DORI VOSITALARI YO'RIQNOMALARI TARJIMASINING USLUBIY VA SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada dori vositalari yo‘riqnomalari matnlarini tarjima qilishdagi uslub,tibbiy atamalar va ularning qo‘llanishiga oid xususiyatlar ochib berilgan.Dori vositalari ularning ta’sir mexanizmlari,belgilangan miqdor va qo‘llash bilan bog‘liq ko‘rsatmalarida ishlatilgan terminlar tarjimasi va ekvivalent tanlashdagi muammolar o‘rganilgan.
Full text
newjournal.org zenodo.org 1 DORI VOSITALARI YO‘RIQNOMALARI TARJIMASINING USLUBIY VA SEMANTIK XUSUSIYATLARI Xudayberganova Aziza Rahimjon qizi Alisher Navoiy nomidagi ToshDO ‘TAU, tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) fakulteti 4-bosqich talabasi Annotatsiya:Ushbu maqolada dori vositalari yo‘riqnomalari matnlarini tarjima qilishdagi uslub,tibbiy atamalar va ularning qo‘llanishiga oid xususiyatlar ochib berilgan.Dori vositalari ularning ta’sir mexanizmlari,belgilangan miqdor va qo‘llash bilan bog‘liq ko‘rsatmalarida ishlatilgan terminlar tarjimasi va ekvivalent tanlashdagi muammolar o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: Dori,yo‘riqnomalar qo‘llanma,tibbiy atamalar,terminlar tarjimasi,ekvivalent. Kirish. So‘ngi yillarda tibbiyot va farmatsevtika sohasida xalqaro hamkorliklar kengayib bormoqda.Bu esa tibbiy matnlarning jumladan,dori vositalari yo‘riqnomalarining to‘g‘ri va aniqlik bilan tarjima qilinishini taqoza etadi.Dori vositalari yo‘riqnomasi-bu bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun muhim axborot manbai bo‘lib unda dori tarkibi,qo‘llanish usuli,miqdorlari,nojoya ta’sirlari va saqlash sharoitlari haqida aniq ma’lumotlar beriladi.Shu sababli,bunday matnlarni tarjima qilishda tarjimon nafaqat lingvistik,balki tibbiy bilimlarga ham ega bo‘lishi lozim.Terminologik aniqlik va xalqaro standartlar qat’iy belgilangan bo‘lib, dori vositalari yo‘riqnomlarida xalqaro nomlari bilan keltiriladi. Asosiy qism. Dori vositalari yo‘riqnomalari matnlarining tarjimasida uslubiy jihatlar muhim ahamiyatga ega. Bu matnlar ilmiy-texnik xarakterga ega bo‘lib, ularning asosiy maqsadi – aniq, qisqa va tushunarli bo‘lishdir. Tarjimon ushbu matnlarni tarjima qilishda quyidagi stilistik tamoyillarga amal qilishi kerak.”Aniqlik va qisqalik”Yo‘riqnomalarda ortiqcha so‘zlar yoki adabiy ifodalar qo‘llanilmaydi. Masalan, ingliz tilidagi “Take this medication with a full glass of water” iborasini o‘zbek tiliga tarjima qilganda “Ushbu dorini to‘la stakan suv bilan iching”deb aniq va
newjournal.org zenodo.org 2 qisqa shaklda berish lozim. Agar tarjima murakkablashtirilsa, masalan, “Ushbu dori vositasini to‘la bir stakan suv yordamida qabul qiling”, bu bemorning tushunishini qiyinlashtirishi va matn mazmunida mujmallik keltirishi mumkin.Shuningdek, yo ‘riqnomalar tarjimalarida Ilmiy neytrallik ham muhim bunda matnlar shaxsiy fikr yoki emotsional rangsiz tarzda berilishi kerak. Misol uchun, inglizcha”The doctor prescribes the dose”o‘rniga “Dose is prescribed by the doctor” shakli afzalroq, o‘zbek tilida esa “Miqdor shifokor tomonidan belgilab beriladi” deb tarjima qilinadi. Bu neytrallikni saqlash bemorlar uchun ancha tushinarli bo‘ladi. Yo‘riqnomalarda “Qo‘llanish usuli”, “Nojoya ta’sirlar” kabi bo‘limlar standartlashtirilgan. Tarjimada ham bu strukturalarni buzmaslik kerak, chunki ular xalqaro standartlarga (masalan, EMA – Yevropa Dorilar Agentligi talablariga) mos bo‘ladi Uslubiy xatoliklar tarjimaning sifatini pasaytirishi mumkin. Masalan, o‘zbek tilida "dorini iching" o‘rniga "dorini yuting" deb ishlatish semantik jihatdan yaqin bo‘lsa-da, tibbiy kontekstda "iching" (qabul qiling) ko‘proq mos keladi, chunki u suyuq va qattiq shakllarni qamrab oladi. Semantik xususiyatlar va terminlar tarjimasi.O‘zbek va ingliz tillarida tibbiyot terminlarini tarjima qilish ham o ‘ziga xos muammolarni keltirib chiqaradi.Ayrim atamalar xalqaro ilmiy doirada yagona shaklda ishlatilganligi sababli,ularning o‘zbekcha ekvivalentini toppish qiyin bo‘lishi mumkin 1. Haqiqatdan ham semantik jihatdan, dori yo‘riqnomalari tarjimasida asosiy muammo – tibbiy terminlarning ekvivalenti topishdir. Bu terminlar lotin, yunon yoki xalqaro nomlardan (INN – International Nonproprietary Names) kelib chiqadi va ularning tarjimasi aniqlikni talab etadi. O‘zbek tilida tibbiy terminologiya hali to‘liq standartlashtirilmagan, shuning uchun tarjimonlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan terminlar lug‘atlaridan foydalanishlari kerak. Terminlar tarjimasi muammolari dolzarb masala bo‘lib ko‘pincha bunday terminlar transliteratsiya qilinadi, chunki to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima ma’noni buzishi mumkin. Masalan, “aspirin” termini o‘zbek tilida “aspirin” deb transliteratsiya qilinadi, lekin 1 Rahimjonova, I. “O‘zbek va Ingliz Tillari-da Meditsina Terminlarining Grammatik va Semantik Xususiyatlari.” Central Asian Journal of Academic Research.Toshkent, 2025
newjournal.org zenodo.org 3 uning ta’sir mexanizmi”atsetilsalitsil kislotasi” deb izohlanadi. Agar tarjima qilinsa, “og‘riqni bosuvchi” deb berish mumkin, lekin bu aniq tarjima emas, chunki aspirinning boshqa ta’sirlari ham bor (masalan, qonni suyultirish).Ekvivalent tanlashda xalqaro nomlar (INN) o‘zgartirilmasdan qoldirilishi kerak. Misol uchun, “paracetamol” termini o‘zbek tilida “paratsetamol” deb yoziladi va uning ekvivalenti “og‘riq va isitmani tushiruvchi dori” deb izohlanadi va yo‘riqnomalarda “qo‘llanish miqdori: kattalar uchun 500 mg dan 1 g gacha, kuniga 4 marta” deb aniq ko‘rsatmalar beriladi. Tarjimada bu miqdorlarni o‘zgartirmasdan to‘g‘ri va anniq berilishi juda muhim chunki,xato tarjima yoki o‘zgartirishlar bemorlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Shuningdek,”Ibuprofen yo‘riqnomasi” Ingliz tilidagi “Nonsteroidal anti-inflammatory drug (NSAID)” termini o‘zbek tilida “Steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dori (SYQD)” deb tarjima qilinadi. Bu yerda akronimni saqlash muhim, chunki tibbiy adabiyotlarda u shu shaklda ishlatiladi.Bunday terminlarni tarjima "yallig‘lanish" so‘zi "inflammation"ni to‘liq qamrab olmaydi, chunki u faqat yallig‘lanish emas, balki og‘riq va isitmani ham o‘z ichiga oladi. Xulosa qilib aytadiga bo ‘lsak, dori vositalari yo‘riqnomalari tarjimasi uslubiy va semantik jihatdan murakkab jarayon bo‘lib, unda aniqlik va tibbiy standartlarga rioya qilish asosiy o‘rinda turadi. Ushbu matnlarni to‘g‘ri tarjima qilish nafaqat bemorlar salomatligini saqlaydi, balki xalqaro farmatsevtika hamkorligini rivojlantiradi. Kelgusida o‘zbek tibbiy terminologiyasini standartlashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Rahimjonova, I. “O‘zbek va Ingliz Tillari-da Meditsina Terminlarining Grammatik va Semantik Xususiyatlari.” Central Asian Journal of Academic Research.Toshkent, 2025. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Tibbiy terminlar lug‘ati. Toshkent, 2020.
newjournal.org zenodo.org 4 3. EMA Guidelines on Pharmaceutical Translations. Brussels, 2018. 4. World Health Organization. International Nonproprietary Names for Pharmaceutical Substances. Geneva, 2022.