"QADR" KONSEPTI: O'ZBEK, TURK MADANIYATI VA TILSHUNOSLIK TADQIQOTI
Abstract
Ushbu maqola “qadr” konseptining o‘zbek va turk madaniyatlarida qanday ifodalanishi, tildagi o‘rnini va ularning farqli jihatlarini tilshunoslik nuqtayi nazarida ko‘rib chiqishga qaratilgan. O‘zbek hamda turk tilida “qadr” konsepti tahlil qilingan va misollar bilan chuqurlashtirib berilgan.
Full text
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 10 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17866645 “QADR” KONSEPTI: O‘ZBEK, TURK MADANIYATI VA TILSHUNOSLIK TADQIQOTI Qodirova Ro‘zugul Sa’dullayevna Buxoro davlat universiteti filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent Majitova Maftuna Rasul qizi BuxDU Filologiya fakulteti talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqola “qadr” konseptining o‘zbek va turk madaniyatlarida qanday ifodalanishi, tildagi o‘rnini va ularning farqli jihatlarini tilshunoslik nuqtayi nazarida ko‘rib chiqishga qaratilgan. O‘zbek hamda turk tilida “qadr” konsepti tahlil qilingan va misollar bilan chuqurlashtirib berilgan. Kalit so‘zlar: konsept, tilshunoslik, kontekst, etimologiya, semantika, frazeologizm, deg‘er, onur. АННОТАЦИЯ Цель данной статьи рассмотреть, как понятие “кадр” выражено в узбекской и турецкой культурах, его место в языке и их различные аспекты с лингвистической точки зрения. Понятие “кадр” в узбекиском и турейком языках анализируется и подробно поясняется с примерами. Ключевые слова: концепция, лингвистика, контекст, этимология, семантика, фразеологизм, ценить, честь.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 11 ABSTRACT The aim of the article is to study from a linguistic perspective how the consept of “cadre” is expressed in uzbek and Turkish culture, its role language, and its various aspekts. The consept of “cadre” in uzbek and Turkish languages is analyzed and explained in detail with examples. Key words: concept, linguistics, context, etimology, semantics, phraseology, value, honour. Kirish. O‘zbek jamiyatida “qadr” tushunchasi shaxslar aro munosabatda, umumiylik qadriyatlar tizimida muhim o‘rin tutadi. Keksalarga, ota-onamizga, ustozlarga bo‘lgan hurmat va e’tibor-bu “qadr”ni namoyon etishning asosiy ko‘rinishlaridir. “Inson qadri” tushunchasi esa davlat siyosatida ham markaziy o‘rin egallab, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini, sha’n-sharafini qadrlashni nazarda tutadi. Insonning butun umri o‘zida shaxsiy qadriyatlarni takomillashtirish, o‘z qadrini kamolga yetkazish, jamiyat, zamonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar anglashga intilishdan iboratdir [1]. “Qadr” tushunchasi o‘zbek tilida nafaqat biror narsaning qiymatini, balki insoniy munosabatlarning ijtimoiy mavqening, shaxsiy sha’n-sharafning va hayotiy qadriyatning asosiy mezoni hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili va metodlar. Avvalo “qadr” va “konsept” so‘zlariga nazar solsak. “Qadr” tushunchasi o‘zbek madaniyati va tilida muhim o‘rin egallagan, ko‘p qirrali va asosiy ma’noviy-ijtimoiy kategoriya sanaladi. Bu so‘zning istilohiy ma’nosini quyidagicha izohlashimiz mumkin, ya’ni jamiyatda, kishilar o‘rin, o‘zgalar tomonidan bo‘lgan hurmat va e’tibor. “Konsept” so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “tasavvur qilish” degan ma’noni anglatadi.Umumiy qilib aytganda, u muayyan g‘oya, fikr, tasavvur, yondashuv yoki mavhum tushunchani ifodalaydi.Keyingi yillarda “konsept” atamasi tilshunoslik sohalarida tez-tez takrorlanishiga hamda lingvistik birliklarning konsept sifatida tadqiq
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 12 qilish barobarida ko‘plab olimlar tomonidan talaygina ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz[2]. “Qadr” konsepti o‘zbek va turk madaniyatlarida asosiy rolni o‘ynab, uning tilshunoslik tadqiqoti qiziqarli jihatlarini ochib beradi. Bu ikki turkiy tilda “qadr” so‘zining kelib chiqish tarixi, ya’ni etimologiyasi, semantikasi va madaniy ahamiyatida umumiy va farqli nuqtalarni topishimiz mumkin. “Qadr” konseptining etimologiyasi va asosiy ma’nolariga to‘xtaladigan bo‘lsak, mazkur so‘z arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, qiymat, hurmat, sharaf, e’tibor, narx va hokazo ma’nolarini anglatadi. Turk tilida esa uning turli xildagi ko‘rinishlari mavjud:değer, kiymet, onur, saygı, itibar. “Qadr” konseptining tilshunoslikda ham asosiy xususiyatlari ham talaygina. Frazeologizmlar va barqaror birikmalar misolida “qadr-qimmat” insoniy hurmat sharaf, obro‘ ma’nolarini anglatayotgan bo‘lsa, “qadrini tushirmoq” iborasida esa o‘z obro‘sini to‘kmoq mazmunida ifodalab kelmoqda. O‘zbek tilida ushbu kontekstga oid bo‘lgan fe’llarning asosi aynan “qadr” tushunchasidir. Masalan, qadrlamoq, ya’ni yuqori baholash, qadriga yetmoq-qiymatini tushunmoq. Turk tilida “qadr” so‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri shakli “kadir” sifatida mavjud, ammo uning ma’nosi hamda qo‘llanilishi o‘zbek tilidan biroz farq qiladi. “Qadr” konseptini ifodalash uchun turk tilida bir nechta mustaqil lug‘aviy birliklar mavjud bo‘lib, har birining o‘ziga xos semantik ma’nolari bor. “Değerli”, “kiymetli”-qadrli, “değersiz” “onursuz”-qadrsiz sifatlari faol tarzda qo‘llanadi. Değersiz hissettiğin zaman kendine yatırımlar yap ve kendini şimart, yanı kendine değer ver[3]. “Değer vermek”, “takdır etmek” qadrlash, baholash fe’llari turk tilida yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘zbek va turk tili madaniyatining qiyosiy tahlil xususiyatlariga to‘xtalsak, muhim lug‘aviy birlik sifatida “qadr” ko‘p ma’noli, barcha aspektlarni qamrab oluvchi yagona so‘z. “Değer”, “onur”, “kiymet”-har biri alohida, ko‘zga ko‘rinarli qirralarini ochib beruvchi so‘zlardir.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 13 Semantik qamrov jihatidan “qadr” kengroq va markaziy tushuncha bo‘lsa, “değer”, “onur”, “saygı” so‘zlar bo‘lingan va har biri o‘z segmentiga ixtisoslashgan. Değer eğitiminde günümüzde önerilen yaklaşımlara benzer bir yöntemin geçmişte uygulanmadığı görülmektedir[4]. “Qadr” konsepti ham o‘zbek, ham turk madaniyatida insoniy munosabatlar, axloq va qadriyatlarni belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Biroq tilshunoslik nuqtayi nazaridan bu konseptning ifodalanishida sezilarli farqlar mavjud. O‘zbek tilida “qadr” so‘zi yagona va ko‘p qirrali leksik birlik bo‘lib, turli xil ma’no qatlamlarini o‘z ichiga oladi. Bu esa “qadr”ning markaziy va universal tushuncha sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Turk tilida “qadr” konsepti bir nechta lug‘aviy birliklar orqali ifodalanadi (değer, kıymet, itibar, saygı). Bu turk tilining ma’no nuanslarini aniqroq ajratish tendensiyasini ko‘rsatadi, bunda har bir tushuncha o‘ziga xos so‘z bilan ifodalanadi. “Kadir” so‘zining o‘zi esa ko‘proq atoqli ot yoki diniy kontekstda ishlatilib, “qadrning” o‘zbek tilidagi keng semantikasini o‘zida mujassam etmaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Qaxorov P. Inson qadri tushunchasining tahlili. Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlaridagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar mavzusida Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami-Samarqand– 2025. 23-24-may–B.477-479. 2. Anorqulova O. Konsept tushunchasi va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqiga doir mulohazalar//Вестник магистатуры, 2022.–B.52-55. 3. Miraç Çağrı Aktaş. Hayat kaybettiğin yerden başlar. – Indigo kitap, 2024. 4. Sevda Gülşah Yıldırım, Muammer Demırel. Türk tarıhınde değerler ve değerler eğitimi üzerine bir inceleme//Eğitim Kuram va Uygulama Araştırmaları Dergisi, 30.04.2019.-S.92-99. 5. Toirova G. So‘zlashuv uslubida tejamlilikning pragmatic xususiyatlari. Таълим ва инноватцион тадкикотлар. Халкаро журнал. 2022№5,-Б57-60.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 14 6. Toirova G.Establishment of a national corpus the uzbek language is a requirement of a new era. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). Vol 10, Issue9, September, 2021 7. Тоирова Г. Ўзбек тили миллий корпусни яратишда интерфейснинг аҳамияти. // Сўз санъати халқаро журнали, – Тошкент, 2020, № 3, – Б.100-105. 8. Тоирова Г. Лингвистик базани тузишда модуллаштиришнинг аҳамияти // Наманган давлат университети илмий ахборотномаси. –Наманган, 2021. – №3. - Б.377-386. 9. Toirova, G., & Hamroeva, N. (2020). The importance of linguistic models in the development of language bases. Sciences of Europe, (59-2 (59)), 57-63.