Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 235 VOLEYBOL O'YIN TEXNIKASINING ASOSIY TUSHUNCHALARIGA HARAKTERESTIKA Mamutov Islam Urgenishbaevich Berdaq nomidagi Qdu. Jismoniy madaniyati nazariyasi va uslubiyati kafedrasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17854821 Annotatsiya. Ushbu maqolada dinamik tarkib tahlili sportchining yerdagi tayanch nuqtasidan uzilish, toʻpga zarba berish va boshqa harakatlarda sarflaydigan kuchini dinamografik, mexanografik va tenzometrik moslamalar yordamida o'lchash imkonini beradi. Ritmik tarkib o'zida muallaq holatda bajariladigan to'liq harakatlar va ularning ma'lum bir alohida olingan bosqichlarini 72 muayyan vaqt oraligʻida bajarilish mutanosibligini aniqlashni oʻzida aks etttiradi. Ritmik tarkibda voleybolchining to'pni toʻsish(blok) hamda yugurib kelib toʻpga yakunlovchi hujum zarbasini berish bilan bogʻliq harakatlari katta qiziqish uygʻotadi. Anatomik tarkib suyak va mushak apparatlari mutanosibligi, mushaklarning ishlash tartibi va ularning qisqarish koordinatsiyalarini oʻrganadi. Bosqichli tarkib ayrim olingan harakatlarning oʻziga xos bosqichlari, izchilligi va uzviyligini oʻrganadi. Kalit so`zlar: Ritmik tarkib, Bosqichli tarkib, Anatomik tarkib, Voleyboł sporti texnikasiga harakatlanish bilan bog`liq, o'rganishga tarkibiy yondashuvda. Kirish. Voleyboł sporti texnikasiga harakatlanish bilan bog`liq vazifałarni amalga oshirishga yo'naltirilgan harakat elementlari tizimi sifatida qarash lozim. O'ta yuqori aniqlik va mahorat bilan amalga oshirilgan samarali texnika sportchiga musobaqada yuksak natijalarni ko'rsatish imkonini beradi. Har qanday texnikani tahlil qilíshda uning muayyan tarkibiy qismlardan iboratligi, harakatlarning muqimligi hamda variativligi tushunchalari muhim ahamiyat kasb etadi. Texnikani o'rganishga tarkibiy yondashuvda e'tibor mazkur texnikaning kinematik, ritmi, dinamikasi, anotomik xususiyatlari, bosqichlarga egaligi va boshqa tarkibiy qismlari mavjudligiga qaratiladi. Kinematik tarkib vaqt va makon doirasida amalga oshirilgan harakatlar trayektoriyasi, tempi, tezligi hamda o'sib borish jadallashuvi hamjihatligi bilan xarkterlanadi. Uni oʻrganishni amalga oshirish keyinchalik bajarilgan har bir holatni tahlil qilish maqsadida barcha turdagi tasvirga olish kino apparatlari vositasida bajariladi. Buning natijasida o'yin paytida qilingan har bir harakat, uning bosqichlari, gavda holati, toʻp trayektoriyasiga doir ma'lumotlar oʻrganiladi va tegishli xulosalar chiqariladi [5]. Dinamik tarkib sportchi tanasi va uning qismlarining bir-biri va tashqi kuchlar ta'siri bilan o'zaro mutanosib harakatlari, tana vazni, tayanchi, kuchi, yoʻnalishlari, uning to'p bilan munosabatini oʻrganadi. Dinamik tarkib tahlili sportchining yerdagi tayanch nuqtasidan uzilish, toʻpga zarba berish va boshqa harakatlarda sarflaydigan kuchini dinamografik, mexanografik va tenzometrik moslamalar yordamida o'lchash imkonini beradi. Ritmik tarkib o'zida muallaq holatda bajariladigan to'liq harakatlar va ularning ma'lum bir alohida olingan bosqichlarini 72 muayyan vaqt oraligʻida bajarilish mutanosibligini aniqlashni oʻzida aks etttiradi. Ritmik tarkibda voleybolchining to'pni toʻsish(blok) hamda yugurib kelib toʻpga yakunlovchi hujum zarbasini berish bilan bogʻliq harakatlari katta qiziqish uygʻotadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 236 Anatomik tarkib suyak va mushak apparatlari mutanosibligi, mushaklarning ishlash tartibi va ularning qisqarish koordinatsiyalarini oʻrganadi. Bosqichli tarkib ayrim olingan harakatlarning oʻziga xos bosqichlari, izchilligi va uzviyligini oʻrganadi. Bu tarkibga oid tushunchalar jahon voleyboli amaliyoti va nazarisiga keyingi yillarda kirib kelganligini e'tirof etish joiz. Harakatlarning ayrim bosqichlarini tahlil qilish texnikasi so,z borayotgan harakatlar kinematik va dinamik tasnifini chuqur anglash va ular asosida mazkur texnikalarni mukammal bajarish variantlarini yaratish imkonini beradi. Voleybol texnikasida: dastlabki holat bilan birga uch faza, ya'ni tayyorlov, asosiy hamda yakuniy bosqichlar bir-biridan ajratib koʻrsatiladi. Texnikani bu singari bosqichlarga ajratish uzoq yillar mobaynida mantiqan oʻzini oqlab kelmoqda. Texnik usullarni tarkibiy qismlarga ajratishda yaxlit olingan usulning oʻziga xosligi, ya'ni tarkibiy qismlarga boʻlinish imkoniyati mavjudligi asos qilib olinadi. Bundan tashqari, ajratilgan ayrim bosqichlarning oʻzi yana mikrobosqichlarga boʻlinishi ham mumkin. Bosqichlarni ifodalashda ularning vaqt mobaynidagi tasnifi (xronogrammasi), shuningdek, harakatlarning kinematik va dinamik koʻrsatkichlari e'tiborga olinadi. Bu voleybolchining keyingi harakatlarini korreksiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi (7-rasm). 7-rasm 73 Voleybol texnikasini samarali amlga oshirishda harakatlar tizimi elementlarini muqim va variativlik asosida bajarish favqulodda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, sport texnikasi variativligi sportchilarning voleybol oʻyini sharoitida juda tez va doimo oʻzgarib turadigan vaziyatlarga oldindan tayyorgarlik harakatlari zahirasiga egaligi bilan chambarchas bogʻliqlikda o'z aksini topadi. Texnikalarni amalga oshirish muqimligi oʻyin usullarini sifatli bajarishning zaruriy sharti sanaladi va asosiy ish bosqichidagi ishonchliligi bilan aniqlanadi. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda tez oʻzgarib borayotgan oʻyin sharoitlarini inobatga olgan holda oʻyinchilarning mashg'ulotlar paytida yaxlit harakatlarni amalga oshirishlari va bunda bir xillikka intilishlari tavsiya etilmaydi. Sport texnikasini ifodalashda koʻptarmoqli tahlil usulidan foydalanish, muqimlik va variativlik, uning ayrim belgilarini bilish ma'lum bir texnikaga xos aniq va batafsil axborotlarga ega boʻlish va ulardan amaliy faoliyatda samarali foydalanish imkonini yaratadi[20]. Voleybol texnikasi oʻyinchilar holati, ularning maydon boʻylab belgilangan harakatlarni amalga oshirishi, bir-biriga toʻp uzatishi, hujum zarbalari hamda blokka chiqish va toʻpni oʻyinga kiritish singari harakatlar va holatlar jamlanmasidan tashkil topadi. Voleybol texnikasi o'yin taktikasining asosiy vositasi hisoblanadi. Voleybolchi texnikasining rivojlanganlik darajasiga qarab astasekinlik bilan oʻyinda nisbatan murakkab taktikalarni amalga oshirish imkoniga ega bo'lib boradi. Voleybolda o'yinchining turish holati deganda maydon bo'ylab zarur siljish harakatlarini, shuningdek, texnik usullarni samarali bajarish uchun egallagan dastlabki qulay holati nazarda tutiladi. Voleybolchi oʻyinda navbatdagi vaziyatning qanday tus olishiga qarab toʻpni samarali qabul qilish va uzatish uchun eng maqbul oʻziga xos turish holatini egallaydi. Masalan, yakunlovchi hujum zarbasini amalga oshirish bilan bogʻliq turish holati Hujum zarbasini oʻziga qabul qilib olayotgan oʻyinchining turish holatidan tamomila farq qiladi (9-rasm). 9-rasm Toʻsiq (blok) qoʻyishga tayyorlanayotgan voleybolchining turish holati (9-rasm) zarba berishga tayyorlanayotgan yoki toʻpni raqibdan qabul qilib olishga hozirlik ko'rayotgan turish holatlaridan tubdan farq qiladi Turish holati voleybolchining barcha tayanch-harakat apparatlari ishtirokida, xususan, gavdaning bir oz oldinga olinishi, barcha boʻgʻimlarning muayyan darajadagi
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 237 harakatlari, ayrim harakatlarning dinamikasi, tana vaznining turli tayanch nuqtalariga olib oʻtilishi asosida amalga oshiriladi. Bunda yelka oldi qismi qisman bukilgan holda qo'llar bel darajasida tutib turiladi. Oʻyinchining butun diqqati toʻpning yoʻnalishi hamda raqib oʻyinchilarining harakatlanishiga qaratiladi. Oʻyinchi turish holatini egallagan tarzda bazan u yoki bu yonga siljib turadi yoki tana vazinini bir oyogʻidan ikkinchisiga almashtirib turadi. Mazkur holat oʻyinchining maydon boʻylab istalgan paytda siljishimkonini berish bilan birga uning barcha mushaklarining kutilgan paytda ishga tushishi va samarali faoliyat olib borishiga sharoit yaratadi Turish holati balandligi oyoq va tizza boʻgʻimlari egilish darajasi bilan belgilanadi. O'yinni olib borishda to'pni qabul qilish va uzatish asosiy vosita hisoblanadi. Ular yordamida o'yinga tayyorgarlik ishlari himoya, hujum bilan bogʻliq barcha harakatlar amalga oshiriliadi. To'pni qabul qilish, uzatish va unga zarba berish bilan bogʻliq usullarni bajarish texnikasi oʻyinchining vaziyat taqozosi bilan belgilanadigan maqsadidan kelib chiqqan holda turli tarzlarda amalga oshiriladi. Xususan. ro'paradan katta tezlik bilan harakatlanayotgan to'pning texnik murakkabligini inobatga olgan holda uni uzatishdan oldin qabul qilish bilan bog'liq harakatlar amalga oshirilishi zarur. Aksincha, past tezlikda o'yinchiga toʻgʻridan kelayotgan toʻpni voleybolchi qabul qilib olish bilan bir vaqtning oʻzida uni sherigiga qulay tarzda uzatishni ham bir harakat yordamida amalga oshiradi. Ikkinchi to'p texnikasi Ikkinchi toʻpni uzatish texnikasi tezligining nisbatan (5-6 m/sek) yuqoriligi hamda toʻp yo'nalishiga oʻziga xos trayektoriya berilishi kabi talablari bilan izohlanadi. Bu talablarga quyidagilar mansub: to'pning uchish tezligi bilan hujumchining yugurish tezligi ritmining oʻzaro muvofiqligi: - to'pga hujumchi bloksiz yoki bir raqib oʻyinchisi blokiga qarshi zarba berishga sharoit yaratib beradigan oʻziga xos trayektoriya tanlanganligi. Ikkinchi to'p uzatishning nisbatan keng tarqalgan turi dastlabki tayanch holatidan oldinga qarab toʻpni hujumchiga uzatib berish hisoblanadi. Uni amalga oshirish texnikasini quyidagicha ifodalash mumkin. Dastlabki holatda o'yinchining gavdasi vertikal holatdajoylashadi, oyoqlari tizza va to'piq boʻg'imlaridan xiyol bukilgan boʻladi. Oyoqlarning bukiklik darajasi to'pning uchish trayektoriyasiga qarab belgilanadi: To'p qanchalik past bo'lsa bukilish burchagi shuncha ortadi. Dastlabki holat paytida gavdaning o'zgarish-siljish holati deyarli sezilmaydi. Shunday boʻlishiga qaramasdan voleybolchi keyingi bosqichlardagi to'pni qabul qilish va oshirish bilan bog 'liq 81 harakatlarni faol va keskin amalga oshirishga tayyor turadi. Amortizatsiyaning ishchi bosqichi birinchi mikrofazasi qo'l barmoqlarining toʻpga tegishidan to'pning uchish tezligi tamomíla yo'qolgunga qadar taxminan 0,025-0,03 soniya davom etadi. Bunda voleybolchining umumiy ogʻirlik markazi orta boradi, shuningdek qo'l, oyoq boʻg'imlarining egilishi hisobiga gavdaning muallaq holatdagi harakat tezligi ham ortadi. Bular bilan bir vaqtning oʻzida panjalarning tashqi tomonga qayrilishi ortadi, yelka bilan barmoqlar oralig'idagi burchak ham kattalashadi. Mazkur jarayon panjałar va qoʻIning yuza qismida mavjud barcha mushaklarning o'ta kuchli qisilishi yordamida amlga oshiriladi. Katta kuch ta'sirida shakllangan to'p og'irligi va tezligi qarshiligi natijasida ko'rsatkich va oʻrta barmoqlar ham tashqi tomonga amortizatsiya holatida egiladi. Biroq qo'l harakati tezligi qo'l va oyoqlarning bukilganligi hisobiga borgan sari ortib boradi. Amortizatsiyaning ishchi bosqichi ikkinchi(to'pga ikkinchi yo'nalish berish va uning qo ldan uzilishi ) mikrofazasi 0,0250,03 soniya davom etadi. To'pga qoʻshimcha istalgan darajadagi trayektoriyaning yoʻnalishini berish mushaklarning zoʻriqishini talab qiladi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 238 Mushaklarning e'tirof etilayotgan harakat va holati oyoq, qo'l va gavda harakat va holatining oʻzaro mutanosibligi, uygʻunligi asosida amalga oshiriladi. Toʻpning 60° burchak ostidagi gorizontal boʻylab uchish trayektoriyasida voleybolchining gavdasi vertikal holatda boʻladi, oyoqlari bukilishda davom etadi, umumiy og'irlik markazi bir oz oldinga va yuqoriga ko'chadi. Tayanch nuqtasiga beriladigan yuk kuchining ortishi natijasida tovon maydon yuzasidan uziladi, butun tana har ikkala oyoq uchlariga oʻtkaziladi. Qo'l barmoq va panjalari orqaga tisarilgandan so'ng to'pga elastik holda tekkan tarzda toʻg'irlanadi va unga yangi harakat yoʻnalishi taqdim etadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947 сонли Фармони. 2. Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. - Т.: Ўзбекистон, 1997. – 326 б. 3. Каримов И.А. «Ўзбекистон болалар спортини ривож лантириш жамғармасини тузиш тўғрисида"ги // Халқ сўзи2002.-24 октябр Ўзбекистон Республикасининг 2000 йилда қабул қилинган Жисмоний тарбия ва спорт тўғрисидаги» қонуни янги таҳрири. 4. Ўзбекистонда «Жисмоний тарбия ва спортни янада ривожлантириш чоратадбирлари тўғрисида»ги 1999 йил 27 майдаги қарори. 5. Айранетянц Л.Р., Волейбол Учебник для висших учебних заведений Т. «Зар қалам» 2006 йил. 6. Айрапетянц Л.Р., Пўлатов А.А., Исроилов Ш.Х. Волейбол оили ўқув юртлари талабаларига мўлжалланган ўқув услубий қўлланма. – ЎзДЖТИ Наширёти 2009 й.