Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 239 O’ZBEKISTONDA KURASH TURLARINING RIVOJLANISH DAVRLARI Sharipov Timur Berdaq atindag`i Qaraqalpaq ma`mleketlik universiteti. Dene ma`deniyati teoryasi ha`m metodikasi kafedrasi. Asistent oqitiwshisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17854899 Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazilmalar davomida topilgan. Aytish joizki, musobaqalar oldidan uloqtirishlar, sakrashlar, kuchni namoyish qilishni o’z ichiga oluvchi mashqlar bajarilgan. Ular raqiblarning o’zaro bellashuvlari oldidan badan qizdirish vositasi sifatida xizmat qilgan. Kurashchilar bir-birining teridan ishlangan belbog’idan yoki ustki kiyimining turli joyidan ushlab, kurashishni boshlaganlar. Raqibni erga tashlash usulini bajarishda oyoqlarning ishiga hamda chalish usuliga katta e’tibor berilgan. O’zbekiston hududida yashovchi xalqlarda bellashuv birinchi tashlashgacha davom etgan. Bu musobaqalar milliy musiqa ohanglari sadolari ostida o’tkazilgan va musobaqa g’olibi xalq o’rtasida katta hurmatga sazovor bo’lgan. Kurashchilar bellashuvlari g’alaba, oilaviy tantana yoki mavsumiy bayramlar munosabati bilan o’tkaziladigan bayramlar bezagi bo’lgan. Kalit so`zlar: Kurashning oldingi nomi – buxoracha usuldagi kurash, belbog’li kurashning oldingi nomi – farg’onacha usuldagi kurash deb atalgan. O’zbek milliy kurash turlaridan kurash va belbog’li kurash qadimda dunyoga kelgan bo’lib, bu ko’p sonli tarixiy yodgorliklarda o’z aksini topgan. Kurashning oldingi nomi – buxoracha usuldagi kurash, belbog’li kurashning oldingi nomi – farg’onacha usuldagi kurash deb atalgan. Buxoracha usuldagi kurash 1998 yildan boshlab kurash deb atala boshladi. Farg’onacha usuldagi kurash 2001 yildan boshlab belbog’li kurash deb atala boshladi. Dunyoda unchalik ko’p bo’lmagan davlatlardagina milliy kurash turlari mavjuddir. Bizning yurtimizda birdaniga ikkita milliy kurash turi borligidan g’ururlanib, kelajak avlodlarimizga mazkur qadriyatimizni saqlab qolishimiz zarur. Baxslarni tinchlik yo’li bilan hal qilish, shuningdek dushmanni asirga olish usullarini o’z ichiga oladigan kurash usullarini tasvirlovchi qadimiy rasmlar hozirgi O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazilmalar davomida topilgan. Aytish joizki, musobaqalar oldidan uloqtirishlar, sakrashlar, kuchni namoyish qilishni o’z ichiga oluvchi mashqlar bajarilgan. Ular raqiblarning o’zaro bellashuvlari oldidan badan qizdirish vositasi sifatida xizmat qilgan. Kurashchilar bir-birining teridan ishlangan belbog’idan yoki ustki kiyimining turli joyidan ushlab, kurashishni boshlaganlar. Raqibni erga tashlash usulini bajarishda oyoqlarning ishiga hamda chalish usuliga katta e’tibor berilgan. O’zbekiston hududida yashovchi xalqlarda bellashuv birinchi tashlashgacha davom etgan. Bu musobaqalar milliy musiqa ohanglari sadolari ostida o’tkazilgan va musobaqa g’olibi xalq o’rtasida katta hurmatga sazovor bo’lgan. Kurashchilar bellashuvlari g’alaba, oilaviy tantana yoki mavsumiy bayramlar munosabati bilan o’tkaziladigan bayramlar bezagi bo’lgan. Buyuk allomalarimiz, yozuvchi va olimlarimiz: Abu Ali Ibn Sino (9801037), Alisher Navoiy (14411501) asarlarida kuchli kurashchilarning bellashuvlari tasvirlangan hamda ba’zi usullarning ta’rifi keltirilgan. Ushbu asarlardan ko’rinib turibdiki, o’zbeklarda usullar tizimi yetarlicha rivojlangan milliy kurash mavjud bo’lgan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 240 Hozirgi O’zbekiston hududida qadimdan ikkita kurash turi shakllangan: raqib belbog’ini oldindan ushlab olish va raqibni erkin ushlab olish. Kurashning birinchi turi “farg’onacha”, ikkinchisi - “buxorocha” usul deb nomlandi. Kurashning bu turlari hozirgi kunda ham Respublikamizda keng tarqalgan. Ushbu turlar buyicha Respublika, Osiyo va xalqaro musobaqalar o’tkaziladi. 1998 yilda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tashkil qilindi. 1999 yildan boshlab jahon chempionatlari o’tkazib kelinmoqda. A.Qurbonov, K.Murodov va T.Muxammadievlar birinchi jahon chempioni unvonini qo’lga kiritgan sportchilardir. Turkistonda qachondan boshlab pofessional polvonlar o’rtasida musobaqalar o’tkazila boshlangan? 1908 yildan boshlab Turkiston polvonlari o’rtasida professional musobaqalar o’tkazila boshlangan. Yurtimiz polvonlari birinchi bor 1933 yil IV sobiq ittifoq birinchiligida qatnashishdi. 1936 yil yoshlarni milliy kurashimizga qiziqishini hisobga olib Respublika sport qo’mitasi Toshkent shaxrida maxsus milliy kurash sektsiyasi tuzildi. 1937 yil Toshkent shaxrida birinchi bor respublikaning 30 ta shahridan 120 ta polvonlar yig’ilib kurash bo’yicha O’zbekiston birinchiligi o’tkazildi. 1938 yil “Sambo” kurashi joriy qilinligi sababli sambo kiyimida (kurtka) kurash tushishi unga moslashish juda tez kechadi. 1939 yil O’zbek kurashining Farg’onacha va Buxorocha turlari bo’yicha musobaqa qoidalari ishlab chiqildi. 1945 yildan boshlab kurash bo’yicha Respublika birinchiliklari o’tkaziladi. 1947 yildan boshlab kurash umum o’zbek Spartakiadasi dasturiga kiritilgan. 1949 yildan boshlab kurash qishloq Spartakiadasi dasturiga kiritilgan. 1991 yil xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti Komil Yusurov qadimiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarni jamlab, dunyo andozalariga mos kurash qoidalarini ishlab chiqdi. 1992 yil 14 yanvar O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashi tomonidan “jismoniy tarbiya va sport to’g’risida” gi qonuni qabul qilindi. 1992 yildan boshlab viloyatlarda kurash musobaqalari va turnirlari ommaviy tarzda o’tkazilib kelinadi. 1992 y fevral oyida “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi. 1993 y 18 martdagi “O’zbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida” gi qarori qabul qilindi. 1993 y Ulug’ bobokalonimiz Al-Xakim At-Termiziy hotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnirni o’tkazish to’g’risida vazirlar maxkamasining farmoni chiqdi. 1996 y 17 yanvar “O’zbekistonda futbolni rivojlantirishninig tashkiliy asoslari va rrintsirlarini tubdan takomillashtirishning chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. 1998 yil 6 sentyabr kuni O’zbekiston xalqaro kurash assotsiatsiyasiga (XKA) a’zo bo’ldi. O’zbekiston xalqaro kurash assotsiatsiyasi faxriy prezidenti mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimov 1999 yil 1-2 may kunlari Toshkent shaxrining “Yunusobod” tennis saroyi va “Jar” sport majmuasida kurash bo’yicha birinchi jahon chempionati o’tkazildi. 1999 yildan boshlab O’zbekistonda kurash bo’yicha jaxon chempionati o’tkaziladi. Kurash bo’yicha birinchi jaxon chempionlari A.Kurbonov, K.Murodov, T.Muxammadalievlardir. 2000 yil 23 iyunda butun jaxon kurashni rivojlantirish jamg’armasi tashkil qilindi. 2001 yildan farg’onacha usuldagi kurash – belbog’li kurash deb ataladigan bo’ldi. Belbog’li kurash bo’yicha Dilmurod Ro’ziev birinchi jahon chempioni. Belbog’li kurash bo’yicha jahonda ikkita, ya’ni klassik va erkin uslublarda bellashishadi. Erkin kurash tarixi ildizi Qadimgi Yunonistonga va Misrga borib taqaladi. Ma’lumki, har xil sport turlari bo’yicha kompleks sinovlar qadimgi Yunonlar umumiy jismoniy tayyorgarligi asosini tashkil qilgan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 241 Erkin usulda kurashish hamma sport turlari ichida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Kurashchilar bellashuvlarida, hozirgi qoidalardan farqli o’laroq, raqibni safdan butunlay chiqarib yuborish yoki uni mag’lub bo’lganligini tan olishga majbur qilish g’alaba mezoni bo’lib xizmat qilgan. Kurashda bunga raqibni bellashuvni davom ettirishdan mahrum qiluvchi samarali usullarni o’tkazish, eramizdan avvalgi VIII asrdan boshlab esa - uni tizzada turishga majbur qilish yo’li bilan erishilgan. Qadimgi dunyo haykaltaroshlari kurash bellashuvlaridan parchalarni tasvirlaganlar. Bu bellashuvlarda kurashchilar oyoqlardan ushlashlar bilan bir qatorda oyoqlar yordamida bajariladigan harakatlardan foydalanganlar. Zamonaviy erkin kurash, mutaxassislarning fikricha, Angliyada shakllangan. Amerika qit’asiga ko’chib o’tgan aholi orasida “Ketch” sport turi keng tarqalgan. Ketchning ikkita yo’nalishi mavjud bo’lgan. Birinchisi professional yo’nalish, ikkinchisi yoshlar yo’nalishi. Shulardan birinchisida yiqitish va tashlash texnik usullaridan tashqari qo’l va oyoq bilan zarba berish usullari xam ruxsat etilgan. Ikkinchisi, ya’ni yoshlar yo’nalishi hozirgi erkin kurash xisoblanadi. XVIII asrdanoq bu yerda shunday kurash varianti mavjud bo’lganki, bunda kurashchilarga hujum vositalarini tanlashda keng imkoniyat berilgan. XIX asr Yevropada professional kurashning jadal rivojlanish asriga aylandi. Sportdagi professionalizm Amerikani ham egalladi. Kurash serdaromad mashg’ulotga aylandi. Shimoliy Amerikada erkin kurashni targ’ib qiluvchi yoshlar sport to’garaklari paydo bo’la boshladi. Kurash insonni har tomonlama rivojlantiruvchi, qiziqarli va tomoshabop sport turiga aylandi. 1904 yilda AQSHda o’tkazilgan uchinchi Olimpiya o’yinlarida amerikaliklar, mezbon sifatida o’z huquqlaridan foydalanib, birinchi bor olimpiya dasturiga Yunon-rim kurashi o’rniga erkin kurash musobaqalarini kiritdilar. Biroq boshqa davlatlar vakillari bu musobaqalarda ishtirok etmadilar, chunki hamma ishtirokchilar bitta mamlakat - AQSH vakillari edi. Keyingi Olimpiya o’yinlari (1908 y.) dasturida ikkita kurash turi bor edi. Biroq V Olimpiya o’yinlarida (Shvetsiya, 1912 y.) tashkilotchilar erkin kurashni Olimpiya dasturiga kiritmadilar va sportchilar Yunon-rim kurashi musobaqalarida qatnashdilar. VII Olimpiya o’yinlaridan boshlab (Belgiya, 1920y.) erkin kurash doimiy ravishda Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritiladi. Lekin Olimpiya o’yinlari turli mamlakatlar erkin kurashchilarining o’z kuchlarini sinab ko’radigan yagona musobaqalar edi. Boshqa hech qanday xalqaro musobaqalar u vaqtda o’tkazilmasdi. Birinchi Yevropa chempionati 1929 yilda Parijda, birinchi jahon chempionati esa 1951 yilda Tokioda o’tkazildi. O’zbekistonlik kurashchilar xalqaro maydonda katta yutuqlarni qo’lga kiritganlar. Bu ikki marta olimpiya chempionlari, bir necha bor jahon chempionlari Arsen Fadzaev va Maxarbek Xadartsev, shuningdek uch karra jahon chempioni Aslan Xadartsevlardir. Shular qatorida E.Abduramanov, E.Yusurov, L.Sherilov, A.Xaymovich, R.Ataulin, X.Zangiev, R.Islamov, A.Ochilov, D.Zaxartdinov va R.Xinchagovlar ham katta yutuqlarga erishganlar. Erkin kurash tarixi ildizi kadimigi Yunonistonga borib takaladi. 1904 yilda AQSH da o’tkazilgan uchinchi Olimpiya O’yinlarida amerikaliklar birinchi bor YunonRim kurashi o’rniga erkin kurash musobaqalarini kiritdilar. 1920 yili Belgiyada o’tkazilgan VII Olimpiya o’yinlari dasturiga erkin kurash doimiy ravishda kiritilgan. 1929 yili Parijda birinchi Yevropa chempionati o’tkazilgan. 1951 yili Tokioda birinchi jaxon chempionati o’tkazilgan. Erkin kurash sport turi O’zbekistonda Yunon-rim kurashi xisobiga rivojlangan deyish mumkin. Sababi XIX asrda Amerika qit’asida rivojlangan erkin kurash XX asr boshida Evropada, XX asrning 2030 yillarida Rossiyada tarqaldi, 50-60 yillarda O’zbekistonga xam kirib keldi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 242 O’sha davrlarda Yunon-rim kurashi bo’yicha Resrublika chempionatida birinchi o’rinni egallagan kurashchilar sobiq Ittifoq chempionatiga Yunon-rim kurashi bo’yicha qatnashardi, ikkinchi o’rinni egallagan sportchilar erkin kurash bo’yicha qatnashardi. Keyinchalik O’zbekiston terma jamoasining bosh murabbiysi Kursat Alievich Ablaev tomonidan olib borilgan rivojlantiruvchi ishlar evaziga erkin kurash bo’yicha xam alohida ko’zga ko’ringan sportchilar tayyorlana boshladi. Shulardan 70 yillarda Enver Abduramanov Jahon Kubogi sohibi va Yevropa chempioni bo’ldi. Obid Nazirov, Raxmonberdi Axmedov, Qo’ldosh Asraqulov, Axroljon Ro’ziev, Aleksandr Nedorezovlar tomonidan olib borilgan rivojlantiruvchi ishlar oqibatida 80 yillarda va 90 yillar boshida Arsen Fadzaev 1988 (Seul, Janubiy Koreya) va 1992 (Barselona, Israniya) yillardagi Olimpiada chempioni, hamda olti karra Jahon chempioni, aka-uka Aslanbek 1988 (Seul, Janubiy Koreya) va Maxarbek Xadartsevlar 1988 (Seul, Janubiy Koreya) va 1992 (Barselona, Israniya) yillardagi Olimpiada chempioni, hamda Jahon chempionligiga erishib O’zbekistonda erkin kurash yaxshi rivojlanganligini e’tirof etishda. Mustaqillik yillarida, xususan 2012 yilda London (Angliya) olamshumul voqea sodir etildi, ya’ni xam yurtimiz Artur Taymazov uchinchi Olimpiada oltin medalini qatorasiga qo’lga kiritdi. Uning Olimpiadalardagi to’rtta medali bor. Birinchi medalini 2000 yilda Sidney (Avstraliya) Olimpiadasida kumush medal sohibi bo’ldi. 2004 yilda Afina (Gretsiya) Olimpiadasida birinchi oltin medal, 2008 yilda Rekin (Xitoy) Olimpiadasida ikkinchi oltin medal va 2012 yildagi London Olimpiadasida uchinchi oltin medalni qo’lga kiritdi. Bunday sport natijasi dunyoda kamdan-kam polvonlar erishadigan natijadir. Shu yuqori natijalar ko’rsatgani va O’zbekiston bayrog’ini yuqoriga ko’targani hamda O’zbekiston madxiyasi nufuzli musobaqalarda yangragani uchun O’zbekistonda sof tilladan Artur Taymazovning xaykali bunyod etildi. A.Taymazovdan boshqa sportchilarimizning natijalari xam yaxshi ko’rsatgich deb baholashimiz mumkin, ya’ni 1993 yilda Ramil Ataulin Jahon chempionatining bronza medalini qo’lga kiritdi. 1996 yildagi Atlanta Olimpiadasida Magomed Ibragimov kumush medal va Kuramagomed Kuramagomedov bronza medal sohibi bo’ldilar. Soslan Tigiev 2008 yilda Pekin Olimpiadasida kumush medal sohibi bo’ldi. Yurtdoshlarimizdan Dilshod Mansurov 2001 va 2003 yillarda Jaxon chempionligini qo’lga kiritgan. Xalqaro maydonlarda O’zbekiston kurashchilaridan Arsen Fadzaev va Maharbek Xadartsev (ikki karra olimpiya va bir necha bor jaxon chempionlari), Aslan Xadartsov (44 karra jaxon chempioni) E.Abduramanov, E.Yusurov, L.Sherilov, A.Xaymovich, R.Ataulin, X.Zangiev, R.Islomov, A.Ochilov, D.Zahartdinov va R.Xinchagovlar xam katta yutuqlarga erishganlar. Milloddan avvalgi 708 yildan boshlab Yunonistonda o’tkazilgan Olimpiyada o’yinlari dasturiga erkin kurashga o’xshash musobaqalar o’tkazilgan. XIX asrning 2 yarmida Buyuk Britaniyada erkin kurash zamonaviy qoidalari ishlab chiqilgan. 1992 yil O’zbekiston xalqaro xavaskor kurashchilar assotsiyasi FILA-ga a’zo bo’ldi. XX asrning 50 yillaridan boshlab O’zbekiston erkin kurashi ommaviylashib borid. 1956 yildan erkin kurash bo’yicha erkaklar o’rtasida O’zbekiston chempionati o’tkazilgan. 1990 yildan boshlab O’zbekiston erkin kurash bo’yicha “Mustaqillik kubogi” Gran-pri musobaqasi o’tkazildi. 2003 yildan erkin kurash bo’yicha ayollar o’rtasida O’zbekiston chempionati o’tkazildi. Erkin kurash bo’yicha Olimpiyada va Osiyo o’yinlari, jaxon va Osiyo chempionatlari xamda boshka nufuzli musobaqalarda g’olib chiqqan O’zbekistonlik sportchilardan Leonid Sherilov, Arsen Fadzaev, Maharbek Xadartsev, Ruslan Xinchagov, Ramil Ataulin, Adxam Ochilov, Dilshod Mansurov, Magomed Ibragimov, Artur Taymazovlardir.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 243 Erkin kurash bo’yicha Artur Taymazov o’ziga hos rekord o’rnatdi, 2000 yilda Sidney Olimpiadasida kumush va keyingi (Afina-2004y, Pekin-2008y, London-2012y.) uchta Olimpiada O’yinlarida qatorasiga g’olib bo’lgan. Adabiyotlar. 1. Salamov R.S. Sport mashg’ulotining nazariy asoslari. O’quv qo’llanma Tosh. 2005. 2. Kerimov.F, Umarov.M. Sportda prognozlashtirish va modellashtirish. Darslik. Tosh 2005. 3. Kerimov.F. Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar. O’quv qo’llanma. Tosh. 2004. Sport iqtidorini erta aniqlashni 4. Jumaniyazov, D., & Jumanov, B. (2024). MEKTEPKE SHEKEMGI BALALARǴA HÁREKETLI OYINLARDAN PAYDALANIW ZÁRÚRLIGI HÁM ONIŃ MAQSETI, WAZIYPALARI. Modern Science and Research, 3(11), 546-550. 5. Jumaniyazov, D., & Yuldashov, U. (2024). TÁJIRIYBELI BASKETBOLSHILARDIN JARÍS ISKERLIGINE TEXNIKALÍQ TAYARLÍǴÍ. Modern Science and Research, 3(12), 664-666. 6. Jumaniyazov, D. (2024). DENE TÁRBIYASI SISTEMASINDA HÁR TÁREPLEME TÁLIM HÁM TÁRBIYA BERIW USILLARI. Modern Science and Research, 3(12), 396400. 7. Yuldashov, U. K., & Jumanıyazov, D. Q. (2024). FIZIKALIQ SAPALAR HÁM OLARDIŃ BIR-BIRI MENEN FIZIOLOGIYALIQ BAYLANISLIǴINA SIPATLAMA.