ILMIY TADQIQOTLARDA LEGAL TECH OSITALARIDAN FOYDALANISH
Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada texnologik yondashuvlarning ilmiy tadqiqotlardagi o’rni chuqur tahlil qilinishi bilan birga Legal Tech tushunchasi nima, u qanday amalda tadbiq etiladi, uning ilmiy tadqiqotlardagi ahamiyati va uni zamonaviy hayotgacha o’tkazgan bosqichlarining tahlili haqidagi mulohazalar atroflicha yoritib beriladi. Bundan tashqari texnologik ilmiy yondashuvlar ilmiy jarayonlarining tezligi, aniqligi va obyektivligini oshishini ko’rsatishi hamda raqamli texnologiyalar orqali ma’lumotlar tahlili, shu o’rinda ilmiy jihatdan avtomatlashtirilgan vositalar yordamida olib borilgan tadqiqotlar batafsil ko’rsatib o’tiladi. Kalit so’zlar:Legal Tech, yakka tartibdagi iste’molchilar, sun’iy intelekt, huquqshunoslik metodologiyasi
Full text
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 100 ILMIY TADQIQOTLARDA LEGAL TECH OSITALARIDAN FOYDALANISH Sharipova Sabina Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs B-potok 1-guruh talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada texnologik yondashuvlarning ilmiy tadqiqotlardagi o’rni chuqur tahlil qilinishi bilan birga Legal Tech tushunchasi nima, u qanday amalda tadbiq etiladi, uning ilmiy tadqiqotlardagi ahamiyati va uni zamonaviy hayotgacha o’tkazgan bosqichlarining tahlili haqidagi mulohazalar atroflicha yoritib beriladi. Bundan tashqari texnologik ilmiy yondashuvlar ilmiy jarayonlarining tezligi, aniqligi va obyektivligini oshishini ko’rsatishi hamda raqamli texnologiyalar orqali ma’lumotlar tahlili, shu o’rinda ilmiy jihatdan avtomatlashtirilgan vositalar yordamida olib borilgan tadqiqotlar batafsil ko’rsatib o’tiladi. Kalit so’zlar:Legal Tech, yakka tartibdagi iste’molchilar, sun’iy intelekt, huquqshunoslik metodologiyasi KIRISH Ma’lumki, hozirgi dunyo o’z jadal rivojlanishini fan va texnologiya inqilobining tez sur’atlar bilan o’sishida hamda ilmiy tadqiqotlar metodologiyasidagi yuz berayotgan tub o’zgarishlarida namoyon etadi. Shu asnoda, texnologiyalar barcha sohalarda, xususan, huquqiy xizmat ko’rsatish yo’nalishida ham katta ta’sirini ko’rsatmoqda. ”Legal Tech” atamasi ostida birlashtirilgan yuridik innovatsiyalar raqamli huquq texnologiyalarini rivojlantirishi mumkin. Shu o’rinda “Legal Tech” o’zi nima va uning huquqiy faoliyatidagi o’rni qanday degan savol tug’ilishi maqsadga muvofiq. Legal Tech - bu huquqiy faoliyatni avtomatlashtirish, soddalashtirish va
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 101 samaradorligini oshirishga qaratilgan huquqiy xizmatlar va texnologik yechimlar majmui. Uning huquq bilan bog’liqligi shundaki, dasturiy vositalardan va sun’iy intelektdan foydalangan holda huquqshunoslarga huquqiy normalar va yuridik tajribalarning katta hajmini tahlil qilishda yordam beradi va u yakka tartibdagi iste’molchilar uchun foydalidir. Legal Tech nafaqat yuridik xizmatlarni ko’rsatish usullarini, balki butun yuridik kasbning mohiyatini o’zgartirmoqda. 1 U sun’iy intelekt yordamida shartnomalarni tahlil qilish, blokcheyn orqali ma’lumotlarni xavfsiz boshqarish va huquqiy maslahatlarni havola qilish uchun platforma yaratish muhimdir. Masalan, onlayn ma’lumotlar bazalari odamlarga dunyoning istalgan nuqtasidan huquqiy tadqiqot materiallaridan foydalanish imkonini beradi. Xususan O’zbekistonda ham huquqiy soha modernizatsiyasi izchil kuzatilmoqda. “Raqamli O’zbekiston-2030” strategiyasi doirasida yuridik sohani raqamlashtirish bo’yicha muhim qadamlar qo’yildi. Shuningdek, yangi qabul qilingan Konstitutsiyada ham har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi belgilab qo’yilgan. Zamonaviy yurist uchun Legal Tech vositalari nafaqat qo’shimcha imkoniyat, balki kasbiy faoliyatning zaruriy elementi hamdir. Mobil ilovalar advokatlar va boshqa yuridik mutaxassislarga yo’lda tadqiqot o’tkazish imkonini beradi. Texnologiya, shuningdek, advokatlarga yanada samaraliroq bo’lishga yordam beradi. Vazifalarni avtomatlashtirish orqali huquqshunoslar ko’proq strategik va ijodiy ishlarga e’tibor qaratish uchun vaqt ajratishlari mumkin. Raqamli transformatsiya davrida huquq sohasi ham jadal o’zgarishlarga duch kelingani shuni namoyon qiladiki, huquqshunoslikda ilgari qo’lda bajarilgan ko’plab ilmiy va amaliy jarayonlar endilikda kompyuterlashtirilgan va avtomatlashtirilgan tizimlar orqali amalga oshirilmoqda. Bunday usul 1970-yillarda boshlangan kompyuterlashtirish orqali yuridik amaliyotda birinchi texnologik inqilob sifatida kirib keldi. 2 Elektron yozuv mashinkalarining paydo bo’lishi yuridik hujjatlarni 1 Susskind, R.(2019). Tomorrow,s Lawyers: An introduction to your future (2nd ed). Oxford University Press. 2 Tashkent State University of Law (TSUL).(2025). TSUL Library Platform: Raqamli ta’lim va huquqiy axborot tizimi. https://library.tsul.uz
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 102 tayyorlash jarayonini sezilarli darajada osonlashtirdi. 1973-yilda Lexis ( hozirda LexisNexis ) tizimi ishga tushirildi. Bu tizim sudlov qarorlari va qonunchilik hujjatlari elektron shaklda saqlash va qidirish imkonini yaratadi. Bu davr internet texnologiyalarining yuridik sohaga kirib kelishi bilan xarakterlandi. Mark Lauritsen ta’kidlaganidek: “Internet yuridik xizmatlar ko’rsatish modelini tubdan o’zgartirdi”. Legal Techning 1970-2000-yilgacha bo’lgan rivojlanish tarixi internet va elektron pochtaning keng tarqalishi yuristlar va mijozlar o’rtasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqish bilan birga elektron pochta orqali hujjatlarni almashish, maslahatlar berish va muzokaralar olib borish imkoniyati paydo bo’ldi. Bugungi kunda huquqiy tadqiqotlar katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashni, murakkab qonunchilik tizimlarini tahlil qilishni va sud amaliyotidagi tendensiyalarni aniqlashni talab etadi . An’anaviy usullar bu jarayonda samaradorlikni ta’minlay olmaydi. Shu sabali Legal Tech vositalari, xususan, sun’iy intelekt, machine learning, natural language processing va blokcheyn texnologiyasi ilmiy tadqiqotlarda zarurat kasb etgan. Mazkur tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, O’zbekiston va boshqa davlatlarda huquq tizimini raqamlashtirish jarayoni kengayib borayotgan bir paytda, huquqshunoslik ilm-fanida ham yangi texnologiyalarga asoslangan yondashuvlarni joriy etish muhim metodologik ehtiyojga aylanmoqda. Legal Tech vositalarini ilmiy tadqiqotlarga integratsiya qilish orqali ilmiy natijalar empirik dalillarga tayanadi, tadqiqotlar natijalari amaliy qarorlar qabul qilishda foydali bo’lib, huquqshunoslik metodologiyasi zamonaviy texnologik talablar bilan uyg’unlashadi. METHODS Ushbu tadqiqot ilmiy tadqiqotda Legal Tech vositalaridan foydalanishning maqsadi va hozirgi zamonda uning ahamiyatini o’rganish va tahlil qilish maqsadida miqdoriy va sifat usullarini birlashtirgan aralash metodologiyasiga asoslanadi. Quyidagi tadqiqot usullaridan foydalaniladi:
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 103 Qonun hujjatlari tahlili - ochiq manbalardan olingan hujjatlar tahlil qilinadi, jumladan: O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonun (O’RQ-560-II-son 11.12.2023) - axborot tizimlari, elektron hujjatlar ,axborot xavfsizligi, davlat axborot resurslarini yuritish tartibini belgilaydi; “Elektron hukumat to’g’risida”gi qonun (O’RQ-395-son 09.12.2025) - davlat xizmatlarini raqamlashtirish, elektron hujjat almashinuvi va fuqarolar bilan onlayn muloqot mexanizmlarini belgilaydi; “Raqamli O’zbekiston-2030” strategiya (PF-6079-son 05.10.2020) - raqamli infratuzilma, elektron davlat xizmatlari, raqamli iqtisodiyot va raqamli transformatsiyani kengaytirish orqali davlat boshqaruvi, xizmat ko’rsatish va ijtimoiy sohalarini samarali qilishni belgilaydi. Huquqiy platformalar tahlili: E-huquqiy portali - Davlat xizmatlari va elektron hujjatlar tizimi. E-sud.uz - sud tizimini raqamlashtirish platformasi. Lex.uz - huquq va huquqiy axborotlashtirish sohasidagi davlatning asosiy huquqiy axborot resursi bo’lib, O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan barcha qonun hujjatlarini e’lon qiladigan yagona rasmiy manba. Adabiyotlar tahlili: Legal Tech sohasiga oid ilmiy maqolalar, kitoblar va boshqa manbalarga asoslangan holda mavzuga oid nazariy bilimlar egallanib, tahlil qilindi. Jumladan, ishonchli va kengaytirilgan ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi JSTOR, Google Scholar kabi ma’lumotlar bazalaridan foydalanilishi ko’zda tutilgan. So’rovnoma: O’zbekistonda huquq raqamli huquqiy texnologiyadan foydalanishning afzallik darajasi, buni amalga oshirishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va uni tadbiq qilish uchun talab qilinadigan sharoitlar hamda tajribalar haqida qo’shimcha ma’lumotlarga ega bo’lish maqsadida onlayn so’rovnoma o’tkazilishi
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 104 rejalashtirilgan edi. 3 So’rovnomada huquq sohasidagi mutaxassislar, Legal tech sohasidagi ekspertlar, ehtimoldagi ishtirokchilar va akademik ekspertlar ishtirok etishdi. So’rovnoma savollari O’zbekistonda huquqqa oid texnologiyalarning bugungi kundagi holati, xorijniki bilan taqqoslanganlikda yuzaga keladigan farqi, yaqin kelajakdagi huquq sohasidagi kamchiliklarni to’ldirishda kerak bo’ladigan qonunlar va xalqaro sammitlar o’tkazilishi kerakligi hamda bunday vositalar hozir bilan birga kelajakdagi ehtiyojlarni qanchalik qondira olishi kabi savollarni o’z ichiga oldi. Chuqurlashtirilgan intervyu: Legal tech sohasidagi 7 nafar ekspert bilan yarim struklashtirilgan intervyular o’tkazilgan. Intervyular ZOOM platformasi orqali masofaviy tarzda amalga oshirilgan va har bir intervyu 40 daqiqani tashkil etgan. Intervyular jarayonida chet elda o’tkazilgan tajribalar tahlil qilingan. Qiyosiy tahlil: Legal tech vositalaridan faol foydalanayotgan AQSh statistikasi, Janubiy Koreya, Singapur, Yevropa Ittifoqi va O’zbekistonning faoliyat ko’rsatkichlari taqqoslandi, ularning tajribalari haqidagi ma’lumotlar va Legal Tech sohasidagi qo’llanishi kerak bo’lgan loyihalar tahlil qilindi. Tadqiqot davomida ma’lumotlarni himoya qilish qoidalariga qat’iy rioya qilindi. Shu bilan birga, bunday usullardan foydalanish orqali nafaqat O’zbekistonda ko’zda tutilgan tajribalar, balki bir nechta xorijiy davlatlardagi huquq ekspertlarining Legal Tech vositalari haqidagi bilimlari va ko’nikmalari almashinuvi uchun imkoniyat yaratdi. Natijalar Tadqiqot davomida ilmiy izlanishlarda Legal Tech vositalaridan foydalanish samaradorligini aniqlash maqsadida bir qator tahlillar, amliy sinovlar va taqqoslashlar o’tkazildi. Tahlillar asosan ikki yo’nalishda olib borildi: 3 Digital Law Summit Uzbekistan. (2024). Xalqaro raqamli huquq texnologiyalari sammiti: natijalar va istiqbollar. https://digitallawsummit.uz
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 105 1. O’zbekiston va xorij amaliyotini o’rganish hamda huquqiy tadqiqotlarda Legal Tech vositalarining qo’llanish darajasi va imkoniyatlarini o’rganish; 2. Ushbu vositalarning ilmiy tadqiqotlar sifatiga, tezligiga va aniqligiga ta’sirini baholash. Legal Tech sohasida eng ko’p qo’llanilayotgan vositalar aniqlab chiqildi. Ular orasida chet elda yaratilgan LexisNexis, Westlaw, CaseText, Ross intelligence, DoNotPay kabi tizimlar yetakchi o’rin egalladi. LexisNexis - asosan, statistika, risk tahlili, shaxs yoki kompaniya fonini va sud qarorlarining amalda qo’llanishini tahlil qiladi Westlaw - qonunlar, kodekslar va normativ huquqiy hujjatlar jamlanmasi bo’lib, unikal “kalit raqamlar tizimi” orqali huquqiy mavzularni tasniflaydi. CaseText - bu AI yordamida ishlatiladigan huquqiy platforma bo’lib, u huquqshunoslar uchun tezkor samarali qidiruv imkoniyatlarini taqdim etadi. U sud qarorlari, qonunlar va ilmiy maqolalarni tahlil qilish uchun tabiiy tini qayta ishlash va sementik qidiruvdan foydalanadi. RossIntelligence - bu huquqiy texnologiyalar bo’yicha ilgari chiqqan startup bo’lib, ayniqsa AI yordamida huquqiy tadqiqotlar sohasida yangicha yechimlar taklif qilgan va asosiy maqsadi advokatlar, yuridik mutaxassislar va tadqiqotchilarga savollarni inson tilida ( natural language ) berish orqali, tez va aniq natija bera oladigan AI-asosli huquqiy qidiruv tizimini yaratish. DoNotPay - turli turdagi muammolar uchun avtomatik huquqiy hujjatlar va arizalar shakllantirish imkoniyatini beradi. Tadqiqotlarda keltirilishicha, Amerika Qo’shma shtatlarida 2024-yil bunday platformalardan foydalanish darajasi yillik jihatdan sezilarli o’sgan: 2023-yil atigi ~ 11% ( yuridik mutaxasislar tomonidan) bo’lgan bo’lsa, 2024yilga kelib 30% gacha ko’tarilgan. Shu asnoda Buyuk Britaniya yuristlari orasida ham bunday platfomalardan foydalanish 2023-yilning iyul oyida
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 106 taxminan 11% ni tashkil etib turgan bir paytda, bu ko’rsatkich 2024-yilga kelib 40% ga oshgani ta’kidlangan. Shunga mos ravishda O’zbekistonning ko’rsatgan natijalari quyidagicha tahlil qilinadi: mavjud raqamli yuridik xizmatlar infratuzilmasi, E-sud tizimi orqali 2023yilda 1.2 million fuqarolik ishlari ko’rib chiqilgan, notarial xizmatlarning 65% elektron shaklda amalga oshirilmoqda, Legal Tech startaplar soni 2022-yilga nisbatan 40% o’sgan, yuridik maslahat beruvchi chatbotlar ham 15 ta mavjud. Milliy va xorijiy qonunchilikdagi aksi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O’zbekiston - 2030” strategiyasi to’g’risidagi Farmoni ( PF-6079,2020)ga binoan ushbu sohaning rivojlanishiga sabab bo’luvchi keng miqyosdagi islohotlar amalga oshiriladigan. Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash ko’zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan. “Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi qonunda elektron hijjatlarda raqamli imzodan foydalanish tartibi hamda davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari sifatida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart sharoitlar yaratish va ilmiy texnik tadqiqotlarni rag’batlantirish aniq belgilangan. “Elektron hukumat to’g’risida” gi qonunda esa elektron davlat xizmat ko’rsatish tartibi, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyatini, davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish, “bir darcha” prinsipi bo’yicha elektron davlat xizmatlarini tartibga soladi. Xorijiy qonunchilik hujjatlariga yuzlanadigan bo’lsak, Singapurda “Legal Profession ( law Practice Entities) Rules”- yuridik xizmatlarni raqamlashtirish va texnologik yechimlardan foydalanishni tartibga soladi hamda onlayn yuridik xizmat
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 107 ko’rsatish standartlarini belgilaydi. 4 Shuningdek Buyuk Britaniyada esa “Legal Services Act 2007” - yuridik xizmatlar bozorini liberallashtirish va innovatsiyalarni joriy etishga qaratilgan. “Courts and Legal Service Act 1990” - elektron sud tizimini rivojlantirish asoslarini belgilaydi. Amerika Qo’shma Shtatlarida esa “Electronic Signature in Global and National Commerce Act (ESIGN) - elektron imzolar va hujjatlarning yuridik kuchini tartibga soladi. Har bir shtat o’zining onlayn yuridik xizmatlar ko’rsatish bo’yicha qonunlarga ega. Yevropa Ittifoqi:”eiDAS Regulation”(910/2014) - elektron identifikatsiya va tranzaksiyalar xavfsizligini ta’minlash bo’yicha yagona standartlarni o’rnatadi. Janubiy Koreya:”Framework Act on Informatization Promotion” davlat xizmatlarini raqamlashtirish va elektron hukumatni rivojlantirish asoslarini belgilaydi. “Digital Signature Act” - elektron imzolardan foydalanish tartibini belgilaydi. Asosiy Tendensiyalar Hozirda olib boriladigan asosiy tendensiyalar sifatida: 1. Chet elda AI drujeri (document drafting), hujjat tahlili, yuridik tadqiqot (legal reseach ) kabi ishlarda tobora faol foydalanilmoqda. 2. Yirik yuridik firmalar ham AI uchun ichki jamoalarni shakllantirmoqda yoki texnologik startaplar va vositalarni sotib olmoqda. Masalan, Cleary Gottlieb firmasi Springbok AI kompaniyasini sotib oldi. 3. Firmalar ma’muriy vazifalrni kamaytirish, hujjatlarni tahrirlash, tekshirish va tayyorlash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun platformalardan foydalanmoqda. 4. Ba’zi kompaniyalar contract management (CLM), huquqiy hujjatlarni boshqarish, notariuslik xizmatlarni taklif qilmoqda. Misol uchun Notario.org digital notarius platformasi. 4 United Nations Development Programme (UNDP). (2022). Legal Tech in central Asia opportunites and challenges.
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 108 O’zbekistonda qilingan yangiliklar: 1. YURXIZMAT.UZhuquqiy o’z-o’zini xizmat ko’rsatish tizimi. Legal Tech tizimi sifatida ishlatilib, foydalanuvchilarga advokat ishtirokisiz huquqiy hujjatlarni tayyorlash imkoniyati beriladi va tizim kichik biznes, kam ta’minlangan fuqarolar va boshqa shaxslar uchun mo’ljallangan. 2. Tuzuk - AI-quvvatlangan huquqiy yordamchi platforma bo’lib, o’z ichiga huquqiy qidiruv, avtomatik hujjat tayyorlash (contract generation) hujjat tekshiruvi kabi xizmatlarni o’z ichiga oladi. 3. Legal-tech ta’lim va kurrikulum - bu ta’lim jarayonida yuridik texnologiyalarni qo’shish, talabalarni tayyorlashga oid tashabbus. Bunga mos ravishda Toshkent davlat yuridik universiteti Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi huzuridagi Legal Tech laboratoriyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O’zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5978-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish grafigining 33-bandiga muvofiq tashkil etildi. Mazkur laboratoriya universitetda startap-loyihalarning inkubatsiya va aksellaratsiya markazi vazifasini bajarmoqda. Mazkur laboratoriya axborot texnologiyalari sohasi rivojlanishi va yutuqlarini, shu jumladan, axborot huquqiy texnologiyalar va tizimlarni ishlab chiqishda ishlatish mumkin bo’lgan texnik yechimlarni doimiy kuzatib borish, axborot huquqiy texnologiyalar va tizimlarning ishlab chiqilishini ta’minlash, Universitet talabalarida axborot texnologiyalari va tizimlariga qiziqishni uyg’otish va ularni ushbu sohaga jalb etish vazifalarini bajaradi. Muhokama O’tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, Legal Tech vositalaridan foydalanish ilmiy izlanishlarda sezilarli darajada samaradorlikni oshiradi. Avvalo, vaqt tejalishi va aniqlik ko’rsatkichlarining oshgani bu texnologiyalarni huquqiy