scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

METOD VA UNING JAMIYATDAGI O'RNI

To'lashova, Feruza Oybek qizi

Abstract

Ushbu maqolada metod tushunchasining ilmiy mazmuni, uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, ijtimoiy fanlar va amaliy sohalardagi o‘rni tahlil qilinadi. Metodning ilmiy bilish, ta’lim, boshqaruv va madaniy jarayonlardagi ahamiyati, vazifalari yoritiladi. Borliqni bilish va anglashda metod va metodalogiyaning o‘rni ko‘rib o‘tiladi.

Full text

ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 51 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17867868 METOD VA UNING JAMIYATDAGI O‘RNI To‘lashova Feruza Oybek qizi O‘zMPU 1-kurs magistranti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada metod tushunchasining ilmiy mazmuni, uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, ijtimoiy fanlar va amaliy sohalardagi o‘rni tahlil qilinadi. Metodning ilmiy bilish, ta’lim, boshqaruv va madaniy jarayonlardagi ahamiyati, vazifalari yoritiladi. Borliqni bilish va anglashda metod va metodalogiyaning o‘rni ko‘rib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: metod, metadologiya, ilmiy bilish, falsafiy metod, didaktik bilish, mеtоdоlоgik negavizm, mеtоdоlоgik eyfоriya. ABSTRACT This article analyzes the scientific content of the concept of method, its impact on the development of society, its role in social sciences and applied fields. The importance and tasks of the method in scientific knowledge, education, management and cultural processes are highlighted. The role of method and methodology in knowing and understanding existence is considered. Keywords: method, methodology, scientific knowledge, philosophical method, didactic knowledge, methodological negativity, methodological euphoria. Kirish Mеtоd (yunоn. metods - usul)kеng ma’nоda yo‘l, ijоdiy faоliyatning har qanday shakli kabi ma’nоlarni anglatadi. Mеtоdоlоgiya tushunchasi ikki asоsiy mazmunga ega ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 52 - faоliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k.); tizim haqidagi ta’limоt yoki mеtоd nazariyasi. Hоzirgi davrda mеtоdоlоgiya faqat ilmiy bilish sоhasi bilan chеklanishi mumkin emasligi ayon bo‘ldi va ,albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o‘z sоhasida amaliyotda ham qo‘llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy alоqadоrligiga e’tibоr qaratmоq kеrak. Asosiy qism Mеtоd u yoki bu shaklda ma’lum qоida, tartib, usul, harakat va bilim mеzоnlarining yig‘indisi hamdir. U tamоyillar, talablar tizimi bo‘lib, subyеktni aniq vazifani bajarishga, faоliyatning shu sоhasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tеjaydi, maqsadga eng yaqin va оsоn yo‘l bilan yetishishga yordam bеradi. Mеtоdning asоsiy vazifasi faоliyatning bilish va bоshqa shakllarini bоshqaruvdan ibоrat. Birоq: birinchidan, mеtоd va mеtоdоlоgik muammоlarning rоlini inkоr qilish yoki to‘g‘ri bahоlamaslik (“mеtоdоlоgik negavizm”); ikkinchidan, mеtоdning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vоsitasi (mеtоdоlоgik eyfоriya), dеb tushunish nоto‘g‘ridir. Har qanday mеtоd ma’lum nazariya asоsida yaratiladi va tadqiqоtning zaruriy sharti sifatida namоyon bo‘ladi. Har bir mеtоdning samaradоrligi uning chuqur mazmun va mоhiyatga egaligi, nazariyaning fundamеntalligi bilan asоslanadi. Metod bilish nazariyasiga, bilish nazariyasi tamoyillari (prinsiplari)ga ko‘ra voqelikka yondashish – tabiat, jamiyat va fikrlash jarayonini – tafakkurni bilish usulidir. Binobarin, metod ushbu falsafiy ma’noda obyektiv voqelikning har qanday hodisa va jarayonlarini bilish, tushuntirish va talqin qilish yo‘lidir. Ayni vaqtda metod umumiy – falsafiy ma’noda qo‘llanishdan tashqari u tor (xususiy) ma’noda ham qo‘llanish imkoniyatiga ega. Bu holda u muayyan fanga oidligi bilan, ayni fanning tadqiqot obyektini (manbaini) tahlil qilish bilan muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Demak, metod maxsus, xususiy, sohaviy metod sifatida turlicha fanlarda turlicha bo‘lishi bilan ajralib turadi. Boshqacha aytganda, metod umumiy va xususiy, falsafiy va sohaviy ko‘rinishlarga egaligi bilan xarakterlanadi. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 53 Falsafiy metod barcha fanlarga xosligi, barcha fanlar uchun umumiyligi bilan nisbiy mustaqillikka, alohidalikka ega bo‘lib, u dialektik metod nomi bilan yuritiladi. Mazkur metod muayyan fanning ilmiy-tadqiqot metodidan farqli o‘zining keng qamrovligi, barcha fanlar doirasida ish olib borishi bilan alohida muhim ahamiyatga egadir. Prof. H.Ne’matov ta’kidlaganidek. “... dialektik bilish tadqiq manbai mohiyatiga bosqichma-bosqich uzluksiz chuqurlasha borish, soddaroq (oddiyroq) mohiyatdan murakkabrog‘iga qarab siljish demakdir” 1 . Shuningdek, ayni metodning qayd etilgan muhim, asosiy jihatlari qatorida uning ilmiy izchillik prinsipiga qat’iy amal qilish g‘oyasi ham turadi. Aytilganlarga ko‘ra, dialektik metod jamiki fanlar uchun metodologiya-metodologik asos vazifasini o‘taydi. Boshqacha aytganda, umumfalsafiy metod – dialektik metod maxsus ilmiy metodlarga, ya’ni, turli fanlarga oid metodlarga ta’sir qiluvchi umumiy ta’limot bo‘lgani uchun uni metodologiya, ya’ni, ilmiy tadqiqot usuli bo‘lgan metodlar haqidagi ta’limot deb yuritadilar 2 . Xulosa Metod jamiyatning barcha sohalarida — ilm-fan, ta’lim, iqtisodiyot, boshqaruv va madaniy hayotda asosiy harakat mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi. Ilmiy metodlar faktlarni to‘plash, tahlil qilish, nazariyalar yaratish va ilmiy qonuniyatlarni asoslashda muhim rol o‘ynaydi. Popperning ta’kidlashicha, ilmiy bilimning o‘sishi metodlarning samaradorligiga bog‘liq. 3 Pedagogik jarayon metodlarsiz amalga oshmaydi. O‘qitish metodlari o‘quvchilarning fikrlashini rivojlantiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirishga yordam beradi 4 . Zamonaviy konstruktivistik metodlar — Vygotskiy, Piaget qarashlariga asoslanadi. Strategik rejalashtirish, SWOT tahlil, monitoring, prognozlash kabi metodlar iqtisodiy va boshqaruv samaradorligini oshiradi. 1 H.Ne’matov. Ilmiy tadqiqot metodikasi, metodologiyasi va metodlari. – Buxoro, 2006, 119-bet. 2 S.Usmonov. Umumiy tilshunoslik, Toshkent, 1972, 176-bet. 3 Popper, K. The Logic of Scientific Discovery. Routledge, 2002. 4 Vygotsky, L.S. Mind in Society. Harvard University Press, 1978. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 54 Jamiyatni o‘rganishda anketalar, intervyu, kuzatuv, kontent-tahlil, eksperiment kabi metodlar qo‘llaniladi⁷. Bu metodlar ijtimoiy jarayonlarni chuqur tahlil qilish imkonini beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. H.Ne’matov. Ilmiy tadqiqiot metodikasi, metodologiyasi va metodlari. – Buxoro, 2006. 2. S.Usmonov. Umumiy tilshunoslik, Toshkent, 1972. 3. Popper, K. The Logic of Scientific Discovery. Routledge, 2002. 4. R.Rasulov. Metod haqida. Academic Research in Educational Sciences.2022 4. Vygotsky, L.S. Mind in Society. Harvard University Press, 1978.