scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KORPORATIV TEJAMKORLIK SIYOSATINING KOMPANIYA RENTABELLIGIGA TA'SIRI

Meyliyeva Dilsora Farhod qizi

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida korporativ tejamkorlik siyosatining korxonalar rentabelligiga ta’siri yoritilgan. Korporativ tejamkorlik siyosati xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, ortiqcha xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarish hamda boshqaruv jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan strategik chora-tadbirlar majmuasi sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda operatsion xarajatlarni minimallashtirish, energiya va resurs tejamkorligi, xarid siyosatini optimallashtirish, raqamlashtirish va avtomatlashtirish kabi omillarning ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, operatsion xarajatlarning turlari, ular tarkibiga kiruvchi ishlab chiqarish va ma’muriy xarajatlar, xomashyo, energiya sarfi, mehnat haqi, amortizatsiya, ijara, logistika va boshqa xarajatlar tahlil qilingan. Maqolada tejamkorlik siyosatining joriy etilishi korxona samaradorligi va rentabellik darajasini oshirishda muhim o‘rin tutishi ilmiy asoslangan.

Full text

Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 116 KORPORATIV TEJAMKORLIK SIYOSATINING KOMPANIYA RENTABELLIGIGA TA’SIRI O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya akademiyasi. Moliya va moliyaviy texnologiyalar fakulteti. Korporativ moliya va Qimmatli qog‘ozlar yo‘nalishi magistranti Meyliyeva Dilsora Farhod qizi Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida korporativ tejamkorlik siyosatining korxonalar rentabelligiga ta’siri yoritilgan. Korporativ tejamkorlik siyosati xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, ortiqcha xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarish hamda boshqaruv jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan strategik chora-tadbirlar majmuasi sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda operatsion xarajatlarni minimallashtirish, energiya va resurs tejamkorligi, xarid siyosatini optimallashtirish, raqamlashtirish va avtomatlashtirish kabi omillarning ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, operatsion xarajatlarning turlari, ular tarkibiga kiruvchi ishlab chiqarish va ma’muriy xarajatlar, xomashyo, energiya sarfi, mehnat haqi, amortizatsiya, ijara, logistika va boshqa xarajatlar tahlil qilingan. Maqolada tejamkorlik siyosatining joriy etilishi korxona samaradorligi va rentabellik darajasini oshirishda muhim o‘rin tutishi ilmiy asoslangan. Kalit so‘zlar: korporativ tejamkorlik, rentabellik, operatsion xarajatlar, ishlab chiqarish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, resurs tejamkorligi, energiya samaradorligi, xarid siyosatini optimallashtirish, raqamlashtirish, avtomatlashtirish, amortizatsiya, logistika xarajatlari. Korporativ tejamkorlik siyosati — bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, ortiqcha bo‘lgan xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish orqali korxonalarda mablag‘larning tejalishini ta’minlovchi bir qator strategik choratadbirlar majmuini ko‘rsatib berilgan. Bu siyosat quyidagilarni o‘z ichiga oladi • operatsion xarajatlarni minimallashtirish; • energiya va resurs tejamkorligi; • xarid siyosatini optimallashtirish; • raqamlashtirish va avtomatlashtirish kabi omillarni qamrab oladi. Korxonalarning operatsion xarajatlari deganda bu korxonalarning kundalik Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 117 faoliyatidagi davomida mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun qilinadigan barcha muntazam xarajatlarning birgalikdagi majmuasi. Operatsion xarajatlar doimiy va muntazam amalga oshiriladi korxonlarda. Bu xarajatlar kompaniyaning normal ishlashi hamda foyda olishi uchun juda muhim hisoblanadi. Operatsion xarajatlar odatda 2 turga bo‘linadi: Ishlab chiqarish xarajatlari va ma’muriy xarajatlar. Korxonalardagi ishlab chiqarish xarajatlari sirasiga xomashyoga ketgan pul mablag’lari, korxonaning elektr energiya xarajatlari kiradi. Qolaversa ishchi hodimlarning mehnatining evaziga to‘lanadigan ish haqi. Yillar davomida uskunlarning ishlashi davomiyligi sababli eskirish yuzaga keladi va amortizatsiya xarajatlari to‘lab berilishi ham korxonaning operatsion xarajatlari sirasiga kiradi. Qolaversa korxonalar ijaraga turishi mumkin va ijara shartnomasi to‘lovlari hamda qadoqlash, logistika xarajatlarining hammasi operatsion xarajatlar sirasiga kiradi. Korxonalarda energiya va resurs tejamkorligi deganda bu ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va uy xo‘jaligidagi elektr, gaz, yoqilg‘i shuningdek boshqa resurslarni masalan xomashyo, suv, materiallar, vaqt kabi tushunchalarni kamroq sarflash orqali ko‘proq natija olish jarayonidir. Energiya va resurs tejamkoligiga erishishning asosiy maqsadlari talaygina hisoblanadi. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni bir qator xarajatlari kamaytiriladi. Bu orqali korxonaga ancha foyda bo‘ladi hamda iqtisodiy o‘sishga erishiladi. So‘nggi yillarda sanoat korxonalari, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari va hatto davlat idoralari uchun energiya va resurs tejamkorligi masalasi strategik ahamiyat kasb etdi. Global raqobatning kuchayishi, tabiiy resurslarning cheklanganligi, energiya narxlarining o‘sishi, ekologik muammolarning ortishi kompaniya va davlatlarning tejamkorlik siyosatini joriy etishiga sabab bo‘lmoqda. Energiya va resurslarni tejash — bu shunchaki xarajatlarni kamaytirish imkoniyati emas, balki barqaror iqtisodiyot, innovatsion taraqqiyot va korporativ mas’uliyat asosidir. Mazkur jarayon kompaniyaning uzoq muddatli rivojlanishi, investitsion jozibadorligi va rentabelligiga bevosita ta’sir qiladi. Bugungi kunda korxonalar faoliyatida xarid siyosati alohida ahamiyat kasb etadi, chunki tovar, xomashyo, material va xizmatlarni oqilona xarid qilish kompaniya xarajatlarini bevosita belgilaydi. Korporativ boshqaruvda xarid siyosatini optimallashtirish — bu resurslarni eng qulay narxda, eng yaxshi sifatda va eng qulay sharoitlarda sotib olishga qaratilgan tizimli faoliyatdir. Optimallashtirilgan xarid jarayoni operatsion xarajatlarni kamaytiradi, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va kompaniya rentabelligini yaxshilaydi. Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 118 Xarid siyosati — bu kompaniya uchun zarur bo‘lgan resurslarni tanlash, baholash, buyurtma qilish, shartnoma tuzish va yetkazib berish bo‘yicha belgilangan tamoyillar, qoidalar va mexanizmlar yig‘indisidir. Bu siyosat quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi: xomashyo va materiallarni o‘z vaqtida yetkazib olish; sifatni kafolatlash; narxni optimallashtirish; yetkazib beruvchilar bilan barqaror hamkorlikni rivojlantirish; risklarni minimallashtirish. Raqamlashtirish — bu an’anaviy jarayonlarni raqamli texnologiyalar yordamida avtomatlashtirish, optimallashtirish va yangilash jarayoni bo‘lib, iqtisodiyot, biznes, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Raqamlashtirishning asosiy maqsadi — ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash, xarajatlarni kamaytirish, inson xatolarini minimallashtirish va yangi imkoniyatlar yaratish demakdir. Rentabellik haqida so‘z borar ekan eng avvalo bu tushunchaning ma’nosiga e’tiborni qaratmoq lozim. Rentabellik — bu korxonaning foyda olish darajasi bo‘lib, resurslar ( qator kapitallar, aktivlar, turli xildagi xarajatlar)dan qancha darajada samarali foydalanilayotganini ko‘rsatadi. Rentabellikning asosiy ko‘rsatkichlari: • ROA (Return on Assets) — aktivlardan ko‘rilgan foyda • ROI (Return on Investment) — investitsiyaga qaytgan foyda • ROS (Return on Sales) — sotuvdan olingan foyda • ROE (Return on Equity) — o‘z mablag‘iga nisbatan foyda Korxonalardagi tejamkorlik siyosati rentabellikni qanday oshiradi? Xarajatlarni qisqartirish orqali korxonalarda rentabelikka erishish ehtimoli yuqori. Bu orqali ishlab chiqarish tannarxi pasayadi. Uskunlardan oqilona foydalanish natija bera boshlaydi. Ma’muriy xarajatlar hamda boshqaruv xarajatlari kamayib boshlaydi. Natijada sof foyda ortadi keyin rentabellik ko‘tariladi. Keyingi o‘rinda moliyaviy resurslar boshqaruvining yaxshilanishi kuzatiladi. Resurslardan oqilona foydalanilsa korxonalarda xomashyo yo‘qotishlari kamayadi, energiya sarfi optimallashtiriladi; qator xarajatlari kamayadi. Natijada bir birlik mahsulot narxi pasayadi. Korxonalarda ish faoliyatini raqamlashtirish va avtomatlashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib turipti. Ish jarayonini raqamlashtirish orqali tezlik, sifat va nazorat oshadi. Qolaversa avtomatlashtirilgan tizimlar inson mehnatini kamaytiradi. Natijada ishlab chiqarish hajmi ko‘payadi, foyda yuqorilaydi. Xulosa qilib aytganda O‘zbekistondagi korporativ tejamkorlik siyosatining korxonalar rentabelligiga operatsion xarajatlarni minimallashtirish, energiya va resurs tejamkorligi, xarid siyosatini optimallashtirish, raqamlashtirish va avtomatlashtirish kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Qolaversa bugungi kunning eng muhim va dolzarb Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 119 muammolaridan biri bo‘lib turgan raqamlashtirish siyosatining amalga oshirilayotganligi mamalakatdagi korxonalarni samaradorligini oshirishga xizmat qilyapti desak xato bo‘lmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati. 1. Richard A. Brealey, Stewart C. Myers, Franklin Allen, Alex EdmansPrinciples of Corporate Finance 2. Pierre Vernimmen, Pascal Quiry, Yann Le Fur, Maurizio Dallocchio, Antonio SalviCorporate Finance: Theory & Practice 3. R. S. Muratov “Korxona iqtisodiyoti” 4. I. O. Ulashev va boshqalar “Korxona iqtisodiyoti va menejmenti”