scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSTAQILLIK DAVR O'ZBEK QISSACHILIGINING POETIK XUSUSIYATLAR

Muhiddinova Mahliyo Sharofiddin qizi

Abstract

Ushbu maqolada qissalarning mavzusi, mazmun-mundarijasi xilma-xilligi, jiddiy va hajviy, ishqiy va sarguzasht, tarixiy va hujjatli, detektiv-sarguzasht mavzusidagi qissalar haqida to‘xtalishga harakat qilingan.

Full text

326 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 MUSTAQILLIK DAVR O‘ZBEK QISSACHILIGINING POETIK XUSUSIYATLAR Muhiddinova Mahliyo Sharofiddin qizi Osiyo texnologiyalar universiteti, 2bosqich magistri. https://doi.org/10.5281/zenodo.17864007 Annotatsiya. Ushbu maqolada qissalarning mavzusi, mazmun-mundarijasi xilma-xilligi, jiddiy va hajviy, ishqiy va sarguzasht, tarixiy va hujjatli, detektiv-sarguzasht mavzusidagi qissalar haqida to‘xtalishga harakat qilingan. Kalit so‘zlar: detektiv-sarguzasht, hajviy, ishqiy va sarguzasht, tarixiy va hujjatli, qissa, janr, syujet, poetika. ПОЭТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ УЗБЕКСКОЙ ПРОЗЫВНОСТИ ПЕРИОДА НЕЗАВИСИМОСТИ. Аннотация. В статье предпринята попытка рассмотреть тематику рассказов, многообразие их содержания, серьёзные и юмористические, романтические и авантюрные, историко-документальные, детективно-приключенческие рассказы. Ключевые слова: детективно-приключенческий, юмористический, романтическиавантюрный, историко-документальный, рассказ, жанр, сюжет, поэтика. POETIC FEATURES OF UZBEK PRONOUNCEMENTS DURING THE INDEPENDENCE PERIOD Abstract. This article attempts to examine the themes of short stories, their diverse content, including serious and humorous, romantic and adventure, historical-documentary, and detective-adventure stories. Keywords: detective-adventure, humorous, romantic-adventure, historical-documentary, short story, genre, plot, poetics. Istiqlol davri adabiyotida milliy о‘ziga xoslikni talqin etishda batamom yangilanish kо‘zga tashlanadi. Badiiy tafakkurning evrilishiga xos bunday tamoyillarini hozirgi zamon qissachiligida о‘ziga xos buyoqlarda aks etayotgani, voqelik tasvirida rang-barang chizgilarning qо‘llanishi, janriy va uslubiy о‘zgarishlar hamda qahramon xarakterining talqinida milliy о‘ziga xoslik mujassamlashganligi bilan belgilanadi. Shuningdek, bugungi kun millat kishisining botiniy va zohiriy olami, uning tafakkur kengliklari, qiziqishlari, turmush tarzi, milliy о‘zligini anglash jarayoni, ijtimoiy hayotga bо‘lgan faol munosabati, ertangi kunga ishonchi va mustaqillikni mustahkamlash yо‘lidagi jonbozliklari qissa janrida о‘zining badiiy ifodasini topayotgani ham nasrimizda о‘ziga xos yangilanishlar davri boshlanganligini kо‘rsatadi. Janrdagi bu xil yangilanishlar bugungi faol nosirlari Nazar Eshonqul “Tun panjaralari”, “Qora kitob”, “Momoqо‘shiq” Xurshid Dо‘stmuhammadning “Sо‘roq”, U. Hamdamning “Yolg‘izlik”, N. Jaloliddinning “О‘limning rangi”, N. Norqobilovning “Qoyalar ham yig‘laydi”, SH. Bо‘tayevning “SHо‘rodan qolgan odamlar” kabi qissalarida yaqqol kо‘zga tashlanadi. Boshqacha aytganda, bugungi kun nasrimizda qissa janrining faollashganini, uning о‘z bag‘rida inson hayotiga daxldor rang-barang holatlarini aks ettirilishidagi qulayliklari namoyon bо‘lmoqda. Buni davrimizning taniqli adibi X. Dо‘stmuhammadning quyidagi mulohazalari ham isbotlaydi: “Badiiy adabiyotda janrning yaxshi-yomoni yо‘q. Roman salmoqdorligi bilan, hikoya ixchamligi bilan о‘ziga xos. Qissa esa romanga, hikoyaga nisbatan erkinroq, erkaroqligi bilan jozibali kо‘ngilga yaqin. Bir taqdir, biror voqea-hodisa, birorta g‘oya yoki faraz haqida sо‘zlashga kirishdingizmi, qissa yaratilyapti deyavering!... 327 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Xalqimizda azal-azaldan qissanavislik, qissaxonlik keng rasm bо‘lgan, bizning zamonlarga kelib bu ijod turi jahon adabiyoti tajribalariga chatishdi, janr sifatida ancha-muncha “madaniylashdi”, natijada janr tabiatidagi erkinlik, ochiqlik tufayli qissaning imkoniyatlari orta bordi, kо‘lami, qamrovi behad kengaydi. Qassa-zamonaviy milliy adabiyotimizda kо‘p yaratiladigan, sevib о‘qiladigan janrga aylandi...” 1 Demak har bir davr qissasi, boshqa janrlar kabi о‘zida zamon ruhini unda yashayotgan inson badiiy tafakkurini aks ettiradi. Shakl jihatidan ham о‘zi vujudga kelgan makon va zamonni idrok etish tushunchasidan kelib chiqqan holda о‘zgarib turadi. Sо‘z san’atining asosiy masalasi – insonni anglash, inson tabiatining, qalbining murakkab tomonlari, sir-sinoatlarini taftish etish, inson jumbog‘i ustida astoyidil bosh qotirish, eng muhimi bu borada odatdagi andozalardan qochib yangi yо‘llar axtarish bugungi qissachiligimizdagi yetakchi ijodiy tamoyillardan bо‘lib qoldi. X. Dо‘stmuhammad, U.Hamdam, N. Eshonqul qissalarida ana shunday tamoyillar yuz kо‘rsatayotgani quvonarli holdir. Bugungi qissachiligimizda g‘oyaviy-tematik kо‘lam ta’sir qilishi tabiiy hol. Ana shu ma’naviy jarayon bugungi qissachiligimizda о‘zining badiiy talqinini topayapti. Demak, bu qissalarda hayotdagi voqea hodisalargina emas, insonning о‘zi, uning olami aks etayapti. Qissalarda, ayniqsa U.Hamdam, X. Dо‘stmuhammad asarlarida insoning hayotdagi о‘rni, yashashdan maqsadi kabi masalalar mohiyati falsafiy yо‘nalishda ochib berilishi ham xarakterlidir. Qissalarimizda an’anaviy usulda ijod qilishning yangi qirralari namoyon bо‘ldi. Xususan, biz Shoyim Bо‘tayevning “SHо‘rodan qolgan odamlar” qissasida shо‘ro davri voqealigining shafqatsiz realizm uslubidagi badiiy talqinini kо‘ramiz. Davr va jamiyatdagi о‘zgarishlarning inson ma’naviyatiga, uning tafakkuriga kengayganligini ham e’tirof etishimiz kerak. Sо‘nggi yillarda bizda ham zamonaviy jahon adabiyotida keng tarqalgan detektivsarguzasht tur ancha jonlandi, bu adabiy turning Tohir Malikday iste’dodli professional sohibi qalamlari va uning iste’dodli izdoshlari yetishib chiqdi. Tohir Malikning jahon detektivsarguzasht adabiyoti yaxshi namunalari bilan bо‘ylasha oladigan qissalari, “Shaytanat”, shunigdek muallifning “Sо‘ngi о‘q” asari asosida suratga olingan teleserial el orasida katta shuhrat topdi. Eng muhimi, Tohir Malik о‘zbek adabiyotida bu turga yuksak madaniyat olib kirdi, bu tur asarlarni mensimay qarash, ta’na-malomatlardan xalos etdi, bu turni rostakam san’at darajasiga kо‘tara oldi. Mustaqillik ishlaridagi qissachiligi ham nasrimizning boshqa janrlari qatorida hayotni badiiy tasvirlash borasida о‘z о‘rniga ega. Keyingi yillar davomida yozilgan yoshlar qissalarining katta qismi an’anaviy nasrimiz uslubida bitilgandir. Bular orasida mazmun-mohiyatiga kо‘ra badiiy-estetik jihatdan pishiq, kitobxon qalbini larzaga soladigan, о‘y-qarashlari va badiiy tafakkur tarziga о‘z bosim quvvatini о‘tkaza oladigan nisbatan sara qissalar bor. Bu qissalarning mavzusi, mazmun-mundarijasi ham xilma-xil: jiddiy va hajviy, ishqiy va sarguzasht, tarixiy va hujjatli. Qissa janrining ichki rivojida, hayot, inson va uning qalbi haqidagi haqiqatni kashf etish, yangi tasviriy ifodalarni ixtiro qilish bobida ham bir qator yangicha ijodiy tamoyillarni kuzatish mumkin. Mustaqillik davr qissachiligida poetik xususiyatlar birinchi galda mavzu muammoning ruhiy talqindagi rang-baranglikda ham kо‘rish mumkin. Mustaqillik davri о‘zbek qissachiligi syujet poetikasidagi о‘ziga xoslik ularda turli yо‘nalishlar, xususan sarguzasht-detektiv yо‘nalishning mavjudligi ham kо‘rinadi. 1 Xurshid Do‘stmuhammad. Qissalar. –T.: Sharq, 2007. 2-bet. 328 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Adabiyotlar ro‘yxati 1. Boltaboyev H. Nasr va uslub –T.: Fan, 1992 y 2. Dо‘stmuhammad X. Uyg‘onish jozibasi. “О‘zbekiston adabiyoti va san’ati”,T.:2000, №7 3. Karimov B. Mohiyatning namoyon bо‘lishi. “Mustaqillik davri adabiyoti” kitobida.T.: О‘zbekiston 2006 y 4. Qо‘chqorova M. Badiiy sо‘z va ruhiyat manzaralari. – T.: Muharrir, 2011 y 5. X. Dо‘stmuhammad. Qissalar T.: Sharq, 2008 y 6. A. Yо‘ldoshev. Sunbulaning ilk shanbasi. “Sirli olam” jurnali, 1993, 2-3sonlar