IBROHIM GʻAFUROV TARJIMALARIDA SOʻZ TANLASH MAHORATI: ERNEST XEMINGUEYNING CHOL VA DENGIZ ASARI TARJIMASI MISOLIDA
Abstract
Mazkur maqolada mohir tarjimon Ibrohim Gʻafurovning jahon adabiyoti durdonalaridan biri – Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz" asari tarjimasidagi soʻz tanlash mahoratini tahlil qilingan. Tadqiqotda tarjimonning leksik-uslubiy yondashuvi, xususan, Xemingueyning minimalistik uslubini oʻzbek tilining boy va rangin ifodalari orqali berishda qoʻllagan funksional ekvivalentlik, kompensatsiya va modulyatsiya kabi strategiyalari qiyosiy tahlil qilingan. Asosiy e'tibor tarjima jarayonida yuzaga keladigan madaniy realiyalar, metaforik iboralar va qahramon ruhiyatini aks ettiruvchi ekspressiv soʻzlarni tanlash jarayoniga qaratilgan.
Full text
newjournal.org zenodo.org 1 IBROHIM GʻAFUROV TARJIMALARIDA SOʻZ TANLASH MAHORATI: ERNEST XEMINGUEYNING CHOL VA DENGIZ ASARI TARJIMASI MISOLIDA Andaqulova Muazzam Norali qizi Alisher Navoiy nomidagi ToshDO ‘TAU, tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) fakulteti 4-bosqich talabasi Annotatsiya: Mazkur maqolada mohir tarjimon Ibrohim Gʻafurovning jahon adabiyoti durdonalaridan biri – Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz" asari tarjimasidagi soʻz tanlash mahoratini tahlil qilingan. Tadqiqotda tarjimonning leksik-uslubiy yondashuvi, xususan, Xemingueyning minimalistik uslubini oʻzbek tilining boy va rangin ifodalari orqali berishda qoʻllagan funksional ekvivalentlik, kompensatsiya va modulyatsiya kabi strategiyalari qiyosiy tahlil qilingan. Asosiy eʼtibor tarjima jarayonida yuzaga keladigan madaniy realiyalar, metaforik iboralar va qahramon ruhiyatini aks ettiruvchi ekspressiv soʻzlarni tanlash jarayoniga qaratilgan. Kalit soʻzlar: Tarjima, soʻz tanlash mahorati, leksik transformatsiya, funksional ekvivalentlik, kompensatsiya, modulyatsiya, madaniy realiya, metaforik ibora, badiiy uslub. Kirish: Jahon adabiyoti durdonalarini oʻzbek tiliga oʻgirish milliy madaniyatimizni boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda tarjimon shaxsi va uning individual uslubi asosiy oʻrin tutadi. Ibrohim G‘ofurov – o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi sohasidagi yirik arbob bo‘lishi bilan birga, iste’dodli tarjimon sifatida ham o‘z izini qoldirgan ijodkordir. U tarjima sohasidagi sermahsul mehnati, poetik asarlarni jonli, ohangdor va milliy ruhda o‘zbek tiliga ko‘chira olganligi bilan ajralib turadi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, har bir professional tarjimonda maʼlum bir yozuvchining soʻz tanlash falsafasi mavjud boʻladi. Arobova G.S.ning fikriga ko‘ra I.G‘ofurov tarjimalarida esa nafaqat soʻz tanlash falsafasi, balki muallif uslubini saqlab qolish, asarning ruhiy holatini, estetik ohangini milliy tafakkur mezonlariga mos holda
newjournal.org zenodo.org 2 ifodalashga intilish ustuvor o‘rin tutadi1. Darhaqiqat, Ibrohim G‘ofurov tarjimalarida so‘z tanlash jarayoni oddiy lingvistik moslashtirish bilan cheklanmaydi. Tarjimon asarning ruhiy-hissiy kayfiyatini, muallif uslubidagi nozik ohanglarni va estetik yukni milliy tafakkurga mos holda qayta yaratishga alohida e’tibor qaratadi. Aynan mana shu ijodiy yondashuv I. G‘ofurov tarjimalarini o‘zbek kitobxoniga yaqinlashtiradi va asarning badiiy qiymatini to‘liq his etish imkonini beradi. Ayniqsa, Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz" asari kabi minimal leksika bilan chuqur falsafiy maʼno berilgan asarlarni tarjima qilishda tarjimonning soʻz tanlash mahorati yanada yorqin namoyon boʻladi. Misol uchun quyidagilarga qaraylik: “Keep warm old man” → “Ehtiyot bo‘l qariya, tag‘in shamollab qolma.” Bu gap oddiy so‘zlar bilan tarjima qilingan lekin asl ma’noda ham, hissiy ohangda ham ma’no yetkazilgan. Bu I.Gʻofurovning soʻz tanlashda oddiy leksik moslik hamda estetik ruhiyatni saqlashga harakat qilganini ko‘rsatadi. Keyingi tarjimani ko‘radigan bo‘lsak: “Age is my alarm clock” → “Men uchun qarilikning o‘zi qo‘ng‘iroq soat.” Bu inglizchada obrazli ibora, “qarilik - mening uygʻotuvchi soatim” degan ma’noni bildiradi. I. Gʻofurov esa “qarilikning o‘zi qo‘ng‘iroq soat” deb tarjima qilgan. Bu yerda tarjimon metaforaning ramziy ma’nosini saqlagan lekin uni o‘zbek tilida tabiiy qilib ifodalay olgan. Bundan tashqari quyidagi misol ham tarjimon mahoratini ko‘rsatishda alohida rol o‘ynaydi: “You're with a lucky boat” → “Sen baxti chopgan qayiqda ov qilyapsan.” “lucky boat” degan ibora bevosita “omadli qayiq” ma’nosini beradi, lekin I. Gʻofurov “baxti chopgan qayiq” deb tarjima qilgan - “baxti chopgan” iborasi o‘zbek tilda ramziy ma’noda boyroq. Bu tarjimonning soʻz tanlash mahorati va estetik yondashuvi borligini ko‘rsatadi. 1 Arabova G.S. Tarjimada milliy mintaqaviy xususiyatlarni ifoda etish // Modern Education and Development. – Toshkent,2025. – P.177-185.
newjournal.org zenodo.org 3 Ibrohim G‘ofurov tarjimalarining o‘ziga xos jihatlaridan biri milliy til imkoniyatlarini maksimal darajada ishga solganidir. U o‘zbek tilining poetik salohiyatiga ishonib, tarjimada milliy urf, xalqona iboralar, maqollar, fonetik musiqiylikdan keng foydalangan. Bundan tashqari, tarjimaning badiiy jihatdan nafis, estetik jihatdan mukammal va ma’naviy jihatdan boyligi ham boshqa asarlardan yaqqol ajralib turishiga imkon beradi. Tarjima faqat so‘zlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirilishi emas, balki asarning ichki dunyosi, muallif ruhi, ma’naviy-falsafiy qatlamlari bilan birga o‘zlashtirilgan holda yetkazilishidir. Shuning uchun ham uning tarjimalari hayotiy, ohangdor va adabiy mazmun bilan to‘yingan. Ibrohim G‘ofurov tarjima jarayonida muallif uslubini qayta yaratish, ruhiy holatlarni milliy obrazlar bilan uyg‘unlashtirish, har bir so‘z, ibora va gap qurilishida san’atkorona yondashuvga e’tibor qaratgan. Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” asarida insonning tabiat bilan munosabati, azaliy kurashuvchan tabiati va ma’naviy jasorati ramziy obrazlar orqali ifodalangan. Qosimova A.M.ning ta’kidlashicha Xemingueyning qisqa va sodda jumlalarga asoslangan minimalistik uslubi uning asarlarini tarjima qilishni osonlashtirgandek tuyulsada, aslida tarjimondan chuqur nazariy bilim va ijodiy yondashuvni talab qilgan2. Haqiqatdan ham, Xemingueyning minimalistik uslubi bir qarashda sodda va yengil ko‘ringan bo‘lsa-da, aslida uning qisqa jumlalarida teran falsafa, ramziy ma’no va kuchli ruhiy holat yashiringan. Shu boisdan bunday matnlarni tarjima qilish, ayniqsa “Chol va dengiz” singari ramziy qatlamlarga boy asarlarda, tarjimondan faqat lingvistik bilim emas, balki badiiy tafakkur, nazariy tayyorgarlik va ijodiy mas’uliyatni ham talab qiladi. Asarni tarjima qilish jarayonida I. G‘ofurov so‘zma-so‘z, erkin va moslashtirilgan tarjima usullarini muvofiqlashtirib qo‘llab, original matnning mazmuni, uslubi va ramziy ma’nolarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Masalan: Moslashtirilgan tarjima: Asardagi “it looked like the flag of permanent defeat” gapi “…. yaksoni chiqqan polkning yaloviga o ‘xshaydi” deb tarjima qilingan. 2Qosimova A.M. Tarjima usullari: Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz" asari misolida // Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research. ISSN: 3060-4745. – Vol 1, Issue 5, – P.18-22.
newjournal.org zenodo.org 4 Erkin tarjima: “I thanked him already, you don’t need to thank him.” - “Hotirjam bo’l men uni rozi qildim.” Shuningdek, asardagi ramziy obrazlar, masalan, chol, dengiz va baliq, tarjima jarayonida alohida e’tibor talab qiladi. Ushbu ramzlarning ma’nosini saqlash, ular orqali ifodalangan falsafiy mazmunni o‘quvchiga to‘g‘ri yetkazish tarjimonning ijodiy va nazariy bilimlariga bog‘liq. Tarjima nazariyasining amaliy jihatlarini chuqur tahlil qilish nafaqat badiiy tarjima jarayonining sifati oshishiga, balki madaniyatlararo muloqotning yanada samarali bo‘lishiga xizmat qiladi. Shu sababli, tarjima jarayonida ijodiy va ilmiy yondashuvni uyg‘unlashtirish muhimdir. Xulosa qilib aytganda, Ibrohim G‘ofurovning “Chol va dengiz” tarjimasida so‘z tanlash mahorati ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi. U Xemingueyning minimalistik, sodda, ammo teran ma’noli uslubini o‘zbek tilining tabiiy, ohangdor va obrazli vositalari orqali muvaffaqiyatli qayta yaratadi. Tarjimon funksional ekvivalentlik, modulyatsiya va kompensatsiya kabi usullardan to‘g‘ri foydalanib, original matnning ruhiy holati, ramziy qatlamlari va badiiy ohangini saqlab qoladi. Natijada G‘ofurov tarjimasi mazmunan aniq, usluban ravon va milliy badiiy didga mos holda yaratilgan bo‘lib, Xemingueyning asarini o‘zbek kitobxonga ta’sirchan tarzda yetkazishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mahmudova S. Ibrohim G‘afurovning so‘z yaratish mahoratiga doir // Translation Forum – 2022: ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Vol. 2, Special Issue 28. – Toshkent, 2022. – B. 139–145. 2. Arabova G.S. Tarjimada milliy mintaqaviy xususiyatlarni ifoda etish // Modern Education and Development. – Toshkent,2025. – P.177-185.
newjournal.org zenodo.org 5 3. Qosimova A.M. Tarjima usullari: Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz" asari misolida // Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research. ISSN: 3060-4745. – Vol 1, Issue 5, – P.18-22. 4. I.G‘ofurov. Tarjimaning iztiroblari. — Toshkent: Yozuvchi nashriyoti, 2001. — 240 b. 5. G’ofurov I. Milliy mentalitet va tarjima // O‘zbek tili va adabiyoti, Toshkent, 2012, №5, B.5-16.