigan bo’lsak. Avvalambor bu atamalar qanday jihatni ko’zda tutayotganiga aniqlik kiritib o’taman. Etik jihati-bu amalga oshirilayotgan ishlar axloqiy jihatdan mosligi,ya’ni to’g’riligi,adolatli va suhbu xizmatdan foydalanuvchilarga manfaatli bo’lishini hisobga olgan holda faoliyat olib borishi. Legal techdagi etik jihatlar esa sun’iy intellekt yoki avtomatlashtirilgan tizim foydalanuvchilarning manfaatlariga zid kelmasligi va berilgan tavsiyalar adolatli va ikki tomon o’rtasida ziddiyatlarga sabab bo’lmasligi va foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiy saqlanishini ta’minlashi kerak. Misol uchun:sun’iy intellekt maslahat berganida mijozlarni noto’g’ri qaror qabul qilishga undamasligi kerak. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 95 Huquqiy jihati-biror ish yoki tizimning amaldagi qonunlar,tartib-qoidalar va normative-huquqiy hujjatlarga to’laqonli muvofiqligini anglatadi.Legal techning huquqiy jihati quyidagilarni qamrab oladi. Hujjatlar,shartnomalr va sud-huquq tizimiga oid hujjatlarning tegishli qonun hujjatlariga tayangan holda tayyorlashi,shaxsiy ma’lumotlarni maxfiy saqlanishi va kiberxavfsizlik qoidlariga amal qilish jihatlarini o’z ichiga oladi. Misol tariqasida:onlayn tuzilgan shartnomalar yoki arizalar ushbu davlatning amaldagi qonunlariga to’laqonli rioya qilinishi va foydalanuvchini qonuniy jihatdan himoya qilishi kerak. Muhokama Hozirgi rivojlanib borayotgan dunyoda texnologiyalar biror-bir sohaga o’z ta’sirini o’tkazmay qolgani yo’q. Shuningdek,huquq sohasiga o’z ta’sirini o’tkazib kelmoqda. Hozirgi kunda legal tech (huquqiy texnologiyalar) va an’anaviy huquqiy amaliyot qay biri qulayroq va xavfsizroq degan savol har bir insonning hayolidan bir marta bo’lsa ham o’tmay qolmagan deb o’ylayman. Huquqiy amaliyotning ikki turini solishtirib qay biri afzalroq ekanini muhokama qilaman. Avvalo an’anaviy huquqiy amaliyotdan boshlasak. Ushbu amaliyotda advokat va yuristlar odatda o’z mijozlari bilan yuzma-yuz muloqotga kirishadi,hujjat tayyorlash,huquqiy tahlil va sud jarayonlarini boshqarish faoliyatini amalga oshiradi. Bunda kasbiy bilim, axloqiy vakolat va shaxsiy maslahat muhim o‘rin tutadi. Tegishli ravishda, huquqiy texnologiyalar modelida hujjat avtomatlashtirish, sun’iy intellekt bilan izlanish, onlayn xizmatlar orqali huquqiy yordam ko‘rsatish kabi komponentlar markaziy rolga ega. 4 Ikkinchidan,huquqshunoslarning ish faoliyati va jarayonlar o’zgaradi.Texnologiyalar yordamida huquqiy izlanish va ma’lumotlarni qidirish jarayonlari tezroq va samaraliroq amalga oshirilmoqda. 5 Buning natijasida huquqiy 4 Harrison-Stein, PC] 5 Harrison-Stein, PC] Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 96 firmalar an’anaviy billable hour (soatga asoslangan to’lov) modelidan qiymatga asoslangan to’lov modeliga o’tishni ko’rib chiqmoqda. 6 Shu bilan birga, legal-tech yechimlari huquqiy kasb vakolatlari, masalan “toʻgʻri huquqiy javob”ni topish” kabi an’anaviy roldagi davlat vakolatiga ta’sir qilmoqda — masalan, bir tadqiqotda ekspert sistemalar advokatga xos bo‘lgan kasbiy roldagi birligiga to‘sqinlik qilishi mumkinligi qayd etilgan. 7 Uchinchidan, hamkorlik va raqobat tomonlaridan ham muhim hisoblanadi. An’anaviy advokatlik firmalari bilan legal-tech kompaniyalari ba’zan to‘liq raqobatdosh tarzda, ba’zan esa hamkorlik shaklida faoliyat yuritmoqda. Masalan Germaniyada olib borilgan tadqiqot bu ikki guruh orasida “vakolat masalalari” bo‘yicha ziddiyat borligini, lekin oxir-oqibat “mehnat taqsimoti” asosida funksional mustaqil, lekin o‘zaro bog‘liq tuzilmalar yuzaga kelayotganini ko‘rsatgan. 8 To’rtinchidan,ko’plab yaxshi imkoniyatlarga ega hisoblanadi. Ularga misol sifatida xarajatlarni qisqartirishni keltirish mumkin. Masalan:hujjatlarni tayyorlashda,bulutli saqlash joylari orqali ofis maydoni,arxivlash va ishchi kuchini kamaytirgan holda xarajatlarni kamaytirish mumkin 9 Misol uchun:e-billing (electron to’lov va hisob-kitob) tizimlarini joriy qilgan yuridik kompaniyalar invois (hisob) ishlov berish xarajatlari taxminiy hisobda 20% gacha kamaytirilgani qayd etilgan. 10 Hujjatlarni avtomatlashtirilgan tizim orqali tayyorlashda advokatlar vaqti tejaladi. Ularning har bir soat pul turgani sababli legal tech yordamida tayyorlash mijozlar vaqtini va pulini tejaydi. Sud tizimida tezlik va adolat. Legal tech yordamida sud ishlarini ko’rib chiqish tezlashadi,bu esa adolatni tezroq ta’minlashga xizmat qiladi.Shu orqali “ko’proq va tezroq adolat” tamoyiliga yaqinlashadi. 11 6 sheffield.ac.uk 7 SpringerLink 8 EconStor 9 http://fasteroutcomes.com 10 stellium.co 11 Citron, 2023 Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 97 Xulosa va takliflar Texnologiyalardan foydalanish hozirgi zamon XXI asrning eng dolzarb talablaridan hisoblanadi.Siz-u biz o’z hayotimizga texnologiyalarni olib kirishga qanchalik to’sqinlik qilmaylik bu zamon talabi hisoblanadi. Legal tech (yuridik texnologiyal) lardan foydalanish an’anaviy huquqiy amaliyotdan ko’rsa ancha samaraliroq va ko’roq afzalliklarni o’zida namoyon etmoqda. Shuni hisobga olgan holda yuridik sohalarga texnologiyalarni kirib kelishi bu shunchaki yangilik yoki birozgina o’zgarish emas balki butun yuridik sohani tubdan qayta shakllantiryapti desak no’to’gri bo’lmaydi. Hozirgi vaqtda yuz berayotgan huquqiy sohadagi o’zgarishlar ,avvalo, ish jarayonini avtomatlashtirish, mijozlar bilan muloqot qilish samaradorligini yuqori darajaga ko’tarish va hujjat aylanishini tezlashtirish imkonini bermoqda. Legal tech yordamida yuristlar va advokatlar takrorlanuvchi xizmatlarni avtomatik bajarib o’z vaqtlarini tejab qolish imkoni mavjud. Ammo, legal techni amaliyotga tatbiq etish ba’zi bir muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Misol uchun: maxfiylik, ma’lumotlar xavfsizligi, yuqorida aytib o’tilganidek etik va huquqiy me’yorlar buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu bois legal techni to’laqonli amaliyotda foydalanishga joriy qilishdan oldin qonunchilik, sud organlari, va yuridik muassasalar tomondan nazorat mexanizmlarni, huquqiy tartib v amalaka oshirish dasturlarini tatbiq etish lozim. Kelgusida legal techning rivoji butun yuridik sohani tubdan o’zgartishi kutilmoqda. U nafaqat hujjatlarni saqlash va ularni tezroq qidirishga yordam beradi balki, shoffoflik va adolatlilikni ham ta’minlashga yordam beradi.Ushbu omillarni hisobga olgan holda legal techni amaliyotga to’liq holda emas balki, bosqishmabosqich va iloji boricha mukammal qonun hujjatlari ishlab chiqib so’ngra amaliyotga tatbiq etish kerak. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 98 Xulosa qilib aytganda legal tech an’anaviy huquqiy amaliyotni o’rni egallamaydi balki, uni takomillashtiradi va to’ldiradi. U huquqshunoslarning faoliyatiga yengillik va yangilik olib kiradi va ularning faoliyatini samaraliroq va osonroq amalga oshirishga ko’maklashadi. Eng muhimi, legal techning foydalanishda etik va inson qadriyatlarini uyg’unlashtirgan holatda huquqiy sohada yangi innavotsiyalar olib kiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (https://www.lex.uz/) 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida Farmoni. 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston-2030" strategiyasi to'g'risidagi Farmoni 4.Remus, D., & Levy, F. (2016). Can Robots Be Lawyers? Computers, Lawyers, and the Practice of Law. Cambridge, MA: MIT Task Force on Work of the Future. 5.Schmitz, A. J. (2020). Expanding Access to Justice with Online Dispute Resolution: The Opportunities and Challenges of Legal Tech. Journal of Dispute Resolution, 2020(2), 1–30. 6.Susskind, R. (2019). Tomorrow’s Lawyers: An Introduction to Your Future (2nd ed.). Oxford University Press.