scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RASMIY USLUBGA OID NUTQ MADANIYATINI SHAKILLANTIRISHDA DARSLIK VA METODIK QOʻLLANMALARNING OʻRNI

Ubaydullayeva Muslima Isroiljon qizi

Abstract

Mazkur maqolada rasmiy uslubga oid nutq madaniyatini shakllantirishda darslik va metodik qo‘llanmalarining o‘rni tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida rasmiy nutqning nazariy asoslari, amaliy mashqlar tizimi, rasmiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy o‘qitish metodlari, elektron hujjatchilik va axborot texnologiyalari asosidagi yondashuvlarning ahamiyati ko‘rsatib beriladi.

Full text

IZLANUVCHI II-SON ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 62 RASMIY USLUBGA OID NUTQ MADANIYATINI SHAKILLANTIRISHDA DARSLIK VA METODIK QOʻLLANMALARNING OʻRNI Ubaydullayeva Muslima Isroiljon qizi Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Filologiya kafedrasi magistranti Annotatsiya. Mazkur maqolada rasmiy uslubga oid nutq madaniyatini shakllantirishda darslik va metodik qo‘llanmalarining o‘rni tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida rasmiy nutqning nazariy asoslari, amaliy mashqlar tizimi, rasmiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy o‘qitish metodlari, elektron hujjatchilik va axborot texnologiyalari asosidagi yondashuvlarning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: rasmiy uslub, nutq madaniyati, darslik, metodik qo‘llanma, rasmiy hujjat, amaliy ko‘nikma. Аннотация. В статье рассматривается роль учебников и методических пособий в формировании культуры официальной речи. Раскрываются теоретические основы официального стиля, методические подходы к его преподаванию и развитие навыков работы с официальными документами. Особое внимание уделено современным педагогическим технологиям, электронному документообороту и применению информационных технологий в учебном процессе. Ключевые слова: официальный стиль, культура речи, учебник, методическое пособие, официальный документ, практические навыки. Annotation. This article analyzes the role of textbooks and methodological manuals in the formation of official speech culture. Theoretical foundations of the official style, methodological approaches to teaching it, and pedagogical mechanisms for developing practical skills in working with official documents are described. The study also emphasizes the importance of modern teaching methods, electronic documentation, and information technologies in the educational process. Keywords: official style, speech culture, textbook, methodological manual, official document, practical skills. Kirish. Bugungi kunda rasmiy uslubga oid nutq madaniyatining shakllanishi jamiyatning siyosiy, ijtimoiy hamda ma’naviy taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki davlat boshqaruvi, tashkilotlar faoliyati, hujjatchilik amaliyoti hamda elektron muloqot tizimining jadal rivojlanishi rasmiy nutqning aniq, ravon va me’yoriy talablar asosida qo‘llanilishini talab qiladi. Ayniqsa, mustaqillik yillarida huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida rasmiy nutq IZLANUVCHI II-SON ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 63 madaniyatining yuksak darajada bo‘lishi davlat idoralari va fuqarolar o‘rtasidagi muloqot madaniyatining rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Bugungi globallashuv sharoitida xalqaro hamkorlikning kengayishi, davlatlararo diplomatik aloqalarning ko‘payishi va axborot makonining tezkor yangilanib borishi rasmiy nutq ko‘nikmalarini nafaqat davlat xizmati sohasida, balki ta’lim tizimi, tadqiqot faoliyati, biznes boshqaruvi kabi ijtimoiy sohalarda ham zarur kompetensiyalar qatoriga olib chiqdi. Shu bois, yosh avlod rasmiy nutq normalarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o‘zlashtirishi, hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi dolzarb masala sifatida qaralmoqda. Rasmiy nutqni shakllantirish jarayonining samaradorligi, avvalo, ta’lim mazmuniga, xususan, darsliklar va metodik qo‘llanmalarda berilgan nazariy tushunchalar, amaliy topshiriqlar tizimiga bog‘liqdir. Zero, rasmiy uslubga oid adabiyotlarda davlat hujjatlari tuzilishi, muloqotning rasmiy shakllari, huquqiy terminologiya, idoraviy til me’yorlari ilmiy asosda yoritilib, amaliy mashqlar bilan boyitilishi talab etiladi. Shu jihatdan qaraganda, zamonaviy darsliklar mazkur jarayonning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda ta’lim jarayoniga elektron hujjatchilik, axborot texnologiyalari, elektron hukumat tizimi bilan bog‘liq materiallarning kiritilishi talabalarda rasmiy nutqni virtual muhitda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon bermoqda. Demak, darslik va metodik qo‘llanmalar nafaqat nazariy bilim beruvchi manba, balki amaliy nutq madaniyatini rivojlantiruvchi pedagogik vosita sifatida ham qiymatga ega. Shu ma’noda, mazkur maqolada rasmiy uslubning lingvistik asoslari, nutq madaniyatidagi o‘rni, ta’lim jarayonida darslik va metodik qo‘llanmalar orqali rasmiy nutqni shakllantirishning nazariy hamda amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi, mavjud tajribalar yoritilib, istiqboldagi pedagogik vazifalar ko‘rsatib beriladi. Adabiyotlar tahlili. Rasmiy uslubga oid nutq madaniyatini shakllantirish masalasi o‘zbek tilshunosligida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ilmiy tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida shakllanib borgan. Avvalo, til mad aniyati masalalari A. Madvaliyev, A. Nurmonov, Sh. Rahmatullayev, H. Doniyorov kabi olimlarning ilmiy izlanishlarida o‘rganilgan bo‘lib, ularda nutq madaniyatining nazariy asoslari va lingvistik talablari yoritilgan. Xususan, A. Madvaliyev nutq madaniyatini jamiyatning madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq ijtimoiy hodisa sifatida talqin etadi hamda nutqni me’yorlashtirish jarayonida uslubiy talablarga qat’iy amal qilishni muhim omil deb belgilaydi (Madvaliev A., 1995). Shuningdek, rasmiy uslubning nazariy talqinlari Sh. Rahmatullayev tomonidan izchil o‘rganilgan bo‘lib, olim o‘zining “Til va nutq” asarida rasmiy yozishmalarning turlari, hujjatlar tuzilishi, rasmiy nutqda qo‘llanadigan sintaktik birliklarning me’yoriy xususiyatlarini tahlil qiladi (Rahmatullayev Sh., 2002). Til va nutqning o‘zaro munosabatida rasmiy uslubning kommunikativ vazifalari, matnning uslubiy mezonlari haqida ilmiy xulosalar berilgan. O‘zbek tili uslubshunosligida rasmiy uslubning lingvistik xususiyatlari, hujjatchilik madaniyati, rasmiy til me’yorlari O. Usmonov, A. IZLANUVCHI II-SON ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 64 Nurmonov, N. Mahmudovlarning tadqiqotlarida ham ko‘tarilgan. Jumladan, N. Mahmudov rasmiy nutqda milliy tilning davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash va hujjatchilik madaniyatini zamonaviylashtirish masalalarini til madaniyati nazariyasi bilan bog‘lab tahlil qiladi (Mahmudov N., 2010). Alohida ta’kidlash lozimki, rasmiy hujjatlar tili, imlo, rasmiy kommunikatsiya me’yorlariga doir masalalar bugungi kunda nafaqat filologiya, balki davlat boshqaruvi, yuridik til, tarjimashunoslik, elektron hukumat sohalarida ham keng o‘rganilmoqda. Jahon tajribasiga nazar tashlansa, rasmiy nutqning kommunikativ vazifalari, ijtimoiylingvistik mohiyati, madaniy standartlari van Deyk (Van Dijk, 1997), Xeylpern (Halpern, 2015) kabi olimlarning ishlarida keng yoritilgan. Tadqiqotlarda rasmiy nutq institutlashtirilgan kommunikativ jarayon sifatida talqin qilinib, unda shaffoflik, aniqlik, interaktivlik, huquqiy mas’uliyat kabi tamoyillar muhim ahamiyatga ega ekani ko‘rsatiladi. O‘zbek tilshunosligida darslik va metodik qo‘llanmalar masalasiga bag‘ishlangan tadqiqotlar ham yetarlicha mavjud. Rasmiy uslubning pedagogik asoslari A. Nurmonov va H. Doniyorovlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ular rasmiy nutq o‘rgatilishida matn ustida ishlash, amaliy hujjat tahlillari, standart namunalar bilan tanishtirish pedagogik metodika sifatida samarali ekanini ta’kidlaydi (Nurmonov A., 2012). O‘quv jarayonida rasmiy nutqni shakllantirishga qaratilgan metodik topshiriqlar, mashqlar tizimi pedagogik texnologiyalar bilan boyitilayotgani kuzatiladi. So‘nggi yillarda elektron hujjatchilik, raqamli kommunikatsiya, davlat xizmatlarining onlayn shakllarga o‘tkazilishi natijasida rasmiy nutqning virtual muhitda qo‘llanishini o‘rganuvchi ilmiy yondashuvlar ham paydo bo‘lmoqda. Masalan, “Elektron hukumat” tizimining rivojlanishi bilan rasmiy nutqning axborot texnologiyalari bilan integratsiyalashuvi masalalari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda kommunikativ samaradorlik, elektron til standartlari, terminologiyaning yagona talqini kabi jihatlar muhim nazariy nuqtai nazardan tahlil qilinadi (OECD, 2020; UNDP Digital Report, 2022). Yuqoridagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, rasmiy uslub masalasi lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik, pedagogik yondashuvlar kesimida tadqiq etilmoqda. Ammo darslik va metodik qo‘llanmalarning bu jarayondagi o‘rni bo‘yicha kompleks ilmiy izlanishlar hali to‘liq shakllanmagan. Shu sababli, mavjud ilmiy tafakkur va amaliy metodik tajribalarni uyg‘unlashtirish muhim ilmiy vazifa sifatida qaraladi. Materiallar va metodlar. Mazkur tadqiqot rasmiy uslubga oid nutq madaniyatini shakllantirish jarayonida darslik va metodik qo‘llanmalarning o‘rnini o‘rganish, ularning ta’lim jarayonidagi samaradorligini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, tadqiqot davomida lingvistik tahlil, pedagogik kuzatish va metodik tajriba usullaridan foydalanildi. Tadqiqotning asosiy materiali sifatida oliy ta’lim muassasalari, litsey va maktablar uchun yaratilgan ona tili darsliklari, uslubshunoslik bo‘yicha metodik qo‘llanmalar, davlat hujjatlari namunalarini qamrab olgan o‘quv adabiyotlari tanlab olindi. Tadqiqotda rasmiy uslubga doir lingvistik manbalar, amaldagi normativ- IZLANUVCHI II-SON ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 65 huquqiy hujjatlar, rasmiy yozishmalar standartlari, rasmiy murojaat turlari, elektron hujjatchilik tizimi bo‘yicha ilmiy adabiyotlar qiyosiy o‘rganildi. Materiallar tanlanishida quyidagi mezonlar inobatga olindi: • rasmiy til me’yorlarini o‘rgatuvchi manbalar • amaliy topshiriqlar tizimi mavjudligi • hujjat shakllari bo‘yicha standartlar • yangi pedagogik texnologiyalar qo‘llangan manbalar Tadqiqot metodlari sifatida quyidagi yondashuvlardan foydalanildi: 1. Lingvistik tahlil metodi. Ushbu metod yordamida darsliklarda berilgan rasmiy nutq unsurlarining grammatik, uslubiy va mazmuniy jihatdan qo‘llanilishi o‘rganildi. Rasmiy uslubga oid terminlar, sintaktik konstruktsiyalar, formal ifodalar tizimi lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilindi. 2. Pedagogik tahlil va kuzatish. Ona tili darslari jarayonida rasmiy uslubga oid mavzularning o‘tilishi, talabalarda rasmiy nutq ko‘nikmalarining shakllanishi hamda hujjatchilik bo‘yicha amaliy topshiriqlarning samaradorligini aniqlash maqsadida dars jarayonlari kuzatildi. 3. Qiyosiy uslubshunoslik tahlili. Rasmiy uslubga oid o‘quv manbalari o‘zbek tilshunosligi, rus tili va ingliz tili uslubiy manbalari bilan qiyosiy tarzda o‘rganildi. Xalqaro terminologiya, standartlashtirish talablari va elektron hujjatchilik standartlari bir-biri bilan taqqoslandi. 4. Kontent-tahlil. Darsliklar, metodik qo‘llanmalar, davlat hujjatlari namunalarining mazmuni kontent tahlil orqali o‘rganildi, rasmiy nutqqa oid til birliklari, nutqiy formulalar, rasmiy andozalarning qo‘llanilish darajasi aniqlab borildi. Tadqiqot bazasi. Materiallar Prezident maktablari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quv dasturlari asosida tuzilgan darsliklar hamda ular uchun mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalardan iborat bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rasmiy hujjatlari, davlat tilida ish yuritish to‘g‘risidagi normativ me’yorlar asosiy manba sifatida qo‘llandi. Tadqiqot cheklovlari. Tadqiqot faqat rasmiy uslub va hujjatchilik masalalarini o‘z ichiga olgani bois, publitsistik, badiiy yoki ilmiy uslub materiallari qamrab olinmadi. Bu esa tadqiqot natijalarini rasmiy til doirasida chegaralashni taqozo etadi. Jadval nomi: “Darslik va metodik qo‘llanmalarda rasmiy uslubga oid kompetensiyalarning shakllanishi bo‘yicha analitik tahlil” Tahlil mezoni Darslikdagi holat Metodik qo‘llanmada aks etishi Ta’lim jarayoniga ta’siri Kuzatilgan kamchiliklar Rasmiy uslub asoslari Nazariy tushunchalar mavjud Tushuntirish kengroq O‘quvchilarda tasavvur shakllanadi Amaliy izohlar yetarli emas IZLANUVCHI II-SON ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 66 Tahlil mezoni Darslikdagi holat Metodik qo‘llanmada aks etishi Ta’lim jarayoniga ta’siri Kuzatilgan kamchiliklar Hujjat turlari Asosan umumiy berilgan Namuna ko‘proq Hujjat shakllari bilan tanishadi Elektron hujjatlar kam Rasmiy murojaat turlari Qisman yoritiladi Batafsil izohlangan Muloqot madaniyati oshadi Terminlar tizimi yetarli emas Amaliy mashqlar Kam miqdorda Rivojlangan Ko‘nikma shakllantiradi Real vaziyatlar kam Elektron hujjatchilik Darsliklarda deyarli yo‘q Ba’zi qo‘llanmalarda mavjud Raqamli kompetensiya shakllanadi Yagona standart tizimi yo‘q Til me’yorlari Grammatik jihat asosiy Uslubiy jihat kengroq Ilmiy fikr doimiy Terminologiya tizimsiz Standartlar va andozalar Juda qisqa Batafsil berilgan Professional ko‘nikma oshadi Huquqiy hujjatlar kam Metodik yondashuv An’anaviy Interfaol, amaliy O‘quvchida nutq faol bo‘ladi Yangi texnologiyalar kam qo‘llanadi Tadqiqot natijalarining muhokamasi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, rasmiy uslubga oid nutq madaniyatini shakllantirish jarayonida foydalanilayotgan darslik va metodik qo‘llanmalar mazmuni hali ham to‘liq amaliy yo‘naltirilmagan. Tadqiqot davomida kuzatilgan muammolarning asosiy qismi o‘quv jarayonida rasmiy hujjatlar bilan ishlash, rasmiy uslubning kommunikativ xususiyatlarini qo‘llash, hamda talabalar nutqida rasmiy ifoda me’yorlarining to‘la aks etmasligi bilan bog‘liq bo‘ldi. Bundan tashqari, mavjud darsliklar tarkibida rasmiy uslub turlarini formal tasniflash bo‘yicha yetarli nazariy material berilgan bo‘lsa-da, amaliy topshiriqlar, tahliliy vazifalar va real hujjatlar bilan ishlashga yo‘naltirilgan metodlar yetishmaydi. Bu holat taklif etilgan metodik tizimni yangilash zaruratini ko‘rsatadi. Shu jihatdan ta’kidlash joizki, tadqiqot davomida o‘quvchilar orasida o‘tkazilgan diagnostik tahlil natijalari ham aynan mazkur jarayonning zaif jihatlarini tasdiqladi. Bunda rasmiy nutqning funksional-stilistik xususiyatlarini qo‘llashga oid topshiriqlarni bajarish ko‘rsatkichlari o‘rtacha darajada, hujjat namunalarini tuzishda esa sust natijalar kuzatildi. Olingan natijalar xorijiy tadqiqotlar bilan qiyosiy tahlil qilinganda, elektron hujjatlar va raqamli kommunikatsiya vositalarining nutq madaniyatiga ta’sirini aks ettiruvchi materiallarning jahon amaliyotiga nisbatan juda kam ekanligini ko‘rsatdi. IZLANUVCHI II-SON ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 67 Bu esa o‘zbek ta’lim tizimida rasmiy nutqni raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish talab etilishini anglatadi. Yana bir muhim jihat shundaki, metodik qo‘llanmalar tarkibida talabalarning kasbiy kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan modellarni yaratish masalasi dolzarb bo‘lib, ushbu yo‘nalishda tatbiq etilgan amaliy mashg‘ulotlar ijobiy samaralarni berdi. Ayniqsa, rasmiy yozishmalarni loyihalash, elektron ariza, buyruq, xat, bayonnoma, ma’lumotnoma kabi hujjat turlarini ishlab chiqish bo‘yicha dars mashg‘ulotlari talabalar nutq madaniyatining oshishiga sabab bo‘lganini ko‘rish mumkin. Umuman olganda, o‘tkazilgan tajriba va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, darslik va metodik qo‘llanmalar ta’lim jarayonining asosiy komponenti sanaladi, biroq ularning mazmuni zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishga moslashtirilishi lozim. Rasmiy uslubni o‘qitishda amaliyotga yo‘naltirilgan, interfaol, axborot texnologiyalariga tayangan, real kommunikativ vaziyatlarga moslashgan metodlardan foydalanish talab qilinadi. Shunday qilib, tadqiqot natijalari rasmiy nutq madaniyatini shakllantirish bo‘yicha yangi metodik yondashuvlarning ta’lim jarayoniga joriy etilishi zarurligini tasdiqlaydi. Xulosa. Yuqoridagi tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, rasmiy uslubga oid nutq madaniyatini shakllantirish masalasi bugungi ta’lim jarayonida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Darslik va metodik qo‘llanmalar mazmunida rasmiy uslubning nazariy asoslari nisbatan yetarli yoritilgan bo‘lsa-da, amaliy jihatlar, ayniqsa, real kommunikativ vaziyatlar bilan bog‘liq topshiriqlar tizimi, elektron hujjatlar bilan ishlash, hujjatlarni loyihalash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha metodik yondashuvlar yetarli darajada takomillashmagan. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mavjud o‘quv resurslari talabalarning rasmiy uslubdagi nutq kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi, biroq ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish uchun yangi metodik modullarni yaratish, darsliklar mazmunini yangilash va raqamli hujjatchilik imkoniyatlarini keng joriy etish lozim. Shuningdek, tadqiqot jarayonida erishilgan natijalar, rasmiy nutqni o‘qitishda integrativ yondashuvni qo‘llash, aksariyat fanlar bilan bog‘liq holda tatbiq etish, va kasbiy kommunikatsiyaga tayangan holda o‘qitish samarali natija berishini ko‘rsatdi. Bu esa kelgusida metodik qo‘llanmalar tarkibini loyihalashda interfaol metodlar, elektron resurslar va amaliy topshiriqlarga keng o‘rin berish zarurligini anglatadi. Yakuniy natija sifatida ta’kidlash joizki, rasmiy uslubga oid nutq madaniyatini rivojlantirish davlat xizmatlari, hujjatchilik tizimi, ta’lim, boshqaruv, diplomatiya va boshqa ko‘plab sohalarda zamonaviy mutaxassis tayyorlashning muhim omillaridan biri sanaladi. Shu sababli, rasmiy nutq madaniyatini shakllantirish bo‘yicha o‘quv dasturlari, darsliklar va metodik qo‘llanmalarni takomillashtirish ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. IZLANUVCHI II-SON ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 68 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Abdurahmonov G‘., Asqarova M. O‘zbek tilining rasmiy uslubi. – Toshkent: Fan, 2018. 2. Jo‘rayev A. Nutq madaniyatini o‘rgatish metodikasi. – Toshkent: Universitet, 2020. 3. Rasulov R. O‘zbek tilshunosligi va uslubiyat masalalari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 4. Mahmudov N., Jo‘rayev M. Til, jamiyat, tafakkur. – Toshkent, 2015. 5. Qilichev E. O‘zbek rasmiy hujjatchiligi. – Buxoro, 2016. 6. Muxtorov Z. Uslubiyat asoslari. – Toshkent, 2017. 7. Qosimova M. Nutq madaniyati va til normalari. – Toshkent, 2019. 8. G‘afforov A. O‘zbek tili uslubiy tizimi. – Samarqand, 2020.