Full text
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 191 KOOPERATIV YONDASHUV ASOSIDA MULOQOT MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH Absatova Munisa Abdusalom Qizi Ximmatova Muslima Mamurovna Termiz Davlat Pedagogika Instituti Talabasi Annotatsiya Ushbu maqolada ta’lim olyotgan yoshlarda muloqot madaniyati, uning mazmun mohiyati bugungi kundagi afzalligi o‘rganiladi. Pedagogik hamkorlik munosabatini o‘rnatishda o‘qituvchining va o‘quvchining faoliyati zaruriyat ekanligi aytib o‘tiladi. Bugungi kunda pedagogik hamkorlik asosida muloqot madaniyatini rivojlantirishda uzluksiz ta’limning har bir bo‘g’inini be’tibor qoldirmaslik, muloqot turlari va muloqot muhitini to‘g’ri tashkil etishni mukammal bilishimiz zarurdir. Buning uchun esa pedagog o‘quvchi bilan muloqot muhitini yarata olishi, so‘zlashishi, muloqotni samarali usullaridan foydalana olishni doimo o‘rganib borishi ahamiyatlidir. Chunki bu pedagogga darsni samarali tashkillashtirish imkonini beradi. Shunga ko‘ra maqolada pedagogik muloqotning turlari, usullaridan unumli foydalanish asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga milliy muloqot madaniyatini rivojlantirish omillarining olib kirishning ahamiyatlilik darajasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shu bilan birgalikda o‘quv faoliyatida o‘qituvchi va talaba uchun muloqotning ahamiyati va zarurati to‘la izohlangan. Kalit so‘zlar: Yoshlar, madaniyat, o`quvchi, o‘qituvchi, odob, axloq, muloqot, bilim, tarbiya, ta’lim, shakllantirish, rivojlantirish. Аннотация В данной статье рассматривается культура общения молодёжи в сфере образования, её содержание и сущность, преимущества в современном мире. Отмечается, что деятельность учителя и ученика необходима для установления педагогического партнёрства. Сегодня, развивая культуру общения, основанную на педагогическом партнёрстве, необходимо не пренебрегать каждым звеном непрерывного образования, в совершенстве знать, как правильно организовать виды общения и среду общения. Для этого учителю важно уметь создавать среду общения с учеником, общаться и постоянно учиться использовать эффективные методы общения. Это позволяет учителю эффективно организовать урок. Соответственно, в статье научно анализируется важность внедрения в
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 192 образовательный процесс факторов развития национальной культуры общения, основанных на эффективном использовании видов и методов педагогического общения. При этом всесторонне раскрывается важность и необходимость общения для учителя и ученика в образовательной деятельности. Ключевые слова: Молодежь, культура, студент, учитель, этикет, нравственность, общение, знания, воспитание, образование, формирование, развитие. Abstract This article studies the culture of communication among young people in education, its content and essence, its advantages today. It is noted that the activities of the teacher and the student are necessary in establishing a pedagogical partnership. Today, in developing a culture of communication based on pedagogical partnership, it is necessary not to neglect each link of continuous education, to know perfectly how to properly organize the types of communication and the environment of communication. For this, it is important for the teacher to be able to create an environment of communication with the student, to communicate, and to constantly learn how to use effective methods of communication. Because this allows the teacher to effectively organize the lesson. Accordingly, the article scientifically analyzes the importance of introducing factors for developing a national culture of communication into the educational process based on the effective use of types and methods of pedagogical communication. At the same time, the importance and necessity of communication for the teacher and student in educational activities are fully explained. Keywords: Youth, culture, student, teacher, etiquette, morality, communication, knowledge, upbringing, education, formation, development. Mustaqil ona yurtimizda bugungi kunda ijtimoiy hayotning barcha sohalarini demokratlashtirish jarayonini yanada rivojlantirish, iqtisodiy o‘sish sur’atlarini taraqqqiy ettirish va uning samaradorligini oshirish, xalqimiz ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish borasida ulkan ishlar olib borilmoqda. Ma’naviyat va ma’rifat bugun o‘zining taraqqiyot yo‘lidan buyuk kelajak sari odimlab boryotgan xalqimizga o‘z ezgu maqsadlariga erishishi uchun ulkan quvvat manbai bo‘lib xizmat qilayotgani shubhasizdir. Mustaqilligimizning dastlabki kunlardanoq ma’naviyat, ma’rifat, fan, ta’lim bilan bo‘gliq ishlar yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Buning natijasi o‘laroq O‘zbekiston butun dunyoga o‘zining demokratik qadriyatlarga sodiq, tinchliksevar va bunyodkor mamlakat ekanligini allaqachon
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 193 ko‘rsata oldi. Shu sababli biz islohotlarimiz ko`lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz. Biz o`z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug` maqsadni qo`ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug`beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog`lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g`oyamizning asosiy ustunlari bo`lib xizmat qilishi lozim”(1.) kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu esa hamkorlikda o`qitish ta’lim vositasida talabalarda muloqot madaniyatini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlarini aniqlashtirish, bo`lajak o`qituvchining muloqot madaniyati modelini talab etadi. Bugun ta’lim dargohlarida amalga oshirilayotgan pedagogik hamkorlik asosida milliy muloqot madaniyatining rivojlanishi talaba-yoshlarda milliy ong, milliy g’urur, milliy ma’naviyatning shakllanishida birlamchi rol o‘ynaydi. Shu bois pedagogik hamkorlikda muloqot tarbiyasi pedagogikaning turkumi fanlarining muhim yo‘nalishi sifatida o‘rganiladi. Mustaqillik yillaridan buyon milliy madaniyat, milliy muloqot kabi tushunchalarning ma’no-mohiyatini yoshlar ongiga singdirish uchun ko‘plab ma’naviy, axloqiy tadbirlar o‘tkazilib ular orqali milliy tarbiya milliy muloqot madaniyatining muhim tamoyili ekanligiga e’tibor qaratilib kelinmoqda. Insonning ma’naviy qiyofasi uning muloqot madaniyatida ifodalanadi. U o`zining histuyg`usini, ichki tug`yonini, orzu umidlarini muloqot jarayonida bayon etadi. Shuning uchun ham jamiyat taraqqiyoti, insonlarning yaxlit holda shakllanishi, ularning birbirlari bilan o`zaro muloqotsiz, hamkorliksiz, o`zaro ta’sirsiz vujudga kelmaydi. MULOQOT — uchrashish, ko`rishish; qabul qilish, eski turkiy tildagi ko`rinishi: uchrashuv; musohaba. (2.102b) Muloqot madaniyati – Kommunikativ madaniyat. Kommunikativ madaniyat – yuksak darajadagi muloqot ko`nikmalariga egalik.(3.124b) Muloqot — kishining ichki va tashqi olamini namoyon etuvchi o`zaro munosabatlarning muhim shakli. Muloqot jarayonida kishi o`zining tashqi olam, jamiyatning turmush tarzi, uning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti haqidagi
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 194 qarashlari, tasavvuri va hissiyotini ifodalaydi. Jamiyat a’zolarining o`zaro ijtimoiy munosabatlari, turmush sharoitlari o`zgarishi bilan ularning moddiy olam haqidagi tasavvuri, tushunchalari, dunyoqarashlari, odob va axloq me’yorlari ham o`zgaradi. Bunday o`zgarish kishilarning umumiy manfaatlari, xayrixohligi asosida ro`y beradi. Kishilik jamiyati paydo bo`lishi bilan odamlar o`rtasida muloqotga ham ehtiyoj sezildi. Jamiyat a’zolarining bir-birlari bilan o`zaro muloqotlari shu jamiyatning har tomonlama taraqqiyotiga zamin bo`ldi. Har bir tarixiy davrning o`ziga xos muomala odobi, qonun-qoida me’yorlari mavjud bo`lganidek, erkaklar va ayollar, ota-onalar hamda farzandlar, yigit-qizlar o`rtasidagi muloqotga ham ehtiyoj paydo bo`ldi. Bizning jamiyatimiz a’zolari o`rtasida qanday muloqot turlari mavjud? Ular jamiyatimizning kichik bo`g`ini hisoblangan oiladagi ota-ona, katta kishilarning o`zaro muloqotlari, ota-ona va farzandlarning, qiz bolalar va o`g`il bolalarning, oila a’zolarining, qo`ni-qo`shni, qarindosh-urug`lar, do`sti-o`rtoqlar bilan muloqoti, o`qish jarayonida jamoat joylarida, turli to`y tantanalarida, madaniy xordiq chiqarish maskanlarida, transportda kishilarning o`zaro muloqotidan iborat. Bizning sharqona odobimizda ulug` allomalarimiz, fozil-u fozilalarimiz muloqot madaniyati, qonunqoidalari va o`gitlarni yaxshi bilganlar, xalqni xushmuomalalikka, o`zaro mehrmuruvvatga, axloq-odobga chaqirganlar. Bizning mutlaq madaniyatimizda xalqimizning asrlar davomida saqlanib kelgan urfodatlari, an’analari, axloq me’yorlari mujassam bo`lib, maqollar, hadislar, hikmatli so`zlar, pand-nasihatlar, axloq-odob durdonalari shakllaridan xalqni ma’naviy yetuklikka boshlab keladi. Axloq-odob haqidagi hadislardan birida "Hamma ishlaringizda to`g`ri bo`ling, odamlarga muomalada xulqingiz chiroyli bo`lsin", - deyilib, barcha toifadagi odamlar xushxulq, samimiy, to`g`ri bo`lishga da’vat etiladi. Muloqot-pedagog faoliyatini eng muhim professional qurolidir. Pedagogik muloqotqulay psixologik muhit yaratish maqsadida o`qituvchining o`quvchi bilan dars va undan tashqaridagi haqiqiy muloqotidir. Noto`g`ri pedagogik muloqot o`quvchida qo`rquv, ishonchsizlik tug`diradi, diqqati, xotirasi va ish qobiliyatini susaytiradi, nutq
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 195 me’yorini buzadi. Natijada, o`quvchilarda steriotip fikrlar vujudga keladi. Ularni o`qishga va mustaqil o`rganishga, fikrlashga bo`lgan qiziqishlar susayadi. Oqibat natijada, o`quvchilarda o`qituvchiga, uning faniga nisbatan muayyan salbiy munosabatlar uzoq vaqt shakllanib qoladi. Hamkorlikda fikrlash uchun sharoitlar yaratish zarur. Rollar almashinishi yordamida muloqot o`rnatish ularda u yoki bu ijtimoiy shakllanib qolgan hatti-harakatni dasturlaydi (o`qituvchi -o`quvchi). Ijtimoiy rollar almashinuvi shaxsni har tomonlama namoyon bo`lishini ta’minlaydi, niqobni olib tashlab boshqa kishi roliga kirish va shu bilan insonni inson orqali idrok qilish jarayoniga ta’sir ko`rsatadi. O`qituvchilar o`quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs-rol shaklidan foydalanadilar, darsning ayrim elementlarini bajarishga o`quvchilarni taklif qiladilar, har bir o`quvchini o`qituvchi rolini bajarishga imkon beradilar. O`z shaxsi qimmatini namoyon qilish ham muloqot funksiyasi sifatida namoyon bo`ladi. Bunda o`quvchilar tomonidan o`z shaxsi (men)ni, qadr-qimmatini, shaxsini munosib baholash va kelajagini tasavvur eta olish uchun intilishlarini ta’minlash o`qituvchining asosiy vazifasidir. Muloqotning eng muhim funksiyalaridan biri-hamdard bo`lishdir. U boshqa kishi hissiyotlarini tushunish, boshqalar nuqtayi nazarini ma’qullash qobiliyatini shakllantirish jarayonida amalga oshadi va jamoadagi munosabatlarni me’yorga keltiradi. Bunda o`quvchini, uning istaklarini tushunish va bular asosida o`quvchiga ta’sir etish zarurligi anglash o`qituvchi uchun juda muhimdir. Muloqot funksiyalarini bilish o`qituvchilar uchun dars va undan tashqarida o`quvchilar bilan bo`ladigan muloqotlarni yaxlit jarayon sifatida tashkil etishga yordam beradi. Darsga tayyorgarlik ko`rayotganda muloqotning barcha funksiyalaridan kompleks foydalanashga erishish zarur. Darsni rejalashtirayotganda faqat axborot berish haqida emas, balki o`quvchilarning o`z shaxsini namoyon qilishlarini va o`z shaxsiy qobiliyatini ham ko`rsata olishga sharoit yaratishni ham rejalashtirishi zarur. Bunda ayniqsa, o`qituvchi yordamiga muhtoj bo`lgan o`quvchilarga alohida e’tibor berish, har bir o`quvchini qiziqtirish usullarini, hamkorlik va ijodkorlikka asoslangan mehnatni tashkil etishni oldindan o`ylab qo`yish lozim. Muloqot bo`yicha yirik mutaxassis olim Kan-Kalik fikricha, professional pedagogik muloqot tarkibi quyidagilarlardan iborat: sinf-guruh bilan bo`ladigan muloqotni pedagog tomonidan modellash (loyihalash); o`zaro ta’sir ettirishning dastlabki onlarida bevosita faol muloqot olib borish (kommunikativ hujum); pedagogik jarayon davomida muloqotni boshqarish; amalga oshirilgan tahlil qilish va uni kelgusi faoliyat uchun modellash. Muloqotning har bir elementlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun quyidagilarga e’tibor
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 196 berish zarur. Modellash bosqichi-sinf (guruh) o`quvchilarning o`ziga xos quyidagi xususiyatlarini, ularni bilish qobiliyatlari xarakteri, qiyinchiliklar ehtimolligi, ish sur’atini bilishni talab etadi.(4.56b) Darsga tayyorgarlik ko`rishda uning mazmunini oldingi dars mazmuni bilan bog`lash va u faqat o`qituvchi nuqtayi nazaridan emas, balki o`quvchi shaxsi tomonidan ham o`ylanib, turli variantlarda tayyorlanishi zarur. Bu haqda pedagogik texnologiyada batafsil ma’lumot beriladi. «Kommunikativ hujum» - o`z-o`zidan ma’lum bunda o`qituvchi o`quvchilarni tezda jalb qilish texnikasini bilishi, dinamik ta’sir va o`zini salobatli qilib ko`rsatish usullarini egallashi zarur. Muloqotni boshqarish bosqichida o`quvchilar tashabbusini ma’qullash, dialogik muloqot olib borish, haqiqiy sharoitga moslab o`z fikrlariga tuzatishlar kiritish zarur. Muloqotni tahlil qilish uning maqsadi, mazmuni va natijasini taqqoslashdir. Tabiiyki, o`qituvchi muloqotni, o`quv-tarbiyaviy jarayonni tashabbuskori va yetakchisi bo`lishi zarur. Buning uchun quyidagilar tavsiya etiladi: - “Biz” sezgisini vujudga keltirish; - O`quvchilarga ta’sir etishda shaxs aspektlarini kiritish; - O`zini sinf (guruh) haqida ijobiy fikrga ega ekanligini his ettirish; - Faoliyatning aniq maqsadlarini ko`rsatish; - O`quvchilarning ichki hissiyotlarini tushunish va ularga buni sezdirishi; - Ayrim o`quvchilarga nisbatan shakllanib borayotgan steriotip fikrlarni o`zgartirish. Bularning hammasi yosh o`qituvchi faoliyatida samarali muloqot o`rnatishda to`siqlarga barham beradi. Pedagoglar tomonidan turli tipdagi rahbarlarning aniq ijtimoiy-psixologik qiyofasi yaratilgan. Ularning jamoa bilan muloqot texnikasi doimo tahlil qilib boriladi. O`qituvchi ham rahbar sifatida tarbiyalanuvchilar faoliyatini boshqaradi, ular bilan turli xil muloqotda bo`ladi. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib pedagogik muloqotni quyidagi turlarga ajratish mumkin: – o`zaro ijodiy faoliyatga qiziqtirishiga asoslangan muloqot; – o`zaro do`stlikka asoslangan muloqot; – muloqot-masofa; – muloqot-qo`rqitish; – muloqot-hazil-mutoiba. Muloqot madaniyati-boshqalarni tushunishga bo`lgan ehtiyoj va qobiliyatni
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 197 shakllantirish, o`zini tushunishga ehtiyoj tug`dirishdir. Muloqotdagi kamchiliklar: – ehtiyotsizlik, shaxsiyatparastlik, suhbatdoshini ortiqcha majburlash; – passivlik, o`zini juda yuqori va past qo`yish; – haddan tashqari jonbozlik ko`rsatish.(5.355b) Bir so`z bilan aytganda pedagogning muloqot madaniyati doimo ishlov berilishini talab qiladi. Muloqot-insonlarning ma’lum bir jamoda yoki guruhda hamkorlikdagi faoliyatlari jarayonida vujudga keladigan ehtiyojlaridan bo`lib, faoliyatlari davomida o`zaro munosabatlarga kirishishi jarayoni hisoblanadi. Muloqot madaniyati xamma joyda kerak. Ish joyda, transportda, uyda umuman shaxs bo`lib o`z meniga ega insonlarda mavjud, shuning uchun ham biz kim bilan qanday muloqot (muomala) qilishni bilishimiz kerak. Insonning qanchalik bilimli, aqlzakovatli ekanligi uning muloqoti orqali namoyon bo`ladi. Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir-birlariga so`z yordamida yetkazadi, amalga oshiradi. Shu tufayli muloqotda kishilarning muomalalari yoqimli bo`lishi zarur. Bundaylarni odamlar yoqtiradi, hurmat qiladi. Muloqot ham o`ziga xos san’atdir. Bu san’atni mukammal o`rganish har bir insonga zarur. Shu bilan birga, ona tilini mukammal o`rganmoq har bir insoning muqaddas burchidir. Tilni bilgach: uni ishlata bilish san’atini egallamoq inson uchun zarurdir. Muloqot jarayonida shirinso`zlik va go`zal nutq hech qachon, hech qayerda sotilmaydi. Bunga erishmoqlikning birgina yo`li bor, bu ham bo`lsa tinimsiz shirin so`zlashash mashq qilmoqlikdir. Bu esa asosan ko`p kitob o`qish yo`li bilan amalga oshiriladi. Muomala insonning kimligini ko`rsatuvchi yuzidir. Izlanishlarning ko`rsatishicha, pedagogning o`quvchilarga nisbatan bo`lgan ijobiy munosabati, ularga tiniq, bosiq tonda murojaat qilishi o`quvchilarda erkinlikni his qilishda yordam beradi. O`quvchilarga noto`g`ri munosabatda bo`lish ularda ishonchsizlik kam gap bo`lishiga, o`quvchilarda laganbardolik kabi yomon fazilatlar shakllanishiga olib keladi. Muloqotga ta’rif bersak, bu so`zlashuv, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr olishuv, og`zaki nutq shakli bo`lib, ikki yoki undan ortiq shaxslarni so`zlashuvidir. Muloqot faqat insonlarga xos bo`lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tug`iladi. Muloqot - odamlar o`rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog`lanishlar rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko`rsatuvchilar o`rtasida axborot
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 198 ayirboshlashni o`z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o`zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so`zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-ishora bilan muloqotda bo`lamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo`lamiz. Aynan muloqot davomida uning haddiharakatlarini kuzatamiz, uning o`zini tutishi va hakozalar tufayli, muloqotdoshimizga qaysidir ma’noda fikrimiz o`zgaradi. Demak muloqot insonning muhim jihatlaridan biri sanalib insonning muloqot ma’daniyati kishilarda salbiy va ijobiy fikrlarni paydo bo`lishini ta’minlaydi.(6.76b) Muloqot odobi insonni ma’naviy kamolotga yetkazuvchi jarayondir. Muloqot odobi bolalikdan shakllanadi. Bola ulg`ayishi bilan muloqot odobi darajasi kengayib boradi. Muloqot odobi kishi faoliyatini belgilovchi jarayon bo`lib, uni barcha xatolardan saqlaydi. Natijada uning xulqiy go`zalligi ortadi. Islom dinida belgilangan muloqot odobi mezonlari umuminsoniy muloqot odobi mezonlari bilan chambarchas bog`liqdir. Chunonchi, «Qur’oni Karim» Inson kamolotining asosiy dasturidir. Unda insonni yuqori cho`qqiga ko`tarishga ahamiyat berilgan. «Qur’oni Karim» ning har bir oyatida kishining kundalik hayotida muloqot odobi mezonlariga og`ishmay amal qilishini ko`rsatadi. Adab so`zi arabcha bo`lib, hayotimizga singib ketgan, muloqot odobi odamning ma’naviy yetukligi, ma’naviy mezonidir. Muloqot odobi deganda biz tarbiyali degan tushunchani anglaymiz. Muomalali kishi el o`rtasida e’zozlidir. Muloqot odobi insoniy fazilat kishi qadrini baland qiluvchi qimmatli sifatidir. U ta’lim - tarbiyaning asl mevasidir. Aqlning suyanchig`i hisoblangan muloqot odobi barcha fazilatlarning sha’ni va xikmatidir. Dono xalqimizning “Adab bozorda sotilmas”, “Muloqot odobi kishi uchun ulug`lik va fazilatdir”, “Muloqot odobi yo`qning aqli ham yo`q” kabi naqllari bejiz aytilmagan. (7.80b) Shunday ekan, aql va muloqot odobi bir-biriga bog`liq, insonda xar ikkovi mavjud bo`lsagina o`sha inson kamol topadi. O`zbekistonning mustaqilligi tufayli ota bobolarimiz axloq-muloqot odobi haqidagi hikoyatlari, naql va rivoyatlari yosh avlodda milliy qadriyatlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, muloqot odobi va axloqiy ezgulik, insoniylik kabi ma’naviy qadriyatlar shaxs kamolotida dasturamal bo`lib kelmoqda. Axloq-ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, har bir kishining jamiyat va oiladagi
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 199 yurish–turishi, tartib qoidalarining yig`indisi sifatida gavdalanadi. Demak, jamiyatga, oilaga, mehnatga bo`lgan munosabatda axloq namoyon bo`ladi. Inson xattiharakatidagi, xulqidagi yo`nalishlar, eng muhim belgilar mujassamlanib, shaxs faoliyatida, uning kamol topishida xulq qoidasining asosi bo`lib qoladi. Axloq faqat tartib intizom o`zini tutishi bilan chegaralanmasdan inson muloqoti o`zgalar bilan munosabatni qay tarzda olib borish jarayonida namoyon bo`ladi. Shunday ekan o`quvchilarda muloqot odobini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o`rinda o`quvchilar bilan muloqot qilishning o`ziga xos xususiyatlarini keltirib o`tmoqchimiz: 1.O`quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy xususiyatlarini o`rganishi: - o`quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish; - o`quvchilar ichki imkoniyatlariga har tomonlama tavsif berish; - o`qituvchining muloqot madaniyatini to`g`ri tashkil etishi. 2.Shaxsiy muloqotda ro`y beradigan kamchiliklarni darhol bartaraf etishi: - kamchiliklarga barham berish choralarini darhol izlab topish; - har qanday vaziyatda o`quvchilarga qo`pollik qilmaslik; - o`quvchi shaxsini mensimaslik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish. 3.O`qituvchi o`zi uchun muloqot madaniyatining eng qulay bo`lgan uslublarini tanlab olishi: - pedagogik faoliyatiga monand muloqot madaniyati modelini ishlab chiqishi; - o`z-o`zini kuzatish bilan muloqotdagi yutuq va kamchiliklarini muntazam taqqoslab borishi; - muloqotda milliy ma’naviyatimiz, urf-odat va an’analarimiz imkoniyatlaridan doimiy foydalanish. 4.Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga chiqmaslik: - har bir o`quvchining individual xususiyatlariga mos muloqot tizimini ishlab chiqishi; - muloqotning tarbiyaviy ta’sirini va samarasini e’tirof etish; - muloqot madaniyati asosida pedagogik mahoratni namoyish etish.(6.82b)