KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – FAROVON KELAJAK VA BUYUK DAVLAT GAROVIDIR
Abstract
Ushbu maqolada korrupsiyaga qarshi kurashish Oʻzbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishiga aylangani, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonunchilik bazasi yaratilganligi, ushbu illat bilan murosasiz kurash olib borishimiz lozimligi xususida fikrlar yuritilgan.
Full text
346 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – FAROVON KELAJAK VA BUYUK DAVLAT GAROVIDIR Kimsanova Saodatxon Bohodirjon qizi Andijon Davlat Chet tillari instituti 1-bosqich magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17863568 Annotatsiya. Ushbu maqolada korrupsiyaga qarshi kurashish Oʻzbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishiga aylangani, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonunchilik bazasi yaratilganligi, ushbu illat bilan murosasiz kurash olib borishimiz lozimligi xususida fikrlar yuritilgan. Kalit so‘zlar: korrupsiya, maʼmuriy islohotlar, “inson omili”, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, ichki nazorat tuzilmasi, huquqiy ekspertiza. Аннотация. В данной статье говорится о том, что борьба с коррупцией стала приоритетным направлением государственной политики в Узбекистане, в нашей стране создана законодательная база в сфере борьбы с коррупцией, и мы должны вести бескомпромиссную борьбу с этим злом. Ключевые слова: коррупция, административные реформы, "человеческий фактор", правосознание, правовая культура, структура внутреннего контроля, правовая экспертиза. Abstract. This article says that the fight against corruption has become a priority area of government policy in Uzbekistan, our country has established a legislative framework in the field of combating corruption, and we must wage an uncompromising fight against this evil. Key concepts: corruption, administrative reforms, "human factor", legal awareness, legal culture, internal control structure, legal expertise. “Korrupsiya illati hatto eng qudratli va eng kuchli davlatlarni ham jar yoqasiga olib kelgan va toʻliq parokanda qilgan”. Sh.Mirziyoyev. Yurtboshimizning yuqorida keltirilgan fikrlaridan korrupsiya degan illatning nechogʻlik salbiy illat ekanligi yaqqol sezilib turibdi. Shu sababli ham, hozirda toʻla ishonch bilan aytish mumkinki, korrupsiyaga qarshi kurashish Oʻzbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishiga aylanib ulgurdi. Buni soʻnggi yillarda sohaga oid qabul qilingan siyosiy-huquqiy hujjatlar, maʼmuriy islohotlar va “inson omili”ni kamaytirishga qaratilgan “raqamlashtirish” jarayonlari misolida koʻrish mumkin. 1 Prezidentimiz olib borayotgan siyosatining mazmunini tashkil qiladigan zamon bilan hamnafas yashash, ijobiy oʻzgarishlarga ochiqlik, inson qadrini taʼminlash, davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning xalq oldidagi masʼulligi kabi tamoyillarga asoslangan qarorlar mamlakatning ertasini belgilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, bunday jarayonlarga xalqning toʻgʻridan-toʻgʻri jalb etilayotgani, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa fuqarolik institutlari vakillarining faol ishtiroki sababli ham jamiyatning faollashyotgani sezilib bormoqda. Shu munosabat bilan taʼkidlash lozimki, “mamlakatimizdagi oxirgi yillardagi oʻzgarishlar natijasida Oʻzbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻz modelini yaratmoqda. 1 A.Yusupov. Korrupsiyaga qarshi kurash – kechiktirib boʻlmaydigan vazifa. https://isrs.uz/uz/smti-ekspertlarisharhlari/korrupciaga-karsi-kuras-keciktirib-bulmajdigan-vazifa.
347 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Mazkur natijalarning asosiy ijrochilari korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul organlar, davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati instituti vakillari va keng jamoatchilik hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqida “Soʻnggi besh yilda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga olib chiqilganligini taʼkidlab, bu borada aybdorlarni huquqiy javobgarlikka tortish bilan cheklanib qolmasdan, tizimli preventiv choralarni kuchaytirish zarurligi, korrupsiya balosiga qarshi faqat davlat-huquqiy choralar bilangina emas, balki butun jamiyat qarshi kurashmogʻi kerakligi” qayd etildi”. 2 Qayd etish lozimki, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirishning dastlabki muhim qadami bu – davlatimiz rahbari tomonidan lavozimiga kirishgan dastlabki kunlardanoq, yaʼni 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning imzolangani boʻldi. Ushbu qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining uch ta ustuvor yoʻnalishi belgilandi: 3 - aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; - davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir choratadbirlarni amalga oshirish; - korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlash. Ushbu oʻtgan vaqt mobaynida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, ilgʻor xorijiy tajriba asosida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqacha tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish mexanizmi joriy etildi; davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, bu borada ommaviy axborot vositalari rolini oshirishga qaratilgan muhim konseptual hujjatlar qabul qilindi; bir-birini takrorlovchi vakolatlarga ega davlat organlarini optimizatsiya qilish, ularning ixchamligini oshirish, davlat boshqaruvida byurokratiyani kamaytirish boʻyicha choralar koʻrildi; davlat boshqaruvi tizimida “inson omili”ni kamaytirish hamda davlat va jamiyat boshqaruviga axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlari yanada rivojlantirildi; davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi; “Korrupsiyadan holi qonunchilik” tamoyili asosida qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish tartibi joriy etildi; korrupsiyaviy xavfxatarlar yuqori boʻlgan soha va tarmoqlarda “Korrupsiyasiz soha” va “Korrupsiyasiz hudud” kabi loyihalar kapital qurilish, oliy taʼlim, sogʻliqni saqlash va davlat xaridlari tizimlari 4 da ham muntazam tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bundan tashqari Joriy yilning 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, 2 U.Toʻxtasheva. Korrupsiyaga qarshi kurash – Oʻzbekiston davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi. https://uzbekistan.org/uz/korrupsiyaga-qarshi-kurash-oʻzbekiston/3431/ 3 Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni. https://www.lex.uz/acts/3088008. 4 Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida milliy maʼruza.Axborot tahliliy maʼlumot. Loyiha Rahbari: A. Burxanov / Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, 2022.-60 b.
348 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yangi tizimni joriy etib, ushbu masalaga jamoatchilik, parlament va fuqarolik jamiyati institutlarini keng safarbar etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” farmoni 5 qabul qilindi. Mazkur Farmon bilan bir qator mutasaddi tashkilotlarga vazifa va topshiriqlar yuklatildi. Yaʼni, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash har yili hududlar kesimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, prokurorlar va ichki ishlar organlari boshliqlari bilan birgalikda korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, shu jumladan, maishiy korrupsiyaga barham berish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini shakllantirish boʻyicha “yoʻl xarita”sini ishlab chiqib, ijrosi ustidan nazoratni taʼminlash; Oliy Majlis palatalariga har yili byudjetdan eng koʻp mablagʻ oladigan uchta vazirlik va idorada korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish, vazir va hokimlar lavozimiga nomzodlar tegishlicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlarida koʻrib chiqilayotganda ular tomonidan korrupsiyaning oldini olish boʻyicha aniq reja himoya qilinishiga oid tartibni qonun hujjatlarida belgilash, xalqaro tajribani oʻrganib, kibermakonda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish boʻyicha mustahkam huquqiy baza yaratish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish kabi masalalar shular jumlasidandir. Soʻzimiz yakunida taʼkidlash joizki, mamlakatimiz taraqqiyoti yoʻlida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar korrupsiyadan holi, oʻz milliy manfaatlarimizni koʻzlab, davlatimiz ravnaqi hamda fuqarolar farovonligi yoʻlida shaffof va adolatli turmush tarzini birgalashib yaratsak, yuksak natijalar berishi shubhasizdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023-y. 2. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni. https://www.lex.uz/acts/3088008. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/7486412. 4. Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida milliy maʼruza.Axborot tahliliy maʼlumot. Loyiha Rahbari: A. Burxanov / Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, 2022.-60 b. 5. A.Yusupov. Korrupsiyaga qarshi kurash – kechiktirib boʻlmaydigan vazifa. https://isrs.uz/uz/smti-ekspertlari-sharhlari/korrupciaga-karsi-kuras-keciktiribbulmajdigan-vazifa. 6. U.Toʻxtasheva. Korrupsiyaga qarshi kurash – Oʻzbekiston davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi. https://uzbekistan.org/uz/korrupsiyaga-qarshi-kurash-oʻzbekiston/3431/. 5 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/7486412.