scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARJIMADA EKVIVALENTLIK MUAMMOLARI VA UNING YECHIMLARI

Mustafoyeva Feruza Nuriddinovna Toshkent Davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

Abstract

Mazkur maqolada tarjima jarayonida yuzaga keladigan va tarjimonlarni o‘yga toldiradigan ekvivalentlik muammolari va uning yechimlari haqida so‘z boradi. Ekvivalentlik bu tarjima matnining semantik, stilistik, lingvistik va madaniy jihatdan asliyatga teng va to‘g‘ri mos kelish jarayonidir. Shuningdek, realiyalar , madaniy birliklarni tarjima qilish jarayonida qo‘llaniladigan transliteratsiya, kalka, transkripsiya kabi til vositalarini qo‘llash texnikalari yoritiladi.

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 TARJIMADA EKVIVALENTLIK MUAMMOLARI VA UNING YECHIMLARI Mustafoyeva Feruza Nuriddinovna Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi Annotatsiya : Mazkur maqolada tarjima jarayonida yuzaga keladigan va tarjimonlarni o‘yga toldiradigan ekvivalentlik muammolari va uning yechimlari haqida so‘z boradi. Ekvivalentlik bu tarjima matnining semantik, stilistik, lingvistik va madaniy jihatdan asliyatga teng va to‘g‘ri mos kelish jarayonidir. Shuningdek, realiyalar , madaniy birliklarni tarjima qilish jarayonida qo‘llaniladigan transliteratsiya, kalka, transkripsiya kabi til vositalarini qo‘llash texnikalari yoritiladi. Kalit so‘zlar : ekvivalentlik , semantik , stilistik , transliteratsiya , kalka , madaniy birliklar Kirish Tarjima bu insoniyat tafakkurining eng qadimgi va eng muhim faoliyat turlaridan biri hisoblanadi . Tarjima orqali insoniyat turli tillarda yaratilgan asarlarini anglaydi, o‘tmish merosini o‘rganadi va madaniy boyliklarni bir tildan boshqasiga yetkazadi. Asl tarjima bu so‘zlarni emas , ma’noni xuddi muallif nazarda tutganidek yetkazib berishdir .U nafaqat lingvistik jarayon , balki ijodiy va ma’naviy jarayondir . San’at koshonasining shinam va go‘zalligi bino chizmasining qanchalik puxta va aniqligiga, bezaklarning bejirimliligiga , me’morning mahorati va quruvchilarning mehnatiga bog‘liq . Ammo bunda binoning qanday materialdan qurilganligiga , qurilish materialining sifati katta ahamiyatga ega . Badiiy tarjimada esa asosiy “ qurilish materiali ” materiali’’tarjimaning birinchi va eng zarur elementi bo’lgan so’zning o’rni beqiyosdir . Bir tildan boshqa tilga tarjima qilishning ham muammolari badiiylik hosil qilish , uslub yaratish , milliy koloritni aks ettirish muammosi bilan chambarchas bog‘liq . Badiiy tarjimada ham juda o‘ziga xos “qotishma” sintezlashtirish qudratiga ega . u qit’alar , zamonlar, xalqlar , tillar va adabiyotlarni yaqinlashtiradi . Chunonchi, o‘zbek adabiyoti bag‘rida tarjima tufayli yuzlab sharq-u g‘arb , klassik va hozirgi zamon adabiyotlari yaxlit estetik jarayonni tashkil etadi. Darhaqiqat , G‘aybullo S ning fikricha tarjima asarni xoh katta , xoh kichik bo‘lsin , so‘zlarini tahlil qilib , ulardagi bo‘yoqdorlikni , lingvomadaniy so‘zlarni ma’nosini saqlagan holda tarjima qilish kerakligini uqtiradi . Ko‘pgina so‘zlarni to‘g‘ridanto‘g‘ri tarjima qilib , majoziy , ko‘chma idiomatik ma’nolarni ko‘zdan qochirish holatlari kuzatiladi . Realiyalarni , lingvomadaniy so‘zlarni tarjima qilishda kalka , transliteratsiya , transkripsiya usullaridan foydalaniladi . O‘zbek tilida mavjud bo‘lgan milliy koloritni aks ettrivchi , jumladan , do‘ppi , chopon , “Navro‘z” bayrami, sumalak kabi newjournal.org zenodo.org 2 birliklarni boshqa tilga tarjima qilish tarjimonlar uchun biroz qiyinchilik tug‘diradi, shu tufayli ba’zida transliteratsiyadan foydalaniladi . Masalan , yaktak so‘zini tahlil qiladigan bo‘lsak , bu so‘zni ingliz tilida muqobil variant yo‘q . Shuning uchun tarjimon transliteratsiya orqali tarjima qiladi . “ Shum bola ” asarida quyidagicha keltiriladi : “ Ustida oldi ochiq yaktak , oyog‘ida qala kavush ,zangori qiyiq shohi bog‘lagan , yelkasiga xolparang ro‘mol tashlagan xushfe’l yigit edi . ” Buni tarjimon ingliz tiliga “ He wore yaktak on his shoulder, leather-shoes on his legs , and glittering blue belt on his waist and covered his shoulders with a shawl .” tarzida tarjima qilgan . Ushbu jumladagi “ yaktak” so‘zi o‘zbek xalqi madaniy so‘zi hisoblanadi va bu lingvomadaniy so‘z bo‘lganligi uchun tarjima jarayonida transliteratsiya orqali tarjima qilingan . Tarjimani asl nusxaga moslashtirish uchun transliteratsiyadan foydalaniladi va yechimini talab qiluvchi ekvivalentlik muammosini hal qilishga yordam beradi . Masalan , “Lord Henry stretched himself out on the divan and laughed .”. Oskar Uayldning “ Dorian Grey portreti ” asaridagi ushbu jumlani quyidagicha tarjima qilamiz . “Lord Genri o‘zini karavotga tashladi va kuldi .” Atoqli ot hisoblangan “Lord Henry ” transkripsiya orqali , ya’ni aytilishiga ko‘ra tarjima qilingan . Tarjimon tarjima jarayonida so‘zlarni o‘rnini almashtirish , sinonimlarni qo‘llash , antonim tarjima , bir so‘z turkumini boshqasiga almashtirib transformatsiya usullari orqali ekvivalentlik muammosini hal qilishi mumkin . Masalan , “ I have read his letter .” O‘ zbek tili va ingliz tili boshqa til oilalriga mansub bo‘lganligi tufayli ushbu gapni o‘zbek tiliga so‘zlarning tartibini almashtirib tarjima qilinadi . Bundan tashqari, so‘zlarni tushirish , qo‘shish o‘rnini qoplash ya ‘ni kompensatsiya qilish orqali tarjima qilinadi . Masalan , “ Give me your phone number .” Tarjimon ushbu gapda so‘zlarni tushirib , o‘zbek tili grammatik qoidalariga muvofiq tarzda tarjima qiladi: “ Menga nomeringizni bering.” Yuqorida sanab o‘tilgan metodlar ma ‘ noni saqlaga holda stilistik , lingvistik , semantik jihatdan mos tarjima qilishga yordam beradi . “ He is not poor man .” Ushbu gap o‘zbek tiliga antonomik usulda tarjima qilinganda quyidagicha keltiriladi : “U boy odam .” Yuqorida ko‘rsatilgan misollardan ma’ lumki , tarjimon ma ‘noni saqlab qolish uchun matnni so‘zma-so‘z emas , balki ma ‘noni yetkazib berish uchun antonomik , sinonimik tarjima metodlaridan foydalanadi . Olimlar orasida ekvivalentlik va muqobillik ataamalari 2 xil talqin etiladi : ba’ zilar ekvivalentlik bu almashtirish bo‘lsa , muqobillik esa ekvivalentlikning tarjimasidir . Masalan , “ Pig fly ” ya’ ni “ Tuyaning dumi yerga tekkanda ” , “ Qizil qor yoqqanda” misollarida ko‘rishimiz mumkinki , iboralar so‘zma so‘z tarjima qilinmagan .Negaki tarjimonga ma ‘ lumki , o‘zbek tilida “ cho‘chqa uchadi ” degan ibora yo‘q. Shunindek , ingliz tilida mavjud bo‘lgan ushbu ibora imkonsiz vaziyatlar uchun qo‘llaniladi va tarjimon o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan iborani qo‘llab tarjima qiladi. S .Xalversonning fikricha , “ekvivalentlik ikki obyekt o‘rtasidagi munosabatlar sifatida belgilanadi va munosabatlar har qanday salohiyat , fazilatlar nuqtai nazaridan o‘xshashlik , tenglik munosabatlari sifatida belgilanadi . ”Tarjimada ekvivalentlik muammosini samarali hal newjournal.org zenodo.org 3 etish mazmunini , funksional vazifa va madaniy konnotatsiyalarini kompleks tahlil qilishni talab etadi ; tarjimonning lingvistik kompetensiyasi va madaniyatlararo kompetensiyasi uyg‘un qo‘llangandagina asl matnning kommunikativ qiymati va pragmatik ta’siri to‘liq saqlanishi lozim . Agar tarjimon oʻz kasbining yetuk mutaxassisi, shoir, yozuvchi boʻlsa, tarjima jarayonida hech qanday qiyinchilik unga muammo tugʻdirmaydi. Tarjima pragmatikasi muammosi alohida yondashuvni talab qiladigan soha hisoblanadi. Shuning uchun tarjima jarayonida matnning pragmatik xususiyatlarini inobatga olish muhim. Shu bilan birga, matnning mazmuniy-uslubiy boʻyoqdorligini, syujetning ifoda darajasini hisobga olgan holda, leksikaning stilistik jihatdan oʻziga xosligini, frazeologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlarini e'tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1.G‘aybullo S.Til va tarjima\\ O‘zbekiston SSSR “Fan” nashriyoti -Toshkent , 1966.- B.3. 2.G‘aybullo S . Tarjima nazariyasi va amaliyotidan ma ‘ ruza matni chizgilari \\ www.ziyo.uz.comToshkent , 2003.- B.14 . 3 .Keldiyorova F. Tarjimada lingvomadaniy so‘zlar tahlili va muammolari\\ Wordly knowledge international journal of scientific researchers – Toshkent , 2024 .B. 718. 4. Oscar Wilde. The picture of Dorian Grey \\Messrs.Ward,Lock&Co – London, 1891. – P.9. 5. Sotiboldiyeva G. Translation transformations and its types \\ Xorijiy lingvistika va lingvodidaktikaToshkent , 2024. -B.24. 6. Halverson,S . The concept of equivalence in Translation Studies . Target1 -2. 1997 , -P.233.