OGAHIY SHE'RIYATIDA TARIXIY VOQELIK VA LIRIK OBRAZLARNING UYGʻUNLIGI
Abstract
Mazkur maqolada XIX asrning yirik shoiri, tarixnavis va tarjimoni Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy (1809–1874) ijodi tahlil etiladi. Muallif Ogahiyning she’riyatida tarixiy voqelik va lirik obrazlar uyg‘unligi masalasini atroflicha yoritadi. Maqolada shoirning hayoti, ijodiy faoliyati, tarixiy asarlari (“Riyoz ud-davla”, “Jome ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat”, “Shohidi iqbol” va boshqalar), lirik devoni (“Ta’viz ul-oshiqin”) hamda ularda aks etgan tarixiy va ma’naviy mazmun tahlil qilingan. Tadqiqotda Ogahiy ijodi orqali XIX asr Xorazmning siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotining badiiy in’ikosi ko‘rsatib beriladi.
Full text
198 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 OGAHIY SHE’RIYATIDA TARIXIY VOQELIK VA LIRIK OBRAZLARNING UYGʻUNLIGI Bobojonova Dilnoza Halimjon qizi Buxoro xalqaro universiteti 1-kurs magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17857873 Annotatsiya. Mazkur maqolada XIX asrning yirik shoiri, tarixnavis va tarjimoni Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy (1809–1874) ijodi tahlil etiladi. Muallif Ogahiyning she’riyatida tarixiy voqelik va lirik obrazlar uyg‘unligi masalasini atroflicha yoritadi. Maqolada shoirning hayoti, ijodiy faoliyati, tarixiy asarlari (“Riyoz ud-davla”, “Jome ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat”, “Shohidi iqbol” va boshqalar), lirik devoni (“Ta’viz ul-oshiqin”) hamda ularda aks etgan tarixiy va ma’naviy mazmun tahlil qilingan. Tadqiqotda Ogahiy ijodi orqali XIX asr Xorazmning siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotining badiiy in’ikosi ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: Muhammad Rizo Ogahiy, Xiva xonligi, tarixiy voqelik, lirik obraz, “Ta’viz ul-oshiqin”, ishq mavzusi, tarjima, tarixiy asar, XIX asr adabiyoti. ГАРМОНИЯ ИСТОРИЧЕСКОЙ ДЕЙСТВИТЕЛЬНОСТИ И ЛИРИЧЕСКИХ ОБРАЗОВ В ПОЭЗИИ ОГАХИЙ. Аннотация. В данной статье рассматривается творчество выдающегося поэта, историка и переводчика XIX века Мухаммада Ризы Эрниязбек угли Огахий (1809–1874). Автор подробно анализирует гармонию исторической реальности и лирических образов в поэзии Огахий. В статье освещаются жизнь и творческая деятельность поэта, его исторические труды («Риёз уд-давла», “Жоме ул-воқеоти султоний”, “Гулшани давлат”, “Шоҳиди иқбол” и др.), а также лирический диван “Таъвиз ул-ошиқин”, отражающие историческое и духовное содержание эпохи. Исследование показывает, что через творчество Огахий раскрывается политическая, социальная и культурная жизнь Хорезма XIX века. THE HARMONY OF HISTORICAL REALITY AND LYRICAL IMAGERY IN OGAHIY’S POETRY. Abstract. This article explores the works of the prominent 19th-century Uzbek poet, historian, and translator Muhammad Rizo Erniyozbek ogli Ogahiy (1809–1874). The author provides an in-depth analysis of the harmony between historical reality and lyrical imagery in Ogahiy’s poetry. The paper examines the poet’s life and creative legacy, including his historical works (“Riyoz ud-davla,” “Jome’ ul-voqeioti sultoni,” “Gulshani davlat,” “Shohidi iqbol,” etc.) and his lyrical collection Ta’viz ul-oshikin, which reflects the historical and spiritual essence of his era. The study shows that through Ogahiy’s works, the political, social, and cultural life of 19th-century Khorezm is vividly depicted. Keywords: Muhammad Rizo Ogahiy, Khiva Khanate, historical reality, lyrical imagery, Ta’viz ul-oshikin, love theme, translation, historical works, 19th-century literature. Kirish.Mustaqillik tufayli fanda o‘tmish adabiy merosga, jumladan, buyuk shoir, tarjimon, tarixchi Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874) asarlariga yangicha munosabat davri boshlandi. Buyuk mutafakkirlar meros qoldirgan bebaho ijod namunalarini chuqur o‘rganish, ularni millatimiz ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida targ‘ib qilish istiqboli yorqin kelajagimizning mustahkam zaminidir. Asosiy qism. Ogahiy (taxallusi; to‘liq ism-sharifi Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li) (1809.17.12, Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘i-1874.14.12) — shoir, tarixchi, tarjimon.
199 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Mirob oilasida tug‘ilgan. Xiva madrasalarida tahsil ko‘rgan. Arab, fors, turk tillarini puxta egallagan. Xorazmning mashhur shoir va olimlari, adabiyot muxlislarining suhbatlarida ishtirok etgan. Sharq klassiklari asarlari, ayniqsa, Navoiy ijodini qunt bilan o‘rgangan. Muhammad Rahimxon yoshlik yillarida, ayniqsa, she’riyatga qiziqdi, arab, fors tillarini chuqur o‘rgandi. 1863 yili Feruzning otasi Sayyid Muhammadxon vafot etadi, 19 yoshli Muhammad Rahim Xiva xonligi taxtiga ko‘tariladi. Feruzning saltanat sohibi bo‘lishi toj-taxt uchun kurashlar, xunrezliklar bilan amalga oshmadi. Balki saroy axdlarining, “shuaro va fuzalo xayli’’ning xohish-irodasi bilan amalga oshdi. Bu holni Muhammad Yusufbek Bayoniy “Shajarayi Xorazmshohiy” asarida katta mamnuniyat bilan tasvirlaydi. Yosh saltanat sohibini qutlash, bu voqeaga bag‘ishlab ta’rix hamda qasida bitish Muhammad Rizo Ogahiy zimmasiga tushdi. Chunki o‘sha davrda saroydagi eng martabali inson Ogahiy edi. Uning 92 baytdan iborat ushbu “Mav’izatnoma”si Bayoniyning mazkur asarida keltirilgan. Unda shoir yosh xonga davlatni adolat bilan boshqarish haqida pand-nasihatlar qadadi, buning uchun u tarixda o‘tgan hukmdorlar faoliyatini taxt vorisi ko‘zi o‘ngida jonlantiradi, ularning olib borgan ishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishga da’vat etadi. Ogahiy davlatni adolat bilan boshqarishda zarur bo‘lgan fazilatlar bilan birga saltanatni parokandalikka olib boruvchi illatlar haqida ham ogohlantiradi. Ogahiy o‘z mav’izasida yosh xonni pand-nasihatlariga izchil amal qilishga da’vat etadi: Bu so‘zlarnikim, men bayon ayladim, Necha bayt birla ayon ayladim. Bularga qayu shahki qilsa amal, Oning mulkiga yetmas aslo xalal. Hukumat binosi bo‘lur ustuvor, Oning xonadonida tutg‘ay qaror. Shaho, olam ichra bugun shohsen, Burundin bu so‘zlarga ogohsen. Umidim budurkim, amal qilg‘asen, Amal aylamakda jadal qilg‘asen. Darhaqiqat, Ogahiyning ushbu “Mav’izatnoma”si Feruz uchun bir umr dasturulamal vazifasini o‘tadi. [3;45] Ogahiy XIX asrning birinchi yarmidan vafotiga qadar (1874) beshta mukammal tarixiy asar yozdi. Xususan, Olloquli Muhammad Bahodirxon hukmronlik qilgan davrga (1825-1843) atab “Riyoz ud-davla”, Abulg‘ozi Rahimquli Bahodirxon hukmronligining dastlabki yillariga (1843-1846) oid “Zubdat ut-tavorix”, Muhammadaminxon tarixiga doir “Jome ul-voqeoti sultoniy”, Sayyid Muhammadxon hukmronlik zamonini aks ettiruvchi (1856-1865) “Gulshani davlat”, Muhammad Rahimxon soniy taxt egallagan davrga (1865-1910) atab “Shohidi iqbol”ni yaratdi.[6;91] Xorazm tarixiga oid birlamchi manbalar Ogahiyning “Shohidul-iqbol”, asar bo‘lib hisoblanadi.[3;45] 1829 yilda amakisi va ustozi Munis vafot etgach, Xiva xoni Olloqulixon (1825-1842) Ogahiyni Munisning o‘rniga mirob etib tayinlagan. Shu davrdan e’tiboran Ogahiy xalq hayoti va saroy ishlari bilan shug‘ullangan. Qizg‘in ijtimoiy-siyosiy mehnat bilan mashg‘ul bir paytda otdan yiqilib, oyog‘i “shakarlang” (shol) bo‘lib qolgan (1845). 1857 yildan miroblik vazifasidan iste’fo bergan. Umrining oxirigacha moddiy muhtoj, g‘amgin, kasalmand ahvolda kun kechirgan. Ogahiy xalq orasida ko‘proq lirik shoir sifatida mashhur. Umrining oxirgi yillarida tuzgan lirik kulliyoti “Ta’viz ul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”, 1872) bizgacha to‘la yetib kelgan.
200 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Devon an’anaviy tartibda tuzilgan, 470 g‘azal, 3 mustazod, 89 muxammas, 5 musaddas, 2 murabba, 4 musamman, 4 tarje’band, 7 qit’a, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chiston, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 munojot, 1 oshiq va ma’shuq savol-javobi, 20 ta’rix, 19 qasida-jami 18000 misradan iborat. Devonga “Ash’ori forsiy” nomi bilan Ogahiyning fors tilidagi 1300 misra she’ri ham kiritilgan. Devondagi asarlar mazmun-mundarijasi markazida ishq mavzui turadi. Ogahiy ijodining mavzu doirasi keng. Ammo u qaysi mavzuga murojaat qilmasin, ishqni chetlab o‘tolmaydi. Ishq uning qalamida mavzuni yoritishda, g‘oyani ilgari surishda asosiy badiiy vosita; she’riyatida ishq-iymon, e’tiqod, vatan, zakovat timsoli kabi lirik qahramonning o‘y-kechinmalari, faoliyati, dunyoqarashini harakatlantiruvchi kuch. Ogahiy devonida zamon va zamondoshlari tasviri ham katta o‘rin egallagan. Shoir o‘zi yashab ijod etgan murakkab davrni mahorat bilan badiiy umumlashtirganda, zamon va uning ahliga munosabat bildirganda, baho berganda, insonparvarlik, xalqparvarlik nuqtai nazaridan yondashgan. Ogahiy janr imkoniyatlariga ijodiy yondashib, ularni takomillashtirgan: o‘zigacha bo‘lgan 7-8, 10-12 baytli g‘azal yozish tartibini 23 baytgacha yetkazgan, mustazod janrining qo‘sh orttirma misrali yangi shaklini kashf etgan. Shoir aruzning juda ko‘p bahrlaridan foydalangan. Uning g‘azallari “Shashmaqom”ning hamma kuylariga tushadi, Xorazm xalq ohanglariga mos keladi. Ogahiy “Riyoz ud-davla” (“Saltanat bog‘lari”, 1844), “Zubdat ut-tavorix” (“Tarixlar qaymog‘i”, 1845-1846), “Jome’ ul-voqeoti sultoniy” (“Sultonlik voqealarini jamlovchi”, 1857), “Gulshani davlat” (“Davlat gulshani”, 1865), “Shohidi iqbol” (“Iqbol guvohi”, 1872) va boshqa tarixiy asarlarida Olloqulixon, Rahimqulixon (1843-1846), Muhammad Aminxon (1846-1855), Sayid Muhammadxon (1856-1864), Muhammad Rahim II (1864-1910) hukmronligi davrida Xorazmda yashagan o‘zbek, turkman, qoraqalpoq, qozoq xalqlarining tarixi, madaniy va ijtimoiy hayoti, Xiva xonligining boshqa xonliklar bilan munosabati va boshqa tarixiy voqealar aks etgan. Ogahiyning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan g‘oyalari xon va shoir Feruzning siyosiy-ma’rifiy tarbiyasiga ta’sir qilgan. U tarixchi olim sifatida Xiva xonlariga, yirik tarixiy shaxslarga bag‘ishlab qasidalar yozgan. Ogahiyning “Qasidai nasihat” asari Feruzga bag‘ishlangan. U o‘z nasihatlarida saltanatni boshqarishning yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatadi, mamlakat va xalqni adolat bilan idora etish yo‘llarini belgilab beradi. Qasida masnaviy janrida yozilgan bo‘lib, unda shoirning siyosiy-ma’rifiy qarashlari yorqin aks etgan. Ogahiy fikricha, har qanday davlat boshlig‘i hokimiyatni mustahkamlash uchun barcha ijobiy fazilatlarga ega bo‘lishi lozim. Podshoh himmatli, shijoatli, adolatli, g‘ayratli, saxovatli, hayoli, sof niyatli, madaniyatli, hamiyatli, kambag‘alparvar bo‘lishi zarur. Hukmdor shu fazilatlarga ega bo‘lsa, uning hokimiyati kamol topadi, mamlakati farovon bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi. Ogahiy davlatni boshqarishning yo‘llarini ham ko‘rsatib o‘tgan. Shoirning fikricha, shoh shariat ahkomlariga qattiq amal qilmog‘i lozim. U aysh-ishratdan, fitna va g‘iybatdan, g‘aflatdan, yalqovliqdan, zulm-razolatdan, chaqimchilikdan, molparastlikdan uzoq bo‘lishi kerak. Feruz Ogahiyning davlatni boshqarish to‘g‘risidagi maslahatlariga quloq tutgan, uning hikmatli baytlarini marmar toshlarga yozdirib, arzxonalarga qo‘ydirgan, ko‘p ezgu ishlarni amalga oshirgan. Shu bois ham Ogahiy tarixiy asarlari badiiy nasr sifatida hamda XIX-asr Xorazm voqeligini haqqoniy aks ettiruvchi nodir tarixiy hujjatlar sifatida qimmatlidir. Ogahiy “Ravzat us-safo” (Mirxond), “Tarixi jahonkushoyi Nodiriy” (Muhammad Maxdiy Astrobodiy), “Badoye’ ul-vaqoye’” (Z. Vosifiy), “Miftoh ut-tolibin” (Mahmud binni Shayx Ali Gʻijduvoniy), “Tabaqoti Akbarshohiy” (Muhammad Muqim Hirotiy), “Tazkirai Muqimxoniy”
201 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 (Muhammad Yusuf Munshiy), “Ravzat us-safoyi Nosiriy” (Rizoqulixon Hidoyat), “Axloqi Muhsiniy” (Koshifiy), “Qobusnoma”, “Zubdat ul-hikoyot”, “Sharhi daloil ul-hayrat” (Muhammad Voris), “Guliston” (Sa’diy), “Yusuf va Zulayho” (Jomiy), “Shoh va gado” (Hiloliy), “Haft paykar” (Nizomiy) va boshqa tarixiy-badiiy asarlarni fors tilidan o‘zbekchaga tarjima qilgan. Ogahiy “Haft paykar”ni nasriy yo‘l bilan, “Guliston”ni qisqartirib, keng kitobxonlarga tushunarli qilib tarjima etgan. “Yusuf va Zulayho” hamda “Shoh va gado” dostonlarini esa baytma-bayt tarjima qilib (kirish qismidan tashqari), aniq ijodiy tarjima namunasini yaratgan. “Miftoh ut-tolibin”, “Ravzat us-safoyi Nosiriy”, “Tabaqoti Akbarshohiy”, “Tazkirai Muqimxoniy”, “Firdavs ul-iqbol”, “Shohidi iqbol”, “Yusuf va Zulayho”, “Ta’viz ul-oshiqin” asarlarining qo‘lyozma nusxalari Toshkent, Dushanba va Sankt-Peterburgda saqlanadi. “Zafarnoma” (Ali Yazdiy), “Bahoriston”, “Salomon va Ibsol” (Jomiy), “Hasht behisht” (Xusrav Dehlaviy) asarlarining Ogahiy tarjimasi hanuzgacha topilmagan. “Ta’viz ul-oshiqin” Xivada toshbosmada nashr etilgan (1905-1909). O‘zbekistonda ko‘chalar, maktablar, Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri, istirohat bog‘i va boshqa muassasalarga Ogahiy nomi berilgan. Qiyot qishlog‘ida Ogahiy bog‘i tashkil etilib, shoirning uy-muzeyi ochilgan muzey oldida Ogahiyga haykal o‘rnatilgan. [12] O‘zbek mumtoz adabiyoti, milliy madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ shoir, tarixnavis, tarjimon, davlat arbobi Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiyning 210 yilligini keng nishonlash hamda ijodini targ‘ib qilish, izdoshlarini kashf etish va ular o‘z iste’dodlarini namoyon qilishlariga shart-sharoit yaratib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi[13]. Shoir ijodini keng targ‘ib qilish, izdoshlarini kashf etish va ular o‘z iste’dodlarini namoyon qilishlariga shart-sharoit yaratib berish maqsadida 2019 yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shoir tavalludining 210 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi №238-son qarori qabul qilindi. [11;19] XIX asrning yirik ma’naviy va madaniy hayotida muhim o‘rin tutgan Mahmudxo‘ja Ogahiy o‘zbek adabiyotining zabardast shoirlaridan, tarixchilaridan va ma’rifatparvar ziyolilaridan biri hisoblanadi. U faqat lirik she’riyoti bilan emas, balki tarixiy asarlari, tarjimalari va adabiy merosi bilan ham mashhurdir. Ogahiy ijodi bu davrning ijtimoiy-siyosiy voqeliklarini, xalq hayotidagi voqea-hodisalarni o‘z ichiga olganligi bilan katta ahamiyatga ega. Uning she’rlarida tarixiy voqelik va lirik obrazlar uyg‘un holda aks etgan. I.Haqqulov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, Ogahiy ijodining qimmatli va xarakterli tomoni uning Alisher Navoiy ijodiyotida yuqori pog‘onagacha ko‘tarilgan eng ilg‘or, eng xalqchil g‘oyaviybadiiy an’analarni XIX asr sharoitida yuksak darajada rivojlantirganligi bilan belgilanadi. [4;7] Ogahiy ijod qilgan Xiva xonligi davri (XIX asr) Turkiston tarixi uchun muhim bir bosqich edi. Bu davrda mamlakatda siyosiy kurashlar, iqtisodiy qiyinchiliklar, tashqi bosim va ichki ixtiloflar kuchaygan edi. Shoir ana shu voqelikni o‘z she’rlarida ramziy va badiiy ifoda orqali aks ettirgan. Ogahiy ko‘pgina she’rlarida hokimiyat va adolat mavzusini ko‘taradi. U zamona zalolati, hokimlarning beadolatligi, xalqning ahvoliga befarqlikni tanqid qiladi. Bu orqali u o‘z zamoni tarixiy manzarasini yaratadi. Shu jihatdan uning she’riyati tarixiy manba sifatida ham ahamiyat kasb etadi.
202 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Ogahiy ijodining muhim jihatlaridan biri uning lirik obrazlarni yaratish mahoratidir. U inson ruhiyati, muhabbat, ishq, vatan sog‘inchi va hayotning ma’naviy qirralarini badiiy tasvirlaydi. Shu bilan birga, lirik obrazlar orqali tarixiy voqelikni ham ifoda etadi. Shoir o‘z she’rlarida ishqni nafaqat shaxsiy tuyg‘u sifatida, balki vatanga, xalqqa, haqiqatga muhabbat ramzi sifatida ham talqin qiladi. Bu esa lirik va tarixiy qirralarning uyg‘unligini ta’minlaydi. Ogahiy she’rlaridagi lirik qahramon bu nafaqat oshiq, balki yuksak g‘oyali, zamonaga tanqidiy nigoh tashlaydigan, ma’naviy dunyosi boy inson obrazidir. U shohona hayotning zohiriy nafosati ortidagi zolimlikni ko‘radi, xalqning azob-uqubatlarini his etadi. Shu jihatdan uning lirik qahramoni real tarixiy voqelik bilan bog‘liq holda shakllangan. Ogahiy metafora, tashbeh, kinoya, ramziy ifoda kabi badiiy vositalardan keng foydalangan. U tarixiy voqealarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayon qilmay, balki lirik ifoda orqali, ramziy obrazlar vositasida yetkazgan. Masalan, zolim hokim obrazi orqali siyosiy tuzum tanqid qilinadi, ishq obrazi orqali esa ma’naviy poklik va ozodlik g‘oyasi yoritiladi. Ogahiy she’riyati nafaqat adabiy, balki tarixiy, ma’naviy va axloqiy ahamiyatga ega. Uning asarlarida XIX asr Xorazm jamiyatining ijtimoiy-siyosiy manzarasi, xalqning kayfiyati va tuyg‘ulari aks etgan. Shu bilan birga, u yuksak lirik obrazlar orqali inson ruhiyatini chuqur tasvirlaydi. Ayniqsa, Ogahiyning tarjimai holi va ilk ijodi haqida qimmatli ma’lumot beruvchi “Bayozi mutafarriqa (“Turli she’rlar bayozi”) majmuasidagi”, “Ta’viz ul-oshiqin” devonidagi (asosan, 10-nusxadagi), tarixiy asarlaridagi nazmiy durdonalar fanda atroflicha yoritilgan emas. [4;9] Ogahiy asarlarida lirikasining tarixiy zamini, tadrijiy takomili, g‘oyaviy badiiy mundarijasi, janriy rang-barangligi, obraz va timsollar tizimi, ilhombaxsh an’analari kabi masalalar hozir xam dolzarb masalalari hisoblanadi. [1;80] XX asrning boshigacha bo‘lgan o‘zbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotining har bir bosqichida Xorazmlik ijodkorlar salmog‘i kattadir. Shu bilan birga, bugungi hurfikrlilik, adabiy merosga yangicha yondoshuv hamda hozirgi adabiy harakatchilikning yetakchi tamoyillarini tayinlash zaruriyati adabiy tariximizga yanada teranroq nazar tashlashni taqozo etmoqda. Bu fikrni bevosita Ogahiy va uning ijodiga ham tadbiq qilish mumkin. Ogahiy tarjima etgan “Miftohut-tolibin”, “Daloilul-xayrot”, Tolibxo‘ja tarjimasidagi “Hikoyatus-solehin” nomli kitoblarda sohibdil darveshlarning ajoyib-g‘aroyib xislatlari qiziqqiziq hikoyatlar tasviri orqali ko‘rsatiladi. Solih darveshlar xalq moliga ko‘z olaytirmasdan, o‘z mehnatlari bilan kun ko‘radilar, birovning haqqini yeyishdan hazar qiladilar. Ular nafsni jilovlaganlari uchun birovga bog‘liq emaslar, amal-mansabga intilmaydilar va shuning uchun xam erkin ozod yashaydilar. Tarjima uchun o‘sha asarga muayyan jamiyat yoki guruhda ehtiyoj tug‘ilishi kerak. Masalan, Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (1864–1910) Feruz Ogahiyga Nizomiyning “Haft paykar”, Xusrav Dehlaviyning “Hasht behisht” va Hiloliyning “Shohu gado” asarini tarjima qilishni buyuradi. Bu uch asarda g‘oyalar, falsafiy fikrlar erotik lavhalar qobig‘ida berilgani bois ham shoh ularni tarjima bo‘lishini xohlagan. [8;137] Ogahiy yana Jomiyning “Salamon va Absol” va “Bahoriston” asarini ham tarjima qilgan . Ogahiyning “Kamol ahli aro albatta, topgay rutbai oliy, Maoniy kasbiga kimsakim qildi hunar ixlos” baytidan anglashilib turgan mazmun, zamon qiyinchiliklariga yengilmagan, o‘z kasbiga ixlosi baland insonlarning ma’naviy olami tasviri uchun munosib tanlangan. [12]
203 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Rind-qalbu ruhiyati ilmu irfonga to‘la, Haq va haqiqatning mazmun-mohiyatini to‘la idrok qilgan donishmand bo‘lsa-da, faqirona hayot kechiruvchi qalandar, ya’ni darvesh timsoli. Rind deganda tariqatda rizo martabasiga yuksalgani uchun hamma narsani taqdir hukmi bilan ko‘ruvchi, ilohiy haqiqatlarni teran anglagan komil inson ham tushuniladi. Ogahiyning soqiynoma-murabba’sidagi lirik qahramonning ana shunday fazilatlarga ega, ya’ni qalbida pok muhabbat, fitratu fikratida samimiyat, ongu shuurida hamiyatu sodiqlik hissi mujassam bo‘lgan yetuk shaxsdir. “Rindona may” esa ana o‘sha rind qo‘lidan ichilgan ilohiy sharobdir. [7;302] A.Abdug‘afurovning yozishicha, “Ta’viz ul-oshiqin” devonida shunday namunalar borki, ularda go‘zal ma’shuqa ham, oshiq ham yangi bir qiyofada namoyon bo‘ladi: ma’shuqa mehribon, vafodor, oshiq esa nihoyatda baxtli, hayotdan, taqdirdan rozi. Ya’ni bunday she’rlarda “hayotsevarlik, ko‘tarinki ruh, shukronalik hukmron o‘ringa ko‘tariladi” . [2;8] Tarixiy manbashunoslikning vazifalaridan biri yozma manbalarda keltirilgan tarixiy ma’lumotlarni oydinlashtirish, ularning kelib chiqishini aniqlash, ishonchlilik darajasini va dalillar qiymatini o‘rnatish, keng ilmiy omma e’tiboriga ishonchli matnni havola etish kabilardan iborat. Bu kabi vazifalarni bajarishga shaylangan yosh muarrix Muhammadrizo Ogahiy (18091874) “Firdavs aliqbol” asarini bitirishi va oqqa ko‘chirishi lozim edi. Bu uning kelgusida qo‘ng‘irotlar sulolasi saroyidagi tarixnavis sifatidagi o‘rnini belgilab beruvchi asosiy omil edi. Miroblar sulolasidan bo‘lgan Shermuhammad Munis (1778-1829) bilan Muhammadrizo Ogahiy Xiva xonligining so‘nggi sulolasi qo‘ng‘irot xonlari tomonidan qalam ahli sifatida e’tirof etilgan. Qo‘ng‘irotlar sulolasining rasman birinchi “xon” unvonini olgan Eltuzar (1804-1806) Shermuhammad Munisga turkiy tilda sulola tarixiga oid asar yozishni buyuradi, natijada “Firdavs al-iqbol” (Baxtlar bog‘i) asari vujudga keladi. Ammo Munis bu asarini yozib tamomlay olmagan (hijriy 1244/1829 yilda vafot etgan). U qadim zamonlardan boshlab, Muhammad Rahimxon I (1806-1825) hukmronligining 7-yili (1812) gacha bo‘lgan voqealarni yozishga ulgurgan xolos. Shu yil voqealarini bayon etish bilan uzilib qolgan “Firdavs al-iqbol” asarining tahrir ishlari va uni yakunlash, shoirning dastparvardasi va jiyani Muhammadrizo Ogahiyga topshiriladi. [11;19] Hozirda Xorazm qo‘shiqlarida Ogahiy ohanglari jo‘shib turadi. [9;130] Xulosa sifatida, Mahmudxo‘ja Ogahiy o‘zbek adabiyotida tarixiy voqelik va lirik obrazlarning uyg‘unligini yarata olgan nodir ijodkorlardan biridir. Uning she’riyati zamona haqiqati va inson qalbini bir vaqtning o‘zida ifoda eta oladi. Shu jihatdan Ogahiy ijodi nainki adabiyotshunoslar, balki tarixchilar uchun ham muhim manba hisoblanadi. Ogahiy ijodi-tarixiy haqiqat va lirik ehsosning mukammal uyg‘unligi, o‘zbek mumtoz adabiyotidagi realizm va insonparvarlik an’analarini yangi bosqichga ko‘targan ilg‘or adabiy meros sifatida baholanadi. АDАBIYОTLАR RО‘YXАTI: 1. Абдуллаев Х. А.Қадрият катралари. -Урганч: Урду нашри. 1996.Б-80. 2. Абдуғафуров А. Огаҳлар огаҳи // Муҳаммад Ризо Огаҳий. Ишқ аҳлининг тумори. – Тошкент: Халқ мероси, 1999.Б-8 3. Бегали Қосимов, Шариф Юсупов, Улуғбек Долимов, Шуҳрат Ризаев, Суннат Аҳмедов. Миллий уйғониш даври ўзбек адабиёти. Тошкент Маънавият. 2004.Б-45 4. Гулноз Халлиева Огаҳий. Мусамматлари. Монография .Тошкент . Mumtoz so‘z. 2019.Б-7 5. К.Муниров Огаҳий Ўзбекистон ССР Фанлар Академияси Тошкент 1959. Б-9
204 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 6. Дадабоев Ҳамидулла. Огаҳийнинг Хива хонлари тарихига оид асарларидаги маъмурий-бошқарув терминологияси хусусида. Огаҳий ҳаёти ва ижоди –ёшлар тарбияси учун намуна республика конференцияси тўплами. Тошкент –2020. Б-91 7. Зойирова Гўзал Нематовна Сaмaндaр Воҳидов шеърияти поэтикaси 10.00.02 – Ўзбек адабиёти Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертацияси. Бухоро-2022. 8. Истиқлол даври ўзбек навоийшунослиги. Ўттиз жилдлик. Афтондил эркинов Алишер навоий ижодига оид тадқиқотлар. Tamaddun. Тошкент – 2021.Б-137 9. Лайло Шарипова Ўзбек шеъриятида фольклоризм (ХХ асрнинг 70-80-йиллари ўзбек шеърияти асосида) Тошкент Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси. Фан.2011. Б-130. 10. Мақсуд Асадов. Соқийнома: тарих ва поэтика.Тошкент.Тафаккур.2020. Б-302 11. Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий таваллудининг 210 йиллигини нишонлаш ҳамда Хива шаҳрида Огаҳий ижод мактабини ташкил этиш тўғрисида.Огаҳий ҳаёти ва ижоди –ёшлар тарбияси учун намуна мавзусида республика конференцияси тўплами. Тошкент –2020.Б -19 12. https://ziyouz.uz/ozbek-sheriyati/ozbek-mumtoz-sheriyati/ogahiy/ 13. http://lex.uz/docs/4249861