scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GLOBAL SAVDO MAYDONIDA O'ZBEKISTON: JST SARI QADAMLAR

Abdulazizova Moxina A'zamjon qizi; Po'latov Otabek A'zamjon o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining jahon savdo tizimiga integratsiyalashuvi,xususan Jahon savdo Tashkilotiga (JST)ga a’zo bo’lish yo’lida olib borilayotgan islohatlar,starategik qadamlar va qo’yilgan maqsadlar tahlil qilinadi. Maqolada O’zbekistonning global savdo maydonida tutgan o’rni,tashqi iqtisodiy sisyosatda bo’layotgan o’zgarishlar va o’sishlar yoritib berilgan. Shuningdek, O’zbekistoning JSTga a’zo bo’lishidan ko’zlangan maqsadlari va bu jarayonda duch keladigan muammo va ularni qay tarzda bartaraf etish mumkinligi ham ko’rib chiqiladi. Maqolaning bosh maqsadi, JSTga a’zolikdan so’ng O’zbekistonda bo’ladigan iqtisodiy o’zgarishlar va O’zbekistondagi iqtisodiy tizimda raqobatbardoshlikni oshirishda JSTga a’zo mamlakatlar qatorida bo’lishning ahamiyati to’la hajimda ochib beriladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 289 GLOBAL SAVDO MAYDONIDA O’ZBEKISTON: JST SARI QADAMLAR Abdulazizova Moxina A’zamjon qizi Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi. Po’latov Otabek A’zamjon o’g’li Ilmiy rahbar. Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti o’qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17855750 Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining jahon savdo tizimiga integratsiyalashuvi,xususan Jahon savdo Tashkilotiga (JST)ga a’zo bo’lish yo’lida olib borilayotgan islohatlar,starategik qadamlar va qo’yilgan maqsadlar tahlil qilinadi. Maqolada O’zbekistonning global savdo maydonida tutgan o’rni,tashqi iqtisodiy sisyosatda bo’layotgan o’zgarishlar va o’sishlar yoritib berilgan. Shuningdek, O’zbekistoning JSTga a’zo bo’lishidan ko’zlangan maqsadlari va bu jarayonda duch keladigan muammo va ularni qay tarzda bartaraf etish mumkinligi ham ko’rib chiqiladi. Maqolaning bosh maqsadi, JSTga a’zolikdan so’ng O’zbekistonda bo’ladigan iqtisodiy o’zgarishlar va O’zbekistondagi iqtisodiy tizimda raqobatbardoshlikni oshirishda JSTga a’zo mamlakatlar qatorida bo’lishning ahamiyati to’la hajimda ochib beriladi. Kalit so’zlar: O’zbekiston, Jahon Savdo Tashkiloti, iqtisodiy islohotlar,tashqi savdo siyosati, raqobatbardoshlikni oshirish. Abstract. Integration of the Republic of Uzbekistan in to the world trade system, principally,reforms,strategic steps and purposes are analysed in this article. The article discusses Uzbekistan’s place in the global trade arena,changes and developments in foreign economic policy. It also examines the goals of Uzbekistan’s accession to the WTO,the problems it faces in the process and how they can be overcome.The main goal of the article is to fully revral the economic changes that will occur in Uzbekistan after WTO accession and the importance of WTO membership in increasing the cometitiveness of the economic system in Uzbekistan. Keywords: Uzbekistan, World Trade Organization, economic reforms, foreign policy, competitiveness. Аннотация. В данной статье анализируется интеграция Республики Узбекистан в мировую торговую систему, в частности, реформы, стратегические шаги и цели, поставленные на пути к членству во Всемирной торговой организации (ВТО). В статье освещается место Узбекистана на мировой торговой арене, изменения и развитие внешнеэкономической политики. Также рассматриваются цели членства Узбекистана в ВТО, проблемы, с которыми он сталкивается на этом пути, и пути их преодоления. Основная цель статьи — всесторонне раскрыть значение членства в ВТО для экономических преобразований Узбекистана после вступления в ВТО и повышения конкурентоспособности экономической системы страны. Ключевые слова: Узбекистан, Всемирная торговая организация, экономические реформы, внешняя политика, конкурентоспособность. So’nggi yillarda O’zbekistonnning tashqi savdo siyosati mamlakat iqtisodiyotining modernizatsiya qilish, raqobatbardoshlikni oshirish va global iqtisodiy tizimga chuqur ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 290 integratsiyalashuvni maqsad qilgan yangi davrga qadam qo’ydi. Bu jarayonlarning muhim yo’nalishlaridan biri – Jahon Savdo tashkiloti (JST) ga a’zo bo’lishga qaratilgan harakatidir. Jahon Savdo Tashkiloti (JST) aslida, davlatlar o’rtasidagi savdoni tartibga solish bilan shug’illanuvchi nufuzli tashkilot hisoblanib, hozirda unga a’zo mamlakatlar soni 166 tani tashkil etadi va dunyo bo’ylab savdoning 95 foizi ularning hissasiga to’g’ri keladi (2024-yilgi ma’lumot). Shu sababli, O’zbekiston ham savdo siyosatini xalqaro qoidalar bilan uyg’unlashtirish, eksport salohiyatini kengaytirish va invistitsion jozibadorlikni oshirish uchun (JST) ga a’zolikka intilmoqda. O’zbekiston 1994-yildayoq JSTga kuzatuvchi sifatida qo’shilgan bo’lsa-da to’laqonli a’zolik jarayonini faollashtirish 2017-yildan boshlangan va bunga ko’plab omillarni misol qilib keltirish mumkin .Masalan ,bu tashkilotga a’zo mamlakatlar qatorida bo’lish birinchi o’rinda tashqi savdoni erkinlashtiradi ya’ni bojxona tartibotlarini soddalashtirilishi ,valyuta bosharuvini liberallashtirilishi va eksport –importga qoyiladigan cheklovlarni olib tashlanishiga yordam beradi. Bundan tashqari ,xalqaro investitsialar oqimini ko’paytirish,eksport geografiyasini kengaytirish hamda raqobatbardoshlikni sezilarli darajada oshirishga ham xizmat qiladi. JSTning asosiy vazifasi global iqtisodiyotni kuzatish orqali xalqaro savdo izchilligi va shaffofligini ta’minlashdir. Shuningdek, tashkilotning yana bir ustuvor yo‘nalishi rivojlanayotgan, kam rivojlangan va kam daromadli mamlakatlar bilan hamkorlik qilish orqali JSTning qoida va intizomlariga moslashishga yordam berish hisoblanadi. JSTga a’zo bo‘lish jarayoni har bir murojaat etuvchi mamlakat uchun alohida o‘rganib chiqiladi va a’zo bo‘lish shartlari mamlakatning iqtisodiy rivojlanish bosqichiga va amaldagi savdo rejimiga bog‘liq tarzda amalga oshiriladi. Jarayon o‘rtacha besh yil davom etishi, ammo mamlakat tashkilot talablariga to‘la javob bermasa yoki siyosiy muammolar xalaqit beradigan bo‘lsa, u uzoqroq muddatga cho‘zilishi mumkinligi ko‘zda tutilgan. JSTga a’zo bo‘lish uchun eng qisqa muddatli muzokaralar Qirg‘iziston bilan (2 yil-u 10 oy), eng uzoq muzokaralar esa Rossiya bilan (19 yil-u 2 oy) amalga oshirilgan (https://kun.uz) O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun 1994 yil 21 dekabrda ariza topshirgan va ishchi guruh tuzilgan. Ba’zi ekspertlar ta’kidlashicha, 90-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab O‘zbekiston tashqi savdo siyosatida proteksionizm ustuvor ahamiyat kasb eta boshlaydi. Bu asosan, mamlakatning asosiy eksport mahsulotlari narxi jahon bozorida pasayishi bilan izohlanadi. Hukumat esa valuta nazorati orqali importni qisqartira boshlaydi. 1998 yilda Osiyo mamlakatlarida yuz bergan iqtisodiy inqiroz proteksionizmga bo‘lgan munosabatini yanada kuchaytiradi. Natijada, 2003 yilda valuta ayirboshlash cheklovlari olib tashlanadi va savdoni erkinlashtirish tomon qadam tashlanadi. Islohotlar natijasida savdo va umuman iqtisodiyot sezilarli darajada o‘sadi. Biroq 2008 yildagi jahon iqtisodiy inqirozi O‘zbekistonga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shundan so‘ng hukumat xorijiy valuta ustidan qayta nazorat o‘rnatadi va yana savdo proteksionizmiga qaytadi. Rasmiy kurs va norasmiy bozor kursi o‘rtasida katta tafovut yuzaga kela boshlaydi. Aynan cheklangan valuta konvertatsiyasi ko‘p yillar davomida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi asosiy to‘siq bo‘lib keladi. Bojxona to‘siqlari va davlatning iqtisodiyotga yuqori darajadagi aralashuvi yillar davomida saqlanib qoladi.Umuman olganda, 2005 yilda ishchi guruhning uchinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi va shundan so‘ng muzokara jarayonlari to‘xtab qoladi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 291 Bu 2005 yil may oyidagi Andijon voqealari sabab O‘zbekiston va xalqaro moliya institutlari o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashib ketishi bilan ham bog‘lanadi. O‘zbekistonda 2017 yil sentabr oyidan valuta kursini talab va taklifga asosan erkin belgilash tartibi joriy etildi. Shundan so‘ng JSTga a’zo bo‘lish masalasi yana kun tartibiga qaytdi. 2019 yil boshiga kelib, ishchi guruh faoliyati hukumat tomonidan jonlantiriladi. 2020 yil 7 iyulda 15 yillik tanaffusdan keyin O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh yig‘ilishlari qayta tiklanadi. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 may kuni «Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risida»gi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilinadi.(https://yuz.uz) O‘zbekiston hukumatida bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umrzoqov mazkur tashkilotga a’zo bo‘lish ishlarini muvofiqlashtirishga mas’ul etib belgilangan. Avvalroq, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori o‘rinbosari Syanchen Chjan O‘zbekistonning JSTga kirish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgandi. JSTning asosiy tamoyili – erkin, ochiq va shaffof raqobat hisoblanadi. Agar O‘zbekiston tashkilotga a’zo sifatida qabul qilinsa, global savdo «o‘yin qoidalari»ga amal qilgan holda, bosqichma-bosqich proteksionizmdan voz kechadi. Bu birinchi navbatda, bojxona tariflari kamayishi hisobiga iste’molchilarga arzon va sifatli tovarlar hamda xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi. Xomashyo narxi pasayishi hisobiga mahalliy mahsulotlar narxi ham arzonlashadi va xalqaro bozordagi raqobatbardoshligi ortadi. Logistika bilan bog‘liq xarajatlar sezilarli darajada kamayadi.Chetdan olib kirilayotgan xomashyo narxi qancha arzon bo‘lsa, mamlakat ichida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot narxi ham shuncha past bo‘ladi. Raqobatbardoshlik oshadi. Bu dastlabki davrda milliy ishlab chiqarishga salbiy ta’sir o‘tkazsa-da, uzoq muddatli istiqbolda raqobat muhitini vujudga keltirishda ijobiy omil hisoblanadi. Mamlakat ichidagi monopol kompaniyalarning ichki bozordagi ustun mavqeyiga chek qo‘yiladi va erkin raqobat muhiti yaratiladi. Hozirgi sharoitda O‘zbekistondagi import proteksionizmi darajasi ancha baland hisoblanadi. Shuningdek, investorlarning O‘zbekiston bozoriga kirishi ko‘payadi. Bu esa yangi ish o‘rinlari yaratilishiga imkoniyat taqdim qiladi. Bundan tashqari, o‘rta muddatli istiqbolda tashkilotga a’zolik inflatsiya yaxshigina pasayishiga zamin yaratadi.(https://kun,uz) Tashkilotga a’zo bo’lish bu, nafaqat huquqlarda balki, burchlarda ham tenglashish demakdir. Shu sababli, O’zbekiston ham boshqa mamlaktlar bilan ko’p va ikki tomonlama muzokaralar olib bormoqda. Bundan tashqari, O’zbekiston deligatsiyasi yiliga ikki marta tashkilotning shtab kvartirasi joylashgan shaharga ya’ni Jenevaga bu borada qilingan ishlar va keyingi qadamlarni a’zo mamlakatlar bilan muhokama qilish uchun tashrif buyuradi . JSTga a'zo bo'lish jarayoni talablari borgan sari kuchayib bormoqda, O'zbekiston misolida oladigan bo'lsak, mamlakatimizda bu borada juda katta hajmdagi ishlar va iqtisodiy islohatlar olib borilmoqda. Mahsulot va xizmatlar savdosi bilan bog'liq barcha huquqiy normalar, soliqlar , bojlar, texnik taribga solish protsiduralari ya'ni, barcha iqtisodiy qonunlar ushbu talablarga moslashtirilmoqda. Bundan tashqari, davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish tashkilotga a'zolikning asosiy talablaridan biri. Shu boisdan hozirda 2 milliarddan ortiq davlat aksiyalari xususiylashtirildi, shuningdek, ba'zi yirik korxonalarni xususiylashtirish jarayoni o'z yaluniga yetdi va tenderlarning barchasi JST talablariga muvofiq o'tkazildi.(https://uzreport.news) Shu bilan birga, milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg’unlashtirish ishlarini ham olib bormoqda. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 292 Bu ishni amalga oshirish Prezidentimiz qaroqriga asosan Adilya Vazirligiga yuklatildi.Shu munosabat bilan “Milliy rejim”,ya’ni mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasida kamsitmaslikni ta’minlash hamda milliy intellaktual mulk tizimini xalqaro talablarga moslashtirish maqsadida 2024-yil 15 fevralda “O’zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” qonun qabul qilindi.Mazkur qonun bevosita milliy qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan va intellektual mulk,reklama,dori vositalari va farmasevtika faoliyati hamda davlat bojiga oid qonunlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishni nazarda tutadi .(https://adilya.uz) Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonning global savdo makoniga faol kirib borishi va JSTga a’zolik sari tashlayotgan qat’iy qadamlar mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish strategiyasining ajralmas qismidir. JSTga qo‘shilish jarayoni nafaqat tashqi savdoni kengaytirish, balki xalqaro iqtisodiy tizimda O‘zbekistonning o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni o‘z ichiga oladi. Bu jarayon mamlakatda bozor mexanizmlarini takomillashtirish, raqobatni oshirish, investitsion muhitni yaxshilash va savdo siyosatining prognoz qilinadiganligini ta’minlashga xizmat qiladi. JSTga a’zolikning eng muhim afzalliklaridan biri — O‘zbekiston eksporti uchun keng va barqaror bozorlarning ochilishidir. Mahalliy mahsulotlarning xalqaro standartlarga moslashuvi ularga qo‘shimcha qiymat beradi, bu esa sanoat tarmoqlarida modernizatsiya, texnologik rivojlanish va xizmatlar sektorining kengayishiga turtki bo‘ladi. Shuningdek, a’zolik tashqi investorlar uchun ishonchli huquqiy zamin yaratib, qo‘shimcha kapital jalb qilish imkonini beradi. Umuman olganda, O‘zbekistonning global savdo tizimiga integratsiyasi mamlakat iqtisodiyotining ochiqligini kuchaytiradi, uni xalqaro iqtisodiyotning ajralmas bo‘g‘ini sifatida shakllantiradi. JSTga to‘laqonli a’zo bo‘lish kelgusida iqtisodiy o‘sishni , tashqi savdoning hajmi va sifati oshishini ta’minlash hamda respublikaning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga keng yo‘l ochadi. Shu sababli JST sari qadamlar O‘zbekistonning strategik taraqqiyot yo‘lida muhim tarixiy bosqich bo‘lib, uning iqtisodiy mustahkamlanishiga va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan omil hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Kun.uz https://kun.uz/news/2022/06/26/28-yil-nega-ozbekistonning-jstga-azo-bolishichozilib-ketdi 2. uzreport.news https://youtu.be/oihfXCpWY1w?si=1C4p7xFSZkb17gLP 3. adily.uz https://adliya.uz/ru/posts/ozbekistonda-jahon-savdo-tashkilotiga-azo-bolish-y 4. yuz.uz https://yuz.uz/uz/news/jahon-savdo-tashkilotiga-azo-bolish-iqtisodiy-lokomotivvazifasini-otaydimi