scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MANZARA RANG TASVIRLARINING TASVIRIY TASVIRIY SAN'ATDAGI O'RNI VA AHAMIYATI

Ma'rufova, Maxfiratoy Ne'matjon qizi

Abstract

Har bir narsaning o‘z o‘rni bo‘lgani kabi manzara rang tasvirining ham tasviriy san’atda o‘ziga hos o‘rni mavjud. Quyidagi maqolada siz manzara o‘zi nima ekanligi, uning o‘ziga hos tomonlari, nafaqat tasviriy san’at balki ta’lim jarayonidagi ahamiyati va tarixiy o‘rni haqida ham bilib olishingiz mumkin

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 46 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17856665 MANZARA RANG TASVIRLARINING TASVIRIY TASVIRIY SAN’ATDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI Ma’rufova Maxfiratoy Ne’matjon qizi Andijon Davlat Pedagogika instituti Ijtimoiy gumanitar fanlar va san’at fakulteti Tasviriy san’at yo‘nalishi 1bosqich Magistranti ANOTATSIYA Har bir narsaning o‘z o‘rni bo‘lgani kabi manzara rang tasvirining ham tasviriy san’atda o‘ziga hos o‘rni mavjud. Quyidagi maqolada siz manzara o‘zi nima ekanligi, uning o‘ziga hos tomonlari, nafaqat tasviriy san’at balki ta’lim jarayonidagi ahamiyati va tarixiy o‘rni haqida ham bilib olishingiz mumkin Kalit so‘zlar: Manzara, romantizm , impressionism, grafika, kompozitsiya, realistik, dekorativ, abstrakt, perspektiva, estetik tarbiya, rang kolorit Kirish Manzara — tabiatning go‘zalliklarini, uning o‘zgarishini, ranglarini, shakllarini va atmosferasini tasvirlashni maqsad qilgan rassomlik janri. Bu janrda asosan tog‘lar, daryolar, o‘rmonlar va boshqa tabiiy landshaftlar elementlar mavjud. Manzaraning tasviriy san’atdagi o‘rni juda muhim bo‘lib, u san’atning eng qadimiy va keng tarqalgan janrlaridan biridir. Manzara janrida ko‘pincha tabiiy muhitning ulug‘vorligi, ajoyibligi va go‘zalligi tasvirlanadi. Bu janrda asarlar ko‘pincha realistik uslubda ishlanadi, ammo badiiy tasavvurlarni ifodalashda impressionizm yoki ekspressionizm kabi uslublar ham ishlatilishi mumkin. Manzara janri tabiiy go‘zallikni va uning dinamikasini tasvirlash orqali insonlarni tabiatga mehr-muhabbat bilan qarashga undaydi. Manzara janrining tarixiy rivojlanish tarixiga nazar soladigan bo‘lsak , bu janr tarixan 17-18 asrlarda Yevropada keng tarqalgan, ayniqsa, “Hollandiya” da. U yerda “Golden Age” davrida rassomlar tabiatning sodda va oddiy sahnalarini tasvirlab, manzara rassomligini rivojlantirishgan. Keyinchalik “romantizm” va “impressionism” kabi san’at harakatlarida manzara janri yana rivojlanib, yangi uslublar va yondashuvlar bilan boyidi. “Romantizm” da manzara ko‘pincha tabiatning kuchini va ulug‘vorligini tasvirlashga qaratilgan bo‘ladi, bu orqali insonning kichikligini va tabiat oldidagi zaifligini ifodalash maqsad qilinadi. “Impressionizm” da esa manzara ko‘proq sezgirlik va yorqin ranglar orqali ifodalanadi, ya’ni rassom tabiatni o‘z ko‘zlari bilan qanday ko‘rganini, aniq detallarni emas, balki umumiy taassurotlarni aks ettiradi. Manzara INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 47 janri tabiiy go‘zallikni va uning dinamikasini tasvirlash orqali insonlarni tabiatga mehr-muhabbat bilan qarashga undaydi. Manzara janri tabiat go‘zalligini yoritadi va rassomlarga tabiatning rang-barangligi, fasllar almashinuvi, yorug‘lik va soya o‘yinlarini tasvirlash imkonini beradi. Bu orqali inson tabiat bilan uyg‘unlikni chuqurroq his qiladi. Manzara rassomning his-tuyg‘ularini ifodalaydi ya’ni bu shunchaki tabiat tasviri emas . Rassom u orqali o‘z kayfiyati, ichki kechinmalari va hayotiy qarashlarini aks ettiradi. Shu sababli manzara ruhiy holatni ifoda etish vositasi hisoblanadi. Manzara ishlash rassomdan , perspektiva , rangtasvir , yorug‘lik, soya va masofa chuqurligi kabi murakkab elementlarni puxta bilishni talab qiladi va bu janr rassomlik mahoratini oshiradi. Adabiyotlar tahlili Manzara janrida ishlangan asarlar tomoshabinning go‘zallikni idrok etishi, ranglarni sezishi, kayfiyatni anglash singari estetik didini shakllantiradi. Shu sababli ham bu janr turi ta’lim jarayonida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Manzara janrining muhim tomonlaridan biri sifatida shuni aytib o‘tishimiz mumkinki u tarixiy va madaniy ahamiyatga ega. Turli davrlardagi manzara asarlari o‘sha davr tabiatining holati, shaharsozligi, turmush tarzi haqida tasavvur beradi. Shuning uchun ular madaniy merosning muhim qismi hisoblanadi. Manzara janrida rassom tabiatning go‘zalligini , makon va chuqurlikni yorug‘ va soyani, fazoviy kenglikni turli grafik vositalar yordamida ifodalaydi. Bu janrda faqatgina rang tasvirda emas balki nafaqat grafikada ham ishlash mumkin. Grafika san’ati hozirjavob san’atdir. Grafik vositalar yordamida makon va chuqurlikni aks ettirish rassomning kuzatuvchanligi, tafakkuri, tuyg‘ularini tasvirga aylantira olish mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda old plan (fokus nuqtasi). Eng to‘yingan qora tonlar va eng aniq detallar qo‘llaniladi. O‘rta plan (o‘tish zonasi) Tonlar yumshoqroq, kontrast kamroq, detallar esa umumlashtiriladi. Fazoviy havo effekti yaratiladi. Uzoq plan (Perspektiva). Eng och deyarli fon bilan qo‘shilib ketgan tonlar, chiziqlar noaniq. Bu yerda obyektlar yengillashadi va ko‘k rangga moyil bo‘lgan havo rangini grafikada och tonlar bilan almashtiriladi. Manzaraning muhim tasviriy va taʼsir vositasi — rang (kolorit). Rang orqali borliq yoki xayoliy dunyoni koʻrinarli shakllarda tasvirlanadi, makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini hajm va fakturasini koʻrsatishi, harakat, inson ruhiyatidagi oʻzgarishlar, murakkab hissiy kechinmalar, oʻy-xayollarni aks ettirishi mumkin. Rangning tasviriy ifoda vositasi va ishlash uslubi ishlatiladigan rang, qurollar xususiyati, rang eritgichlari, asosi (funt)ga bogʻliq (M. yuzasi silliq yoki gʻadir-budir berilishiga qarab asar koʻrinishi turlicha taʼsir koʻrsatishi mumkin). Asar dastlab ijodkor tasavvuri va ongida paydo boʻlgan gʻoya qoralamasi tarzida qalam yoki koʻmirqalamda biror yuza (koʻpincha qogʻoz va karton)da ishlab olinadi. Soʻng shunga mos asos tanlanib, unga bajariladigan ishning INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 48 mohiyatiga koʻra ishlov beriladi. Shundan soʻng tasvir oʻrni belgilab rasmi ishlanadi. Rang berishda esa asta suyultirilgan rang bilan boshlab koʻp qatlamli (lessirovka) yoki kerak rangni bir qoʻyishda bir katlamli (alla prima) bajarish mumkin. Rassom asarlarini ishlanishini shartli ikki yassi va hajmli fazoviy uslubga ajratish mumkin: birinchi uslubda tasvir nursoyasiz yaxlit yassi shakllarda ishlanadi, hajmli fazoviy uslubda esa tasvir hajmli nursoya yordamida muhit bilan bogʻliq holda tasvirlanadi. Bunday asarlar rangga boy boʻlib, unda ranglarning barcha tuslanishlarini his etish, tushuvchi nurning qaytgan rangini ham, qaytgan nurlarning tuslanishi va boshqa ranglar bilan boyishi (refleks)ni ham koʻrish mumkin. Rangli. asarlarida bu ikki uslub orasida qatiy chegara yoʻq, biri ikkinchisini toʻldirib boradi. 1 Tasviriy san’atda tabiat, shahar, industrial, interyer ko‘rinishlarini tasvirlanishi manzara janrga taalluqlidir. Manzara janridagi asarlarning ayrimlari bevosita tabiat manzarasini haqiqiy ko‘rinishini tasvirlasa, boshqalari ijodiy tarzda xayolan ifodalangan bo‘ladi. Ba’zan bu ikki hil bir asarda bo‘lishligi ham mumkin. Odatda, asar yaratilish jarayoni rassomning tasavvurida paydo bo‘lgan g‘oyadan boshlanadi. Manzara kompozitsiyasi - bu tabiat go‘zalligini badiiy-estetik idrok etish va uni ijodiy tarzda ifodalash san’atidir. Rassom tabiatdagi eng oddiy manzaralarga ham estetik nigoh bilan qarab, ularni o‘z hissiyotlari, ruhiy kechinmalari va individual tasavvuri orqali tasvirlaydi. Shuning uchun manzara asarida faqat ko‘rgan joy emas, balki rassomning ichki dunyosi, kayfiyati va estetik qarashlari ham aks etadi. Manzara yaratish jarayonida kompozitsiya markaziy o‘rin tutadi. Kompozitsiya deganda tasvirdagi barcha unsurlar - osmon, yer, daraxtlar, suv sathi, tog‘lar, binolar, hayvonlar yoki inson siymolarining o‘zaro joylashuvi va muvozanati tushuniladi. Rassom har bir elementning joylashuvi, hajmi, masofasi hamda rang uyg‘unligini puxta hisobga olishi lozim. Chunki kompozitsion muvozanat asarning umumiy badiiy ta’sirini belgilaydi. Manzara kompozitsiyasida rassomning maqsadi tabiatdagi manzarani mexanik nusxa ko‘chirish emas, balki uni badiiy qayta talqin qilish, ya’ni o‘z hissiyotlari orqali yangi obrazda ifodalashdir. Shu bois manzara asarida ranglar uyg‘unligi, yorug‘lik va soya o‘yini, atmosferaning holati muhim ahamiyat kasb etadi. Ranglarning psixologik ta’siri orqali rassom tomoshabinga bahorning muloyim tongi, yozning jazirama issig‘i, kuzning osoyishtaligi yoki qishning sovuq sokinligini his qildira oladi. Har bir manzara asari - bu vaqt va makonning muayyan lahzasini badiiy shaklda abadiylashtirgan • 1 Taktash R.X., Izobrazitelnoye iskusstvo Uzbekistana, T., 1972; Iskusstvo Sovetskogo Uzbekistana, M., 1976. Nemat Abdullayev.[1] INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 49 ifodadir. Shu sababli manzara yaratish rassomdan nafaqat texnik mahorat, balki kuzatuvchanlik, rang sezgisi va hissiy tafakkurni ham talab qiladi. Manzara kompozitsiyasi turli badiiy yo‘nalishlarda ishlanishi mumkin: realistik, romantik, dekorativ, impressionistik yoki abstrakt uslublarda. Har bir uslub rassomning individual estetik qarashlarini ifodalaydi. Ammo qaysi yo‘nalishda bo‘lmasin, rassomning asosiy maqsadi - tabiat go‘zalligini badiiy vositalar orqali tomoshabinga yetkazish, unda estetik zavq uyg‘otishdir. Shunday qilib, manzara kompozitsiyasi - bu tabiatni tasvirlash vositasi bo‘lish bilan birga, inson ruhiy olamini, hayot go‘zalligini va tabiat bilan uyg‘unlikni ifodalovchi chuqur ma’naviy mazmunga ega san’at turidir. 1 Tahlillar va natijala Manzara janrini paydo bo‘lishi juda uzoqlarga borib taqaladi. Manzara janri va uning tarixiga bag‘ishlangan ko‘plab akademik tadqiqotlar Yevropada bo‘lgan. Tabiat obrazi (frantsuzcha paysage, “landshaft”, “tabiat”) gʻarb sanʼatida rangtasvir yoki grafikada tabiatni tasvirlovchi mustaqil janr shakllanishidan ancha oldin paydo boʻlgan. Tabiat mavzusi oʻziga xos fon sifatida tasvirlarda turlicha namoyon boʻlgan. Nihoyat, 15-asrda landshaft Yevropaning mustaqil janri sifatida paydo bo‘ldi. Bu tub mafkuraviy siljishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular tabiatni tasvirlashning yangi tamoyillarini ham belgilaydi. G‘arb madaniyati tarixida tabiat tasviri doimiy bo‘lmagan. Antik davrda qadimgi yunoncha tabiat haqidagi tushunchani ifodalovchi «fusis» tushunchasi lotincha «natura» tushunchasidan, shuningdek, hozirgi davrda rivojlangan tabiat tushunchasidan sezilarli darajada farq qilgan. Qadimgi yunon kosmosentrik ongida kosmos butun tabiiy dunyoni o‘z ichiga olgan va fussi ham qadimgi yunoncha payea, qadimgi yunon madaniyati yoki ta’lim tizimini ifodalovchi tushunchani o‘z ichiga olgan. Inson nafaqat koinotning tarkibiy qismlari, balki u hayotining barcha sohalari bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Peyzajga qiziqish faqat erta uyg‘onish davrida qaytadi. Kvattrosento davrining (XV asr) koʻpgina rasmlarida tabiat va insonning uygʻunligi va yaxlitligi tasvirlangan. Lekin uyg‘onish davrida ongning antropotsentrik ufqida sezilarli siljishlar sodir boʻladi. Oʻrta asrlar madaniyatining ming yillikdan keyin odam yana tabiatga qiziqish koʻrsatadi. Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabat butunlay boshqacha ma’no va xarakter kasb etadi. Tabiatni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, eng avvalo, inson tabiatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish sifatida talqin qilinadi: «Inson - barcha tabiatning siri va oshkori, uning kvintessensi, beshinchi mohiyati, barcha to‘rt elementdan olingan. Manzara janrini ikki xili mavjud. Birinchisi mustaqil turi bo‘lib, unda faqat manzara aks ettiriladi. Ikkinchi turida manzara biron tasvir fonida tasvirlanadi. Masalan, portretni orqa tomonida tabiat yoki shahar 1 “Manzara kompozitsiyasini rangtasvir texnologiyasi asosida yaratishning badiiy ifoda vositalari” Sirojiddin Jomoldin o‘g‘li Komoldinov Maftuna Ilyosjon qizi Isaboyeva Namangan davlat pedagogika instituti INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 50 manzarasi tasvirlanishi mumkin. Manzara janrida samarali ijod qilgan rassomlardan I.Levitan, I.Shishkin, O‘.Tansiqboyev, I.K.Ayvazovskiy, N.Karaxan kabilarni ko‘rsatish mumkin. Manzara janrining ko‘rinishlaridan biri bu interyer hisoblanadi. U binolarning ichki qism ko‘rinishlarini ifodalaydi. Bu janr qadimgi Misr, Xitoy rassomchiligida uchraydi. Ular o‘z ishlarida aql bovar qilmaydigan darajada aniqlik bilan perespektiva qonunlari asosida interyerni tasvirlay olganlar.Bu janrda ijod qilib Jotto, A.Verrokko, Leonardo do Vinchi, Rembrantlar shuxrat qozonganlar. Manzara janrining ikkinchi bir ko‘rinishi bu marina janridir. Unda asosan dengiz ko‘rinishlari va undagi xodisalar tasvirlanadi. Marina janrini shakllanishida I.Ayvazovskiyning xizmatlari katta bo‘lgan. U o‘zining umrini faqat dengiz ko‘rinishlarini tasvirlashga bag‘ishladi. Uning “To‘qqizinchi val”, “Chesmen jangi”, “Qora dengiz”, “To‘lqinlar orasida” kabi asarlari jahon tasviriy san’atida munosib o‘rinni egalladi. Manzara janri ko‘proq rangtasvirda, qisman grafika va haykaltaroshlikda qo‘llaniladi. Haykaltaroshlikda manzara asosan uning relyef turida ishlatiladi. Haykaltaroshlikda manzara ko‘rinishlari asosiy emas, to‘ldiruvchi, qo‘shimcha ahamiyat kasb etadi. Peyzaj - manzara janrida tabiat ko‘rinishi o‘z aksini topadi. Unda real yoki hayolan ko‘z oldiga keltirilgan joylar, me’morlik qurilishlari, shahar ko‘rinishi (veduta), dengiz ko‘rinishi (marina) va hokazolar tasvirlanadi. Voqelik tasviri va inson atrofini o‘rab olgan tabiat ko‘rinishi manzarada o‘z aksini topadi. 1 Manzara (peyzaj) tasvirlash san’atida avval va hozir qo‘llaniladigan ranglar sezilarli darajada farqlanadi. Bu farq san’at uslublari, texnologiya, estetik qarashlar va rassomning maqsadiga bog‘liq. Oldin manzara ishlashda qo‘llanilgan ranglar tabiiy, sokin ranglar bo‘lgan. Bular yer ranglari: oker, siyohrang, jigarrang, zaytun yashil, kulrang ranglar. Bunday ranglar qo‘llanilganining sababi: ishlatilgan bo‘yoqlar tabiiy pigmentlardan tayyorlangan bo‘lib bu paytlarda tanlov cheklangan yani ko‘plab ranglar kashf qilinmagan va kimyoviy bo‘yoqlar mavjud bo‘lmagan edi. Shuning uchun ham rassomlar tabiatni iloji boricha haqiyqiy ko‘rsatishga intilgan va tabiiy nur, atmosferadagi tuman, yorug‘lik — bularning barchasi yumshoq, sokin ranglar orqali berilgan. Avvalgi davr rassomlari tabiiy minerallardan olingan pigmentlardan foydalanishgan, shuning uchun ham ular rangni juda yorqin bera olmas edi. Shu sababli manzaralar ko‘proq yumshoq, tinch, yer ranglariga boy bo‘lgan ranglar qo‘llanilgan. Hozirgi manzara san’atida qo‘llaniladigan ranglar esa yorqin va kontrastli , sintetik pigment ranglar keng qo‘llaniladi. Sababi: texnologiya rivojlandi, bo‘yoqlar turlari ko‘paydi. Ekspressiv va mavhum rang ishlatish keng tarqaldi. Hozir rassomlar tabiatni aynan ko‘ringanidek emas, balki hissiyotlar orqali tasvirlashadi. Nega avvalgi 1 “TASVIRIY SAN'ATDA MANZARA JANRI” Shaxloxon Zokirova Akmalxonovna Qo‘qon davlat pedagogika instituti Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi stajyor o‘qituvchisi INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 51 va hozirgi rassomlar o‘rtasida rang tanlovi o‘zgargan. Buning sababi texnik imkoniyatlar kengaygan, zamonaviy bo‘yoqlar yanada yorqin, chidamli, arzon va rang turlari ko‘p. Shu bilan bir qatorda san’at tamoyillari ham o‘zgardi. Oldin - tasviriy san’atda realizm ustuvor bo‘lgan bo‘lsa hozir esa individuallik, tajriba, hissiyot, uslubiy erkinlik muhim o‘rin kasb etadi. Bugungi kunga kelib raqamli san’atning kirib kelishi ham rassomlar uchun qulaylik va yangilik, yangi yo‘nalish bo‘ldi. Hozirgi vaqtga kelib rassomlarning roli ham o‘zgargan ya’ni avval tabiatni “hujjatlashtirish” kabi vazifa bo‘lgan bo‘lsa endi esa rassomning ichki dunyosi manzarada ko‘proq ifodalanadi. Manzara janrida ijod qilgan eng mashhur dunyo rassomlar ular manzara san’atining turli yo‘nalishlari — klassitsizm, romantizm, realizm, impressionizm va zamonaviy oqimlarning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatganlardir. Ya’ni bular kimlar bular Klod Mone (impersionizmning asoschisi), Kamil Pisarro (shahar va qishloq manzaralari ustasi), Vinsent van Gog (kuchli hissiy manzaraasarlari egasi), Ivan Shishkin (o‘rmon manzaralar ustasi), Arxip Kuindji (yorug‘lik effekti ustasi), Isak Levitan(lirizmga boy manzaralar yaratgan), Uilyam Tyorner (yorug‘lik va atmosferaning buyuk rassomi), Jon Konstabel(ingliz qishloq manzaralari) o‘zbek xalq rassomlaridan Ural Tansiqboyev ,Raxim Axmedov , Komiljon Qosimov kabi buyuk rassomlardir. Xulosa Manzara janrida tabiat nafaqat ko‘rinadigan predmet sifatida, balki ruhiy holatni aks ettiruvchi tirik, seziladigan manzara sifatida his etiladi. Badiiy manzara asarlarida tabiat go‘zallik va uyg‘unlik manbai , tinchlik va osoyishtalik timsoli , inson kayfiyatining aks-sadosi , hayotiy kuch va energiya manbai sifatida, o‘tkinchilik va abadiylik o‘rtasidagi uyg‘unlik , yaqin va mehribon do‘st sifatida his qilinadi. Bulardan kelib chiqib shuni takidlashimiz mumkinki manzara janrida tabiat – bu shunchaki daraxtlar, tog‘lar yoki osmon emas. U his qilinadigan, ruhiy ta’sir ko‘rsatadigan, hayot falsafasini anglatadigan tirik obraz sifatida namoyon bo‘ladi. Shunday ekan quyidagi ma’lumotlardan shuni angab yetishimiz mumkinki Manzara bu Tasviriy san’atning ajralmas bo‘lagi desak mubolag‘a bo‘maydi . Uning nafaqat tasviriy san’atdagi balki butun bir san’atdagi o‘rni juda ham muhim va kattadir. Manzara janrida ishlangan asarlar va ularda aks etgan ma’no mazmunlar orqali insonlarni estetik jihatdan tarbiyalab , tabiatni asrash, avaylash, unga bo‘lgan mehr va etiborni yo‘naltirish mumkin . Bundan tashqari asar yaratuvchising ilgari surayotgan g‘oyasini anglash orqali uning ezgu fikri, anglash kerak bo‘lgan ma’no va mohiyatni so‘zsiz anglab olissh mumkin. Shunday g‘oya va fikrlarni so‘z bilan ifodalay olmaydigan vaziyatda shunday asarlar orqali ko‘rsatib berish qo‘l keladi hamda buning natijasi ham juda samarali bo‘ladi. Demak har bir asarning o‘zining bir ma’nosi bor, INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 52 mohiyati va mazmuni bor. Shunday mazmunmohiyatni mujassamlashtirgan tasviriy san’atning muhim bir janridir – Manzara. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Taktash R.X., Izobrazitelnoye iskusstvo Uzbekistana, T., 1972; Iskusstvo Sovetskogo Uzbekistana, M., 1976. Nemat Abdullayev.[1] 2. “Manzara kompozitsiyasini rangtasvir texnologiyasi asosida yaratishning badiiy ifoda vositalari” Sirojiddin Jomoldin o‘g‘li Komoldinov Maftuna Ilyosjon qizi Isaboyeva Namangan davlat pedagogika instituti 3. 1 “TASVIRIY SAN’ATDA MANZARA JANRI” Shaxloxon Zokirova Akmalxonovn 4. Muratov X. Qalamtasvir (o‘quv qo‘llanma) T. “Ijod-print” 2020. 5 bet 5. “TASVIRIY SAN’ATDA MANZARA JANRI” Shaxloxon Zokirova Akmalxonovna Qo‘qon davlat pedagogika instituti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi stajyor o‘qituvchisi 6. Hasanov R. Tasviriy san’at asoslari. -T.: G‘ofur G‘ulom. 2009.-204 b.