scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FRANSUZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI O'XSHASHLIKLAR:LINGVOKULTUROLOGIK TAHLIL

Quvondiqova, Sevinchxon Husniddin qizi

Abstract

Mazkur maqolada fransuz va o‘zbek tillaridagi iboralar qiyosiy tahlil qilingan.Ularning o‘xshash jihatlari,sinonimlik xususiyatlari misollar yordamida yoritib berilgan.Qolaversa, ikki xalqning madaniyati, tili, an’analari o‘rganilib,kelgusida bu tillarga yoshlarni qiziqtirish nuqtai nazaridan ham aynan idiomalar tanlanib, tahlil qilingan.Mazkur maqola frazeologik birliklarning madaniy mazmunini ochib berishga xizmat qiladi.

Full text

ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 23 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17867294 FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI O‘XSHASHLIKLAR:LINGVOKULTUROLOGIK TAHLIL Quvondiqova Sevinchxon Husniddin qizi Buxoro davlat universiteti talabasi ANNOTATSIYA Mazkur maqolada fransuz va o‘zbek tillaridagi iboralar qiyosiy tahlil qilingan.Ularning o‘xshash jihatlari,sinonimlik xususiyatlari misollar yordamida yoritib berilgan.Qolaversa, ikki xalqning madaniyati, tili, an’analari o‘rganilib,kelgusida bu tillarga yoshlarni qiziqtirish nuqtai nazaridan ham aynan idiomalar tanlanib, tahlil qilingan.Mazkur maqola frazeologik birliklarning madaniy mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar:idioma, expression, fransuz va o‘zbek tili, lingvokulturologik tahlil, frazeologiya, madaniyat, iboralar, qiyosiy tahlil. ABSTRACT This article provides a comparative analysis of French and Uzbek expressions. Their similarities and synonymous features are illustrated with examples. In addition, the culture, language, and traditions of the two peoples are studied, and idioms are selected and analyzed from the point of view of attracting young people to these languages in the future. This article serves to reveal the cultural content of phraseological units. Keywords: idiom, expression, French and Uzbek, linguo-cultural analysis, phraseology, culture, expressions, comparative analysis. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 24 АННОТАЦИЯ В данной статье проводится сопоставительный анализ французских и узбекских выражений. Их сходство и синонимические признаки иллюстрируются примерами. Кроме того, изучается культура, язык и традиции двух народов, а также отбираются и анализируются идиомы с точки зрения привлечения молодёжи к этим языкам в будущем. Цель данной статьи – раскрытие культурного содержания фразеологических единиц. Ключевые слова: идиома, выражение, французский и узбекский языки, лингвокультурологический анализ, фразеология, культура, выражения, сопоставительный анализ. KIRISH Til va madaniyat bir-birini muttasil to‘ldirib turadigan , biri orqali ikkinchisi zohir bo‘ladigan tushunchalar sanaladi.Til-bu fikrni ifoda etish , nutqqa olib kirish vositasi bo‘lsa, madaniyat esa ma’lum bir xalqningurf-odatlarini, an’analarini va udumlarini o‘zida aks ettiradigan “ko‘zgu” vazifasini bajaradi.Til va madaniyatning bog‘liqligini yaqqol namoyon etuvchi unsurlar, albatta, frazeologizmlar ,tasviriy ifodalar va maqollar hisoblanadi.Ular orqali ikki xalqning tilidagi o‘xshashliklarni va konfliktlarni taqqoslash mumkin. ”Til va madaniyat o‘zaro bog‘liq va ayni paytda farqli hodisalardir”[2]. Mazkur maqolada fransuz tilida eng ko‘p qo‘llanuvchi iboralarning o‘zbek tilidagi frazeologizmlarga o‘xshash jihatlari, ya’ni sinonimlik xususiyatlari ochib beriladi va tahlil qilinadi.Bu orqali esa biz nafaqat iboralarning o‘xshash tomonlarini , balki madaniyatlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni ham o‘rganishimiz mumkin.Shubhasiz, bu tahlil o‘zaro madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi va yoshlarning til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Har bir xalqning nutqini bezovchi ,uni ta’sirchan va boy qiluvchi unsurlardan birifrazeologizmlar hisoblanadi.Iboralar madaniyatlarni o‘zaro bir-biriga ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 25 yaqinlashtiradi.Ular boshqa so‘zlarga qaraganda obrazlilikni yorqin va kuchli darajada ifodalaydi. Rus tilshunosi B.A. Larin “Tongda yorug‘lik shudring tomchilarida qanday aks etsa , iboralar xalq dunyoqarashi , ijtimoiy tuzum ,o‘z davri mafkurasini shunday aks ettiradi”,- degan edi.[8] Yosh tadqiqotchi Y.Odilov o‘zbek tilidagi enanfiosemik so‘zlarga bag‘ishlangan tadqiqotida o‘z e’tiborini frazeologizmlarning milliy-madaniy xususiyatlariga qaratib, quyidagi fikrlarni bayon etadi:”Albatta, tildagi har qanday birlik u yoki bu darajada milliy-madaniy o‘ziga xosliklarni namoyon etadi.Ammo shunday til birliklari borki, ular milliy-madaniy injaliklarning benihoya betakror paradigmatik nazariyasiga ehtiyojini yanada orttirmoqda.[8] Fransuz tilida ham iboralar juda keng qo‘llanadi va bu ularning madaniyati, an’anasi,etnografiyasidan darak beradi.Frazeologizmlar fransuz tilida “expression” yoki “idioma” lar deb ham yuritiladi.Har bir ibora ma’lum bir ma’noni ifodalaydi va o‘zbek tilidagi bir qancha frazeologik birliklarga sinonim bo‘la oladi.Masalan,”Ne croire que ce qu’on voit “ iborasini olamiz.Bu o‘zbek tilidagi “Ko‘z bilan ko‘rmaguncha ishonmaslik” so‘ziga sinonim bo‘la oladi. Ideoma –iboralarning bir turi hisoblanadi.Ular ,odatda, ko‘chma ma’noga ega bo‘ladi va kinoya , piching kabi obrazlilikni yaratuvchi vositalardan biri sanaladi.Ideomalar jamiyatning kulgili,tasviriy,hayratomuz, hazil-mutoyiba yoki noodatiy bo‘lgan tafakkur tarzini aks ettiradi va tilga o‘ziga xos rang-baranglik qo‘shadi.[6]Masalan, “Les carottes sont cuites” – bu ibora ko‘chma ma’noda umidsizlikka tushish ,umidi qolmaslik” ma’nosini anglatadi yoki “tre rouge comme une tomate” ideomatik iborasi “uyalib ketish, uyalganidan qizarish”deb tarjima qilinadi. Bugungi kunda ikki xalq madaniyatining o‘rganilishi nafaqat siyosiy aloqalarga, balki tilshunoslik sohasidagi paradigmatik xususiyatlarni o‘rganishga ham yo‘l ochib bermoqda.Jumladan,R.S.Ibragimova o‘zining nomzodlik dissertatsiyasida esa ayol ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 26 konseptining o‘zbek va fransuz tillaridagi ifodalanish yo‘llarini tadqiq etib, o‘xshash va farqli jihatlarini ochib bergan.[8] MUHOKAMA VA NATIJALAR Fransuz tilida insonning turli xil xususiyatlari, sifatlari va holatlarini ochib berishga qaratilgan iboralar juda ko‘p uchraydi.Albatta, tarjima qilayotganda ular o‘zaro solishtiriladi va o‘zbek tilidagi qaysi ibora yoki maqolga sinonim bo‘la olishi haqida fikr yuritiladi.Masalan,”Avoir le compas dans l’oeil “ frazeologizmi o‘zbek tilidagi “ Ko‘zi tarozi”degan birlik bilan o‘zaro sinonimlikni hosil qiladi.Yana bir misol, “Avoir l’estomac dans les talons” iborasi tarjima qilganda “Ochlikdan ichaklari patga tushib ketgandek his qilish” ma’nosini bildiradi.Shubhasiz,bu o‘zbek tilidagi “Ochlikdan tinkasi qurimoq“, “Bo‘riday och qolmoq” iboralari bilan sinonimlikni yuzaga keltiradi. Darvoqe, frazeologizmlar har bir tilning urf-odati , madaniyati, dini va milliy an’analarini o‘z ichiga olgan holda tashkil topadi. Lingvistik tahlil qilayotganda frazeologik birliklarning aynan tarjimasi topilmasligi mumkin.Shunday holatlar bo‘lganda , albatta, unga mos ekvivalent iborani tanlash kerak.Agar so‘zma-so‘z tarjima qilinsa , asl ma’nosi yo‘qolishi mumkin. “Être aux anges”, “C’est du gâteau”, “Faire d’une mouche un éléphant”, “Avoir un coup de foudre” kabi frazeologizmlar o‘zbek tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri semantik mos keladigan obrazlar orqali ifodalanadi. Masalan, “boshi osmonga yetmoq” va “Être aux anges” ikkalasi ham shodlik, ruhiy ko‘tarinkilik holatini bildiradi. Bu holat semantik ekvivalentlikning yuqori darajada ekanini ko‘rsatadi. Til birliklarining turli obrazlardan foydalangan holda o‘xshash ma’noga ega bo‘lishi madaniy umumiylik— ya’ni hissiy holatlarning universal ifodasi bilan bog‘liq. Ba’zi frazeologizmlar ikki tilda turli obrazlar orqali bir xil ma’no beradi. Masalan:Sortir par les trous de nez → tepa sochi tikka bo‘lmoq. Bu o‘rinda fransuz tilida jahlning “burun teshiklaridan chiqishi” metaforik obraz orqali tasvirlansa, o‘zbek tilida “sochning tikka bo‘lishi” orqali jahlning tashqi ifodasi ko‘rsatiladi. Bu turdagi farqlar obrazlilikning milliy-madaniy tabiatini yoritadi: har bir ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 27 xalq o‘z psixologik holatlarini atrof-muhit va dunyoqarashga mos obrazlar bilan ifodalaydi. Frazeologik birliklar ko‘pincha ko‘chma ma’noda qo‘llanadi va bularning aksariyati ikki tilda ham metaforik tafakkur asosida shakllanadi. Masalan:Donner sa langue au chat → og‘ziga tolqon solmoq. Har ikkala til birikma orqali “gapirmaslik” mazmunini beradi, ammo fransuz tilida “tilni mushukka berish”, o‘zbekda esa “og‘izga tolqon solish” metaforasi qo‘llanadi. Bu o‘xshashlik ko‘chma ma’nodagi umumiy konseptual metaforaga tayanadi. Frazeologizmlar nafaqat ma’noda, balki nutqiy vazifada ham o‘xshashlikni namoyon qiladi. Masalan: Regarder voler les mouches → qo‘lini qovushtirib o‘tirmoq. Har ikkisi ham faoliyatsizlik, ish bilan shug‘ullanmaslik ma’nosini bildiradi. Bu birliklarning nutqdagi funksiyasi bir xil pragmatik vazifani bajaradi: tanbeh yoki tanqid ohangini kuchaytirish. Frazeologizmlar ko‘pincha hissiy bo‘yoqqa ega bo‘ladi. Masalan:Il est soupe au lait → qoni qaynamoq — jizzaki, tez jahli chiqadigan odamni ta’riflashda qo‘llanadi. Bu hissiy bo‘yoq ikkala tilda ham bir xil kuchda saqlangan, bu esa ularning pragmatic equivalence — pragmatik ekvivalentlikka ega ekanini ko‘rsatadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek va fransuz tillaridagi frazeologik birliklar tilning boyligini, balki ikki xalqning madaniyati, tafakkuri o‘rtasidagi o‘xshashliklarni ham yaqqol ochib beradi.Shubhasiz, iboralar so‘zma-so‘z tarjima qilinmaydi , asosan, matndagi mazmuniga qarab , unga mos ekvivalent tanlanadi. Tildagi madaniy belgilarni o‘rganish tilshunoslikning shu bugunga qadar erishgan yutuqlari samarasidir.Lingvomadaniyatshunoslikga qiziqishning tobora ortib borayotgani fanning kelgusidagi taraqqiyotini belgilaydi.Frazeologizm va tasviriy ifodalar tilda madaniy belgilarni aks ettiruvchi asosiy birliklar sifatida tadqiq etilmoqda.Til , madaniyat, xalq o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlar fanlararo muammo bo‘lib , uni hal qilish bir qancha fanlarningfalsafa, sotsiologiyadan to ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 28 etnolingvistika va lingvomadaniyatshunoslikgachabirgalikdagi sa’y-harakatlari bilan bog‘liq.[8] Fransuz va o‘zbek iboralari til, madaniyat va mentalitetning noyob mahsuli bo‘lishiga qaramay, ularning ko‘p o‘xshashliklarga ega ekanligi xalqaro umumiylikning yorqin dalilidir.Ikkala tilda ham frazeologik birliklar emotsional holatlarni, ijtimoiy munosabatlarni obrazli va ta’sirchan yo‘sinda ifodalaydi.Iboralarning o‘xshashliklarini o‘rganish nafaqat lingvistik , balki madaniy jihatdan han muhim bo‘lib, siyosiy aloqalarni mustahkamlaydi, tarjima jarayonini yengillashtiradi va til o‘rganuvchilar safini kengaytiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Abduazizov A. Umumiy tilshunoslik. Toshkent:Fan.-B.256. 2. Akhmanova O.S.Frazeologiya asoslari.Moskva:Nauka.2010. 3. Boboyev T, Yo ‘ldoshev E. Tilshunoslikka kirish. Toshkent: O ‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti. 2015.-B.312. 4. Mamatov A.E. Zamonaviy lingvistika. O‘quv qo‘llanma.Toshkent: “Noshir” nashriyoti. 2019.-B.17-168. 5. Mamatqulov X. O‘zbek frazeologiyasi:nazariya va amaliy tahlillar.Toshkent:Fan va texnologiya.2010.-B.198.-Pages.320. 6. Meier H. Dictionnaire des expressions franҫaises.Paris:Larousse.-Pages.320. 7. Moliner M. Dictionnaire de franҫais:Les expressions idiomatiques.Paris:Le Robert.-Pages .410. 8. Qo‘ziyev U. Lingvomadaniyatshunoslik.Uslubiy qo‘llanma.NamDU nashri:Namangan.2021.-B.122. 9. Usmonova Sh. Lingvokulturologiya. Darslik. Toshkent. 2019.-B.248. 10. Toirova G. So‘zlashuv uslubida tejamlilikning pragmatic xususiyatlari. Таълим ва инноватцион тадкикотлар. Халкаро журнал. 2022№5,-Б57-60. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 29 11. Toirova G.Establishment of a national corpus the uzbek language is a requirement of a new era. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). Vol 10, Issue9, September, 2021 12. Тоирова Г. Ўзбек тили миллий корпусни яратишда интерфейснинг аҳамияти. // Сўз санъати халқаро журнали, – Тошкент, 2020, № 3, – Б.100-105. 13. Тоирова Г. Лингвистик базани тузишда модуллаштиришнинг аҳамияти // Наманган давлат университети илмий ахборотномаси. –Наманган, 2021. – №3. - Б.377-386. 14. Toirova, G., & Hamroeva, N. (2020). The importance of linguistic models in the development of language bases. Sciences of Europe, (59-2 (59)), 57-63.