MEDIA MATNLARDA METAFORA VA PERIFRAZALARNING KOMMUNIKATIV VAZIFASI
Abstract
Ushbu maqola media matnlarda metafora va perifrazalarning kommunikativ vazifalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Zamonaviy media matnlar, onlayn jurnallar va ijtimoiy tarmoqlarda metafora va perifrazalarning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, bu vositalar matnning emotsional ta’sirchanligini oshiradi, murakkab tushunchalarni sodda va esda qolarli shaklda ifodalaydi hamda auditoriya bilan samarali aloqa o‘rnatishga xizmat qiladi.
Full text
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 15 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17866723 MEDIA MATNLARDA METAFORA VA PERIFRAZALARNING KOMMUNIKATIV VAZIFASI Malika Zayniyeva BuxDU Filologiya fakulteti 6-2Uzb25 guruh talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqola media matnlarda metafora va perifrazalarning kommunikativ vazifalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Zamonaviy media matnlar, onlayn jurnallar va ijtimoiy tarmoqlarda metafora va perifrazalarning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, bu vositalar matnning emotsional ta’sirchanligini oshiradi, murakkab tushunchalarni sodda va esda qolarli shaklda ifodalaydi hamda auditoriya bilan samarali aloqa o‘rnatishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: media matn, metafora, perifraza, kommunikativ funksiyalar, onlayn dunyo, blog, podcast. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматриваются коммуникативные функции метафор и перифраз в медиатекстах. Анализируется роль метафор и перифраз в современных медиатекстах, онлайн-журналах и социальных сетях. Эти средства языка повышают эмоциональное воздействие текста, позволяют передавать сложные понятия в ясной и запоминающейся форме и способствуют эффективной коммуникации с аудиторией. Ключевые слова: медиатекст, метафора, перифраза, коммуникативные функции, онлайн-мир, блог, подкаст.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 16 ABSTRACT This article is devoted to studying the communicative functions of metaphors and paraphrases in media texts. It analyzes the role of metaphors and paraphrases in modern media texts, online journals, and social networks. These linguistic tools enhance the emotional impact of the text, convey complex concepts in a clear and memorable way, and facilitate effective communication with the audience. Keywords: media text, metaphor, paraphrase, communicative functions, online world, blog, podcast. KIRISH Axborot oqimi cheksiz bo‘lgan davrda media matn dunyoda ham, O‘zbekistonda ham eng tez rivojlanayotgan kommunikatsion sohalardan biriga aylanib bormoqda. Raqamli texnologiyalar, mobil telefonlar va internetning keng ommalashuvi natijasida media matn faqat gazeta va televideniyadan iborat bo‘lmay, balki ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, podkastlar, videolar, interaktiv postlar, memlar kabi innovatsion shakllarni ham o‘zida mujassamlashtirmoqda. Zamonaviy media tilini boyituvchi omillar sirasiga metafora va perifraza kabi vositalar yorqin misol bo‘la oladi. Ular matnning emotsional ta’sirchanligini oshiradi, muallifning munosabatini bildiradi va murakkab tushunchalarni sodda hamda tushunarli tarzda yetkazib beradi. Media matnlardagi metafora va perifrazalar faqat badiiy bezak emas, balki fikrni bilvosita yetkazishning, muayyan hodisa yoki voqelikni boshqacha shaklda ifodalashning samarali kommunikativ usuli hisoblanadi. Jumladan, hozirgi ijtimoiy-madaniy muhitda “raqamli davr eshigi ochildi”, “ijtimoiy shamollar esmoqda”, “onlayn dunyo uyg‘ondi” kabi ifodalar ko‘p uchraydi. Bunday metaforalar xabarni oddiy emas, balki ko‘proq o‘ylashga undaydigan, esda qolarli shaklda ifodalaydi. Shuningdek, auditoriya bilan aloqa o‘rnatishda ham bu metodlar muhim rol o‘ynaydi. Media matnlarda metafora va perifrazalarning rolini o‘rganish bugungi lingvistik tadqiqotlarida axborot nazariyasi,
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 17 kognitiv lingvistika hamda diskurs tahlili doirasida dolzarb masalalardan biri sifatida qaraladi. ADABIYOTLAR SHARHI Metafora va perifrazalar fikrni lingvistik va kognitiv nuqtai nazardan tasviriy va ramziy shaklda ifodalashning o‘ziga xos vositalaridir. Bir nechta tilshunos olimlar metafora va perifzalarning kommunikativ vazifalarini o‘z ilmiy ishlarida mufassal izohlab berganlar. Jumladan, O‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi dotsenti Ahmadova U.SH perifrazani shunday izohlaydi: Perifraza – murakkab tabiatli hodisa. Garchi u atash xususiyatiga ko‘ra so‘z variant yoki muayyan leksema paradigmasida turuvchi hosila hisoblansa-da, tuzilish xususiyati hamda muayyan tushuncha, voqeahodisa, belgi, shaxs yoki narsani obrazli ifodalashiga qarab, shuningdek, tarkibi birdan ortiq so‘zdan iboratligiga ko‘ra so‘z ta’rifiga mos kelmaydi. [1] Metafora esa nihoyatda murakkab hodisa bo‘lib, uning tasnifi bir necha xil belgiga ko‘ra, bir necha xil bosqichda olib boriladi. Bizga metaforaning uch unsuri ma’lumdir: tema, ifoda vositasi va qiyos. [3] Shuningdek, Yu.M. Alexandrova, Yu.V. Gorschunov, M.Blek Ye.S.Abramova kabi tadqiqotchilar metaforaning kognitiv va funktsional tabiati haqida ilmiy xulosalar bergan. O‘zbek tilshunosligida N.Yo‘ldoshev, SH.Safarov, G.Nasrullayeva kabi olimlar metaforaning tabiati, tasnifi va nutqdagi o‘rni haqida ilmiy izlanishlar olib borishgan. Olima G.Nasrullayeva o‘zining doktorlik dessertatsiyasida metaforalarni badiiy matnlardan tashqari ilmiy, publisistik matnlarda ham o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi. [2] Bundan tashqari, Sultonqulova G.A “Ingliz va o‘zbek tillaridagi raqamli metaforalarning kognitiv xususiyatlari” maqolasida raqamli kommunikatsiya va internet tili doirasidagi metaforalarni o‘rganib, ularning kognitiv va madaniy xususiyatlari, yangi tushunchalarni ifodalashdagi roli to‘g‘risida ma’lumotlar keltirgan. Bu media konteksida metaforaning yangi ma’no va idrok shakllarini yaratish funksiyasini ko‘rsatadi. [4] MUHOKAMA VA NATIJALAR Media matnlarda uchraydigan metaforalar ko‘pincha yangiliklar, reklama, intervyu, sarlavha va tahliliy maqolalarda ishlatiladi. Ta’lim va madaniyat media
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 18 matnlarida uchraydigan metaforalar: “tafakkur eshigi ochildi” asl ma’nosi bilim va fikr doirasi kengaydi, “ma’rifat tongi yaqinlashmoqda” ya’ni ta’lim sohasida yuksalish boshlanmoqda kabi. Texnologiya va iqtisod media matnlarida: “bozor muzlab qoldi” asl ma’nosi iqtisodiy inqiroz yuz berdi, “dunyo IT ko‘prigi orqali bog‘landi” ya’ni internet jahonni birlashtirdi va “sun’iy intellekt eshigi ochildi” izohi yangi davr boshlanyapti mazmunidagi metaforalari uchratishimiz mumkin. Online dunyo jurnallari, internet portallar va media saytlarida tez-tez uchraydigan haqiqiy uslubdagi metaforalar: “Diplomatiya sahnasida yangi aktyor paydo bo‘ldi” yangi siyosiy kuch yoki davlat sahnaga chiqdi; “kiberxavfsizlik qalqoni zaiflashdi” asl ma’nosi xavfsizlik pasaymoqda; “jamiyat oynasi ushlanib qoldi” tanqid kam, fikrsizlik “Qalb dardi” – “qalb” – haqiqiy organ, yurak. “dard” – og‘riq, kasallik. Insonning ichki ruhiy azobi, qayg‘usi, hissiy og‘riqini tasvirlaydi. Ya’ni, haqiqiy jismoniy dard emas, balki ruhiy, hissiy holatni ifodalaydi. Birinchi Xalqaro san’at biennalesidagi har bir instalyatsiya o‘ziga xos ramzni ifolaydi hamda mavzu ham bejizga “Qalblar dardiga darmon” deya nomlanmagan. [6] “Media makon” internetdagi butun onlayn hudud. “Makon” so‘zi orqali media faqat axborot tarqatadigan maydon emas, balki jamiyat bilan aloqada bo‘ladigan, dinamik va jonli muhit sifatida tasvirlanadi. “Makon” - yer, xona yoki hudud kabi fizik joyni bildiradi. “Media makon” - televideniye, radio, ijtimoiy tarmoqlar va internet orqali yaratilgan informatsion muhitni ifodalaydi. “Makon” so‘zi yordamida bu jarayon tasavvur qilinadigan va tushunarli bo‘ladi. Yangi media makondagi navigatsiya: texnologiya va ijodkorlik to‘qnashgan joyda. Doimiy rivojlanib borayotgan zamonaviy kommunikatsiya landshaftida “yangi media makon” tushunchasi tobora ommalashib bormoqda [12]. “Raqamli inqilob” texnologiyadagi keskin o‘zgarishlar, “inqilob” tarixiy siyosiy ma’nodan texnikaga ko‘chirilgan. U raqamli texnologiyalar, internet va axborot tizimlaridagi tub o‘zgarishlarni haqiqiy, siyosiy yoki ijtimoiy inqilobga qiyoslab tasvirlaydi, lekin bu jarayon haqiqiy qurolli yoki siyosiy inqilob emas. Raqamli inqilob va sun’iy intellekt ijtimoiy taraqqiyotga ikki tomonlama ta’sir
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 19 ko‘rsatadi [5]. “ Media maydon” mediada sodir bo‘layotgan barcha voqealar, “maydon” fizik tushuncha, media ko‘chirilgan. U ijtimoiy va axborot faoliyatini real maydon bilan qiyoslaydi. Shu orqali media faoliyati jonli, harakatli va raqobatbardosh muhit sifatida tasvirlanadi. Axborot almashinuvi, fikrlar kurashi va interaktiv muloqot vizual va tushunarli shaklda ifodalanadi. Media maydon va internet bugungi kunda global axborot almashinuvi, ijtimoiy muloqot va iqtisodiy rivojlanishning ajralmas qismiga aylangan. Internet imkoniyatlari orqali insonlar nafagat axborot oladi, balki o‘z fikrini erkin bildiradi, savdo-sotiq qiladi, o‘qiydi, ijod qiladi va dunyo bilan bog‘lanadi[8] . Media matnlarda perifrazalar kommunikativ kuchni oshirish, tinglovchi e’tiborini jalb qilish, obrazlilik yaratish uchun qo‘llanadi. Media sohalarida eng ko‘p qo‘llanadigan perifrazalar: “Axborot inqilobi asri” – XXI asr: Bu perifraza XXI asrda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari hayotning deyarli barcha sohasiga chuqur kirib borganligini, jamiyat tuzilishi, iqtisod, madaniyat, ta’lim va odamlar orasidagi aloqalar tubdan o‘zgarganligi ko‘rsatadi. XXI asr tom ma’noda axborot inqilobi asri deb nom oldi [9]. “Tubsiz jar” – telefon, planshet va turli gadjetlar: Ushbu perifraza gadjetlar foydalanuvchini o‘ziga jalb qiladi, undagi yangiliklar, videolar, o‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlar to‘xtovsiz oqadi degan ma’noda qo‘llanadi. Ular “tubsiz jar” — xuddi foydalanuvchini o‘ziga tortib oladigan, cheksiz axborot oqimi kabi. Ya’ni, inson telefonga qaraganda, u “oqim”ning ichiga kirib, vaqtni unutadi . Nafaqat yoshlarni, balki kattalarni ham tobora oʻz domiga tortayotgan bu matohlarni quti emas “tubsiz jar”ga qiyos etsak, yana-da toʻgʻriroq boʻladi, nazarimizda[10]. “Yashil energiya” – ekologiya: Bu perifraza tabiatga zarar yetkazmaydigan energiya manbalari, qayta tiklanadigan va ekologik toza energiya, shuningdek, atrof-
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 20 muhitni ifloslantirmaydigan energiya ishlab chiqarish tizimini ifodalaydi. Quyosh, shamol, suv, biomassa geotermal energiyalar misol bo‘ladi. [11] Yevropaga yashil energiya ekisporti bo‘yicha qo‘shma loyihani ilgari surishda erishilgan yutuqlar qayd etildi. “Oq oltin” – paxta:Ushbu perifraza “oq” – rang sifatida, paxta tolasining tabiiy rangini bildiradi. “oltin” – qimmatbaho, bebaho narsa. Paxtani iqtisodiy va milliy boylik sifatida tasvirlash uchun ishlatiladi. “Oq oltin” orqali paxta faqat rangini emas, balki qiymati va ahamiyatini ham bildiradi. Dala mehnatkashlari bugungi kunga kelib “oq oltin” xirmonini 130 tonnaga yetkazib, shartnoma rejasini oshirib bajardilar. [13] Media matnlarda metafora va perifrazalar nafaqat badiiy bezak sifatida, balki fikrni tushunarli va obrazli shaklda yetkazish, murakkab tushunchalarni sodda va esda qolarli qilishning samarali vositasi hisoblanadi. Ular matnga emotsional ta’sirchanlik, obrazlilik va kommunikativ kuch beradi hamda auditoriya bilan samarali aloqa o‘rnatishga xizmat qiladi. Zamonaviy media matnlarda - yangiliklar, reklama, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va onlayn jurnalistikada – metafora va perifrazalarning qo‘llanilishi tobora kengayib bormoqda. Bu vositalar orqali murakkab ijtimoiy, texnologik va iqtisodiy jarayonlar o‘quvchi ongiga kognitiv va vizual tarzda yetkaziladi. Shu sababli, metafora va perifrazalarni o‘rganish lingvistik tadqiqotlar, kognitiv lingvistika va diskurs tahlili uchun dolzarb va istiqbolli soha bo‘lib qolmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Ahmadova U. SH Perifraza va so‘z. “Innovative achievements in science2020.” mavzusidagi 1-sonli xalqaro ilmiy-online konferensiyasi. –B.695-698. 2. Hamidov H. A. The use of anthropomorphic metaphors in journalistic discourse and texts.// International Journal of Advance Scientific Research. SJIF Impact Factor (2021:5.478) (202;5.636) (2023:6.741) –B. 246-253.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 21 3. Mirzayeva D. I., Xojiyeva S. D Metaforaning mohiyati va turlari.// Oriental Renaissanse: Innovative, educational, natural and social sciences. 2023. Impact Factor-1,7 –B. 436-441. 4. Sultonqulova G. A Ingliz va o‘zbek tilidagi raqamli metaforalarning kognitiv xususiyatlari. “Ilm-fan yangiliklari” mavzusidagi konferensiya. 2025. –B. 669-671. 5. Eshmatova H. SH. Raqamli inqilob va sun’iy intellektning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri. “Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. 2024. –B. 47-51. 6. “Ovoza” informatsion dasturi. Buxoro biyennalesi: hushtaklardan tayyorlangan noodatiy san’at namunalari namoyish etildi. 7. Kobilova A. B. The use the medical periphrases of the uzbek and and english languages in journalistic texts.// A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal. 2021. –B. 143-150. 8. https://share.google/mjfW8adDLtjMaOL1t 9. Vaxobov U. B. Axborot oqimi jadallashuving yoshlar ma’naviy-axloqiy qiyofasiga ta’siri va muammolar// Innovative Development in Educational Activities. 2024. Impact Factor-5,938 –B. 141-146. https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/2115/3340 10. Rahimboyeva Z. Kayfiyatimizni belgilayotgan “layk”lar yoxud vaqtimiz o‘g‘irlayotgan “temir quti”lar haqidagi haqiqatlar. https://share.google/blDfoeuSHpRzr6xRG 11. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘zaro do‘stlik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarildi.// “Buxoronoma” gazetasining 2025-yildagi 53-soni. 12. https://share.google/lJhPXTlHvNpJFaZY5 13. Viloyat rahbari Qorovulbozor paxta dalalarida bo‘ldi.// “Buxoronoma” gazetasining 2025-yildagi 81-soni.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 22 14. Toirova G. So‘zlashuv uslubida tejamlilikning pragmatic xususiyatlari. Таълим ва инноватцион тадкикотлар. Халкаро журнал. 2022№5,-Б57-60. 15. Toirova G.Establishment of a national corpus the uzbek language is a requirement of a new era. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). Vol 10, Issue9, September, 2021 16. Тоирова Г. Ўзбек тили миллий корпусни яратишда интерфейснинг аҳамияти. // Сўз санъати халқаро журнали, – Тошкент, 2020, № 3, – Б.100-105. 17. Тоирова Г. Лингвистик базани тузишда модуллаштиришнинг аҳамияти // Наманган давлат университети илмий ахборотномаси. –Наманган, 2021. – №3. -Б.377-386. 18. Toirova, G., & Hamroeva, N. (2020). The importance of linguistic models in the development of language bases. Sciences of Europe, (59-2 (59)), 57-63.